Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Egilok tab. 50mg №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метопролол
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
50 мг
Производитель
Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Egilok
50 mg, 100 mg li qobiq bilan qoplangan retard tabletkalar
(metoprolol tartrati)
Ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumotni saqlaydi.
• Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, uni yana bir bor o‘qib chiqish lozim bo‘lishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
• Ushbu dori vositasi faqat Sizga buyurilgan va Siz uni boshqa shaxslarga berishingiz mumkin emas. Xatto ularda Sizdagi simptomlar kuzatilgan bo‘lsa xam, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
• Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada keltirilmagannojo‘ya samarani sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar qiling (4 chi bo‘limga qarang).
Ushbu ilovavaraqada quyidagi ma'lumotlar saqlanadi
1.Egilok preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Egilok tabletkalarini qo‘llashni boshlashdan avval nimalarni bilish kerak
3.Egilok tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
4.Tibbiyotda qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgannojo‘ya samaralar
5.Egilok tabletkalarini qanday saqlash kerak
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.O‘ram tarkibi va boshqa ma'lumotlar
1. Egilok preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi
Egilok preparatining faol moddasi metoprolol betablokatorlar deb nomlanuvchi simpatik nerv tizimiga (hayot faoliyatini boshqaruvchi nerv tizimining qismi) ta'sir qiluvchi dori vositalari guruhiga mansubdir. Egilok
• yuqori arterial bosimni davolash;
• stenokardiyani davolash;
• miokard infarktidan keyingi holatni davolash;
• yurak ritmibuzilishining ba'zi turlarini davolash;
• kompensatsiya bosqichidagi surunkali simptomatik yurak yetishmovchiligini davolash;
• qalqonsimon bezning yuqori faoliyati fonidagi yurak qisqarishlari sonini sekinlashtirish uchun;
• migren hurujlariniuzoq vaqt davolash uchun qo‘llaniladi.
Ushbu preparat stenokardiyaning o‘tkir hurujlarini (ko‘krakdagi siquvchi og‘riqlarni) davolash uchun mo‘ljallanmagan.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda Egilok preparatini qo‘llash yurakqontomir kasalliklari oqibatidagi o‘lim sonini kamaytiradi, miokard infarktidan keyin esa yurak ritmining og‘ir buzilishlarini bartaraf qilishi hisobiga takroriy infarktni yuzaga kelishini va o‘lim ehtimolini kamaytiradi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar
Yuqori arterial bosim (gipertoniya) ni davolash uchun qo‘llaniladi.
2. Egilok tabletkalarini qo‘llashni boshlashdan avval nimalarni bilish kerak
Egilok tabletkalarini quyidagi holatlarda qabul qilmang
• agar Sizda metoprololga yoki 8 bo‘limda keltirilgan preparatning boshqa har qanday yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa;
• agar Sizda kuchayuvchi shikoyatlar bilan kechuvchi avj olib boruvchi (dekompensatsiyalangan) yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
• yurak ritmi buzilishlarining ba'zi turlarida;
• agar Sizning pulsingiz uzoq vaqt davomida minutiga 50 qisqarishdan kamroq bo‘lsa,
• arterial bosimni pasayishiga va kollapsga olib keluvchi yurak faoliyatining og‘ir, o‘tkir buzilishini rivojlanishida (kardiogen shokda);
• o‘tkir miokard infarktining ba'zi hollarida;
• agar Sizda arterial qon aylanishini og‘ir buzilishi (qontomirlarni torayishi) bo‘lsa;
• psoriazda qo‘llash mumkin emas.
Tibbiyotda qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralari
Egilok preparatini qabul qilishni boshlashdan avval, O‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Quyida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Egilokniqo‘llashdan avval albatta shifokoringizga habar qiling
• agar Sizda allergiya bo‘lsa (allergik reaktsiyalar kuchayishi mumkin);
• agar Siz yurak qisqarishi sonini kamayganini sezsangiz;
• agar Sizda qo‘l yoki oyoqlarda qon aylanishini buzilishi bo‘lsa;
• yurak o‘tkazuvchanligini o‘racha og‘irlikdagi (I daraja) buzilishida;
• yurak yetishmovchiligining ma'lum bir shakllarida;
• agar Siz bronxial astma yoki nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsangiz;
• agar Siz qandli diabeti bilan xastalangan bo‘lsangiz;
• agar Sizda buyrak usti bezining o‘smasi (feoxromotsitoma) aniqlangan bo‘lsa;
• jigarning og‘ir kasalliklarida;
• homiladorlik va emizish davrida;
• agar Sizga umumiy narkoz yordamida jarrohlik operatsiyasi rejalashtirilgan bo‘lsa, agar Siz spirtli ichimlik muntazam iste'mol qilsangiz;
• agar Sizda qalqonsimon bezning faoliyati oshgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.
