Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Restator tab. 10mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аторвастатин
Страна производитель
Македония
Дозировка
10 мг
Производитель
Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Restator
Ta'sir etuvchi modda (XPN) atorvastatin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg, 20 mg, 40 mg atorvastatinga ekvivalent bщlgan atorvastatin kaltsiy trigidrati;
yordamchi moddalar kaltsiy karbonati kukuni, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, povidon, polisorbat 60, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk, magniy stearati.
qobig‘i opadri oq 03F28342.
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gipolipedemik vosita – GMG-KoA-reduktaza ingibitori.
ATX kodi S10AA05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Atorvastatin GMG-KoA-reduktaza - 3-gidroksi-3-metil-glyutaril-koenzim A ni sterollarning o‘tmishdoshi mevalonat, shu jumladan xolesteringa aylanishi uchun javobgar xolesterin biosintezining chegaraviy tezligini belgilovchi fermentning selektiv raqobatli ingibitori bo‘lib hisoblanadi. Jigarda triglitseridlar va xolesterin juda yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (JYuZLP) tarkibiga kiradi, qon plazmasiga tushadi va periferik to‘qimalarga tashiladi. JYuZLP dan past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) hosil bo‘ladi, ular asosan PZLP yuqori affin retseptorlar bilan o‘zaro ta'siri orqali katabolizmga uchraydi.
Atorvastatin GMG-KoA-reduktazani va jigarda xolesterin sintezini ingibitsiya qilish hisobiga, shuningdek PZLP ni tutib olinishi va katabolizmini oshiruvchi xujayra yuzasidagi “jigar” PZLP retseptorlarining sonini oshirish hisobiga qon plazmasida xolesterin va lipoproteinlar darajasini pasaytiradi.
Atorvastatin PZLP ishlab chiqarilishini va PZLP zarrachalari miqdorini kamaytiradi. Atorvastatin aylanib yuruvchi PZLP zarrachalarining ijobiy o‘zgarishlari bilan birga PZLP retseptorlarining faolligini yaqqol va barqaror oshishini chaqiradi.
Boshqa gipolipidemik vositalar bilan davolashga rezistent gomozigot nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda PZLP darajasini kamaytiradi.
Doza/samara nisbati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar atorvastatin u yoki bu darajada YuZLP xolesterin va apolipoprotein A darajalarini bir vaqtda oshishini chaqirib, umumiy xolesterin (30-46% ga), PZLP xolesterin (41-61% ga), apolipoprotein V (34-50% ga) va triglitseridlar (14-33% ga) darajasini pasaytirishini namoyish etgan. Bu natijalar geterozigot oilaviy giperxolesterinemiya, giperxolesterinemiyaning oilaviy bo‘lmagan shakllari va aralash giperlipedemiya, shu jumladan insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda bir xil bo‘lgan.
Umumiy xolesterin, PZLP xolesterin va apolipoprotein V ning darajasini pasayishi tufayli, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi va muvofiq ravishda o‘lim xavfi kamayadi. Atorvastatinni yurak-qon tomir kasallanishiga va o‘limga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar hozircha yakunlanmagan.
Preparatni keksa patsiyentlarda qo‘llaganda umumiy populyatsiyagan qaraganda xavfsizlik, samaradorlik yoki gipolipidemik davolashning maqsadlariga erishishdagi farqlar kuzatilmagan.
Farmakokinetikasi
Atorvastatin ichga qabul qilingandan keyin qonga tez so‘rilgan. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-2 soat davomida erishiladi, ayollarda Smax 20% ga yuqori, “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) – 10% ga past; jigarning alkogolli sirrozi bo‘lgan bemorlarda Smax 16 marta, AUC – 11 marta oshadi. Ovqat qabul qilish preparatning so‘rilish tezligi va davomiyligini biroz (muvofiq ravishda 25% va 9%) pasaytiradi, lekin xolesterin darajasini pasaytirish atorvastatinni ovqatsiz qabul qilgandagiga o‘xshash. Atorvastatinning mutloq biokiraolishligi taxminan 12% ni, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligini belgilovchi tizimli bikiraolishligi – 30% ni tashkil qiladi. Tizimli bikiraolishligini pastligi me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatida va jigar orqali “birinchi o‘tishdagi” tizim oldi metabolizmi bilan bog‘liq.
