Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rozulip Plyus kaps. 10mg/10mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Розувастатин, эзетимиб
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
10 мг/10 мг
Производитель
Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, ushbu ilova-varaqada berilgan hamma ma'lumotni diqqat bilan o‘qib chiqing.
- Ushbu varaqani tashlab yubormang. Keyinchalik yana bir marta o‘qib chiqish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
- Agar Sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, o‘zingizni shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
- Bu preparat Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Kasallik belgilari hatto siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, preparatni boshqa shaxslarni qabul qilishi ularning sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
- Jiddiy nojo‘ya samaralari rivojlangan holda, shuningdek ushbu ilova-varaqada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida, iltimos, o‘z shifokoringizga yoki farmakologga xabar bering.
Ushbu ilova-varaqada quyidagi ma'lumotlar berilgan
1.Rozulip preparati o‘zi nima va uni qo‘llashga ko‘rsatmalar qanday.
2.Siz Rozulipni qo‘llashni boshlashingizdan oldin.
3.Rozulipni qanday qo‘llash kerak.
4.Mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
5.Rozulipni qanday saqlash kerak.
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.Qo‘shimcha ma'lumotlar
1. ROZULIP PREPARATI O‘ZI NIMA VA UNI QO‘LLAShGA KO‘RSATMALAR QANDAY
Rozulip preparati (ta'sir etuvchi moddasi rozuvastatin) statinlar deb nomlangan preparatlar guruhiga kiradi. U qonda yog‘larning (lipidlarning) miqdorini boshqarish uchun qo‘llanadi. Lipidlarning eng ko‘p tarqalgan shakli xolesterin hisoblanadi.
Qonda xolesterin har xil shakllarda aniqlanadi “zararli” xolesterin (past zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini, PZLX) va “foydali” xolesterin (yuqori zichlikdagi lipoproteidlar xolesterini, YuZLX). Rozulip preparati qonda “zararli” xolesterin miqdorini kamaytirish va “foydali” xolesterin darajasini oshirish qobiliyatiga ega.
Rozulip preparati Sizga infarkt va insultni rivojlanishiga olib keluvchi qonda xolesterin darajasini yuqoriligi sababli buyurilgan.
Parhezni o‘zgarishi va jismoniy faollikni oshishi qonda xolesterin darajasini pasayishi uchun yetarlicha bo‘lmaganligi tufayli, sizga statinni qo‘llash tavsiya qilingan.
Rozulip Sizning organizmingizda “zararli” xolesterinni ishlab chiqarilishini bloklaydi, shuningdek qondan uni chiqarib yuborilishini yengillashtiradi.
Rozulip preparatini qabul qilishni davom ettirish nima uchun muhim
Siz Rozulip preparatini qabul qilishni qondagi xolesterin darajasi normallashgandan keyin ham davom ettirishingiz kerak, chunki preparatni qabul qilish keyinchalik xolesterinning miqdorini oshishini oldini oladi. Shunday bo‘lsada, Siz preparatni qabul qilishni shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, shuningdek homiladorlikda to‘xtatishingiz kerak.
Rozulip preparati bilan davolanayotgan vaqtda Siz jismoniy faol bo‘lishingiz va xolesterinni kam saqlovchi standart parhezga amal qilishingiz kerak.
Ko‘pchilik odamlar qonda xolesterinning yuqori miqdorini his qilishmaydi, chunki bu holat qandaydir simptomlar bilan birga kechmaydi. Shunday bo‘lsada, davolash yetarli bo‘lmaganida xolesterin qon tomir devorlarida to‘planadi, bu ularning ichini torayishiga olib keladi.
Ayrim hollarda bunday toraygan qon tomirlari butunlay tiqilib qoladi, bu esa yurak yoki bosh miyani qon bilan ta'minlanishini buzilishi oqibatida infarkt yoki insultni rivojlanishiga olib keladi. Agar Siz qondagi xolesterinning darajasini turg‘unlashtirsangiz, infarkt yoki insultni rivojlanish xavfi kamayadi.
