Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Betaserk tab. 24mg №20
Nomi | Narx | |||||
Бетасерк таб. 24 мг №20 (725086##2 226) |
UZS 107 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бетасерк таб. 24 мг №20 (725086##2 234) |
UZS 107 800
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бетасерк таб. 24 мг №20 (725086##2 266) |
UZS 107 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бетагистин
Страна производитель
США
Дозировка
24 мг
Производитель
Abbott Laboratories GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- O‘zbekiston Respublikasida
Preparatning savdo nomi
Betaserk
Ta'sir etuvchi modda (XPN) betagistin gidroxloridi
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 8, 16 yoki 24 mg betagistin gidroxloridi;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, mannitol (E421), limon kislotasi monogidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk.
Ta'rifi
tabletkalar 8 mg dan oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, yassi, chetlari qiya, bir tomonida «256» gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
tabletkalar 16 mg dan oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, chetlari qiya, bir tomonida riska va riskaning ikkala tomonida «267» gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
tabletkalar 24 mg dan oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, chetlari qiya, bir tomonida riska va riskaning ikkala tomonida «289» gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
O‘yiqcha faqat tabletkaning yutilishini yengillashtirish maqsadida uni sindirishni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan va tabletkani teng ikki dozaga bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan.
Farmakoterapevtik guruhi
vestibulyar buzilishlarni davolash uchun vositalar.
ATX kodi N07CA01.
Farmakologik xususiyatlari
Betagistinning ta'sir mexanizmi faqat qisman o‘rganilgan. Hayvonlar va odamlardagi ushbu tadqiqotlarning ma'lumotlari bilan tasdiqlangan bir necha ishonchli gipotezalar mavjud.
Betagistinninggistaminergik tizimga ta'siri
Betagistin N1-retseptorlariga qisman agonisti sifatida, va nerv to‘qimasidagi gistaminning N3-retseptorlarining antagonisti sifatida ham ta'sir qilishihamda N2 gistamin retseptorlariga nisbatan birozgina faollikka egaligi aniqlangan. Betagistin presinaptik N3-retseptorlarini bloklashi va muvofiq N3-retseptorlarining miqdorini pasayish jarayonini induktsiyasi yo‘li bilan gistaminning almashinuvi va ajralib chiqishini oshiradi.
Betagistin koxlear soxada, shuningdek butun bosh miyada qon oqimini oshirishi mumkin
Hayvonlardagi farmakologik ttadqiqotlar ichki quloqning stria vascularis tomirlarida, ehtimol ichki quloqning mikrotsirkulyatsiyasi tizimida prekapillyar sfinkterlarni bo‘shashtirishi hisobiga, qon aylanishini yaxshilanishini namoyish qilgan. Betagistin shuningdek odamlarda bosh miya qon oqimini oshishini namoyish qilgan.
Betagistin vestibulyar kompensatsiyaga yordam beradi
Betagistin hayvonlarda bir tomonlama neyroektomiyadan keyin, markaziy vestibulyar kompensatsiyani tezlashtirib va yordam berib, vestibulyar faoliyatni tiklanishini tezlashtiradi. Bu samara gistaminning almashinuvini boshqarilishini va ajralib chiqishini kuchayishi bilan xarakterlanadi va N3-retseptorlarga antagonizmi natijasida amalga oshiriladi. Odamlarda betagistin bilan davolashda, neyroektomiyadan keyin vestibulyar faoliyatning tiklanish vaqti ham kamaygan.
Betagistin vestibulyar yadrolarda neyronlarning faolligini o‘zgartiradi
Betagistinni lateral va medial vestibulyar yadrolarning neyronlarida cho‘qqi potentsiallar generatsiyasiga dozaga bog‘liq ingibitsiya qiluvchi samara ko‘rsatishi ham aniqlangan.
Hayvonlardagi tadqiqotlarda ko‘rsatilganidek, betagistinning farmakodinamik xususiyatlari, preparatni vestibulyar tizimidagi ijobiy terapevtik samarasini ta'minlashi mumkin.