Boshqa dori vositalari va Egilok preparati
Agar Siz boshqa har qanday dori preparatlarini hozirgi vaqtdaqabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz bu haqida O‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga habar qiling, chunki dori preparatlari bir birining samarasini o‘zgartirishi mumkin.
Egilok preparatini quyidagi dori vositalari bilan birga qo‘llash mumkin emas
• yurak ritmi buzilishini davolash uchun vena ichiga yuboriladigan preparatlar (masalan verapamil);
• MAO ingibitorlari (ba'zi antidepressantlar va Parkinson kasalligini davolash uchun qo‘llaniluvchi preparatlar).
Egilok preparatini quyidagi dori vositalari bilan, majmuada qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilishingiz va albatta bu haqida O‘z shifokoringizga habar qilishingiz kerak
• Yurak ritmi buzilishini, yurak kasalliklarini va yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llaniluvchi boshqa preparatlar, gipotenziv va antiaritmik vositalar (diltiazem va verapamil kabi ichga qabul qilinadigan kaltsiy kanallarining blokatorlari), angishvonagul preparatlari (yurak glikozidlari), nitratlar, guanetidin guruhi preparatlari, rezerpin, alfametildofa, klonidin va guanfatsin);
• Markaziy nerv tizimiga ta'sir etuvchi ayrim preparatlar (uxlatuvchi vositalar, trankvilizatorlar, antidepressantlarning ayrim turlari, psixotik holatni davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlar, alkogol), bronxlarni kengaytiruvchi ayrim preparatlar, masalan, terbutalin, salbutamol, fenoterol, salmeterol;
• Bachadon qisqarishlarini rag‘batlantiruvchi preparatlar (ergotamin);
• Bo‘g‘imlar yallig‘lanishida qo‘llaniluvchi og‘riq qoldiruvchi preparatlar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, masalan, diklofenak, piroksikam, ibuprofen, indometatsin);
• Ayollarning ma'lum bir jinsiy gormonlarini saqlovchi preparatlar (estrogenlar), masalan, homiladorlikka qarshi vositalar, yoki o‘rinbosar gormonal davolash preparatlari;
• Qandli diabetni davolash uchun preparatlar (tabletkalar yoki insulin);
• Kurare kabi jarrohlikda ishlatiladigan miorelaksantlari;
• Metoprololning metabolizmiga ta'sir etuvchi preparatlar (masalan, simetidin, gidralazin, paroksetin, fluoksetin, sertralin, rifampitsin va barbituratlar);
• Betablokatorlarni saqlovchi ko‘z tomchilari (timolol, betaksolol, levobunolol).
Egilok tabletkalarini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
Bir vaqtda ovqat yoki ichimlik qabul qilish preparatning so‘rilishiga yoki terapevtik samarasiga ta'sir qilmaydi, shuning uchun Egilok tabletkalarini ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, shu jumladan ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
Spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, ushbu dori vositasining samarasini xaddan tashqari oshishiga olib kelishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik yoki emizish davri
Agar Siz homilador, emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki bolali bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan avval bu haqida O‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmtsevtga xabar bering.
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparatning homilaga salbiy ta'sir samaralari aniqlanmagan.
Insonlarda homiladorlik davrida Egilok preparatini qo‘llash havfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, preparatni homilador ayollarga qo‘llash ona uchun kutiladigan foyda va homila uchun bo‘lgan havf nisbatini sinchkov baholash talab etadi va preparatni faqat preparatdan kutilgan foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Metoprolol qo‘llashni kutilayotgan tug‘uruqdan imkoni boricha 23 soat oldin bekor qilish kerak. Agar preparatni qo‘llash muhim bo‘lsa, homilani va yangi tug‘ilgan chaqaloqni tug‘uruqdan keyingi birinchi 35 kun davomida sinchiklab kuzatish kerak.
