Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Элфунат таб. 125мг №30 (402000833##2 433) |
UZS 54 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Этилметилгидроксипиридина сукцинат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Turkiya
Производитель
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Elfunat
Ta'sir etuvchi modda (XPN) etilmetilgidroksipiridin suktsinat
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 125 mg etilmetilgidroksipiridin suktsinati;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, gipromelloza, natriy karmelloza, magniy stearati;
qobig‘ini tarkibi oq Opadri II 85F18422 (polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol, tal'k).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antioksidant vosita.
ATS kodi
V03AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Elfunat erkin radikallarni hosil bo‘lishi bilan kechadigan jarayonlarni ingibitori, membranoprotektor hisoblanadi, antigipoksik, stress-protektor, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta'sirlarga ega.
Elfunatning ta'sir mexanizmi antioksidantlik, antigipoksantlik va membranoprotektor ta'sirlari bilan ifodalanadi. Preparat lipidlarning peroksidli oksidlanishini ingibitsiya qiladi, superoksiddismutazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing qovushqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Elfunat membranalarga bog‘liq fermentlar (kalьtsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesteraza), retseptor komplekslar (benzodiazepin qatori, GAMK, atsetilxolin qatori komplekslari) ning faolligini modullashtiradi, bu ularning ligandalar bilan bog‘lanish hususiyatini kuchaytiradi, biomembranalarning struktur-funktsional tuzilishini saqlanib qolishiga, neyromediatorlarni tashilishiga va sinapslar orqali o‘tkazuvchanlikni yaxshilanishiga yordam beradi. Elfunat bosh miyada dofaminning miqdorini oshiradi. Aerobli glikolizning kompensator faollashuvini kuchaytiradi va gipoksiya sharoitlarida Krebs siklida oksidlanish jarayonlarini susayishi darajasini pasaytirib, ATF va kreatinfosfatning miqdorini oshiradi, mitoxondriyalarning energiya hosil qilish funktsiyasini faollashtiradi, hujayra membranalarini barqarorlashtiradi.
Preparat turli shikastlovchi omillar (shok, gipoksiya va ishemiya, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, etanol va antipsixotik dori vositalari bilan zaharlanish) ning ta'siriga organizmning rezistentligini oshiradi.
Elfunat ishemiyaga uchragan miokardning funktsional holatini yaxshilaydi. Koronar yetishmovchilik sharoitlarida ishemiyaga uchragan miokardni kollateral qon bilan ta'minlanishini oshiradi, kardiomiotsitlarning butunligini saqlanib qolishiga va ularning funktsional faolligini tutib turishga yordam beradi. Qaytuvchan yurak disfunktsiyasida miokardning qisqaruvchanligini samarali tiklaydi.
O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikatsiyani kamaytiradi.
Elfunat bosh miyada metabolizmini va uni qon bilan ta'minlanishini, mikrotsirkulyatsiyani va qonning reologik hususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Qon hujayralari (eritrotsitlar va trombotsitlar) ning membranalarini barqarorlashtirib, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlarning miqdorini kamaytiradi.
Preparatning stressga qarshi ta'siri stressdan keyingi harakatlarni, somatovegetativ buzilishlarni normallashishi, uyqu-tetiklik sikllarini tiklanishi, izdan chiqqan ta'lim olish va xotira jarayonlarini tiklanishi, bosh miyaning turli strukturalarida distrofik va morfologik o‘zgarishlarni pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Elfunat abstinentsiya sindromida yaqqol ifodalangan antitoksik ta'sir ko‘rsatadi. U o‘tkir alkogolli intoksikatsiyaning nevrologik va neyrotoksik ko‘rinishlarini bartaraf qiladi, xulq-atvorni buzilishlarini, vegetativ funktsiyani tiklaydi, etanolni uzoq muddat qabul qilish va uni bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kognitiv buzilishlarni bartaraf qiladi.
Preparat trankvilizatorlar, neyroleptiklar, antidepressantlar, uxlatuvchi va tirishishga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi, bu ularning dozasini pasaytirish va nojo‘ya samaralarni kamaytirish imkonini beradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi va taqsimlanishi
Ichga qabul qilinganida tez so‘riladi (yarim so‘rilish davri – taxminan 1 soatni tashkil etadi). Ichga qabul qilinganida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 0,5 soatni tashkil etadi. Ichga qabul qilinganida maksimal kontsentratsiyasi – 50-100 ng/ml ni tashkil etadi.
A'zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Ichga qabul qilinganida organizmda etilmetilgidroksipiridin suktsinatni o‘rtacha ushlanib turish vaqti – taxminan 5 soatni tashkil etadi.