Atorvastatinning o‘rtacha taqsimlanish xajmi taxminan 381 l ga teng. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 98%.
Atorvastatin jigarda farmakologik faol metabolitlarini (orto- va paragidroksilizatsiya qilingan hosilalari, beta-oksidlanish mahsulotlari) hosil qilib, sitoxrom R450 ning CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitda orto- va paragidroksilizatsiya qilingan metabolitlari atorvastatinga o‘xshash GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligining taxminan 70% aylanib yuruvchi metabolitlarining faolligiga to‘g‘ri keladi.
Atorvastatin jigar va/yoki jigardan tashqari metabolizmidan (yaqqol ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchramaydi) keyin asosan safro bilan chiqariladi.
Yarim chaqarilish davri – 14 soat. GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligi faol metabolitlarining mavjudligi hisobiga taxminan 20-30 soat saqlanadi. Preparatning qabul qilingan dozasining 2% dan kamrog‘i siydikda aniqlanadi. Gemodializda chiqarilmaydi.
Atorvastatin - GMG-KoA-reduktaza fermentini ingibitsiya qilish orqali ta'sir ko‘rsatuvchi gipolipemik preparatdir. Bu fermentni ingibitsiya qilish jigarda mevalon kislotasi va xolesterin sintezini izdan chiqaradi. Bu orqali atorvastatin qonda lipidlar darajasini boshqarishda ishtirok etadi.
Qo‘llanilishi
• umumiy xolesterin, PZLP xolesterin, apolipoprotein V va triglitseridlarning oshgan darajasini pasaytirish va YuZLP xolesterin darajasini oshirish uchun parhez bilan birga giperxolesterinemiya, geterozigot oilaviy va oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiya va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyasi (Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb tiplari) bo‘lgan patsiyentlarda;
• parhez bilan davolash adekvat samara bermagan zardobda triglitseridlar darajasi yuqori (Fredrikson bo‘yicha IV tipi) bo‘lgan bemorlar va disbetalipoproteinemiyasi (Fredrikson bo‘yicha III tipi) bo‘lgan bemorlarda;
• parhez bilan davolash va davolashning farmakologik bo‘lmagan usullari yetarli samarador bo‘lmaganida umumiy xolesterin va PZLP xolesterin darajasini pasaytirish uchun gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni kunning istalgan vaqtida sutkada bir marta ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Dozani PZLP xolesterinning dastlabki darajasi, davolashning maqsadi va patsiyentning davolashga reaktsiyasiga qarab individual ravishda tanlash kerak. Davolashni boshida va/yoki Restator dozasini oshirish vaqtida har 2-4 xaftada qon plazmasida lipidlar darajasini nazorat qilish va tegishli ravishda dozaga tuzatish kiritish kerak. Dozaga tuzatish kiritishni kamida 4 xaftalik interval bilan amalga oshirish kerak. Maksimal sutkalik dozasi 80 mg ni tashkil qiladi.
Yurak ishemik kasalligi (YuIK) aniqlangan patsiyentlar uchun va yurak-qon tomir asoratlarining yuqori xavfiga ega boshqa patsiyentlarda lipidlarning darajasini muvofiqlashtirishning quyidagi maqsadlariga erishish tavsiya etiladi PZLP xolesterin 3,0 mmol/l (yoki 115 mg/dl dan kam) va umumiy xolesterin 5,0 mmol/l (yoki 190 mg/dl dan kam).
Geterozishot oilaviy giperxolesterinemiya. Har 4 xaftada dozaga individual ravishda tuzatish kiritiladi, ungi kuniga 40 mg gacha yetkazish kerak. Shundan so‘ng dozangi kuniga 80 mg ga teng maksimal darajagacha oshirish yoki 40 mg Restator va o‘t kislotasining sekvestrantini majmuaviy buyurish kerak.
Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya. 80 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda. Buyrak kasalligi qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasiga yoki uni qo‘llaganda lipidlarni kamayish darajasiga ta'sir ko‘rsatmaydi; shuning uchun buyrak kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga biron-bir tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi patsiyentlarda. Jigar yetishmovchiligida dozani pasaytirish yoki preparatni bekor qilish talab etilishi mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi. Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan va yetarli emas.
O‘tkazib yuborilgan doza. Dori vositasining o‘tkazib yuborilgan dozasini o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas. Bunday hollarda dori vositasini xuddi shu dozasini davom ettirish va keyingi dozani buyurilgan vaqtda qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
MNT va periferik nerv tizimi tomonidan ≥1% - uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, astenik sindrom; 1% dan kamroq – lohaslik, bosh aylanishi, amneziya, paresteziya, periferik nevropatiya, gipesteziya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ≥1% - ko‘ngil aynishi, diareya, abdominal og‘riq, dispepsiya, meteorizm, qabziyat (odatda ushbu ko‘rinishlar davolash davom ettirilgan sari susayib boradi) <1% - qusish, anoreksiya, gepatit, pankreatit, xolestatik sariqlik.
Suyak-mushak tizimi tomonidan ≥1% va undan ko‘p – mialgiya; <1% - belda og‘riq, mushak tirishishlari, miozit, miopatiya, artralgiya, rabdomioliz.
Allergik reaktsiyalar <1% - eshakemi, teri qichishishi, toshma, anafilaksiya, bullyoz toshma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), Layell sindromi, angionevrotik shish.
Qon yaratish a'zolari tomonidan <1% - trombotsitopeniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan <1% - gipo- yoki giperglikemiya, zardobda KFK faolligini oshishi, periferik shishlar, tana vaznini oshishi.
Boshqalar impotentsiya, ko‘krakda og‘riq, ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi, alopetsiya, quloqlarda shovqin, toliqish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• jigarning faol kasalliklari yoki noma'lum genezli jigar fermentlari faolligini oshishi (NYuCh dan 3 martadan yuqoriroq);
• jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A va V sinflari);
• homiladorlik;
• laktatsiya davri;
• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan preparat alkogolni suiiste'mol qiluvchi patsiyentlarda, anamnezida jigar kasalliklarida, elektrolit muvozanatini og‘ir buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlar, arterial gipotenziya, og‘ir o‘tkir infektsiya (sepsis), nazoratlanmagan tutqanoq, katta jarroxlik aralashuvlari, jarohatlar, skelet mushaklari kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan davolaganda miopatiya xavfi ularni siklosporin, fibratlar, makrolid antibiotiklar (shu jumladan eritromitsin), azol zamburug‘larga qarshi vositalar yoki nikotin kislotasi bilan birga qo‘llaganda oshadi.
Ayrim hollarda bunday birga qo‘llash mioglobinuriya sababli buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi rabdomioliz chaqiradi. Shuning uchun majmuaviy davolashning xavfi va foydasi nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak.
Sitoxrom R450 CYP3A4 izeofermenti ingibitorlari
Atorvastatin metabolizmi sitoxrom R450 CYP3A4 izeofermenti ishtirokida amalga oshiriladi. Atorvastatinni sitoxrom R450 CYP3A4 izeofermenti ingibitorlari (masalan siklosporin, makrolid antibiotiklari, masalan eritromitsin va klaritromitsin, nefazodon, azol zamburug‘larga qarshi preparatlar, masalan itrakonazol va OITV-proteaza ingibitorlari) bilan birga qo‘llanilganda dorilarning o‘zaro ta'siri kuzatilishi mumkin. Preparatlarni majmuaviy qo‘llaganda plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun atorvastatinni yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar bilan birga qo‘llaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Endogen steroid gormonlar kontsentratsiyasini pasaytiruvchi dori vositalari (shu jumladan simetidin, ketokonazol, spironolakton) bilan bir vaqtda qo‘llaganda endogen steroid gormonlar darajasini pasayishi xavf oshadi (ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak).