Emizish davri
Egilok preparatining faol moddasi metoprolol ko‘krak sutiga o‘tadi. Egilok preparatini emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, uni qo‘llashni havf/foyda nisbati sinchkov shaxsiy ravishda baholangandan keyingina davom ettirish mumkin.
Agar Siz homilador yoki emizikli bo‘lsangiz, agar homilador bo‘lganingiz ehtimoli bo‘lsa va agar Siz farzandli bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Egilok preparati ushbu qobiliyatlarga, ayniqsa davolashni boshida yoki bir vaqtda alkogol qabul qilinganda salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, avtotransportni haydash va havfli ishlarni bajarish mumkin bo‘ladigan doza individual ravishda aniqlanishi kerak.
Egilok tabletkalarida qand saqlanadi
Egilok tabletkalarida saxaroza (har bir 50 mg tabletkada 6 mg saxaroza va har bir 100 mg tabletkada 12 mg saxaroza) saqlanadi.
Agar Sizga shifokoringiz Sizda qandning ba'zi turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
3. Egilok tabletkalari preparatini qanday qabul qilish kerak
Egilok tabletkalarini har doim O‘z davolvchi shifokoringiztavsiyasiga qat'iy rioya qilgan holda qabul qiling. Dozalash bo‘yicha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Preparatning dozasi shaxsiy ravishda tanlanishi va xaddan tashqari bradikardiyadan saqlanish maqsadida asta-sekin oshirilishi kerak. Quyida preparatning tavsiya qilingan dozalari keltirilgan.
Yuqori arterial bosim (gipertoniya)
Kattalar
Arterial gipertenziyani davolash uchun Egilok preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida shifokordozani kuniga bir marta 100 mg yoki 200 mg gacha astasekin oshirishi yoki bir vaqtda boshqa antigipertenziv vositalarniqo‘llashni buyurishi mumkin.

6 yosh va undan katta yoshdagi bolalarda doza bolaning tana vazniga bog‘liq. Davolovchi shifokor zarur dozani bolaning tana vazniga asoslangan holda belgilaydi.
Tavsiya qilingan boshlang‘ich doza kuniga bir marta 0,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Sutkalik doza 50 mg dan oshmasligi kerak. Xisoblangan tana vazniga mg/kg dozaga eng yaqin turgan dozani (tabletkani) tanlash kerak. Arterial bosimni pasayish darajasiga asoslanib, pediatr dozani maksimal doza 2 mg/kg gacha oshirishi mumkin. 200 mg dan oshuvchi sutkalik doza bolalar va o‘smirlarda o‘rganilmagan.
Egilok preparatini 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Stenokardiya
Stenokardiyani davolash uchun Egilok preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida shifokordozani kuniga bir marta 100 mg yoki 200 mg gacha astasekin oshirishi yoki bir vaqtda boshqa antianginal vositalarniqo‘llashni buyurishi mumkin.
Kompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi
Siz uchun zarur dozani Sizning davolovchi shifokoringiz belgilaydi. Egilok preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 12,5 mg yoki 25 mg ni tashkil qiladi.
Agar Siz davolashni yaxshi o‘zlashtiraolsangiz, zarurati bo‘lganida ikki haftadan keyin shifokor sutkalik dozani 50 mg gacha, keyinchalik ikki haftadan keyin 100 mg gacha, va yana ikki hafta o‘tgach 200 mg gacha (maksimal o‘zlashtiriluvchi dozagacha) oshirishi mumkin. Yaqqol yurak yetishmovchiligida (NYHA bo‘yicha III funktsional sinfi) unchalik yuqori bo‘lmagan dozalarni yoki tezda ajralib chiquvchi Egilok preparatini ishlatish tavsiya qilinadi.
Miokard infarktidan keyin erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi terapiya
Miokard infarktidan keyin erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi terapiya uchun Egilok preparatining tavsiya qilingan dozasi kuniga bir marta 200 mg ni tashkil qiladi.
