Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rozulip tab. 20mg №28
Nomi | Narx | |||||
Розулип таб. 20мг №28 (F256A0923##2 065) |
UZS 174 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Розулип таб. 20мг №28 (Н278В0124##2 233) |
UZS 174 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Розувастатин
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
20 мг
Производитель
Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ma'lum samarali yordamchi modda
Preparatning savdo nomi
Rozulip
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Rozuvastatin (rosuvastatin)
Dori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg, 10 mg, 20 mg, 40 mg.
Tarkibi
faol modda
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 5 mg
Bitta qobiq bilan qoplangan tabletka 5 mg rozuvastatinni saqlaydi (5,34 mg rozuvastatin rux shaklida).
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 10 mg
Bitta qobiq bilan qoplangan tabletka 10 mg rozuvastatinni saqlaydi (10,68 mg rozuvastatin rux shaklida).
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 20 mg
Bitta qobiq bilan qoplangan tabletka 20 mg rozuvastatinni saqlaydi (21,36 mg rozuvastatin rux shaklida).
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 40 mg
Bitta qobiq bilan qoplangan tabletka 40 mg rozuvastatinni saqlaydi (42,72 mg rozuvastatin rux shaklida).
yordamchi moddalar
Krospovidon, magniy stearat, laktoza monogidrat, povidon, polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol 3350, talk.
Ma'lum samarali yordamchi modda
Bitta qobiq bilan qoplangan 5 mg tabletka 60,6 mg laktoza monogidratni saqlaydi.
Bitta qobiq bilan qoplangan 10 mg tabletka 121,2 mg laktoza monogidratni saqlaydi.
Bitta qobiq bilan qoplangan 20 mg tabletka 242,4 mg laktoza monogidratni saqlaydi.
Bitta qobiq bilan qoplangan 40 mg tabletka 484,8 mg laktoza monogidratni saqlaydi.
Ta'rifi
Tashqi ko‘rinishi
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg, 10 mg, 20 mg, 40 mg
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 5 mg dumaloq shaklli, biroz ikkiyoqlama qavariq, bir tomonida “E” o‘yma naqshli stilizatsiyalangan harf va ikkinchi tomonida 591 raqami tushirilgan hidsiz yoki deyarli hidsiz, oq rangli yoki deyarli oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 10 mg dumaloq shaklli, biroz ikkiyoqlama qavariq, bir tomonida “E” o‘yma naqshli stilizatsiyalangan harf va ikkinchi tomonida 592 raqami tushirilgan hidsiz yoki deyarli hidsiz, oq rangli yoki deyarli oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 20 mg dumaloq shaklli, biroz ikkiyoqlama qavariq, bir tomonida “E” o‘yma naqshli stilizatsiyalangan harf va ikkinchi tomonida 593 raqami tushirilgan hidsiz yoki deyarli hidsiz, oq rangli yoki deyarli oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalari 40 mg yassi, biroz ikkiyoqlama qavariq, bir tomonida “E” o‘yma naqshli stilizatsiyalangan harf va ikkinchi tomonida 594 raqami tushirilgan hidsiz yoki deyarli hidsiz, oq rangli yoki deyarli oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Gipolipidemik preparatlar. Gipoxolesterinemik va gipotriglitseridemik preparatlar. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari.
ATX kodi C10AA07.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ta'sir etish mexanizmi
Rozuvastatin – 3-gidroksi-3-metilglutaril- A koenzimning xolesterin o‘tmishdoshi hisoblangan mevalonatga o‘zgarishini katalizatsiyalaydigan GMG-KoA-reduktaza - tezlik- limitlovchi fermentning selektiv va raqobatli ingibitori hisoblanadi. Rozuvastatinning asosiy ta'sir nuqtasi terapiya uchun maqsadli a'zo – jigar bo‘lib, xolesterin darajasini kamaytirishga yo‘naltirilgan.
Rozuvastatin jigar hujayralari yuzasida quyi zichlikka ega lipoproteidlar retseptorlari sonini ko‘paytiradi, buning hisobiga quyi zichlikka ega lipoproteidlar so‘rilishi va katabolizmi kuchayadi, shuningdek jigarda juda quyi zichlikka ega lipoproteidlar sintezi to‘xtatiladi. Buning natijasida juda quyi zichlikka ega lipoproteidlar va quyi zichlikka ega lipoproteidlar zarralari umumiy soni kamayadi.
Farmakodinamik samaralari
Rozuvastatin quyi zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini, umumiy xolesterin va triglitseridlar yuqori darajasini pasaytiradi, shuningdek yuqori zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini darajasini oshiradi. Bundan tashqari, Rozulip preparati apolipoprotein V (ApoV), yuqori zichlikka ega nolipoproteidlar xolesterini, juda quyi zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini, juda quyi zichlikka ega lipoproteidlar triglitseridlari kontsentratsiyalarini kamaytiradi va apolipoprotein A-I (ApoA-I) tarkibini ko‘paytiradi (1-jadvalga qarang). Shuningdek, rozuvastatin quyi zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini/yuqori zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini, umumiy xolesterin/yuqori zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini, yuqori zichlikka ega nolipoproteidlar xolesterini/yuqori zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini va ApoV/ ApoA-I nisbatini kamaytiradi.
Rozuvastatinning terapevtik samarasi davolash boshlanganidan so‘ng bir hafta davomida namoyon bo‘ladi. Ikki hafta terapiya davomida samaradorlik tegishli darajaga chiqib, u maksimal darajaning 90 foizini tashkil etadi. Maksimal samaradorlik, odatda, davolash boshlanganidan so‘ng to‘rt haftadan keyin qayd etiladi va kelgusida ta'minlanadi.
Klinik samaradorlik va xavfsizlik
Rozuvastatin katta yoshdagi patsiyentlarda, shuningdek maxsus guruhdagi, masalan, qandli diabet yoki oilaviy giperxolesterinemiya bo‘lgan patsiyentlarda triglitserinemiya mavjud bo‘lgan yoki mavjud bo‘lmagan holda giperxolesterinemiyani davolash uchun samarali preparat hisoblanadi. Ushbu samara patsiyentlarning etnik mansubligiga, jinsiga va yoshiga bog‘liq emas.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Rozuvastatinning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi ichga qabul qilinganidan so‘ng taxminan 5 soatdan keyin qayd etiladi. Preparatning mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Rozuvastatin jigar tomonidan intensiv yutiladi, bunda xolesterinning asosiy sintezi va quyi zichlikka ega lipoproteidlar xolesterini chiqarilishi yuz beradi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi 134 l ga yetadi. Rozuvastatinning taxminan 90 foizi qon plazmasida oqsillar, ko‘proq albumin bilan bog‘lanadi.
Biotransformatsiyasi
Rozuvastatin kam darajada metabolizmga uchraydi (taxminan 10%). Odam gepatotsitlaridan foydalanilgan holda o‘tkazilgan in vitro sharoitdagi tadqiqotlari natijalariga asosan rozuvastatin R450 sitoxromi tizimi izofermentlari uchun noprofilli substrat hisoblanadi. Preparat metabolizmida, asosan, CYP2C9 ishtirok qiladi, ayni vaqtda 2C19, 3A4 va 2D6 esa rozuvastatin biotransformatsiyasiga kamroq darajada jalb qilinadi. Rozuvastatin metabolitlari N-desmetil- va lakton metabolitlaridan iborat. N-desmetil-metabolit rozuvastatinga nisbatan taxminan 50% kamroq faol bo‘lib, ayni vaqtda lakton hosilalari klinik faol emas. Aylanuvchi qonning GMG-KoA-reduktazasining 90% dan ko‘proq susayishi rozuvastatin tomonidan ta'minlanadi.
Chiqarilishi
Rozuvastatinning taxminan 90 foizi ichaklar orqali o‘zgarmagan shaklda chiqariladi (so‘riladigan va so‘rilmaydigan ta'sir moddasi). Dozaning qolgan qismi organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.