R-glikoprotein ingibitorlari
Atorvastatin va uning metabolitlari R-glikoproteinning substrati bo‘lib hisoblanadi. R-glikoprotein ingibitorlari (masalan siklosporin) atorvastatinning biokiraolishligini oshirishi mumkin.
Eritromitsin, klaritromitsin
Atorvastatin va sitoxrom R450 3A4 ni ingibitsiya qiluvchi eritromitsinni (500 mg sutkada 4 marta) yoki klaritromitsinni (500 mg sutkada 2 marta) bir vaqtda qo‘llaganda qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatilgan.
Atorvastatin (10 mg sutkada bir marta) va azitromitsinni (500 mg sutkada bir marta) bir vaqtda qo‘llaganda qon plazmasidagi atorvastatinning kontsentratsiyasi o‘zgarmagan.
Itrakonazol
Atorvastatinni 40 mg dozada va intrakonazolni kuniga bir marta 200 mg dozada majmuaviy qo‘llaganda AUC darajasini normadan uch marta yuqori darajagacha oshishi aniqlangan.
Proteaza ingibitorlari
Atorvastatinni sitoxrom R450 3A4 ingibitorlari sifatida ma'lum proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi bilan kechgan.
Greypfrut sharbati
Greypfrut sharbati CYP3A4 ingibitori hisoblangan kamida bitta inrediyent saqlaydi va CYP3A4 tomonidan metabolizmga uchrovchi preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkin. Sutkada 240 ml greypfrut sharbatini iste'mol qilish atorvastatinning AUC 37% ga oshirgan va faol ortogidroksi-metabolitining AUC 20,4% ga kamaytirgan. Greypfrut sharbatini ko‘p miqdorda (5 kun davomida kuniga 1,2 l dan ko‘p) iste'mol qilish atorvastatinning AUC 2,5 martaga, GMG-KoA-reduktazaning faol ingibitorlarining (atorvastatin + uning metabolitlari) AUC esa – 1,3 marta oshirgan. Shuning uchun atorvastatin bilan davolash davrida greypfrut sharbatini ko‘p miqdorda iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Sitoxrom R450 induktorlari
Sitoxrom R450 CYP3A4 izofermentini induktsiya qiluvchi dori vositalari (masalan rifampitsin va fenazon) ning atorvastatinga ta'siri noma'lum. Atorvastatin va bu izofermentning boshqa substratlarining o‘zaro ta'siri noma'lum; lekin past terapevtik indeksga ega preparatlar – xususan III sinf antiaritmik vositalar, masalan amiodaron bilan qo‘llaganda bunday o‘zaro ta'sir ehtimolini e'tiborga olish kerak.
Gemfibrozil/Fibratlar
Fibratlar bilan yondosh qo‘llaganda atorvastatin chaqiradigan miopatiya xavfi oshadi. In vitro sharoitdagi tadqiqotlar gemfibrozil ham atorvastatinni glyukuronizatsiyasini ingibitsiya qilish orqali u bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkinlini namoyish qilgan, bu plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkin.
Digoksin
Digoksin va 10 mg dozada atorvastatinni takroran qabul qilinganda qon plazmasidagi digoksinning muvozanat kontsentratsiyalari o‘zgargan. Lekin digoksinni sutkada 80 mg dozada atorvastatin bilan majmuada qo‘llaganda digoksinning kontsentratsiyasi taxminan 20% ga oshgan. Digoksinni atorvastatin bilan birga qabul qilayotgan bemorlarni kuzatish kerak.