2. SIZ ROZULIPNI QO‘LLASHNI BOSHLASHINGIZDAN OLDIN
Rozulipni qabul qilmang
- agar Sizda ta'sir etuvchi moddaga (rozuvastatinga) yoki Rozulip preparatining boshqa ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa;
- agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizayotgan bo‘lsangiz. Agar siz Rozulip preparati bilan davolash vaqtida homiladorligingiz haqida xabar topsangiz, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokoringiz bilan bog‘laning. Rozulip qabul qilayotgan ayollar homiladorlikdan saqlanish va ishonchli kontratseptsiya vositalarini (masalan, prezervativ, bachadon ichki homiladorlikka qarshi vosita yoki gormonal kontratseptivlarni) qo‘llashlari kerak;
- agar Sizda jigar kasalliklari bo‘lsa;
- agar Sizda buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lsa;
- agar Sizda qaytalanuvchi, tushuntirib bo‘lmaydigan mushak og‘riqlari bo‘lsa;
- agar Siz siklosporin deb nomlanuvchi preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (u immun javobni bostiradi va masalan, a'zolarni transplantatsiyasidan keyin qo‘llanadi).
Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlardan birontasi sizga tegishli bo‘lsa (yoki sizda shubha uyg‘otsa), iltimos, o‘z shifokoringizga murojaat qiling.
Bolalarda bu preparat bilan davolash xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarlicha malumotlar bo‘lmaganligi sababli Rozulipni patsiyentlarning bu populyatsiyasida buyurish mumkin emas.
Bundan tashqari, Rozulip 40 mg (maksimal doza) dozada qabul qilmang
- agar Sizda buyrakni o‘rtacha buzilishlari bo‘lsa (agar Sizning ishonchingiz komil bo‘lmasa, iltimos o‘z shifokoringizdan so‘rang);
- agar Sizda qalqonsimon bezining faoliyati buzilgan bo‘lsa;
- agar o‘tmishda Sizni qaytalanuvchi yoki tushintirib bo‘lmaydigan mushak og‘rig‘i bezovta qilgan bo‘lsa, agar mushak tizimi tomonidan buzilishlar Sizda yoki oila azolaringizda kuzatilgan bo‘lsa, shuningdek agar ilgari sizda qonda xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilish fonida mushak tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilgan bo‘lsa;
- agar Siz muntazam erkaklar uchun 200 ml vino, 2 bakal pivo yoki 60 ml hajmdan ko‘proq kuchli alkogolli ichimlik yoki ayollar uchun 100 ml vino,1 bakal pivo yoki 30 ml kuchli ichimliklar iste'mol qilsangiz;
- agar Siz osiyolik (yaponiyalik, xitoylik, filippinlik, vetnamlik, koreyalik yoki hind) bo‘lsangiz;
- agar Siz qonda xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa dori vositalarini, xususan fibratlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
Agar yuqorida sanab o‘tilganlardan birortasi sizga taalluqli bo‘lsa (yoki Sizda shubha uyg‘otsa), iltimos o‘z shifokoringizga murojat qiling.
Rozulip preparatini alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qiling
- agar Sizda buyrakbilan bog‘liq muommolar bo‘lsa;
- agar Sizda ilgari jigar patologiyasi aniqlangan bo‘lsa. Jigarning dorili shikastlanish xavfi dastlab jigar patologiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek muntazam katta miqdorda alkogol iste'mol qiluvchi shaxslarda yuqori bo‘ladi. Agar Sizda ilgari jigar muommolari bo‘lgan bo‘lsa, shuningdek Siz muntazam alkogol iste'mol qilsangiz, rozuvastatin qabul qilishdan oldin o‘z shifokoringizga xabar bering.
- agar ilgari Sizni qaytalanuvchi yoki tushuntirib bo‘lmaydigan mushak og‘rig‘i bezovta qilgan bo‘lsa, agar Sizning oila a'zolaringizda yoki o‘zingizda mushak tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilgan bo‘lsa, shuningdek agar Sizda ilgari qonda xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilganingizda mushak tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilgan bo‘lsa. Agar Sizni tushuntirib bo‘lmaydigan mushaklarda og‘riq bezovta qilayotgan bo‘lsa, agarda u holsizlik yoki isitma bilan birga kechsa, darhol bu haqida o‘z shifokoringizga xabar bering.