Preparatning taxminan 5 foizi buyraklar orqali o‘zgarmagan shaklda chiqariladi. Preparatning qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 19 soatni tashkil etadi. Preparat dozasi oshirib borilishi bilan yarim chiqarilish davri uzaymaydi. Rozuvastatinning geometrik o‘rtacha plazma klirensi 50 l/soatga yetadi (variatsiya koeffitsiyenti 21,7%).
Boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari kabi rozuvastatinning jigar tomonidan yutilishida membrana oqsili – S turidagi organik anionlar (OATP-C) tashuvchisi ishtirok qiladi. Ushbu oqsil rozuvastatinning jigar tomonidan eliminatsiyasi uchun katta ahamiyatga ega.
Liniyalik/noliniyalik
Rozuvastatinning muntazam biokiraolishligi dozaga mutanosib ravishda oshib boradi. Preparat sutkada bir necha marta qo‘llanilganida farmakokinetik ko‘rsatkichlar o‘zgarmaydi.
Alohida patsiyentlar guruhlari
Yoshi va jinsi
Katta yoshdagi patsiyentlar yoshi va jinsining rozuvastatin farmakokinetik xususiyatlariga klinik ahamiyatli ta'siri mavjud bo‘lmagan. Geterozigotli oilaviy giperxolesterinemiya bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda rozuvastatinning ekspozitsiyasi dislipidemiya bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlardagi ekspozitsiyaga o‘xshash yoki undan kamroq bo‘lgan (quyidagi “Bolalar va o‘smirlar” bo‘limiga qarang).
Etnik mansublik
Farmakokinetik tadqiqotlar natijalari shundan dalolat beradiki, oq tanli yevropeoid irqqa mansub shaxslarga nisbatan osiyoliklarda (yaponiyaliklar, xitoyliklar, filippinliklar, vetnamliklar va koreyaliklar) AUC va Cmax tibbiy ahamiyati taxminan ikki marta yuqori bo‘lgan. Osiyolik hindularda ushbu ko‘rsatkichlar oq tanli shaxslarga nisbatan taxminan 1,3 baravar yuqoridir. Genetik faktorlar va atrof-muhit faktorlarining ta'siri o‘rganilmagan. Populyatsiyaviy farmakokinetika tahlilida oq tanli va qora tanli irqqa mansub shaxslar o‘rtasida rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlarida klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Buyraklar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Buyraklar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan sub'ektlar populyatsiyasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asosan yengil yoki o‘rtacha darajali buyraklar funktsiyalari buzilishi qon plazmasida rozuvastatin yoki N-desmetil-metabolit kontsentratsiyasiga ta'sir etmagan. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/daqiqa) bo‘lgan sub'ektlarda qon plazmasida rozuvastatin yoki N-desmetil-metabolit kontsentratsiyasi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan, tegishli ravishda, 3 va 9 baravar yuqori bo‘lgan. Gemodializ seanslarini qabul qilayotgan patsiyentlarda muvozanat holatida qon plazmasida rozuvastatinning muvozanat kontsentratsiyasi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 50% yuqori bo‘lgan.
Jigar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Turli darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan sub'ektlar populyatsiyasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asosan Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 7 ball yoki undan quyiroq baholashda rozuvastatin ekspozitsiyasi oshishi belgilari mavjud bo‘lmagan. Shunga qaramay, Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ball baholi ikki nafar patsiyentda tizimli ekspozitsiya qayd etilgan shkala bo‘yicha quyiroq ballar summasiga ega patsiyentlarga nisbatan eng kamida ikki baravar oshishi kuzatilgan.
Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori baholi patsiyentlarda rozuvastatin qo‘llanish tajribasi yo‘q.
Genetik polimorfizm
GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari, shu jumladan rozuvastatinning chiqarilishi OATP1B1 va BCRP transport oqsillari ishtirokida amalga oshiriladi. SLCO1B1 (OATP1B1) va/yoki ABCG2 (BCRP) genetik polimorfizm bo‘lgan patsiyentlarda rozuvastatin ekspozitsiyasi yuqorilash xavfi mavjud. SLCO1B1 c.521CC va ABCG2 C.421AA individual polimorfizm SLCO1B1 C.521TT va ABCG2 c.421CC genotiplariga nisbatan rozuvastatin ekspozitsiyasi (AUC), tegishli ravishda, 1,7 baravar va 2,4 baravar oshishi bilan bog‘liq. Klinik amaliyotda genotipning bunday spetsifik aniqlanishi o‘zini oqlamaydi, biroq, agar patsiyentda bunday polimorfizm borligi ma'lum bo‘lsa, rozuvastatinning kamroq sutkalik dozasi tavsiya etiladi.
Bolalar va o‘smirlar
10-17 yosh va 6-17 yoshdagi geterozigotli irsiy giperxolesterinemiya bo‘lgan patsiyentlarda (jami 214 nafar patsiyent) rozuvastatinning farmakokinetik tadqiqotlarida bolalardagi biokiraolishligi katta yoshdagi patsiyentlar uchun xos biokiraolishligiga o‘xshash yoki quyiroq ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari, natijalar shundan dalolat berganki, 2 yillik tadqiqot davri davomida dozalar/vaqt proportsionalligida sezilarli og‘ishlar kutilmaydi.
Qo‘llanilishi
Giperxolesterinemiyani davolash
-Preparat katta yoshdagi patsiyentlarda, o‘smirlarda hamda 6 yosh va undan katta yoshdagi bolalarda birlamchi giperxolesterinemiyani (IIa turi, shu jumladan geterozigotli irsiy giperxolesterinemiyani) yoki parhezga qo‘shimcha ravishda, ovqatlanishga tuzatish kiritish va boshqa nofarmakologik davolash usullari (masalan, jismoniy faollikni ta'minlash, tana vaznini kamaytirish) yetarlicha samarali bo‘lmagan holatlarda, aralash dislipidemiyani (Iib turi) davolash uchun tavsiya etilgan.
Katta yoshdagi patsiyentlarda, o‘smirlarda hamda 6 yosh va undan katta yoshdagi bolalarda geterozigotli irsiy giperxolesterinemiyani parhezga va qonda lipidlar darajasini pasaytirishga qaratilgan boshqa davolash usullari (masalan, quyi zichlikka ega lipoproteidlar aferezi) yetarlicha samarali bo‘lmagan holatlarda, qo‘shimcha ravishda davolash uchun tavsiya etilgan.
Yurak-qon tomir hodisalarini profilaktika qilish
Yurak-qon tomir birinchi hodisalari sezilarli xavfi bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir asosiy hodisalarinprofilaktika qilish (5.1-bo‘limga qarang), boshqa xavf faktorlariga tuzatish kiritish uchun qo‘shimcha sifatida.
Lipidlar darajasini pasaytirishga ehtiyoj bo‘lgan patsiyentlarda aterosklerozni davolash, kasallik kuchayishini sekinlatish va rivojlanishini kechiktirish maqsadida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni boshlashdan oldin patsiyentga xolesterin darajasini pasaytiruvchi standart parhez buyurilishi kerak. Patsiyent butun terapiya kursi davomida parhezga rioya qilishi kerak. Preparat dozasi davolash maqsadlari va patsiyentning terapiyaga javobi asosida amaldagi tavsiyalarga muvofiq yakka tartibda tanlanishi kerak.
Dozalash rejimi
Giperxolesterinemiyani davolash
Preparatning tavsiya qilingan dastlabki dozasi GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolanayotgan patsiyentlar uchun ham, oldin statinlarni qabul qilmagan patsiyentlar uchun ham sutkada bir marta ichga 5 yoki 10 mg ni tashkil etadi. Preparatning dastlabki dozasini tanlashda qonda xolesterinning individual darajasini, kelgusida yurak-qon tomir hodisalari rivojlanishi mavjud xavfini, shuningdek noxush reaktsiyalar rivojlanish potentsial xavfini hisobga olish kerak.