Peroral kontratseptivlar
Atorvastatinni noretisteron va etinilestradiol saqlovchi peroral kontratseptivlar bilan birga qabul qilish plazmada noretisteron va etinilestradiolning kontsentratsiyasini oshishini chaqirgan. Kontsentratsiyalarni bunday oshishini peroral kontratseptivlarni tanlaganda e'tiborga olish kerak. Atorvastatin va noretisteron va etinilestradiol saqlovchi ichga qabul qilish uchun kontratseptivni bir vaqtda qabul qilganda noretisteron va etinilestradiolning AUC ni muvofiq ravishda 30% va 20% ga ahamiyatli darajada oshishi kuzatilgan. Atorvastatin qabul qilayotgan ayolga peroral kontratseptiv tanlaganda bu samarani e'tiborga olish kerak.
Kolestipol
Kolestipolni atorvastatin bilan birga yuborganda qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini taxminan 25% ga kamayishi aniqlangan. Lekin atorvastatin va kolestipolni majmuaviy qo‘llaganda lipidlarga ta'siri bu preparatlarning har birini alohida qo‘llaganga nisbatan yaqqolroq bo‘lgan.
Antatsidlar
Atorvastatin va magniy va alyuminiy gidrosidi saqlovchi suspenziyani bir vaqtda qabul qilganda plazmadagi atorvastatinning kontsentratsiyasi taxminan 35% ga pasaygan; lekin bunda PZLP daradasini pasayishi o‘zgarmagan.
Varfarin
Atorvastatinni varfarin bilan birga qabul qilganda atorvastatinni qabul qilishning birinchi kunlari protrombin vaqtini biroz pasayishi kuzatilgan; lekin yaqin 15 kunda protrombin vaqti normaga qaytgan. Shunga qaramasdan, atorvastatin va varfarinni bir vaqtda qo‘llangan hollarda patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.
Fenazon
Bir vaqtda qo‘llaganda atorvastatin fenazonning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun sitoxromning xuddi shu izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa vositalar bilan o‘zaro ta'siri kutilmaydi.
Simetidin
Simetidin va atorvastatinni majmuaviy yuborish ushbu preparatlar o‘rtasida ahamiyatli o‘zaro ta'sirni aniqlamagan.
Amlodipin
80 mg atorvastatin va 10 mg amlodipinni birga qabul qilganda muvozanat holatidagi atorvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari aniqlanmagan.
Boshqalar
Atorvastatin va antigipertenziv vositalarning klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Barcha spetsifik preparatlar bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Atorvastatin asosan sitoxrom R450 3A4 tomonidan metabolizmga uchrovchi terfenadinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmagan; shuning uchun atorvastatin sitoxrom R450 3A4 ning boshqa substratlarining farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatishini ehtimoli kam.
Maxsus ko‘rsatmalar
Restator preparati bilan davolashni boshlashdan oldin patsiyentga standart gipoxolesterin parhezni buyurish kerak, u davolashning barcha davrida unga rioya qilishi kerak.
Qonda lipidlar darajasini pasaytirish uchun GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qo‘llash jigar funktsiyasini aks ettiruvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Jigar funktsiyasini davolashdan oldin, atorvastatin qabul qilish boshlanganidan 6 xaftadan keyin, 12 xaftadan keyin va dozani har bir oshirgandan keyin, shuningdek har 6 oyda muntazam nazorat qilish kerak. Qon zardobida jigar fermentlarining faolligini oshishi atorvastatin bilan davolash davrida kuzatilishi mumkin. Fermentlar darajasini oshishi kuzatilgan patsiyentlar fermentlar darajasi normaga qaytguncha nazorat ostida bo‘lishlari kerak. ALT yoki AST ko‘rsatkichlarini NYuCh dan 3 martadan yuqoriga barqaror oshgan hollarda Restator dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Alkogolni suiiste'mol qiluvchi va/yoki jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarda Restatorni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigarning faol kasalligi yoki noma'lum genezli aminotransferazalar faolligini barqaror oshishi Restator preparatini qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi atorvastatin bilan davolash miopatiya chaqirishi mumkin. Tarqalgan mialgiya yoki mushaklar kuchsizligi va/yoki KFK faolligini yaqqol oshishi bo‘lgan patsiyentlarda miopatiya diagnozini (KFK darajasini NYuCh dan 10 martadan ortiqroqqa oshishi bilan kechuvchi mushaklarda og‘riq va kuchsizlik) taxmin qilish kerak. Agar lohaslik yoki isitma bilan kechuvchi mushaklarda tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riq yoki kuchsizlik paydo bo‘lganligi haqida shifokorga darhol xabar berish kerakligi haqida patsiyentlarni ogohlantirish kerak. KFK faolligi yaqqol oshganida yoki miopatiya tasdiqlanganda yoki taxmin qilinganda atorvastatin bilan davolashni to‘xtatish kerak. Bu sinfga mansub boshqa preparatlar bilan davolaganda siklosporin, fibratlar, eritromitsin, nikotin kislotasi yoki azol zamburug‘larga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llaganda miopatiya xavfi oshgan. Bu preparatlarning ko‘pchiligi CYP3A4 izofermentiga bog‘liq metabolizmni va/yoki dori vositalarini tashilishini ingibitsiya qiladi. Atorvastatin CYP3A4 ta'siri ostida biotransformatsiyaga uchraydi.
