Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Teturam tab. 150mg №30
Nomi | Narx | |||||
Тетурам таб. 150мг №30 (10324##2 191) |
UZS 30 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Дисульфирам
Страна производитель
Россия
Дозировка
150 мг
Производитель
Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Teturam
Ta'sir etuvchi modda (XPN) disulfiram
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda disulfiram (teturam) – 150 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), povidon (quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon), stearin kislotasi, natriy kroskarmelloza (primelloza).
Ta'rifi yassi silindrik shaklli, faskali, oq yoki sarg‘ish-yashil tusli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
alkogolizmni davolash uchun vosita.
ATX kodi N07BB01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Etanol metabolizmida ishtirok etuvchi atsetaldegiddegidrogenazani ingibitsiya qiladi; etanolning metaboliti hisoblangan va uni iste'mol qilgandan keyin bir qator noxush hissiyotlarni (yuz terisiga “qon” quyilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, lohaslik hissi, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi) chaqiruvchi atsetaldegid kontsentratsiyasini oshiradi. Buning natijasida etanol ta'mi va hidiga jirkanish shartli-reflektor reaktsiyasi ishlab chiqiladi.
Maksimal terapevtik samarasiga peroral qabul qilingandan 12 soatdan keyin erishiladi va davolash to‘xtatilgandan keyin 10-14 kun davomida davom etishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilingandan keyin MIY dandisulfiramni so‘rilishi 70% dan 90% gachani tashkil etadi. U ditiokarbamatgacha qaytarilib, tez metabolizmga uchraydi, u o‘z navbatida glyukuron-kon'yugati ko‘rinishida chiqariladi yoki dietilamin va uglerod sulfidiga aylanadi, uning bir qimsi (4-53%) o‘pka orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Surunkali alkogolizm qaytalanishlarini davolash va oldini olish.
Preparat nikel bilan surunkali zaharlanganda dezintoksikatsion vosita sifatida ham qo‘shimcha qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolash bemorni sinchkovlik bilan tekshirish va oqibatlar va asoratlar haqida ogohlantirilgandan keyin boshlanadi. Preparat 150-500 mg dan sutkada 2 marta shaxsiy sxema bo‘yicha ichga qabul qilinadi. 7-10 kundan keyin teturamalkogolli sinama (500 mg preparat yuborilgandan keyin 20-30 ml 40% li etanol (aroq)) o‘tkaziladi, kuchsiz reaktsiyada alkogolning dozasi 10-20 ml ga (aroqning maksimal dozasi 100-120 ml) oshiriladi. Zaruratga qarab alkogol va/yoki preparatning dozasiga tuzatish kiritib, sinama 1-2 kundan keyin statsionarda yoki 3-5 kundan keyin ambulator sharoitda takrorlanadi. Keyinchalik sutkada 150-200 mg samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasini 1-3 yil davomida qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Disulfiramning xususiyatlari bilan bog‘liq
-Og‘izda metall ta'mi.
-Kolostomasi bo‘lgan bemorlarda yoqimsiz hid (uglerod sulfidi bilan bog‘liq).
-Ayrim hollarda nikel ekzemasi bo‘lgan alkogolizm bilan xastalanmagan bemorlarda uchraydigan gepatitning kam holatlari.
-Oyoqlar polinevriti, ko‘ruv nervi nevriti.
-Hotirani pasayishi, ongni chalkashishi, asteniya.
-Bosh og‘rig‘i.
-Teri allergik reaktsiyalari.
Disulfiram-etil spirti majmuasi bilan bog‘liq
Nafas yetishmovchiligi, kollaps, yurak ritmini buzilishi yoki o‘tkir stenokardiya, ba'zida miokard infarkti, gemorragik insult, shuningdek nevrologik buzilishlar, bosh miya shishi holatlari ta'riflangan.
Uzoq vaqt qabul qilgandagi asoratlari alkogolliga o‘xshash psixozlar, gepatit, gastrit; yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan shaxslarda bosh miya qon tomirlari trombozi bo‘lishi mumkin, shuning uchun qo‘l-oyoqlarda va yuzda paresteziyaga shikoyat bo‘lganida preparatni darhol bemor qilish kerak; polinevritni zo‘rayishi.