Betagistinning samaradorligi vestibulyar bosh aylanishi va Mener kasalligi bo‘lgan patsiyentlardagi tadqiqotlarda ko‘rsatilgan, bu preparatning bosh aylanishi xurujlarining og‘irligini kamaytirishi va tez-tezligini kamaytirishi yo‘li bilan namoyish qilingan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Peroral qabul qilinganida betagistin me'da-ichak yo‘llarida tez va deyarli to‘liq so‘riladi. So‘rilganidan keyin preparat metabolit 2-piridilsirka kislotasini hosil bo‘lishi bilan tez va deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Qon plazmasida betagistinning kontsentratsiyasini darajasi juda past. Shuning uchun barcha farmakokinetik tahlillar plazma va siydikda metabolit 2-piridilsirka kislotasining kontsentratsiyasini aniqlash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Preparat ovqat bilan qabul qilinganida preparatning maksimal kontsentratsiyasi Smax, och qoringa qabul qilinganidagiga qaraganda past bo‘ladi. Bunda ikkala hollarda betagistinning to‘liq so‘rilishi o‘xshash, chunki ovqat faqat preparatning so‘rilish jarayonini sekinlashtiradi.
Taqsimlanishi
Betagistin preparatning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 5% dan kamroqni tashkil qiladi.
Biotransformatsiyasi
Betagistin so‘rilganidan keyin 2-piridilsirka kislotasiga (u farmakologik faollik namoyish qilmaydi) tez va deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi.
Betagistin ichga qabul qilinganidan keyin qon plazmasidagi (siydikdagi ham) 2-piridilsirka kislotasining kontsentratsiyasi preparat qabul qilinganidan keyin 1 soat o‘tgach maksimumiga yetadi va yarim chiqarilish davri taxminan 3,5 soatni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
2-piridilsirka kislotasi siydik bilan tez chiqariladi. Preparat 8-48 mg dozalarda qabul qilinganida boshlang‘ich dozaning taxminan 85% siydikda aniqlanadi. Betagistinning buyraklar orqali yoki ahlat bilan oz miqdorda chiqariladi.
Proportsionalligi
8-48 mg preparat peroral qabul qilinganida, betagistining farmakokinetikasini proportsionallikni ko‘rsatib, tiklanish tezligi doimiy bo‘lib qoladi, va sodir bo‘layotgan metabolik yo‘l jadal emasligini taxmin qilish imkoniyatini beradi.
Qo‘llanilishi
Uch asosiy simptomlar bilan xarakterlanuvchi Mener sindromi va kasalligida qo‘llanadi
-ba'zida ko‘ngil aynishi va qusish bilan birga kechuvchi bosh aylanishi;
-eshitishni pasayishi (quloqni og‘irligi);
-quloqlardagi shovqin.
Vestibulyar bosh aylanishini simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar 8, 16 va 24 mg dan.
Tabletkalarni yetarli miqdordagi suv bilan yutish kerak
Kattalar uchun sutkalik dozasi, sutka davomida qabul qilish uchun bir xil taqsimlangan 24-48 mg ni tashkil qiladi.
8 mg li tabletkalar16 mg li tabletkalar24 mg li tabletkalar
1-2 tabletka
sutkada 3 marta½ - 1 tabletka
sutkada 3 marta1 tabletka
sutkada 2 marta
Dozani samaraga qarab, shaxsiy ravishda tanlash kerak. Simptomlarni kamayishi ba'zida faqat ikki – uch hafta davolashdan keyin kuzatiladi. Eng yaxshi natijalarga preparat bir necha oy davomida qabul qilinganida erishiladi. Kasallikning boshida davolashni buyurish, uni rivojlanishi va/yoki kechki bosqichlarida eshitishni yo‘qolishini oldini olishi haqida ma'lumotlar bor.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Garchi hozirgi vaqtda bu guruh patsiyentlarida klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari cheklangan bo‘lsada, preparatni postregistratsion davrdagi qo‘llashning keng tajribasi, ushbu guruh patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmasligini taxmin qiladi.
Buyrak yetishmovchiligi
Bu guruh patsiyentlarida maxsus klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin postregistratsion qo‘llashning tajribasiga muvofiq, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Jigar yetishmovchiligi
Bu guruh patsiyentlarida maxsus klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin postregistratsion qo‘llashning tajribasiga muvofiq, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Platsebo-nazoratli tadqiqotlar vaqtida Betaserk ni qo‘llagan patsiyentlarda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar, quyidagi tez-tezlikda kuzatilgan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), yakka hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), kam hollarda (<1/10000).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez ko‘ngil aynishi va dispepsiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez bosh og‘rig‘i.