Zarur hollarda, davolash boshlanganidan so‘ng 4 haftadan keyin preparat dozasini oshirish mumkin. 40 mg dozada preparat qabul qiluvchi patsiyentlarda noxush reaktsiyalar rivojlanishi haqida ma'lumotlarning yuqori chastotasini hisobga olgan holda, yurak-qon tomir hodisalari rivojlanishi yuqori xavfi bo‘lgan faqat og‘ir darajali giperxolesterinemiya (ayniqsa, irsiy giperxolesterinemiya) holatida 20 mg dozada preparat qabul qilingan sharoitda terapiya maqsadlariga erishish mumkin bo‘lmaganda maksimal dozaga (40 mg) o‘tish mumkin. 40 mg dozaga o‘tish patsiyent holatining kelgusi standart kuzatilishi sharoitida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi 40 mg doza preparati bilan terapiya buyurish shifokor nazoratida tavsiya etiladi.
Yurak-qon tomir hodisalarini profilaktika qilish
Yurak-qon tomir hodisalari rivojlanish xavfini kamaytirish bo‘yicha tadqiqotlarda preparat kuniga 20 mg dozada qo‘llanilgan.
Bolalar va o‘smirlar
Preparatning bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi kerak.
6 yoshdan 17 yoshgacha bolalar va o‘smirlar (Tanner bo‘yicha rivojlanishning II – V bosqichlari)
Geterozigotli irsiy giperxolesterinemiya
Geterozigotli irsiy giperxolesterinemiya bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda tavsiya etiladigan dastlabki doza kuniga 5 mg ni tashkil etadi.
Geterozigotli irsiy giperxolesterinemiya bo‘lgan 6-9 yoshdagi bolalarda tavsiya etiladigan doza intervali sutkada ichga 5-10 mg ni tashkil etadi. Ushbu populyatsiyada bir sutkada 10 mg dan yuqori dozaning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Geterozigotli irsiy giperxolesterinemiya bo‘lgan 10-17 yoshdagi bolalarda tavsiya etiladigan doza intervali sutkada ichga 5-20 mg ni tashkil etadi. Ushbu populyatsiyada bir sutkada 20 mg dan yuqori dozaning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Mavjud pediatrik tavsiyalar asosida pediatrik patsiyentlarda reaktsiyalar va davolashga chidamlilik hisobga olingan holda dozani yakka tartibda tanlash kerak.
Davolashni boshlashdan oldin, bolalar va o‘smirlarga xolesterin darajasini pasaytiruvchi standart parhez buyurilishi kerak. Patsiyent butun terapiya kursi davomida parhezga rioya qilishi kerak.
Gomozigotli irsiy giperxolesterinemiya
Gomozigotli irsiy giperxolesterinemiya bo‘lgan 6 yoshdan 17 yoshgacha bolalar va o‘smirlarda tavsiya etiladigan dastlabki doza sutkada 20 mg ni tashkil etadi. Tavsiya etiladigan dastlabki doza patsiyentning yoshiga, tana vazniga va oldingi statinlar qo‘llanilganligiga qarab 5-10 mg ni tashkil etadi. Pediatriyada qo‘llanilish tavsiyalariga asosan, dozaning sutkada bir marta maksimal 20 mg dozagacha oshirilishi (titratsiya) patsiyentlarning individual javobiga va chidamliligiga bog‘liq bo‘ladi. Rozuvastatin bilan davolash boshlangungacha bolalar va o‘smirlarga xolesterin darajasini pasaytiruvchi standart parhez buyurilishi kerak. Patsiyent butun terapiya kursi davomida parhezga rioya qilishi kerak.
Ushbu populyatsiyada 20 mg dozadan boshqa dozalarda rozuvastatinning qo‘llanilish tajribasi cheklangan.
40 mg tabletkalar bolalar va o‘smirlarga buyurilishi mumkin emas.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Preparatning 6 yoshdan kichik yoshdagi bolalarda qo‘llanilish samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Shu tufayli preparatning 6 yoshdan kichik yoshdagi bolalarni davolash uchun qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
70 yoshdan katta yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun 5 mg dastlabki dozadan foydalanish tavsiya etiladi. Preparat dozasini patsiyentning yoshi bilan bog‘liq boshqa o‘zgartishlarga zaruriyat yo‘q.
Buyraklar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Yengil yoki o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligida preparat dozasiga tuzatish kiritish zaruriyati yo‘q. O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <60 ml/daqiqa) bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qabul qilishni 5 mg dozadan boshlash tavsiya etiladi. O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga 40 mg doza qo‘llanilishi mumkin emas. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparat har qanday dozalarda qo‘llanilishi mumkin emas.
Jigar funktsiyalari buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 7 ball yoki undan quyiroq baholash bo‘lgan patsiyentlar populyatsiyasida rozuvastatinning tizimli ekspozitsiyasi oshmagan. Ayni vaqtda, Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ball baholi patsiyentlarda tizimli ekspozitsiya oshishi kuzatilgan. Bunday patsiyentlarda davolashni boshlashdan oldin jigar funktsiyalari baholanishini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Child-Pugh shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori baholi patsiyentlarda rozuvastatin qo‘llanish tajribasi yo‘q.
Rozulip® preparati faol bosqichdagi jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llanilishi mumkin emas.
Etnik mansublik
Osiyoliklarda preparatning yuqori tizimli ekspozitsiyasi qayd etilgan. Osiyolik patsiyentlarga preparatning tavsiya etiladigan dastlabki dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Ushbu patsiyentlarga Rozulip® preparatining 40 mg dozada qo‘llanilishi mumkin emas.
Genetik polimorfizm
Rozuvastatinning ekspozitsiyasini oshiradigan ayrim genetik polimorfizm turlari ma'lum. Bunday genetik polimorfizm turlari bo‘lgan patsiyentlarda Rozulip® preparatining yanada kamroq sutkalik dozasi tavsiya etiladi.
Miopatiya rivojlanishiga moyil faktorlari bo‘lgan patsiyentlar
Miopatiya rivojlanishiga moyil faktorlari bo‘lgan patsiyentlar uchun Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparatining tavsiya etilgan dastlabki dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Bunday patsiyentlarning ayrimlariga preparatni 40 mg dozada qabul qilish mumkin emas.
Boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanilishi
Rozuvastatin turli transport oqsillari (masalan, OATP1B1 va BCRP) substrati hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan transport oqsillari bilan o‘zaro ta'sir natijasida plazmada rozuvastatin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin bo‘lgan ayrim preparatlar bilan rozuvastatin birga qo‘llanilganida miopatiya (shu jumladan, rabdomioliz) rivojlanish xavfi kuchayadi (masalan, bunday preparat siklosporin, shuningdek ayrim proteaz ingibitorlaridan iborat, shu jumladan, ritonavirning atazanovir, lopinavir va/yoki tipranavir bilan kombinatsiyasi. Bunday preparatlarni buyuradigan shifokorlarga rozuvastatin bilan birga buyurish nazarda tutilayotgan dori preparatlarining umumiy xususiyatlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Imkon darajada, muqobil preparatlar qo‘llanilishi, zarur hollarda esa – rozuvastatin qo‘llanilishi vaqtincha bekor qilinishi kerak. Bunday dori preparatlarining birga qo‘llanilishi muqarrar holatda, kombinatsiyalangan davolash va rozuvastatin dozasini o‘zgartirish bilan bog‘liq foyda va xavf puxta solishtirilishi kerak.
Qo‘llanish usuli
Ichga qo‘llaniladi.
Rozulip preparatini sutkaning istalgan vaqtida ovqatlanishdan qat'i nazar qabul qilish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Xavfsizlik profili rezyumesi
Rozuvastatin bilan davolash sharoitida ko‘proq yengil darajali va o‘tkinchi noxush holatlar qayd etilgan. Noxush reaktsiyalar rivojlanishi sababli rozuvastatinning nazoratli klinik tadqiqotlarida patsiyentlarning 4 foizidan kamrog‘i o‘z ishtirokini to‘xtatgan.
Jadval shaklidagi rezyume
Noxush reaktsiyalar tasnifi takrorlanish tezligiga qarab quyidagi tarzda ko‘rinishga ega tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), takrorlanish tezligi ma'lum emas (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
2-jadvalda klinik tadqiqotlar ma'lumotlari va ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda preparatning keng qo‘llanilish tajribasi asosida noxush reaktsiyalar profili taqdim qilingan. Nojo‘ya reaktsiyalar a'zolar tizimlari va ularning takrorlanish tezligi bo‘yicha taqdim qilingan.
