Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Neyroks 50mg/ml, 5ml №5
Neyroks 50mg/ml, 5ml №5
Nomi | Narx | |||||
Нейрокс 50 мг/мл 5 мл №5 (010123##1879) |
UZS 101 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Нейрокс 50 мг/мл 5 мл №5 (391222##1946) |
UZS 101 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Нейрокс 50 мг/мл 5 мл №5 (391222##1969) |
UZS 101 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этилметилгидроксипиридина сукцинат
Страна производитель
Россия
Дозировка
50 мг/мл
Производитель
Сотекс Фармфирма,ЗАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутривенного и внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Neyroks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) etilmetilgidroksipiridin suktsinati
Dori shakli
vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
1 ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol modda etilmetilgidroksipiridin suktsinati - 100 mg;
1 ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol modda etilmetilgidroksipiridin suktsinati - 250 mg;
yordamchi moddalar natriy disulfiti, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
antioksidant vosita.
ATX kodi N07XX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Etilmetilgidroksipiridin suktsinati (EMGPS) erkin radikal jarayonlarning ingibitori, membranoprotektori bo‘lib, antigipoksik, stressprotektiv, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta'sirga egadir. 3-oksipiridinlar sinfiga mansubdir. Ta'sir mexanizmi antioksidant va membranoprotektor xususiyatlari bilan bog‘liq. Lipidlarning perekisli oksidlanishini susaytiradi, superoksidazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, hujayralar membranalarining strukturasi va funktsiyasini yaxshilaydi. Membranaga bog‘langan fermentlar, retseptor komplekslarning faolligini modulyatsiya qiladi, bu ularni ligandalar bilan bog‘lanishiga, biomembranalarning funktsional buzilishini shakllanganligini saqlanishiga, neyromediatorlarini tashilishiga va sinaptik o‘tkazilishini yaxshilanishga yordam beradi. Bosh miyada dofaminning kontsentratsiyasini oshiradi. Aerob glikolizning kompensator faolligini kuchaytiradi va Krebs siklida gipoksiya sharoitlarida adenozintrifosfor kislotasi va kreatinfosfatni oshishi bilan oksidlanish jarayonlarini susayish darajasini pasaytiradi, mitoxondriyalarning energiyani sintezlovchi faoliyatini faollashtiradi. Patologik holatlarda (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishini buzilishlari, etanol va antipsixotik dori vositalari bilan intoksikatsiya) organizmning turli shikastlovchi omillarning ta'siriga chidamliligini oshiradi. Bosh miyani qon bilan ta'minlanishini va metabolizmini, mikrotsirkulyatsiyani va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Qon hujayralarining (eritrotsitlar va trombotsitlar) membranalarini barqarorlashtiradi, gemoliz rivojlanishi ehtimolini pasaytiradi. Gipolipidemik ta'sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlar miqdorini kamaytiradi.
Ishemiyaga uchragan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz zonasini kamaytiradi, miokardning elektrik faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va/yoki yaxshilaydi, shuningdek ishemiya sohasida koronar oqimini oshiradi, nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchiligida reperfuzion sindromining oqibatlarini kamaytiradi.
Stressopretektor ta'siri stressdan keyingi hatti-harakatni, somatovegativ buzilishlarni, “uyqu-tetiklik” sikllarini, o‘rganish jarayonlari va xotirani tiklanishi, bosh miyaning turli strukturalarida distrofik o‘zgarishlarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Etilmetilgidroksipiridin suktsinati abstinent sindromida yaqqol antitoksik ta'sirga ega, o‘tkir alkogolli intoksikatsiyaning nevrologik va neyrotoksik ko‘rinishlarini bartaraf qiladi, hatti-harakat va kognitiv buzilishlarni tuzatadi. Etilmetilgidroksipiridin suktsinati ta'siri ostida trankvilizatsiya qiluvchi, neyroleptik, antidepressiv, uyqu va tirishishga qarshi vositalarning ta'siri kuchayadi, bu ularning dozasini va nojo‘ya samaralarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan keyin qon plazmasida preparat 4 soat davomida aniqlanadi. Mushak ichiga yuborilganida maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 0,3-0,58 soat. Mushak ichiga 400-500 mg dozada yuborilganida maksimal kontsentratsiyasi
2,5-4 mkg/ml. Etilmetilgidroksipiridin suktsinati qon tizimidan a'zolar va to‘qimalarga tez o‘tadi va organizmdan tez chiqariladi. Mushak ichiga yuborilganida preparatni organizmda tutib turilishini o‘rtacha vaqti – 0,7-1,3 soat. Glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Siydik bilan tez asosan metabolitlari ko‘rinishida (12 soat ichida 50%) tez va ozgina miqdori - o‘zgarmagan holda (12 soat ichida 0,3%) chiqariladi. Preparat qabul qilinganidan keyingi birinchi 4 soat davomida yuqori jadallik bilan chiqariladi. Siydik bilan o‘zgarmagan preparat va metabolitlarini chiqarilishining ko‘rsatkichlarida ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlikka ega.
Qo‘llanilishi
-miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari (majmuaviy davolash tarkibida);
-bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlari;
-distsirkulyator entsefalopatiya;
-vegetativ (neyrotsirkulyator) distoniya sindromi;
-aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;
-nevrotik va nevrozsimon holatlardagi xavotirlik holatlari;
-o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkalardan boshlab) majmuaviy davolash tarkibida;
-turli bosqichlardagi ochiq burchakli glukoma, majmuaviy davolash tarkibida;
-alkogolizmdagi nevrozsimon va vegetativ–tomirli buzilishlarni ustunligi bilan kechuvchi abstinent sindromi;
-antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkir intoksikatsiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga (m/i) yoki vena ichiga (v/i) (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Infuzion yuborish usulida preparatni natriy xloridining 0,9% eritmasida suyultirish kerak.