- agar Siz muntazam erkaklar uchun 200 ml vino, 2 bakal pivo yoki 60 ml yoki ayollar uchun
100 ml vino, 1 bakal pivo yoki 30 ml dan ko‘proq xajmli alkogolli ichimliklar iste'mol qilsangiz;

- agarda siz qonda xalestirinning darajasini pasaytiruvchi boshqa dori vositalarini xususan fibratlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Iltimos, xatto ilgari xolesterin darajasini pasaytirish uchun boshqa dori preparatlarni qabul qilgan bo‘lsangiz ham, bu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing;
- agar Siz OITV-infektsiyasi bilan kurashish uchun mo‘ljallangan preparatlarni, masalan lopinavir/ritonavir (“Boshqa preparatlarni qabul qilish” bo‘limini qarang) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
- agar Siz 70 yoshdan oshgan bo‘lsangiz (Sizning shifokoringiz Rozulin preparatining boshlang‘ich dozasini to‘g‘ri tanlab olishi kerak;
- agar Siz osiyolik (yaponlik, xitoylik, fillipinlik, vetnamlik, koreyalik yoki hind) bo‘lsangiz. Sizning shifokoringiz Rozulip preparatining boshlang‘ich dozasini to‘g‘ri tanlashi kerak;
- agar Sizda og‘ir nafas yetishmovchiligi bo‘lsa.
Agar yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan birortasi Sizga taalluqli bo‘lsa (yoki sizda shubha uyg‘otsa)
- Rozulip preparatini 40 mg dozada qabul qilmang (maksimal doza) va Rozulip preparatini xar qanday dozada qabul qilishni boshlashdan oldin o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan bog‘laning.
Ayrim hollarda statinlar bilan davolash jigar faoliyatining buzilishlari bilan kechishi mumkin. Statinlarning bu a'zoning faoliyatiga noxush tasiri qon zardobida jigar fermentlari kontsentratsiyasini oshishi bilan namoyon bo‘ladi, shuning uchun Rozulip preparati bilan davolashni ham boshlashdan oldin, ham davolanish vaqtida Sizning shifokoringiz muntazam funktsional jigar sinamalarini baholaydi. Sizni belgilangan laborator tekshiruvlar rejasiga amal qilishingiz muhim.
Boshqa preparatlarni qabul qilish
Iltimos, o‘z shifokoringizga yoki farmakologga qanday preparatlarni, shu jumladan retseptsiz olingan preparatlarni qabul qilayotganingiz yoki oxirgi vaqtda qabul qilganingiz haqida ham malum qiling.
Agar Siz quyida keltirilgan preparatlarning birontasini qabul (qilayotgan) qilgan bo‘lsangiz, iltimos, shifokoringizga ma'lum qiling.
Bu dori preparatlarining farmakologik samarasi Rozulip preparati bilan davolash fonida o‘zgarishi mumkin, yoki aksincha Rozulip preparatining samarasi quyida ko‘rsatilgan preparatlar ta'siri ostida modifikatsiyalanishi mumkin.
- Siklosporin (masalan, a'zolar transplantatsiyasidan keyin transplantantni ko‘chib ketishini oldini olish maqsadida qo‘llanadi. Rozuvastatin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, oxirgisining samaralari kuchayadi). Agar Siz siklosporin bilan davolanayotgan bo‘lsangiz Rozulip preparatini qabul qilmang.
- Antikoagulyantlar (masalan, varfarin, sinkumar) (Rozulip preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganda, antikoagulyantlarni samarasi va qon ketish xavfi oshishi mumkin).
- Qonda xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa dori preparatlari (fibratlar), ular shuningdek triglitseridlarning kontsentratsiyasini me'yorlashtiradi (masalan, gemfibrozil va boshqa fibratlar). Birga qo‘llanganda rozuvastatinning samarasi kuchayadi. Rozulip preparatini 40 mg dozada (maksimal doza) va fibratlarni bir vaqtda qo‘llamang. Fibratlar bilan qo‘shimcha davolashda Rozulip preparatining dastlabki dozasini 5 mg gacha qisqartirish tavsiya qilinadi.
- Qonda xolesterin darajasini kamaytiruvchi har qanday boshqa dori vositalari (masalan, ezetimib, ichakda xolesterinning so‘rilishini susaytirishi hisobiga ta'sir qiluvchi vosita).