2-jadval. Klinik tadqiqotlar ma'lumotlari va ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda preparatning keng qo‘llanilish tajribasi asosida noxush nojo‘ya reaktsiyalar
A'zolar tizimlari bo‘yicha tasnifi
tez-tez
tez-tez emas
kam hollarda
juda kam hollarda
Takrorlanish tezligi ma'lum emas
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Trombotsito-peniya
Immun tizim tomonidan buzilishlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Qandli diabet1
Psixik buzilishlarDepressiya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlarBosh og‘rishi, bosh aylanishiPolineyropatiya,
xotira buzilishiPeriferik neyropatiya, uyqu buzilishi, shu jumladan uyqusizlik va bosinqirashlar
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlarYo‘tal, hansirash
Me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlarIch qotishi, ko‘ngil aynishi, qorin sohasidagi og‘riqPankreatitDiareya
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlarJigar fermentlari yuqori darajasi
(transaminaz)Sariq kasali,
gepatit
Teri va teri osti biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlarQichishish, toshma va eshakemiStivens-Djonson sindromi
Suyak, mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlarMialgiyaMiopatiya (shu jumladan miozit) rabdomioliz
Teri silisimon sindrom,
Mushaklar uzilishiArtralgiyaPaylar tomonidan buzilishlar, ba'zan uzilish asoratlari bilan.
Nekrotlaydigan miopatiya immun xususiyatli
Buyrak va siydik yo‘llari tomonidan buzilishlar Gematuriya
Reproduktiv a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlarGinekomastiya
Umumiy kasalliklar va dori yuborilgan joydagi buzilishlarShishishlar
1 Takrorlanish tezligi xavf faktorlari mavjudligi yoki mavjud emasligiga bog‘liq (och qoringa qonda glyukoza darajasi >5,6 mmol/l, tana vazni indeksi >30 kg/m2, triglitseridlar yuqori darajasi, anamnezda gipertoniya)
Boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari kabi rozuvastatin yordamida terapiya bilan bog‘liq noxush reaktsiyalarning takrorlanish tezligi dozaga bog‘liq holda tavsiflanadi.
Buyraklar tomonidan noxush ta'sirlar
Rozuvastatin qabul qilgan ayrim patsiyentlarda proteinuriya kuzatilgan. Aksariyat holatlarda u kanalli kelib chiqqan. Oqsil tarkibining “butunlay mavjud emaslik” va “izlar”dan “++”gacha yoki undan ko‘proq o‘zgarishi 10 yoki 20 mg dozada rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarning 1 foizidan kamrog‘ida, shuningdek 40 mg dozada rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarning taxminan 3 foizida kuzatilgan. Siydikda oqsil tarkibining “butunlay mavjud emaslik” va “izlar”dan “+”gacha o‘zgarishi 20 mg dozada rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarda eng tez-tez aniqlangan. Odatda, davom etayotgan davolanish sharoitida proteinuriya kamaygan yoki mustaqil ravishda yo‘qolgan. Klinik tadqiqotlar natijalari va ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi ma'lumotlar sharhi proteinuriya va buyraklar patologiyasi (o‘tkir yoki rivojlanuvchi) o‘rtasida sabab-bog‘liqlikni aniqlamagan.
Rozuvastatin qabul qilgan ayrim patsiyentlarda gematuriya aniqlangan. Klinik tadqiqotlar natijalari ushbu noxush holatning quyi tarqalishidan dalolat beradi.
Skelet muskulaturasi tomonidan noxush ta'sirlar
Skelet muskulaturasi tomonidan noxush ta'sirlar, masalan, mialgiya, miopatiya (shu jumladan miozit) va kamdan-kam holatlarda, rabdomioliz har qanday dozalarda, ayniqsa tez-tez, 20 mg dan yuqori dozalarda rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan.
Rozuvastatin qabul qilgan ayrim patsiyentlarda kreatinkinaz kontsentratsiyalarining dozaga bog‘liq oshishi aniqlangan. Aksariyat holatlarda ushbu reaktsiya yengil, simptomsiz va o‘tkinchi xususiyatga ega bo‘lgan. Qon zardobida kreatinkinaz kontsentratsiyasi yuqori (yuqori me'yor chegarasidan 5 baravar ko‘proq) bo‘lgan holatda rozuvastatin bilan terapiyani to‘xtatish kerak.
Jigar tomonidan noxush ta'sirlar
GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan terapiyaga o‘xshash holda, rozuvastatin qabul qilgan kam sonli patsiyentlarda qon zardobida transaminaz tarkibining dozaga bog‘liq oshishi kuzatilgan. Aksariyat holatlarda transaminaz darajasining oshishi yengil, simptomsiz va o‘tkinchi xususiyatga ega bo‘lgan.
Ayrim statinlar bilan terapiya sharoitida quyidagi noxush holatlar qayd etilgan
Seksual funktsiyaning buzilishi
O‘pkaning interstitsial kasallanishi juda kamdan-kam holatlari, ular asosan statinlar bilan uzoq vaqtli terapiyada qayd etilgan.
Rabdomioliz rivojlanishi, buyraklar funktsiyalarining yaqqol ifodalangan buzilishlari va jigar tomonidan jiddiy buzilishlar (ular asosan transaminaz kontsentratsiya oshishi bilan ifodalangan) takrorlanish tezligi preparatdan 40 mg dozada foydalanilganda yuqori bo‘ladi.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalar va o‘smirlar ishtirokida o‘tkazilgan 52 haftalik klinik tadqiqotda ushbu guruhda katta yoshdagi patsiyentlarga nisbatan ko‘pincha kreatinkinaz oshishi (>10 x yuqori me'yor chegarasi) va jismoniy faollikdan so‘ng mushak simptomlari rivojlanishi kuzatilgan.
Bolalar va o‘smirlarda rozuvastatin xavfsizlik profilining boshqa jihatlari bo‘yicha katta yoshdagi patsiyentlardagi ko‘rsatkichlarga o‘xshash bo‘lgan.
Nojo‘ya reaktsiyalar ehtimoli haqida ma'lum qilish
Preparatning taxmin qilinadigan nojo‘ya reaktsiyalari haqida ma'lumotlarning taqdim qilinishi dori preparati xavf/foyda nisbatining uzluksiz monitoringini amalga oshirish imkoniyatini beradigan juda muhim payt hisoblanadi. Tibbiyot xodimlariga har qanday taxmin qilinadigan noxush reaktsiyalar haqida axborotni yo‘riqnoma oxirida ko‘rsatilgan aloqa bog‘lash ma'lumotlari orqali, shuningdek milliy axborot to‘plash tizimi orqali taqdim qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparatni qabul qilish quyidagilarga mumkin emas
rozuvastatinga yoki yordamchi moddalarning istalgan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lgan patsiyentlarga;
faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan qon zardobida transaminaz kontsentratsiyasining turg‘un oshishi, shuningdek transaminaz darajasining yuqori me'yor chegarasiga nisbatan uch baravardan yuqori har qanday oshishi bo‘lgan patsiyentlarga;
og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/daqiqa) bo‘lgan patsiyentlarga;
miopatiya bo‘lgan patsiyentlarga;
siklosporin bilan birga davolanayotgan patsiyentlarga;
sofosbuvir/ velpatasvir/ voksilaprevir bilan birga davolanayotgan patsiyentlarga;
homiladorlik va laktatsiya vaqtida, shuningdek kontratseptsiyaning samarali usullaridan foydalanmaydigan reproduktiv funktsiyasi saqlanib qolgan ayollarga.