Aritmiyani davolash
Aritmiyani (sinusli taxikardiya, yurak qorinchasi usti aritmiyasi, yurak qorinchasi ekstrasistoliyasini) davolash uchun, yurak qisqarishlari sonini normallashtirish uchunEgilok preparatining tavsiya qilingan dozasi kuniga bir marta 50 mg dan 200 mg gachani (50 mg, 100 mg yoki 200 mg tabletkalar) tashkil qiladi.
Gipertireoz va yurakni urib ketishi bilan kechuvchi yurak faoliyatini funktsional buzilishlari
Tavsiya qilingan dozasi kuniga bir marta 50 mg dan 200 mg gachani (50 mg, 100 mg tabletkalar) tashkil qiladi.
Migren xurujlarini oldini olish
Migren xurujlarini oldini olish uchun Egilok preparatining tavsiya qilingan dozasi odatda kuniga bir marta 100200 mg ni (100 mg tabletkalar) tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.
Patsiyentlarning maxsus guruhi
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar kasalliklarida Egilok preparati bilan davolashni kichik boshlang‘ich dozalardan boshlash kerak.
Qo‘llash usuli
Egilok uzoq ta'sir etuvchi preparat hisoblanadi, uni kuniga faqat bir marta qabul qilish kerak. Preparatning sutkalik dozasini ertalab ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan chaynamasdan qabul qilish tavsiya qilinadi. Bir vaqtda ovqat yoki ichimlik qabul qilish preparatni so‘rilishiga yoki terapevtik samarasiga ta'sir qilmaydi, shuning uchun Egilok tabletkalarini ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, shuningdek ovqat vaqtida qabul qilish mumkin.
Zarurat bo‘lganida qobiq bilan qoplangan tabletkani ikkiga bo‘lish mumkin. Tabletkalarni chaynash yoki maydalash kerak emas.
Agar Siz Egilok preparatning ta'siri xaddan tashqari kuchli yoki aksincha xaddan tashqari kuchsiz deb hisoblasangiz, O‘z davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Agar Siz Egilokni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz tabletkani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qiling, keyin esa preparatni shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qiling.
Agar keyingi dozaning qabul vaqtiga bir necha soat qolgan bo‘lsa yoki o‘tkazib yuborilgan dozadan keyingi dozaning vaqti kelgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan qabulni o‘rnini to‘ldirish uchun Egilok preparatiniikki barobar yuqori dozasini qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldira olmaysiz, lekin dozani oshirib yuborilishi havfini oshirishingiz mumkin.
Agar Siz Egilok tabletkalarini buyurilganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz
Darhol shifokorga murojaat qiling.
Agar Siz Egilok tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Xatto Sizning ahvolingiz yaxshilansa ham Egilok preparatini qabul qilishni birdan to‘xtatmang! Preparatni qabul qilishni to‘xtatish yoki dozani o‘zgartirish asta-sekin va faqat shifokor ko‘rsatmasiga ko‘rava nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya samaralarni rivojlanishinichaqirishi mumkin, biroq ular har bir patsiyentda hamnamoyon bo‘lmaydi.
Quyidagilarda O‘z davolovchi shifokoringizga darhol murojaat qiling
• Agar davolash vaqtida yurak yetishmovchiligining simptomlari yomonlashsa (nafasni qiyinlashishi, boldirlarni shishishi yuz bersa);
• Agar davolash vaqtida puls sekinlashsa. Bu normal holat, biroq, agar Sizda shikoyatlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. Agar Sizda shikoyatlar yo‘q bo‘lsa, lekin yurak qisqarishi minutiga 50 yoki undan kam bo‘lsa ham, shifokorga murojaat qiling;
• Agar Sizda stenokardiya va ko‘krakda siqilish hissi teztez paydo bo‘lsa yoki uzoq vaqt davom etayotgan, g‘ayri oddiy stimullarga javoban davom etsa yoki odatdagi preparatlar ta'sir qilmasa.
Tez tibbiy yordam yoki tezkor gospitalizatsiya qilishni talab qiluvchi og‘ir allergiya rivojlangani Siz Egilok® Retard preparatini qabul qilayotganingiz haqida darhol tibbiy hodimga (jarrohlik aralashuvida esa anesteziologga) xabar bering.
Agar Sizda quyida keltirilgan har qanday samaralar rivojlansa, O‘z davolovchi shifokoringizga murojaat qiling
Ko‘p hollarda ushbu shikoyatlar va simptomlar o‘tkinchi xarakterga ega va doza oshirilishi bilan normallashadi.