- Dispepsiyani bartaraf qiluvchi dori preparatlari (me'dada kislotani neytrallash uchun ishlatiladi; ular qon plazmasida rozuvastatinni kontsentratsiyasini kamaytiradi). Agar dispepsiya ko‘rinishlarini bartaraf qiluvchi preparatlarni, Rozulip preparatini qabul qilgandan so‘ng 2 soatdan keyin qabul qilinsa, bu o‘zaro ta'sirni kamaytirish mumkin.
- Antibakterial preparatlar (masalan, eritromitsin) rozuvastatinning samaradorligi bu preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda kamayadi.
- Peroral kontratseptivlar (homiladorlikka qarshi tabletkalar). Rozuvastatin bilan davolash fonida jinsiy gormonlarni so‘rilishi kuchayadi.
- O‘rnini bosuvchi gormonal terapiya (qondagi gormonlarning kontsentratsiyasini oshiradi).
- OITV bilan infektsiyalangan patsiyentlarni davolash uchun ishlatiladigan viruslarga qarshi preparatlar (OITV proteazasi ingibitori deb nomlanuvchi, masalan, lopinavir /ritonavir). Bu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida rozuvastatinning samaradorligini oshiradi. Rozuvastatin preparati OITV-proteazasi ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Rozulip preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish.
Rozulipni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki chaqaloqni emizayotgan bo‘lsangiz Rozulip preparatini qabul qilmang. Agar Siz Rozulip preparati bilan davolanayotgan vaqtda homiladorligingiz haqida xabar topgan bo‘lsangiz, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va o‘z shifokoringiz bilan bog‘laning. Rozulip preparatini qabul qilayotgan ayollarga homiladorlikdan saqlanishlari va ishonchli kontratseptiv vositalardan (masalan, prezervativ, bachadon ichki homiladorlikka qarshi vosita yoki gormonal kontratseptivlardan) foydalanish kerak.
Har qanday dori vositalarini qabul qilishni boshlashdan oldin, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish
Ko‘pchilik hollarda Rozulipni qabul qilayotgan patsiyentlar, avtotransportni va mexanizmlarni boshqarishlari mumkin, chunki bu preparat bilan davolanish bu qobiliyatlarga ta'sir qilmaydi. Shunga qaramay, ayrim patsiyentlarda Rozulip preparat bilan davolash fonida bosh aylanishi rivojlanishi mumkin. Agar Siz bosh aylanishini his qilsangiz avtotransportni yoki mexanizmlarni boshqarishdan oldin, o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Rozulip preparatining ayrim ingrediyentlari haqida muhim ma'lumot
Agar Siz ayrim uglevodlarni (laktoza yoki sut qandini) o‘zlashtiraolmasangiz Rozulip preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Ingrediyentlarning to‘liq ro‘yhati “Qo‘shimcha ma'lumot” bo‘limida keltirilgan.
3. ROZULIPNI QANDAY QABUL QILISH KERAK
Rozulipni doimo shifokorning ko‘rsatmasiga aniq rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Sizda qandaydir shubhalar tug‘ilsa, o‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Bolalarda preparat bilan davolash xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlar yetarlicha bo‘lmaganligi tufayli, Rozulipni patsiyentlarning bu populyatsiyasiga buyurmaslik kerak.
Rozulip preparati bilan davolanish vaqtida Siz jismoniy faollikni tutib turishingiz va xolesterinni kam saqlovchi standart parhezga rioya qilishingiz kerak.
Boshlang‘ich doza
Siz ilgari xatto yuqori dozada boshqa statinlarni qabul qilgan bo‘lsangiz ham, Rozulip preparati bilan davolashni 5 mg yoki 10 mg dozada boshlash kerak. Boshlang‘ich dozani tanlash quyidagilarga bog‘liq
- Qondagi xolesterin kontsentratsiyasi;
- Miokard infarkti yoki insultni rivojlanish xavfining darajasi;
- Nojo‘ya samaralarini rivojlanishiga yuqori moyillikni belgilovchi omillarning mavjudligi.
Rozulip preparatining boshlang‘ich optimal dozasini tanlash uchun, iltimos, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.
Shifokor sizga minimal (5 mg) dozani buyurishi mumkin agarda
- Agar siz Osiyolik (yaponiyalik, xitoylik, filippinlik, vetnamlik, koreyalik yoki hind) bo‘lsangiz;
- 70 yoshdan katta bo‘lsangiz;
- Agar Sizda buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishlari bo‘lsa;
- Mushak og‘riqlari paydo bo‘lishining (miopatiya) xavfi bo‘lsa (“Rozulip preparatini ehtiyotkorlik bilan qabul qiling” bo‘limiga qarang).