Miopatiya va/yoki rabdomioliz rivojlanishiga moyil faktorlar bo‘lgan patsiyentlarga 40 mg dozada Rozulip® preparati bilan terapiya mumkin emas. Bunday faktorlarga quyidagilar tegishli
o‘rtacha og‘irlik darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <60 ml/daqiqa);
gipotireoz;
patsiyent yoki uning yaqin qarindoshlarida mushak tizimi irsiy patologiyasi;
GMG-KoA-reduktaza boshqa ingibitori yoki fibratni qabul qilish bilan bog‘liq miopatiya foydasiga anamnestik ma'lumotlar;
alkogolni suiiste'mol qilish;
qon plazmasida rozuvastatin kontsentratsiyasi oshishini kuzatish mumkin bo‘lgan vaziyatlar;
osiyolik irqqa mansublik;
fibratlarning birga qo‘llanilishi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari birgalikda qo‘llanilishining rozuvastatinga ta'siri
Transport oqsillari ingibitorlari.
Rozuvastatin ayrim transport oqsillari, OATR1V1 qamrovi jigar transport oqsili va BCRP efflyuks oqsilining substrati hisoblanadi. Rozuvastatinning transport oqsillari ingibitorlari hisoblangan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi rozuvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini va miopatiyaning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin (1-jadvalga qarang).
Siklosporin
Rozuvastatin va siklosporin bir vaqtda qo‘llanilganida, rozuvastatinning AUC ko‘rsatkichlari (kontsentratsiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydonlar) sog‘lom ko‘ngillilar populyatsiyasida preparat bilan monoterapiyaga nisbatan taxminan 7 baravar yuqori bo‘lgan (jadvalga qarang). Siklosporin qabul qilayotgan patsiyentlarga rozuvastatin qo‘llanilishi mumkin emas.
Rozuvastatin va siklosporinning birga qo‘llanilishi siklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasi o‘zgarishlari bilan birga kechmagan.
Gemfibrozil va qonda lipidlar tarkibini kamaytiruvchi boshqa preparatlar
Gemfibrozil va rozuvastatinning birga qo‘llanilishi rozuvastatinning Cmax va AUC ko‘rsatkichlari ikki baravar oshishi bilan birga kechgan.
Dorilar o‘zaro ta'sirining maxsus tadqiqotlari natijalariga asosan fenofibrat bilan o‘zaro ta'sirning farmakokinetik ahamiyati ehtimoli kam, biroq farmakodinamik ta'sir etishi mumkin.
Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar, shuningdek niatsin (nikotin kislotasi) qonda lipidlar tarkibini kamaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g yoki undan ko‘proq) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida miopatiyaning rivojlanish xavfini oshiradi. Ushbu ta'sir yuqorida qayd etilgan preparatlar izolyatsiyalangan holda (GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan birga davolanishsiz) qo‘llanilganida miopatiyani qo‘zg‘atish xususiyati borligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fibratlar birga qo‘llanilganida 40 mg dozada rozuvastatin bilan terapiya o‘tkazilishi mumkin emas. Fibratlar bilan birga terapiya qo‘llanilganida rozuvastatinning dastlabki dozasi 5 mg ni tashkil etishi kerak. Fibratlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarga 40 mg dozada rozuvastatin qo‘llanilishi mumkin emas.
Ezetimib
Giperxolesterinemiya bo‘lgan patsiyentlarda 10 mg dozada rozuvastatin va 10 mg dozada ezetimib kombinatsiyalangan holda qo‘llanilganida AUC ko‘rsatkichlarining 1.2 baravar oshishi kuzatilgan (1-jadvalga qarang). Shunga qaramay, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi nuqtai nazaridan rozuvastatin va ezetimib o‘rtasidagi farmakodinamik ta'sirni istisno qilib bo‘lmaydi.
Proteolitik fermentlar ingibitorlari
Garchi o‘zaro ta'sirning aniq mexanizmi ma'lum bo‘lmasada, proteolitik fermentlar ingibitorlarining birga qo‘llanilishi rozuvastatin ekspozitsiyasini jiddiy oshirishi mumkin (1-jadvalga qarang).
Sog‘lom ko‘ngillilarda 10 mg rozuvastatinning OIV proteazi ikkita ingibitorini (300 mg atazanavir/ 100 mg ritonavir) saqlaydigan kombinatsiyalangan preparat bilan bir vaqtda qo‘llanilishiga doir farmakokinetik tadqiqot AUC ko‘rsatkichlarining taxminan uch baravar oshishiga va muvozanat holatida rozuvastatinning Cmax ko‘rsatkichlari ham yetti baravar oshishiga olib kelgan. Rozuvastatinning ayrim proteaz ingibitorlari bilan kombinatsiyasi, rozuvastatinning ekspozitsiyasi oshishi imkoniyatlariga asoslangan holda, rozuvastatin dozalarini puxta o‘ylangan o‘zgartirish holatidagina qo‘llanilishi mumkin (1-jadvalga qarang).
Antatsidlar
Rozuvastatin hamda alyuminiy va magniy gidroksidini saqlaydigan antatsid suspenziyaning bir vaqtda qo‘llanilishi rozuvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi taxminan 50% kamayishi bilan birga kechgan. Patsiyentlar rozuvastatindan so‘ng 2 soatdan keyin antatsid qabul qilgan holatda, ushbu ta'sir kamaygan. Mazkur o‘zaro ta'sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Eritromitsin
Rozuvastatin va eritromitsinning birga qo‘llanilishi rozuvastatinning Cmax va AUC ko‘rsatkichlari, tegishli ravishda, 20% va 30% kamayishi bilan xususiyatlangan. Mazkur o‘zaro ta'sir eritromitsin tomonidan chaqirilgan ichaklar motilligi oshishi natijasidan iborat bo‘lishi mumkin.
R450 sitoxromi fermentlari
In vitro va in vivo tadqiqotlarida rozuvastatin R450 sitoxromi tizimi izofermentlarining ingibitori ham, induktori ham emasligi isbotlangan. Bundan tashqari, rozuvastatin – ushbu izofermentlar uchun noprofilli substrat hisoblanadi. Shunday qilib, R450 sitoxromi tizimi izofermentlari bilan bilvosita metabolizm bilan bog‘liq dorilar o‘zaro ta'sirining ehtimoli kam. Rozuvastatin va flukonazol (CYP2C9 va CYP3A4 ingibitori) yoki ketokonazol (CYP2A6 va CYP3A4 ingibitori) o‘rtasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sir kuzatilmagan.
Rozuvastatin dozasiga o‘zgartirish kiritilishini talab qiladigan o‘zaro ta'sirlar (1-jadvalga qarang)
Rozuvastatinning ushbu preparatning ekspozitsiyasini oshirishi ma'lum bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llanilishi zarur hollarda, rozuvastatin dozasini o‘zgartirish kerak. Bunday preparatlarni buyuradigan shifokorlarga rozuvastatin bilan birga buyurish nazarda tutilayotgan dori preparatlarining umumiy xususiyatlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Agar AUC ko‘rsatkichlari ikki baravar va undan ko‘proq oshishi kutilayotgan bo‘lsa, rozuvastatin dastlabki 5 mg dozada buyurilishi kerak. Rozuvastatinning maksimal sutkalik dozasini rozuvastatinning kutilayotgan ekspozitsiyasi imkon darajada o‘zaro ta'sirni chaqiradigan boshqa preparatlarsiz 40 mg rozuvastatin qabul qilinganida kuzatiladigan miqdorlardan oshmaydigan tarzda o‘zgartirish kerak (masalan, 20 mg dozada rozuvastatin gemfibrozil bilan – 1,9 baravar oshirish; 10 mg dozada rozuvastatin ritonavir/atazanavir kombinatsiyasi bilan – 3,1 baravar oshirish).