Klinik tadqiqotlar davomida xabar berilgan holatlarga qo‘shimcha ravishda postmarketing qo‘llash davomida spontan va ilmiy adabiyotlarda quyidagi noxush ko‘rinishlar haqida xabarlar berilgan. Mavjud ma'lumotlarda tez-tezligini aniqlash mumkin emas, shuning uchun ular «noma'lum» sifatida tasniflangan.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, masalan, anafilaksiya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Me'da tomonidan ahamiyatsiz buzilishlarga shikoyatlar (masalan, qusish, gastrointestinal olg‘riq, qorinni dam bo‘lishi va meteorizm). Bu nojo‘ya samaralar odatda preparat ovqat bilan qabul qilinganida yoki doza kamaytirilganidan keyin yo‘qoladi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan o‘zgarishlar
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, xususan
angionevrotik shish, toshma, qichishish va eshakemikuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentigao‘ta yuqori sezuvchanlik.
Feoxromatsitoma.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirini o‘rnanishga qaratilgan in vivo sharoitdagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarning ma'lumotlari asosida in vivo sharoitda sitoxrom R450 fermentlarining faolligini ingibirlanishi kuzatilmaydi.
In vitro sharoitda tadqiqotlarda olingan ma'lumotlar, monoaminooksidaza (MAO), V MAO kichik turi (masalan, selegilin) faolligini ingibitsiya qiluvchi preparatlar tomonidan betagistinning metabolizmini susaytirilishidan dalolat beradi. Betagistin va MAO ingibitorlari (shu jumladan tanlab olingan V MAO kichik turi) bir vaqtda qo‘llanganida extiyotkorlikka rioya qilish tavsiya qilinadi.
Betagistin gistaminning analogi bo‘lganligi tufayli, betagistinni antigistamin preparatlari bilan o‘zaro ta'siri nazariy jihatdan bu preparatlardan birining samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan davolash vaqtida anamnezida bronxial astmasi va/yoki me'daning yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarning holatini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davri.
Homiladorlik. Homilador ayollarda betagistinni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Hayvonlarda o‘tkazilgan hollarda tadqiqotlarning natijalari homiladorlikni kechishi, embrion/homilani rivojlanishi, tug‘ruqlar va postnatal rivojlanishga uning ta'sirini baholash uchun yetarli emas. Odam uchun potentsial xavfi noma'lum. Betagistinni homiladorlik vaqtida, so‘zsiz zarur bo‘lgan hollardan tashqari qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri. Betagistinni odam sutiga o‘tishi noma'lum. Betagistinni hayvonlar suti bilan chiqarilish bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Preparatni qo‘llashdan ona uchun foydani, emizishning afzalligi va bola uchun potentsial xavf bilan taqqoslash kerak.
Bolalar.
Betaserk preparatini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlarning yetarli emasligi tufayli, 18 yoshdan kichik bolalarga preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Betagistin asosiy simptomlar uchligi bosh aylanishi, eshitishni yo‘qolishi, quloqlarni shang‘illashi, va vestibulyar bosh aylanishi – avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan Menyer kasalligini davolash uchun qo‘llanadi. Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri o‘rganilgan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko‘ra, betagistin bu qobiliyatga ta'sir qilmagan yoki biroz ta'sir qilgan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilishining bir necha hollari ma'lum. Ayrim bemorlarda preparat
640 mg gacha dozalarda qabul qilinganida yengil va o‘rtacha simptomlar (ko‘ngil aynishi, uyquchanlik, qorinda og‘riq) kuzatilgan. Jiddiyroq asoratlar (tirishishlar, yurak-o‘pka asoratlari) betagistinning yuqoriroq dozalari atayin qabul qilinganida, ayniqsa boshqa dori vositalarining dozasini oshirib yuborilishi bilan qo‘shilganida kuzatilgan.
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash
Dozani oshirib yuborilishi
ni davolash simptomatik terapiyani o‘z ichiga olishi kerak.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar PVX/PVDXplenka va alyumin folga blisterlarga joylangan.
Tabletkalar 8 mg; 16 mg dan 15 tabletkadan blisterda, 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida yoki 30 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
Tabletkalar 24 mg dan 20 tabletkadan blisterda, 1 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25ºС dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Ebbott Xelskea SAS, Frantsiya/Abbot Healthcare SAS, France.
Manzili
Rut de Belvill, Mayar, 01400 Shatiyon syur Shalaron, Frantsiya/Route de Belleville,
Maillard, 01400 Chatillon sur Chalaronne, France.
Siz dori preparatining noxush ko‘rinishlari yoki sifatiga shikoyatlarni telefon bo‘yicha (sutka davomida) Ebbottga xabar qiling
Ozarbayjon Respublikasida +994124974401;
O‘zbekiston Respublikasida
+998711290550.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.