Dozani oshirish va maksimal sutkalik doza
Sizning shifokoringiz Rozulip preparatining dozasini oshirish xaqida qaror qabul qilishi mumkin. Bu qaror qon zardobidagi xolesterin kontsentratsiyasini joriy ko‘rsatkichlariga, yurak-qon tomir tizimi tomonidan noxush holatlarini rivojlanishi xavfiga, shuningdek yo‘ldosh patologiyaning bo‘lishiga bog‘liq. Dozani oshirish Rozulip preparatining optimal dozasini tanlash uchun kerak bo‘lishi mumkin. Agar Siz davolashni 5 mg dozadan boshlagan bo‘lsangiz, shifokor bu dozani ikki marta - 10 mg gacha oshirish haqida qaror qabul qilishi mumkin, so‘ngra esa, zarurati bo‘lganida, dozani 20 mg va 40 mg gacha oshirishi mumkin.
Doza oshirishda, har gal to‘rt haftalik intervalga rioya qilish kerak.
Rozulip preparatining maksimal sutkalik dozasi sutkada 40 mg ni tashkil qiladi. Bu doza faqat qonda xolesterini yuqori darajali va infarkt rivojlanishining xavfi yuqori yoki Rozulip preparatining 20 mg dozasi bilan davolash fonida xolesterin kontsentratsiyasini yetarlicha pasaymagan patsiyentlarda ko‘rsatilgan.
Tabletkalarni qabul qilish
Har bir tabletkani butunligicha, suv bilan ichib yuting.
Rozulipni kuniga bir marta qabul qiling. Siz Rozulipni, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, sutkaning har qanday vaqtda qabul qilishingiz mumkin.
Iloji boricha, o‘zingizning sutkalik dozangizni o‘tkazib yubormaslik uchun preparatni har kuni bir vaqtda qabul qiling.
Qon zardobida xolesterin kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish
Shifokorni ko‘rigida qon zardobidagi xolesterin kontsentratsiyasining muntazam nazorati katta ahamiyatga ega. Xolesterinning istalgan darajasiga erishish va uni tutib turishni baholash uchun bunday nazorat zarurdir.
Shifokor Sizga optimal dozani tanlash uchun preparatning dozasini oshirishi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Agar Siz Rozulip preparatini dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz qabul qilgan preparatning sutkalik dozasini tasodifan oshirib yuborgan bo‘lsangiz, o‘z shifokoringiz bilan bog‘laning yoki yaqindagi kasalxonaga tez yordam bo‘limiga
murojaat qiling, chunki Sizga shifokorning yordami kerak bo‘lib qolishi mumkin.
Agar Siz kasalxonaga yotsangiz yoki boshqa patologiya tufayli davolanayotgan bo‘lsangiz tibbiyot xodimiga Rozulip preparatini qabul qilayotganingiz haqida xabar bering.
Agar siz Rozulipni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz rozuvastatinni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, hayajonlanmang. Bu dozani o‘tkazib yuboring va preparatni keyingi dozasini kerakli vaqtda qabul qiling. Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini bosish uchun preparatning ikki barobar ko‘p dozasini qabul qilmang.
Agar Siz Rozulip preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Shifokoringizni maslahatisiz Rozulip preparatini qabul qilishni, faqat Sizda homiladorlik belgilari paydo bo‘lsa, mushak tizimiga davolashning nojo‘ya ta'siri (mushak kuchsizligi, yuqori sezuvchanlik, og‘riq) yoki og‘ir allergik reaktsiya simptomlari (yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari) (yuz, lablar, til va xalqumni, yumshoq to‘qimalarini shishi; nafas yoki yutinishni qiyinlashishi, yaqqol qichishish va populyoz toshma hollari) dan tashqari hollarda to‘xtatmang. Agar Siz Rozulip preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz, qonda xolesterin kontsentratsiyasi yana oshishi mumkin.
