Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Intellan kaps. №20
Nomi | Narx | |||||
Интеллан капс. №20 (2523035##2 132) |
UZS 39 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Intellan
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagi ekstraktlarni saqlaydi Gingko biloba ekstrakti (ikki bo‘lakli) – 50 mg, Osiyo sentellasi – 500 mg, Xerpestis monniyera – 125 mg, Ekma koriandr – 200 mg, Bigizsimon amomuma – 200 mg, Dorivor emblika – 400 mg.
Ta'rifi gigroskopik jigarrang kukun yoki oq dog‘lari bo‘lgan gigroskopik jigarrang kukun saqlovchi kulrang №0 kapsulalar, korpusi va qopqoqchasiga “INTELLAN” yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop.
ATX kodi N06BX.
Farmakologik xususiyatlari
Intellan – bu miya faoliyatini rag‘batlantiruvchilari orasidagi tanlov preparati. U bir nechta farmakologik faol o‘tlarni saqlaydi, ular zarur bo‘lgan tabiiy aminokislotalar, mikroelementlar va biologik faol alkoloidlar va glikozidlar bilan ta'minlaydi. Glyutamin va asparagin kislotalari va biologik faol alkoloidlar va glikozidlar yordamida Intellan transmissiyani neyrogormonal modifikatori kabi ta'sir qiladi va bosh miya po‘stlog‘ini modda almashinuviga rag‘batlantiruvchi samaraga ega, shunday qilib miya faolligini va xotirani rivojlanishini rag‘batlantiradi. U shuningdek nerv xujayralarini ozuqa bilan ta'minlanishini va modda almashinuvini zaharli chiqindilarini (ammiak) yo‘qotilishini yaxshilaydi, shunday qilib miya strukturalari faolligini optimizatsiyasini ta'minlaydi. U bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi, bu charchoqlik hissini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Yumshoq neyrostimullovchi samarasi bezovtalikni kamayishiga yordam beradi va o‘tkir osti depressiv holatlarni davolashda yordam beradi.
Intellanning birlamchi terapevtik xususiyati – miya strukturalarida, oyoqlarda, barcha arteriyalarda, venalarda, hatto eng kichik kapillyarlarda ham qon aylanishini yaxshilashdir. Bosh miyada qon aylanishini pasayishi xotiraga, diqqatga, intellektual imkoniyatga, ko‘rishga, muvozonat tuyg‘usiga noxush ta'sir ko‘rsatishi mumkin. U shuningdek, bosh og‘rig‘i, depressiya, bezovtalik kabi simptomlarga olib kelishi mumkin. Og‘ir hollarda ishemik insult rivojlanishi mumkin. Intellan bunday holatlarni oldini olish uchun va majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Intellan tarkibdagi mikroelementlar (temir, rux va boshqalar) hayotiy zarur molekulalarni tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi va organizmdagi ko‘pchilik muhim biosintetik reaktsiyalarni zarur omillari sifatidata'sir qiladi.
Qo‘llanilishi
• Xotirani pasayishi va eslab qolishni susayishi
• Nerv-ruxiy stress holatlar, zo‘riqish va charchoqlik
• Kontsentratsiyani yetishmovchiligi va dezoriyentatsiya
• Bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishini kechikishi
• Funktsional aqliy yetishmovchiligi
• Bosh aylanishi, ongni chalkashishi
• Neyronal modda almashinuvi va kapillyar qon aylanishini buzilishi
• O‘rtacha og‘irlikdagi bezovtalik va depressiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga Bir kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin.
Yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Jiddiy emas. Intellan kechasiga qabul qilinganida kam hollarda uyquni buzilishi mumkin. Dorini kamida uyqudan uch soat oldin qabul qilish tavsiya qilinadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Allergik kasalliklar.
Preparat komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lum emas, ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
20 va 60 kapsuladan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Herbion
The Way to Health
Xerbion Pakistan Prayvet Limited Karachi, Pokiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.