Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Deriva-S MS gel 30g
Deriva-S MS gel 30g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Адапален, клиндамицин
Страна производитель
Индия
Дозировка
30 г
Производитель
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Deriva-S MS
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) adapalen, klindamitsin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel, 30 g
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 1,0 mg mikrosferik adapalen, 10,0 mg klindamitsin fosfati (klindamitsinga ekvivalent);
yordamchi moddalar dinatriy edetati, karbomer 940 (karbopol 940), propilenglikol monostearati, metilparagidroksibenzoat, fenoksietanol, poloksamer 407, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi sarg‘ish-oq rangli bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Husnbuzar toshmani davolash uchun preparatlar. Husnbuzar toshmani mahalliy davolash uchun preparatlar. Husnbuzar toshmani davolash uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Klindamitsin, majmualari.
ATX kodi D10AF51
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Adapalen sintetik retinoid, naftoy kislotasining hosilasi hisoblanadi, komedonolitik va yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Preparat keratinizatsiya va deskvamatsiya jarayonlarini boshqarib, follikulyar giperkeratozga ta'sir qiladi, mikrokomedonlarni hosil bo‘lishini oldini olib, ochiq va yopiq komedonlarga ta'sir qiladi. Asosiy ta'sir mexanizmi – epidermis xujayralarining yadrosidagi RAq-retseptorlarini bilan selektiv bog‘lanishdir, buning natijasida yog‘ bezi-soch follikulasining uchida epitelial xujayralarni “yopishishi” kamayadi va mikrokomedonlar hosil bo‘lishiga moyillik kamayadi. Ushbu mexanizm keratinotsitlarning yakuniy differentsirovkasini boshqaradi, bu keratinizatsiya jarayonini normallashishi va mikrokomedonlar hosil bo‘lishiga moyillik kamayishini ta'minlaydi. Araxidon kislotasi metabolizmi va yallig‘lanish o‘chog‘ida leykotsitlar migratsiyasini ingibitsiya qilish yo‘li orqali yallig‘lanishga qarshi samaraga ega.
Klindamitsin – linkozamidlar guruhiga mansub bakteriostatik antibiotik, keng ta'sir doirasiga ega, ribosomol membranananing 23S subbirligi bilan bog‘lanadi va mikrob xujayrasida oqsil sintezini susaytiradi. Bir qator grammusbat kokklarga nisbatan bakteritsid ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Staphylococcus spp. (Enterococcus faecalis dan tashqari), Streptococcus pneumoniae, Corynebacterium diphtheriae, Mycoplasma spp., anaerob va mikroaerofil grammusbat kokklar (shu jumladan Peptococcus spp. va Peptostreptococcus spp.), Clostridium perfringens, Clostridium tetani, Vacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis va Prevotella melaninogenica), Fusobacterium spp., Propionibacterium spp., eubakterium va Actinomyces israelli ga nisbatan faol. Clostridium perfringens ning ko‘pgina shtammlari klindamitsinga sezgir, lekin Clostridium spp. ning boshqa turlari (shu jumladan Clostridium sporogenes, Clostridium tertium) uning ta'siriga chidamli, shuning uchun Clostridium spp. chaqirgan infektsiyalarda antibiotikogrammani aniqlash tavsiya etiladi.
Farmakokinetikasi
Adapalenni teri orqali so‘rilishi sekin amalga oshadi. Adapalenni uzoq vaqt mahalliy qo‘llagandan keyin dastlabki moddaning oz qismigina (<0,25 ng/ml) aniqlangan. Preparat asosan safro bilan chiqariladi.
5 kun davomida sutkada taxminan 3-12 g klindamitsin mahalliy qo‘llanilganda klindamitsinning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi 5,5 ng/ml dan kamroqqa erishilgan. Umumiy dozaning 0,04% dan kamrog‘i siydik bilan chiqarilgan.
Gel asosan biliar yo‘l orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-husnbuzar toshmada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Deriva-S MS gelini qo‘llashdan oldin terini tozalash va quritish kerak. Preparatni ko‘zlarga, lablarga va boshqa shilliq qavatlarga tushishidan saqlanib gel terining shikastlangan sohalariga kuniga bir marta uyqudan oldin bir tekisdan yengil surtiladi. Davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.
Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tez
-teri qoplamalarini qizarishi, kepaklanishi, qurishi, chiqishish va achishish
-teri husnbuzarlarini yallig‘lanishli giperemiyasi
-kontakt dermatit
-qorinda og‘riq
-grammanfiy mikroflora chaqirgan follikulit.
Kam hollarda
-terini ta'sirlanishi, sanchish, husnbuzar toshmani kuchayishi
-quyoshdan kuyish
-diareya, melena, kolit
-fotosensibilizatsiya
-akne
Noma'lum
-eritema, qovoqlarda qichishish, qovoqlarni, yuzni shishi.
Davolashning birinchi xaftasida terini qisqa muddatli ta'sirlanishi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu samara preparatni terining yashirish shikastlanishlariga ta'siri bilan bog‘liq va davolashni to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
-linkomitsinga o‘ta yuqori sezuvchanlik
-buyrak va jigar yetishmovchiligi
-yaqqol giperlipedemiya
-regional enterit yoki yarali kolit
-antibiotik-assotsiatsiyalangan kolit
-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
-homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Adapalen ayrim patsiyentlarda terini mahalliy ta'sirlanishini chaqirishi mumkinligi tufayli, kumulyativ samarasidan saqlanish uchun qurituvchi yoki ta'sirlovchi samaraga ega boshqa vositalar (davolovchi yoki abraziv sovunlar va yuvuvchi vositalar; qurituvchi samaraga ega sovunlar va kosmetik vositalar; duxi, etanol saqlovchi vositalar va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Adapalenni oltingugurt, rezortsin, salitsil kislotasi saqlovchi moddalar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar bu vositalar oldinroq ishlatilgan bo‘lsa, bu preparatlarning teriga samarasi yo‘q bo‘lmaguncha adapalen bilan davolashni buyurish maqsadga muvofiq emas.
V guruhi vitaminlari majmuasi, aminoglikozidlar, ampitsillin, kaltsiy glyukonati va magniy sulfati eritmalari bilan nomutanosib. Eritromitsin bilan antagonizm namoyon qiladi.
Preparatni sirtga qo‘llaganda tizimli so‘rilishi ahamiyatsiz ekanligi tufayli, tizimli qo‘llanadigan har qanday preparatlar bilan o‘zaro ta'siri ehtimoli kam. Preparat nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi boshqa vositalarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun gelni bunday vositalar bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Adapalenni qo‘llash vaqtida quyosh nuri ta'siridan, shu jumladan oftobda qorayishni minimumga yetkazish kerak. Shamol yoki sovuq kabi noqulay ob-havo sharoitlari patsiyentlarda terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
Deriva-S MS ni ko‘zlar, lablar, burun burchaklari va shilliq qavatlar bilan kontaktidan saqlansin.
Mahsulotni kesilishlar, shilinishlar, ekzema yoki terining oftobda qoraygan sohalariga surtish mumkin emas, og‘ir darajadagi husnbuzar toshma, dermatit, seboreyasi bo‘lgan patsiyentlarda; kuyishni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Preparatning tarkibida metilparagidroksibenzoat mavjud, u sekinlashgan tipdagi allergik reaktsiya chaqirishi mumkin. Propilenglikol to‘ldiruvchisi terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bilan davolash kursi davomida va davolash yakunlangandan keyin 1 oy davomida kontratseptsiyaning ishonchli usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Homiladorlik rejalashtirilgan hollarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatning transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Deriva-S MS transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Gelni haddan tashqari ko‘p surtish tezroq yoki yaxshiroq natijaga olib kelmaydi.
Simptomlari yaqqol teri reaktsiyalari – qizarish, kepaklanish, shuningdek achishish, diareya, qonli axlat va kolit (shu jumladan soxtamembranoz kolit).
Davolash simptomatik, gelni mahalliy olib tashlash.
Chiqarilish shakli
va o‘rami
30 g dan gel laminatsiyalangan tubada.
1 tubadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
korxonaning nomi va manzili
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
Qayd etish guvohnomasi egasining nomi va manzili
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.