Teturamni qabul qilish fonida 50-80 ml dan (40% li etanolga qayta hisoblanganda) yuqori dozada alkogolni qabul qilganda yurak-qon tomir va nafas tizimi tomonidan og‘ir buzilishlar, shishlar, tirishishlar rivojlanadi. Bunday hollarda darhol dezintoksikatsion davolash o‘tkaziladi, analeptiklar yuboriladi, simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mutloq
O‘ta yuqori sezuvchanlik, tireotoksikoz, dekompensatsiya bosqichidagi yurak-qon tomir kasalliklari (shu jumladan yaqqol ifodalangan kardioskleroz, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, infarktdan oldingi va keyingi holat, aorta anevrizmasi, koronar yetishmovchilik, II-III darajadagi arterial gipertenziya, surunkali yurak yetishmovchiligi), qon tuflash bilan kechuvchi o‘pka tuberkulyozi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, yaqqol o‘pka emfizemasi, me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatini eroziv shikastlanishi, me'da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichi), me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, buyrak kasalliklari, jigar yetishmovchiligi, qandli diabet, tutqanoq, nerv-ruhiy kasalliklar, MNT ning infektsion kasalliklari, polinevropatiya, eshitish va ko‘ruv nervlari nevriti, glaukoma, xavfli o‘smalar, homiladorlik, laktatsiya davri.
Nisbiy
Kompensatsiya bosqichidagi yurak-qon tomir kasalliklari, keksalar (60 yoshdan oshgan), remissiya bosqichidagi me'da va 12-barmoq ichak yara kasalligi, bosh miyada qon aylanishini buzilishlaridan keyingi qoldiq holatlar, endarteriit, avval o‘tkazilgan teturam (antabus) psixozlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar
-Alkogol. O‘zlashtiraolmaslik reaktsiyalari (“qon” quyilishlari, eritema, qusish, taxikardiya).
Spirtli ichimliklar va spirt saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.
Noxush majmualar
-Izoniazid hulq-atvor va koordinatsiyani buzilishi.
-5-nitroimidazol hosilalari (metronidazol, ornidazol, seknidazol, tinidazol) delirioz buzilishlar, ongni chalkashishi.
-Fenitoin toksik simptomlar bilan kechuvchi qon plazmasida fenitoinning kontsentratsiyasini ahamiyatli va tez oshishi (uning metabolizmini susayishi).
Agar birga qo‘llashdan saqlanish imkoni bo‘lmasa, disulfiram bilan davolash jarayonida va davolagandan keyin klinik kuzatish va plazmada preparatning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.
Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar
-Varfarin (va boshqa peroral antikoagulyantlar) peroral antikoagulyantlarning samarasi va qon ketishi xavfi oshadi (jigarda varfarin metabolizmini pasayishi). Varfarinning kontsentratsiyasini tez-tez nazorat qilish va disulfiram bekor qilingandan keyin 8 kun davomida antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
-Teofillin disulfiram teofillinning metabolizmini ingibitsiya qiladi. Buning natijasida klinik simptomlar va plazmada preparatning kontsentratsiyasiga qarab, teofillinning dozasiga tuzatish kiritish (dozani kamaytirish) kerak.
-Benzodiazepinlar disulfiram benzodiazepinlarning oksidlanuvchi metabolizmini ingibitsiya qilish yo‘li orqali ularning (ayniqsa xlordiazepoksid va diazepamning) sedativ samarasini kuchaytirishi mumkin. Klinik ko‘rinishlarga qarab benzodiazepinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
-Tritsiklik antidepressantlar alkogolni o‘zlashtiraolmaslik reaktsiyalarini kuchayishi..
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ongni komagacha susayishi, yurak-qon tomir kollapsi, nevrologik asoratlar. Davolash simptomatik
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 150 mg.
10 yoki 15 tabletkalar kontur uyali o‘ramda.
10 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramlar yoki 15 tabletkadan 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“Farmstandart-Leksredstva” OAJ, 305022, Kursk sh., 2-aya Agregatnaya ko‘ch., 1a/18 uy.
Tel.faks (4712) 34-03-13, www.pharmstd.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.