Metabolizmi
Jigarda glyukuronizatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. 5 metabolitlari identifikatsiya qilingan 3-oksipiridin fosfati – jigarda hosil bo‘ladi va ishqoriy fosfataza ishtirokida fosfat kislotasi va 3-oksipiridinga parchalanadi; 2-chi metaboliti – farmakologik jihatdan faol, katta miqdorlarda hosil bo‘ladi va yuborilgandan keyin siydikda 1-2 kunlari aniqlanadi; 3-chi metaboliti – siydik bilan katta miqdorlarda chiqariladi; 4-chi va 5-chi metabolitlari – glyukuron kislotasining kon'yugatlaridir.
Chiqarilishi
Ichga qabul qilinganida yarim chiqarilish davri – 2,0-2,6 soatni tashkil etadi. Siydik bilan asosan metabolitlar ko‘rinishida va oz miqdorda – o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparat qabul qilinganidan so‘ng dastlabki 4 soat davomida eng jadal ravishda chiqariladi. O‘zgarmagan preparat va metabolitlarini siydik bilan chiqarilish ko‘rsatkichlari individual o‘zgaruvchanlikka ega.
Qo‘llanilishi
— bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarining oqibatlari, shu jumladan tranzitor ishemik hurujlardan keyin, subkompensatsiya bosqichida (profilaktika sifatida);
— bosh miya jarohatlari, bosh miya jarohatlarining asoratlari;
— turli genezli entsefalopatiyalar (distsirkulyator, dismetabolik, jarohatdan keyingi, aralash);
— vegetativ distoniya sindromi;
— bosh miya funktsiyasini aterosklerotik buzilishlari (o‘rtacha darajada ifodalangan kognitiv buzilishlar);
— nevrotik va nevrozsimon holatlarda havotirli buzilishlar;
— yurak ishemik kasalligi (majmuaviy davolash tarkibida);
— alkogolizmdagi abstinentsiya sindromi nevrozsimon va vegetativ-tomirli buzilishlarni ustunligi bilan kechishi, abstinentsiyadan keyingi buzilishlar;
— neyroleptiklar bilan o‘tkir zaharlangandan keyingi holatlar;
— qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari pankreatit, pankreonekroz, peritonit (kompleks davolash tarkibida);
— astenik holatlar;
— ekstremal (stress) omillari va yuklamalar ta'sirida somatik kasalliklarni rivojlanishini oldini olish;
— to‘qimalar gipoksiyasi bilan kechuvchi holatlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga 125-250 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Boshlang‘ich dozasi – 125-250 mg (1-2 tabletka) sutkada 1-2 marta qabul qilish bilan boshlanib, dozasi terapevtik samaraga erishilgunicha asta-sekin oshiriladi. Maksimal sutkalik dozasi 750 mg (6 tabletka) ni tashkil etadi. Davolashning davomiyligi – 2-6 haftani tashkil etadi, abstinentsiya sindromini bartaraf qilish uchun – 5-7 kunni tashkil etadi. Davolash asta-sekin, dozani 2-3 kun davomida kamaytirib, to‘xtatiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini qurishi, diareya.
Boshqalar allergik reaktsiyalar, uyquchanlik.
Dori vositasi qayd etilganidan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqidagi xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ma'lumot berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
— preparatga yuqori sezuvchanlik;
— o‘tkir jigar yetishmovchiligi;
— o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
— laktozani o‘zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi va glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiya sindromi;
— bolalar;
— homiladorlik;
— laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Elfunat birga qo‘llanganida benzodiazepin anksiolitiklar, tutqanoqqa qarshi vositalar (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi vositalar (levodopa) ning ta'sirini kuchaytiradi.
Elfunat etanolning toksik ta'sirini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial bosimi (AB) 180/100 mm sim. ust. dan yuqori va gipertonik kriz bilan kechuvchi arterial gipertenziya bo‘lgan patsiyentlarga, Elfunat bilan davolanish vaqtida AB ni sinchiklab nazorat qilish talab etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ma'lumotlarning miqdori yetarli bo‘lmaganligi tufayli, ushbu davrlarda Elfunat preparatini qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatning ta'siri yetarli darajada o‘rganilmaganligi tufayli, preparat bolalarga buyurilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori darajada jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozaning oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida uyquni buzilishi (uyqusizlik, ayrim hollarda – uyquchanlik) bo‘lishi mumkin.
Davolash odatda, talab etilmaydi, chunki simptomlar bir sutka davomida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Uyqusizlikning og‘ir holatlarida – 10 mg nitrazepam, 10 mg oksazepam yoki 5 mg diazepam buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Dr Sertus Ilach Sanayi ve Tidjaret Limited Shirketi», Turkiya
(“Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Tar Pharm Alliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy
Telefon 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.