1-jadval
E'lon qilingan klinik tadqiqotlar asosida bir vaqtda qabul qilinadigan preparatlarning rozuvastatin ekspozitsiyasiga (ta'sir kamayib borish tartibida AUC ko‘rsatkichlariga) ta'siri
O‘zaro ta'sirni chaqiradigan preparatni dozalash rejimi
Rozuvastatinni dozalash rejimi
Rozuvastatinning AUC ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish*
Siklosporin kuniga ikki mahal 75 mg dankuniga ikki mahal 200 mg gacha, 6 oy davomida
kuniga bir mahal 10 mg, 10 sutka
7,1 baravar ↑
Regorafenib sutkada bir mahal 160 mg, 14 sutka
5 mg, bir martali doza
3,8 marta ↑
Sofosbuvir/velpatasvir/voksilaprevir
kuniga bir mahal 10 mg
7,4 baravar ↑
Darolutamid
5 mg, bir martali doza
5,2 marta ↑
Atazanavir 300 mg/ ritonavir kuniga bir mahal 100 mg, 8 kun
10 mg, bir martali doza
3,1 baravar ↑
Elbasvir 50 mg + grazoprevir sutkada bir mahal 200 mg
10 mg, bir martali doza
2,3 marta ↑**
Grazoprevir sutkada bir mahal 200 mg
10 mg, bir martali doza
1,59 marta ↑**
Lopinavir 400 mg/ ritonavir kuniga ikki mahal 100 mg, 17 kun
20 mg, bir martali doza
2,1 baravar ↑
Glekaprevir 400 mg/pibrentasvir sutkada bir mahal 120 mg, 7 kun
sutkada bir mahal 5 mg, 7 sutka
2,2 marta ↑
Velpatasvir sutkada bir mahal 100 mg
10 mg, bir martali doza
2,7 marta ↑
Ombitasvir sutkada bir mahal 25 mg /paritaprevir sutkada bir mahal 150 mg /ritonavir sutkada bir mahal 100 mg /dasabuvir sutkada ikki mahal 400 mg, 14 kun
5 mg, bir martali doza
2,6 marta ↑
Klopidogrel 300 mg boyituvchi doza, so‘ngra bir sutkada 75 mg dan
20 mg, bir martali doza
2 baravar ↑
Gemfibrozil kuniga ikki mahal 600 mg, 7 kun
80 mg, bir martali doza
1,9 baravar ↑
Eltrombopag kuniga bir mahal 75 mg, 5 kun
10 mg, bir martali doza
1,6 baravar ↑
Darunavir 600 mg/ ritonavir kuniga ikki mahal 100 mg, 7 kun
sutkada bir mahal 10 mg, 7 sutka
1,5 baravar ↑
Tipranavir 500 mg/ ritonavir kuniga ikki mahal 200 mg, 11 kun
10 mg, bir martali doza
1,4 baravar ↑
Dronedaron kuniga ikki mahal 400 mg
ma'lumotlar yo‘q
1,4 baravar ↑
Itrakonazol kuniga bir mahal 200 mg, 5 kun
10 mg, bir martali doza
1,4 baravar ↑**
Ezetimib kuniga bir mahal 10 mg, 14 kun
kuniga bir mahal 10 mg, 14 sutka
1,2 baravar ↑**
Fozamprenavir 700 mg/ ritonavir kuniga ikki mahal 100 mg, 8 kun
10 mg, bir martali doza
↔
Aleglitazar 0.3 mg, 7 kun
40 mg, 7 sutka
↔
Silimarin (Silbyum marianum ekstrakti) kuniga uch mahal 140 mg, 5 kun
10 mg, bir martali doza
↔
Fenofibrat kuniga uch mahal 67 mg, 7 kun
10 mg, 7 sutka
↔
Rifampin kuniga bir mahal 450 mg, 7 kun
20 mg, bir martali doza
↔
Ketokonazol kuniga ikki mahal 200 mg, 7 kun
80 mg, bir martali doza
↔
Flukonazol kuniga bir mahal 200 mg, 11 kun
80 mg, bir martali doza
↔
Eritromitsin kuniga to‘rt mahal 500 mg, 7 kun
80 mg, bir martali doza
20%↓
Baykalin kuniga uch mahal 50 mg
20 mg, bir martali doza
47%↓
* x-baravar o‘zgarishlar sifatida taqdim qilingan ma'lumotlar kombinatsiyada va faqat rozuvastatin qo‘llanilganida olingan natijalar o‘rtasidagi oddiy nisbatdan iborat. % (foizli) o‘zgarishlar sifatida taqdim qilingan ma'lumotlar rozuvastatin bilan monoterapiyaga nisbatan foizli farqni ko‘rsatadi.
** Elbasvir va grazoprevir birga qo‘llanilganida rozuvastatin dozasi 10 mg dan oshirilmasligi kerak.
*** O‘zaro ta'sir yuzasidan ayrim tadqiqotlar rozuvastatinning turli xil dozalari bilan o‘tkazilgan. Jadvalda eng muhim nisbatlar taqdim qilingan.
↑ - oshirilish, ↓ - kamaytirilish, ↔ - o‘zgarishlar yo‘q.
Rozuvastatinning boshqa birga qo‘llaniladigan preparatlarga ta'siri
K vitamini antagonistlari
GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan terapiyaga o‘xshash holda, K vitamini antagonistlari (masalan, varfarin yoki boshqa antikoagulyantlar, kumarin hosilalari) bilan birga davolanayotgan patsiyentlarda rozuvastatinni qabul qilishni boshlash va uning dozasini oshirish xalqaro me'yorlashtirilgan nisbat (XMN) oshishi bilan birga kechishi mumkin. Rozuvastatinni qabul qilish to‘xtatilganidan yoki uning dozasi kamaytirilganidan so‘ng XMN kamayishi mumkin. Bunday holatlarda XMN monitoringini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Peroral kontratseptivlar/ o‘rin bosuvchi gormonal terapiya
Rozuvastatin va peroral kontratseptivlarning bir vaqtda qo‘llanilishi etinilestradiol va norgestrelning AUC ko‘rsatkichlari, tegishli ravishda, 26% va 34% oshishi bilan birga kechgan. Qon plazmasida ushbu gormonlar kontsentratsiyalarining oshishi peroral kontratseptivlar dozasini tanlashda hisobga olinishi kerak. O‘rin bosuvchi gormonal terapiya sharoitida rozuvastatin qo‘llanilishini xususiyatlaydigan farmakokinetik ma'lumotlar yo‘q, shu tufayli yuqorida taqdim qilingan ta'sirlarga o‘xshash ta'sirlar rivojlanishini istisno qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, bunday terapiya ayollar ishtirokidagi yirik klinik tadqiqotlar doirasida keng qo‘llanilgan va yaxshi chidamlilik bilan ajralib turgan.
Digoksin
Dorilar o‘zaro ta'sirining maxsus tadqiqotlari natijalariga asosan rozuvastatinning digoksin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri kutilmaydi.
Fuzidiy kislotasi
Rozuvastatin va fuzidiy kislotasining o‘zaro ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Fuzidiy kislotasi statinlar bilan birga muntazam ravishda qo‘llanilganida miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi oshishi mumkin. Ushbu o‘zaro ta'sir mexanizmi (uning farmakodinamik va/yoki farmakokinetik ekanligi) hozircha aniqlanmagan. Bunday kombinatsiyalar qabul qilgan patsiyentlarda rabdomioliz (ayrim holatlarda o‘lim bilan yakunlangan) holatlari haqida ma'lum qilingan. Agar fuzidiy kislotasi bilan davolash zarur bo‘lsa, fuzidiy kislotasi bilan butun davolash davri davomida rozuvastatin qo‘llanilishini bekor qilish kerak.
Bolalar va o‘smirlar
Dori preparatlarining o‘zaro ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar faqat katta yoshdagi patsiyentlarda o‘tkazilgan. Bolalarda o‘zaro ta'sir darajasi ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyraklar funktsiyasiga ta'siri
Yuqori dozalarda (ayniqsa 40 mg dozada) rozuvastatin qabul qilgan ayrim patsiyentlarda proteinuriya kuzatilgan. Proteinuriya indikatorli polosalar yordamida siydik tahlilida tashxislangan. Aksariyat holatlarda u kanalli paydo bo‘lib, o‘tkinchi yoki intermitlovchi xususiyatga ega bo‘lgan. Proteinuriya o‘tkir darajali yoki kuchayib boruvchi surunkali buyrak kasalliklari rivojlanishini prognoz qilmagan (4.8-bo‘limga qarang). Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda buyraklar funktsiyasining jiddiy buzilishlari 40 mg dozada rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarda ko‘proq kuzatilgan. Ushbu dozada rozuvastatin qabul qiladigan patsiyentlarni standart tekshirish doirasida vaqti-vaqti bilan (hech bo‘lmaganda, har 3 oyda) buyraklar funktsiyasining baholanishini amalga oshirish kerak.