Neyroks oqim bilan asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab - minutiga 40-60 tomchi tezlik bilan yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.
Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida Neyroks majmuaviy davolashda birinchi 10-14 kunlari vena ichiga tomchilab 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta, so‘ngra – 2 hafta davomida mushak ichiga 200-250 mg dan sutkada 2-3 marta yuboriladi.
Bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlarida Neyroks 10-15 kun davomida v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-4 marta qo‘llanadi.
Dekompensatsiya bosqichidagi distsirkulyator entsefalopatiyada Neyroksni v/i oqim bilan yoki tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 1-2 marta 14 kun davomida buyurish kerak. So‘ngra – keyingi 2 hafta davomida m/i sutkada 100-250 mg dan yuboriladi.
Distsirkulyator entsefalopatiyani kursli profilaktikasi uchun Neyroks 10-14 kun davomida m/i 200-250 mg dozada sutkada 2 marta yuboriladi.
Neyrotsirkulyator distoniyada, nevrotik va nevrozsimon holatlarda preparat 14 kun davomida m/i sutkada 50-400 mg dan yuboriladi.
Keksa yoshdagi bemorlardagi yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli buzilishlarda preparat 14-30 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg li sutkalik dozada qo‘llanadi.
O‘tkir miokard infarktida majmuaviy davolash tarkibida Neyroks v/i yoki m/i 14 sutka davomida miokard infarktini an'anaviy davolash (nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyatlar va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik vositalarni o‘z ichiga oluvchi davolash) fonida yuboriladi.
Birinchi 5 sutka davomida Neyroks vena ichiga yuboriladi, keyingi 9 sutka davomida preparat mushak ichiga yuborilishi mumkin.
Preparatni vena ichiga yuborishni tomchilab infuziya yo‘li bilan (asta-sekin) 30-90 minut davomida (0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasining 100-150 ml da) o‘tkaziladi, zarurat tug‘ilganida preparatni kamida 5 minut davomiylikdagi oqim bilan asta-sekin yuborish mumkin.
Preparatni yuborishni har 8 soatdan so‘ng sutkada 3 marta (v/i yoki m/i) amalga oshiriladi. Sutkalik terapevtik doza sutkada tana vazniga 6-9 mg/kg ni, 1 martalik doza – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan, bir martalik esa – 250 mg dan oshmasligi kerak.
Turli bosqichdagi ochiq burchakli glaukomada kompleks davolash tarkibida Neyroks 14 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg dan sutkada 1-3 marta yuboriladi.
Alkogolli abstinent sindromida Neyroks 5-7 kun davomida m/i yoki v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-3 marta yuboriladi.
Antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkir intoksikatsiyada preparat 7-14 kun davomida v/i sutkada 200-500 mg dozada yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Parenteral yuborilganida (ayniqsa vena ichiga oqim bilan) og‘izni qurishi, og‘izda “metall” ta'mi, butun tana bo‘ylab “oqib kelayotgan issiq” hissi, tomoqni qirilishi va ko‘krak qafasida diskomfort, havoni yetishmasligi tuyg‘usi (odatda haddan tashqari tez yuborish tezligi bilan bog‘liq bo‘lib, qisqa muddatli xarakterga egadir).
Uzoq muddat qo‘llanilganida – ko‘ngil aynishi, meteorizm, uyquni buzilishi (uyquchanlik yoki uyquga ketishni buzilishi).
Allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparat yoki uning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik;
-o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
-o‘tkir jigar yetishmovchiligi;
-homiladorlik;
-emizish;
-bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan anamnezidagi allergik kasalliklar va reaktsiyalar, shu jumladan sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Benzodiazepin anksiolitiklari, tutqanoqqa qarshi (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi (levodopa) dori vositalarining, nitratlarning ta'sirini kuchaytiradi. Etanolning toksik samaralarini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uyquni buzilishi (uyqusizlik, ayrim hollarda - uyquchanlik); vena ichiga yuborilganida – ahamiyatsiz va qisqa muddatli (1,5-2 soatgacha) qon bosimini oshishi.
Davolash odatda davolash talab qilinmaydi - simptomlar bir sutka davomida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Uyqusizlikning og‘ir hollarida – nitrazepam 10 mg, oksazepam 10 mg yoki diazepam 5 mg. Arterial bosim haddan ziyod oshganida - arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv dori vositalari.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 50 mg/ml.
2 ml yoki 5 ml dan sindirish uchun rangli xalqasi yoki rangli nuqtasi va chiziqchasi bo‘lgan yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulada. Ampulaga qo‘shimcha ravishda bir, ikki yoki uchta rangli xalqa va/yoki ikki o‘lchamli shtrix-kod, va/yoki harf-raqamli kodirovka tushiriladi yoki qo‘shimcha rangli xalqasiz, ikki o‘lchamli shtrix-kodsiz, harf-raqamli kodirovkasiz bo‘ladi. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda.
5 ml dan ampulalar 1 kontur uyali o‘ramdan yoki 2 ml dan ampulalar 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«FarmFirma «Soteks» YOAJ
141345, Rossiya, Moskva viloyati, Sergiyevo-Posadskiy munitsipal t-ni, Bereznyakovskoye qishloq hududi, Belikovo posyolkasi, 11 uy.
Tel./faks (495) 956-29-30
Qayd etish guvohnomasining egasi
«FarmFirma «Soteks» YOAJ
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarning sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100042, Toshkent sh., Uyg‘ur-Xodjayev ko‘ch., 4-4
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.