Atorvastatinni fibratlar, eritromitsin, immunosupressiv vositalar, azol zamburug‘larga qarshi vositalar yoki gipolipidemik dozalarda nikotin kislotasi bilan majmuada buyurganda davolashning xavfi va kutilayotgan foydasini sinchkovlik bilan baholash va mushakda og‘riq va kuchsizlikni aniqlash uchun, ayniqsa davolashning birinchi oylarida va har qanday preparatning dozasini oshirish davrlarida bemorlarni muntazam kuzatish kerak. Bunday hollarda KFK faolligin muntazam aniqlashni tavsiya etish mumkin, garchi bunday nazorat og‘ir miopatiya rivojlanishini oldini olishni nazorat qilish imkonini bermaydi.
Bu sinfga mansub boqa vositalar kabi atorvastatinni qo‘llaganda mioglobinuriya bilan bog‘liq o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi rabdomioliz holatlari ta'riflangan.
Miopatiya belgilari paydo bo‘lganda yoki rabdomioliz fonida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi bo‘lganida (masalan og‘ir o‘tkir infektsiya, arterial gipotenziya, jiddiy operatsiya, jarohat, og‘ir almashinuv, endokrin va elektrolit buzilishlar va nazoratlanmagan tirishish) atorvastatin bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish yoki to‘liq bekor qilish kerak.
Restator preparati bilan davolashni boshlashdan oldin adekvat parhez bilan davolash, jismoniy faollikni oshirish, semizligi bo‘lgan bemorlarda tana vaznini kamaytirish va boshqa holatlarni davolash yo‘li orqali giperxolesterinemiyani nazoratqilishga erishishga urinish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va emizish davrida Restatorni qo‘llash mumkin emas.
Restator ko‘krak suti bilan ajralishi noma'lum. Emizikli bolalarda noxush ko‘rinishlar ehtimolini e'tiborga olib, preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Reproduktiv yoshdagi ayollar davolash vaqtida kontratseptsiyaning adekvat usullaridan foydalanishlari kerak. Restatorni reproduktiv yoshdagi ayollarga faqat, agar ularda homiladorlik ehtimoli past va patsiyent davolashning homila uchun xavfidan xabardor bo‘lganidagina buyurish mumkin.
Avtotrasportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga atorvastatinning noxush ta'siri haqida xabar berilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Spetsifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborgan hollarda zarur simptomatik va tutib turuvchi davolash amalga oshirilishi kerak. Jigar funktsiyasi va qon zardobida KFK darajasini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
Restator 10, 20, 40 yoki 80 mg; har bir blisterda plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Savdo nomi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
VEGAPHARM LLP.
London, Buyuk Britaniya
Ishlab chiqarilgan
REPLEK FARM Ltd. Skopye
Skopye, Makedoniya Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Ameliya Pharm service» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., S-6, Yunusobod tumani, 92/2.
Tel. (+998) 71 2356501
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.