Skelet muskulaturasiga ta'siri
Har qanday dozalarda rozuvastatin qabul qilgan patsiyentlarda, biroq ko‘pincha >20 mg dozalardan foydalanilganda, skelet muskulaturasiga noxush ta'sir (masalan, mialgiya, miopatiya va kamdan-kam holatlarda rabdomioliz) kuzatilgan. Ezetimib va GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan tegishli terapiyada juda kam hollarda rabdomioliz rivojlangan. Ushbu preparatlar bir vaqtda qo‘llanilganida farmakodinamik o‘zaro ta'sirni istisno qilib bo‘lmaydi va ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak.
GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan terapiyaga o‘xshash holatda, ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda 40 mg dozada rozuvastatin qabul qilayotgan patsiyentlarda rabdomioliz rivojlanishining takrorlanish tezligi yuqori bo‘lgan.
Kreatinkinaz darajasini aniqlash
Intensiv jismoniy zo‘riqishdan so‘ng, shuningdek ushbu ferment kontsentratsiyasi oshishining boshqa ehtimoliy sabablari mavjud bo‘lgan holatda qon zardobida kreatinkinaz darajasini o‘lchamaslik kerak, chunki bu natijalar talqin qilinishini qiyinlashtirishi mumkin. Agar kreatinkinaz darajasi dastlab sezilarli yuqori bo‘lsa (>5 x yuqori me'yor chegarasi), 5-7 kundan so‘ng nazorat tekshiruvini amalga oshirish kerak. Agar takroriy tekshiruvda kreatinkinazning dastlabki yuqori darajasi (>5 x yuqori me'yor chegarasi) tasdiqlansa, rozuvastatin bilan terapiyani boshlash mumkin emas.
Fuzidiy kislotasi
Rozulip preparatining muntazam ravishda qo‘llanilish uchun yoki fuzidiy kislotasi bilan davolash bekor qilinganidan so‘ng 7 kun davomida fuzidiy kislotasi bilan birga qo‘llanilishi taqiqlanadi. Fuzidiy kislotasi bilan davolash zarur bo‘lgan patsiyentlarda fuzidiy kislotasi bilan butun davolash davri davomida rozuvastatin qo‘llanilishini bekor qilish kerak. Rozuvastatin va fuzidiy kislotasini birga qabul qilgan patsiyentlarda rabdomioliz rivojlanishi (ayrim holatlarda o‘lim bilan yakunlangan) holatlari haqida ma'lum qilingan. Patsiyentlar mushak kuchsizlanishi, mushaklarda og‘riqlar yoki sezuvchanlik rivojlangan holatda darhol shifokorga murojaat qilish kerakligi to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari kerak.
Fuzidiy kislotasining oxirgi dozasi yuborilganidan so‘ng 7 kundan keyin statin bilan davolashni qayta boshlash mumkin.
Fuzidiy kislotasi bilan uzoq vaqt davolash talab qilingan ayrim holatlarda, masalan, og‘ir darajali infektsiyalarda fuzidiy kislotasi va rozuvastatinning birga qo‘llanish zaruriyati to‘g‘risidagi qaror terapiyaning potentsial xavfi va patsiyent puxta nazorat qilingan holatda foyda ehtimolini solishtirish orqali yakka tartibda qabul qilinishi kerak.
Terapiya boshlangungacha
GMG-KoA-reduktazning boshqa ingibitorlari kabi Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparati miopatiya (rabdomioliz) rivojlanishiga moyil faktorlar bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Bunday faktorlar quyidagilardan iborat
buyraklar funktsiyasi buzilishi;
gipotireoz;
patsiyentda yoki uning yaqin qarindoshlarida mushak tizimi irsiy kasalligi;
GMG-KoA-reduktazning boshqa ingibitori yoki fibratni qabul qilish bilan bog‘liq miopatiya foydasiga anamnestik ma'lumotlar;
alkogolni suiiste'mol qilish;
70 yoshdan katta yosh;
rozuvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshishi kuzatilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar;
fibratlarning birga qo‘llanilishi.
Bunday patsiyentlarga preparat buyurilganida terapiyaning potentsial xavfi va ehtimoliy foyda puxta solishtirilishi kerak. Bundan tashqari, klinik monitoringni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Agar kreatinkinaz darajasi dastlab sezilarli yuqori bo‘lsa (>5 x yuqori me'yor chegarasi), rozuvastatin bilan terapiyani boshlash mumkin emas.
Terapiya vaqtida
Patsiyentlar tushunarsiz mushak og‘rig‘i rivojlanishi, madorsizlik yoki tomir tortishishlar haqida, ayniqsa, ushbu holatlar umumiy darmonsizlik yoki isitmalash bilan birga kechgan holatlarda, ular paydo bo‘lgan zahoti ma'lum qilishlari kerak. Bunday holatlarda kreatinkinazning qon zardobidagi kontsentratsiyasini aniqlash kerak. Qon zardobida kreatinkinaz kontsentratsiyasi sezilarli darajada yuqori (>5 x yuqori me'yor chegarasi) bo‘lgan, shuningdek simptomlar og‘ir xususiyatli bo‘lgan va doimiy noqulaylikni chaqirgan holatda (kreatinkinaz darajasi <5 x yuqori me'yor chegarasi holatlarida ham) rozuvastatin bilan terapiyani to‘xtatish kerak. Simptomlar bartaraf etilgan va kreatinkinaz darajasi me'yorlashgan hamda puxta monitoring o‘tkazilgan holatlarda Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar yoki GMG-KoA-reduktazning boshqa ingibitori bilan terapiyani tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin. Yuqorida qayd etilgan simptomlar mavjud bo‘lmagan holatda, qonda kreatinkinaz kontsentratsiyasining standart monitoringini o‘tkazish asoslanmagan.
Proksimal mushaklarning uzoq vaqtli kuchsizligi shaklidagi o‘ziga xos klinik belgilarga ega immunologik kelib chiqqan nekrotlaydigan miopatiya rivojlanishi va statinlar (shu jumladan rozuvastatin) bilan davolash sharoitida yoki davolash to‘xtatilganidan so‘ng zardobda kreatinkinaz darajasi oshishi haqida juda kamdan-kam ma'lumotlar kelgan.
Klinik tadqiqotlar doirasida, birga o‘tkaziladigan terapiya bilan bir qatorda rozuvastatin qabul qilgan kam sonli patsiyentlarda skelet muskulaturasi tomonidan noxush ta'sirlarning yuqori takrorlanish tezligi kuzatilmagan. Ayni paytda, fibroat kislotasi (shu jumladan gemfibrozil), siklosporin, nikotin kislotasi, zamburuqqa qarshi preparatlar (azol hosilalari), proteolitik fermentlar ingibitorlari va makrolidlar guruhi antibiotiklari bilan birga GMG-KoA-reduktazning boshqa ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlarda miozit va miopatiya rivojlanishi takrorlanish tezligining oshishi kuzatilgan. GMG-KoA-reduktazning ayrim ingibitorlari bilan kombinatsiyalangan holda qo‘llanilganida gemfibrozil miopatiyaning rivojlanish xavfini oshiradi. Tegishli ravishda, Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparat va gemfibrozilning kombinatsiyalangan holda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Rozulip® preparati va fibratlar yoki niatsin bilan kombinatsiyalangan terapiya sharoitida lipidlar darajasining qo‘shimcha o‘zgarishlaridan foydani noxush ta'sirlar rivojlanishining potentsial xavfi bilan solishtirish kerak. Fibratlar bilan birga terapiyada 40 mg dozada rozuvastatinni qabul qilish mumkin emas.
Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparatdan miopatiya rivojlanishidan dalolat beradigan o‘tkir darajali, jiddiy buzilishlar bo‘lgan yoki rabdomioliz bilan bog‘liq ikkilamchi jigar yetishmovchiligi (masalan, sepsis, gipotenziya, keng jarrohlik aralashuvi, jarohat, og‘ir darajali metabolik, endokrin yoki elektrolit buzilishlar, bartaraf etilmaydigan tomir tortishishlar) rivojlanishiga moyil bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun foydalanish mumkin emas.