Agar Sizda ushbu preparatni qabul qilishga taalluqli bo‘lgan qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
4. MUMKIN BO‘LMAGAN NOJO‘YA SAMARALARI
Boshqa dori vositalari kabi, Rozulip preparati ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Shunga qaramasdan, bu nojo‘ya samaralar preparatni qabul qiluvchi patsiyentlarning hammasida ham uchramaydi.
Bu nojo‘ya samaralari haqida Siz bilishingiz muhim. Odatda ular yengil xarakterga ega va tez yo‘qoladi.
Agar Sizda quyidagi allergik reaktsiyalardan birortasi rivojlangan bo‘lsa, Rozulip preparatini qabul qilishni to‘xtating va zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling.
- Yuz, lablar, til va (yoki) xalqumning shishi bilan yoki ularsiz nafasni qiyinlashishi;
- Yutinganda qiyinchilik tug‘diruvchi yuz, til, lablar va (yoki) halqumni shishi;
- Terini kuchli qichishishi (papulyoz toshmalar bilan).
Bundan tashqari, agar Sizning mushaklaringizda g‘ayri tabiiy, kutganingizdan ham ko‘ra uzoq davom etuvchi og‘riq paydo bo‘lgan bo‘lsa, Rozulip preparatini qabul qilishni to‘xtating va zudlik bilan o‘z shifokoringizga murojaat qiling. Rozuvastatin ishlatilganida boshqa statinlar bilan davolashga xos bo‘lmagan mushak tizimi tomonidan juda kam noxush samaralar kuzatilgan. Undan ham kam hollarda bunday noxush samaralar mushak to‘qimasining shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan- hayot uchun xavfli rabdomioliz bilan kechgan.
Mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Tez-tez (100 patsiyentdan 1-10 tasida kuzatilgan)
- Bosh og‘rig‘i;
- Qorin og‘rig‘i;
- Qabziyat;
- O‘zini yomon his qilish;
- Mushaklarda og‘riq;
- Holsizlik hissi;
- Bosh aylanishi;
- Siydikda oqsil miqdorini oshishi (faqat, preparat 40 mg dozada ishlatilganida kuzatiladi; odatda siydikdagi oqsilning kontsentratsiyasi o‘z-o‘zidan normallashadi va Rozulip preparati bilan davolashni to‘xtatishning zarurati yo‘q).
Tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1-10 da kuzatiladi)
- Toshma;
- Terini qichishishi;
- Eshakemi;
- Siydikda oqsil miqdorini oshishi (faqat preparatning 5 mg, 10 mg va 20 mg dozada qo‘llaganida kuzatiladi; odatda siydikdagi oqsilning kontsentratsiyasi o‘z-o‘zidan me'yorlashadi va Rozulip preparati bilan davolashni to‘xtatishning zarurati yo‘q.
Kam (10000 patsiyentdan 1-10 da kuzatiladi)
- Og‘ir allergik reaktsiya (yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi) yuz, lablar, til va (yoki) xalqumni shishi, yutishni va nafasni qiyinlashishi, terini kuchli qichishishi (populyoz toshmalar bilan) belgilarini o‘z ichiga oladi. Agar Siz, Sizda allergik reaktsiya rivojlanganiga gumonsirasangiz, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va tibbiy yordamga murojaat qiling.
- Mushaklarni shikastlanishi – bu simptomatika mushak kuchsizligi, yuqori sezuvchanlik va mushaklarda og‘riq belgilarini o‘z ichiga oladi. Kam hollarda patsiyentlarda lohaslik, isitmalash va ayrim hollarda buyraklar faoliyatini buzilishlari bilan kechuvchi mushak to‘qimasini (rabdomioliz sifatida ma'lum bo‘lgan) og‘ir shikastlanishlari rivojlangan. Bu asoratni rivojlanishini oldini olish uchun, agar Sizda odatdagi bo‘lmagan mushaklarda og‘riq paydo bo‘lsa, siz kutganingizdan ham uzoq davom etsa, Rozulip preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokor bilan bog‘laning. Shifokor Sizga mushak tizimi xolatini baxolash imkoniyatini beruvchi qon tekshiruvlarini buyurishi mumkin
- Me'da osti bezini yallig‘lanishi bilan bog‘liq (pankreatit) bo‘lgan qorinda kuchli og‘riq.
- Qonda jigar fermentlarining kontsentratsiyasini oshishi.
Juda kam (10000 patsiyentdan 1 ta kuzatiladi)
- Sariqlik (teri va ko‘zni sariqqa bo‘yalishi);
- Gepatit (jigarni yallig‘lanishi);
- Siydikda qon paydo bo‘lishi;
- Qo‘l-oyoqlarning periferik nervlari faoliyatini buzilishlari (masalan, uvishish);
- Bo‘g‘imlarda og‘riq;
- Xotirani yo‘qotilishi.
Tez-tezligi noma'lum (bo‘lganma'lumotlarga ko‘ra aniqlash mumkin emas)
- Diareya (tez-tez suyuq ich kelishi);
- Stivens-Djonson sindromi (qavariqlarni paydo bo‘lishi bilan kechuvchi terini, og‘iz shilliq qavatini, ko‘z va genitaliyni og‘ir shikastlanishi). Har qanday og‘ir teri reaktsiyalari paydo bo‘lganida, Rozulip preparatini qabul qilishni darhol to‘xtating va tibbiy yordamga murojaat qiling;
- Yo‘tal;
- Nafas olishni qiyinlashishi;
- Shish;
- Uyquni buzilishi, uyqusizlik va qo‘rqinchli tushlarni o‘z ichiga olgan;
- Jinsiy faoliyatni buzilishi;
- Depressiya;
- Nafasni buzilishlari, kuchli yo‘tal, hansirash yoki isitmani o‘z ichiga olgan.
Og‘ir nojo‘ya samaralar rivojlanganda, shuningdek ushbu ilova-varaqasida eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar rivojlanganda, iltimos, o‘z shifokoringizga yoki farmakologga murojaat qiling.
5. SAQLASh SHAROITI
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Rozulip preparatini blisterlarda va karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ning o‘tish vaqti joriy oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Agar Siz preparatning sifatsizligining aniq belgilarini (masalan, rangini o‘zgarganini) sezgan bo‘lsangiz Rozulipni ishlatmang.
Dori preparatini maishiy chiqindilar yoki oqar suvlar bilan yo‘qotish mumkin emas. Dori preparatlarini yo‘qotish bo‘yicha savolni o‘z farmatsevtingizga berishingiz kerak. Yo‘qotish qoidalariga rioya qilish atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. YAROQLILIK MUDDATI
Rozulipni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatmang.
Agar Siz preparatning sifatsizligini aniq belgilarini (masalan, rangini o‘zgarganini) sezgan bo‘lsangiz Rozulipni ishlatmang.
7. DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Dori preparatini maishiy chiqindilar yoki oqar suvlar bilan yo‘qotish mumkin emas. Dori preparatlarini yo‘qotish bo‘yicha savolni o‘z farmatsevtingizga berishingiz kerak. Yo‘qotish qoidalariga rioya qilish atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
8. QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR
Rozulip preparatining tarkibiga nima kiradi
- Ta'sir qiluvchi moddasi rozuvastatindir (rozuvastatinning ruxli tuzi ko‘rinishidagi shakli). Qobiq bilan qoplangan, har bir tabletka, 5 mg, 10 mg, 20 mg yoki 40 mg rozuvastatin Rozulip saqlaydi.
- Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, povidon, krospovidon, magniy stearati, polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol 3350, tal'k.
Preparatning tashqi ko‘rinishi va o‘rami
Qobiq bilan qoplangan 5 mg li Rozulip tabletkalari oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida Ye harfiva boshqa tomonida 591 raqami bosib tushirilgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan 10 mg li Rozulip tabletkalari oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida Ye harfiva boshqa tomonida 592 raqami bosib tushirilgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan 20 mg li Rozulip tabletkalari oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida Ye harfi 593 raqami bosib tushirilgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan 40 mg li Rozulip tabletkalari oq yoki deyarli oq, oval, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida Ye harfi 594 raqami bosib tushirilgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tabletkalar, qobiq bilan qoplangan, majmuaviy plenka “cold” blisterlarga o‘ralgan (poliamid/alyumin folga/PVX)/ alyumin folgada) har birida 7 tabletkadan. Blisterlar, o‘z navbatida, 2 ta (14 tabletkadan), 4 (28 tabletkadan) va 8 (56 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Ishlab chiqaruvchi
Egis farmatsevtika zavodi OAJ
1106 Budapesht, Keresture ko‘ch., 30-38
VENGRIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.