Jigar funktsiyasiga ta'siri
GMG-KoA-reduktazning boshqa ingibitorlari kabi Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparatidan alkogol ichimliklarini suiiste'mol qiladigan shaxslar va boshlang‘ich jigar patologiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Terapiya boshlangungacha va davolash boshlanganidan so‘ng 3 oydan keyin funktsional jigar namunalarini bajarish tavsiya etiladi. Agar qon zardobida transaminaz darajasi yuqori me'yor chegarasidan uch baravardan ko‘proq bo‘lsa, Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparatni qabul qilishni to‘xtatish yoki uning dozasini kamaytirish kerak.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda (keng doirali patsiyentlarda qo‘llanilishi) jigar tomonidan jiddiy noxush holatlar (asosan, qon zardobida transaminazning yuqori darajasi) 40 mg dozada preparat qabul qilgan patsiyentlarda ko‘proq kuzatilgan.
Ikkilamchi giperxolesterinemiya gipotireoz yoki nefrotik sindrom bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparat buyurilishidan oldin asosiy kasallik terapiyasini amalga oshirish kerak.
Etnik mansublik
Farmakokinetik tadqiqotlar natijalari shundan dalolat beradiki, yevropeoid irqqa mansub shaxslarga nisbatan osiyoliklarda rozuvastatin ekspozitsiyasi yuqori bo‘lgan.
Proteolitik fermentlar ingibitorlari
Rozuvastatinning turli xil proteolitik fermentlar ingibitorlari va ritonavir bilan kombinatsiyasida rozuvastatinning tizimli ekspozitsiyasi oshishi kuzatilgan. Proteaz ingibitorlarini qabul qilayotgan OIV bo‘lgan patsiyentlarda Rozulip qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparat buyurilganida lipidlar darajasi pasayishidan foydani hamda davolash boshlanishida va ushbu patsiyentlarda preparat dozalarining kelgusi tanlanishida qon plazmasida rozuvastatin darajasining oshishi ehtimolini solishtirish kerak. Ayrim proteaz ingibitorlari bilan kombinatsiya tavsiya etilmaydi, Rozulip® qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi preparati dozalariga tuzatishlar kiritiladigan holatlar bundan mustasno.
Interstitsial o‘pka kasalligi
Interstitsial o‘pka kasalliklarining juda kamdan-kam holatlari statinlar guruhidan ayrim preparatlarni qabul qilgan patsiyentlarda qayd etilgan. Odatda, ushbu holatlar statinlar bilan uzoq muddatli terapiyada kuzatilgan. Interstitsial o‘pka kasalligi hansirash, quruq yo‘tal va umumiy sog‘liq yomonlashishi (yuqori toliquvchanlik, tana vaznining kamayishi va isitmalash) bilan namoyon bo‘ladi. Agar interstitsial o‘pka kasalligi taxmin qilinsa, statinlar bilan terapiya to‘xtatilishi kerak.
Laktozaga chidamsizlik
Ushbu preparatni kam uchraydigan galaktozaga irsiy chidamsizlik, to‘liq laktoza yetishmovchiligi hamda glyukoza va galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo‘lgan patsiyentlar qabul qilmasliklari kerak.
Qandli diabet
Mavjud ma'lumotlar asosida statinlar sinf sifatida qonda qand moddasi darajasini oshiradi, shuningdek qandli diabet rivojlanishi yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda antidiabetik davolanishni talab qiladigan giperglikemiyani chaqirishi mumkin. Biroq, bunday holatlarda statinlar qo‘llanilishini bekor qilish asoslanmagan, chunki qon tomirlar kasalliklari rivojlanish xavfi pasayishi bilan bog‘liq foyda giperglikemiya rivojlanish xavfidan yuqoridir. Ushbu guruhga mansub patsiyentlarga (och qoringa glyukoza kontsentratsiyasi 5,6-6,9 mmol/l, tana vazni indeksi >30 kg/m2, triglitseridlar yuqori darajasi, gipertoniya) mavjud milliy tavsiyalarga muvofiq klinik va bio-kimyoviy monitoring o‘tkazilishi kerak.
YuPITER tadqiqotlarida qandli diabet haqida ma'lum qilingan holatlarning umumiy takrorlanish tezligi rozuvastatin va platsebo qabul qilgan guruhlarda, tegishli ravishda, 2,8% va 2,3% ni tashkil etgan, ayniqsa, bu och qoringa glyukoza darajasi 5,6-6,9 mmol/l ni tashkil etgan patsiyentlarda kuzatilgan.
Bolalar va o‘smirlar
Rozuvastatin qabul qilgan 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘sish, tana vazni, tana vazni indeksini aniqlash, shuningdek Tanner bo‘yicha ikkilamchi jinsiy belgilar asosida jinsiy yetilganlikni baholash ikki yillik davr bilan cheklangan. 2 yil davomida davolanishdan so‘ng preparatning o‘sish, tana vazni, tana vazni indeksiga va jinsiy yetilganlikka ta'siri kuzatilmagan.
Bolalar 52 hafta davomida rozuvastatin qabul qilgan bir klinik tadqiqotda, katta yoshdagi patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar natijalariga nisbatan ko‘pincha kreatinkinaz darajasi oshishi (>10 x yuqori me'yor chegarasi) va mushaklar tomonidan simptomlar rivojlanishi kuzatilgan.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Rozuvastatin homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi mumkin emas.
Fertillik
Bola tug‘ish yoshidagi ayollar samarali kontratseptsiya choralaridan foydalanishlari kerak.
Homiladorlik
Homilaning me'yoriy rivojlanishi uchun xolesterin va xolesterin biosintezining boshqa mahsullari talab qilinishi tufayli GMG-KoA-reduktaz faolligini pasaytirishning potentsial xavfi homiladorlik vaqtida preparat bilan terapiya afzalligidan yuqoridir. Laboratoriya hayvonlari ishtirokida o‘tkazilgan klinikagacha tadqiqotlar doirasida olingan preparatning reproduktiv toksikligi haqidagi ma'lumotlar cheklangan xususiyatga ega (5.3-bo‘limga qarang). Agar homiladorlik Rozulip preparati bilan terapiya sharoitida tashxislangan bo‘lsa, ushbu preparatning qabul qilinishini darhol to‘xtatish kerak.
Ko‘krakdan emizish
Kalamushlarda rozuvastatin sut bilan chiqariladi. Odamlarda rozuvastatinning ko‘krak suti bilan ekskretsiyasi haqida ma'lumotlar yo‘q (4.3-bo‘limga qarang).
Transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Rozuvastatinning transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirini baholovchi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga qaramay, rozuvastatinning farmakodinamik xususiyatlari hisobga olingan holda, rozuvastatinning ushbu qobiliyatga salbiy ta'siri ehtimoli kam. Transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda rozuvastatin bilan terapiya bosh aylanishi bilan birga kechishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Dozaning oshirib yuborilishi
Rozuvastatin uchun spetsifik antidot mavjud emas. Doza oshirib yuborilgan holatda simptomatik va quvvatlovchi davolash o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, jigar funktsiyasini va qon zardobida kreatinkinaz darajasini nazorat qilish kerak. Gemodializning samaradorligi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
«Cold» (poliamid/alyuminiy folga/PVX)//alyuminiy folga) kombinatsiyalangan plyonkadan tayyorlangan har birida 7 tadan tabletka joylashtiriladigan blisterda qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Blisterlar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga har birida 2 tadan (14 ta tabletka), 4 (28 ta tabletka) va 8 (56 ta tabletka) karton o‘ramga joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
30˚C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ram idishda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Qayd etilgan oyning so‘nggi kuni yaroqlilik muddati tugagan sana hisoblanadi.
Dori preparatlarini maishiy chiqindilarga yoki oqova suvga tashlab yubormaslik kerak. Kelgusida keragi bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlab yuborish zarur hollarda, farmatsevt bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhit ifloslanishi oldini olishga yordam beradi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
«EGIS farmatsevtika zavodi» YoAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘chasi, 30-38
VENGRIYA
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.