Quyida ishlatilgan nojo‘ya samaralari teztezligining parametrlari quyidagicha aniqlanadi
• juda teztez 10 dan 1 patsiyentdan ko‘prog‘ida kuzatiladi
• teztez 100 dan 110 patsiyentda kuzatiladi
• teztez emas 1000 dan 110 patsiyentda kuzatiladi
• kam hollarda 10 000 dan 110 patsiyentda kuzatiladi
• juda kam hollarda 10 000 dan 1 patsiyentdan kamrog‘ida kuzatiladi
Juda teztez
• kuchli toliqish
Teztez
• bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i
• yurak qisqarishlari sonini sekinlashishi, yurak urib ketish hissi
• bosh aylanishi bilan va juda kam hollarda hushdan ketish bilan kechuvchi ortostatik gipotenziya (tana holatini gorizontal holatdan o‘tirish yoki turish holatiga o‘zgartirganda arterial bosimni tushishi)
• oyoqqo‘llarni muzlashi
• jismoniy zo‘riqishda hansirash
• ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq, diareya, qabziyat
Teztez emas
• tana vaznini oshishi
• depressiya, diqqatni jamlashni buzilishi, uyquchanlik, uyqusizlik, dahshatli tush ko‘rishlar
• sanchiq yoki uvishish hissi, mushak spazmlari
• yurak yetishmovchiligining simptomlarini yomonlashishi, EKG da yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi, qorin/ ko‘krak qafas sohasida og‘riq
• oyoqqo‘llarni shishi
• nafas yo‘llarida siqilish
• qusish
• terida qizarish, eshakemi, ko‘p terlash, psoriazga o‘xshash yoki teridagi boshqa o‘zgarishlar.
Kam
• nerv qo‘zg‘aluvchanligi va havotirlik, impotentsiya, jinsiy faoliyatni buzilishi
• kon'yunktivit, ko‘zni qurishi (kontakt linzalarini taquvchi patsiyentlarda muammo bo‘lishi mumkin), ko‘rishni buzilishi, ko‘zlarni ta'sirlanishi
• aritmiya (muntazam bo‘lmagan yurak qisqarishi)
• pichan isitmasi
• og‘izni qurishi
• laborator sinovlar asosida jigar faoliyatini buzilishi
• soch to‘kilishi
• Peyroni kasalligi (erektsiya vaqtida yuz beruvchi jinsiy olatni qiyshayishi)
Juda kam
• qonning laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi (qon plastinkalari va oq qon tanachalari sonini kamayishi)
• xotirani pasayishi, ongni chalkashishi va gallyutsinatsiya, kayfiyatni buzilishi
• ta'm bilish hissini o‘zgarishi
• quloqlarni shang‘illashi, eshitishni buzilishi
• ilgari bo‘lgan periferik qon aylanishini buzilishini (xatto gangrenarivojlanishigacha) kuchayishi
• qo‘l va oyoqlar terisining yaqqol ocharishi, uvishish va og‘riq bilan kechuvchi qon aylanishini buzilishi (Reyno kasalligi)
• vaqtivaqti bilan oqsoqlanish
• gepatit (jigarni yallig‘lanishi)
• yoritilganida teri toshmasi bilan kechuvchi fotosensibilizatsiya, psoriazni rivojlanishi
• bo‘g‘inlarda og‘riq
Ko‘p hollarda ushbu shikoyatlar va simptomlar o‘tkinchi xarakterga ega va doza kamaytirilishi bilan o‘tkinchidir.
Agar yuqorida keltirilgan simptomlardan birontasi uzoq vaqt davomida o‘tmasa va uning sababi aniqlanmasa, Egilok preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar qilish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shuningdek ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan, nojo‘ya samaralar aniqlansa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Har qanday nojo‘ya samaralar haqida Siz dori vositalarining nojo‘ya samaralarini qayd qilish milliy tizimi orqali xabar qilishigiz mumkin. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma'lumotlar olishga yordam berasiz.
5. Egilok tabletkalarini qanday saqlash kerak
30°C dan yuqori bo‘lmgan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramda ko‘rsatilgan.
Preparat o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati
ning sanasi ko‘rsatilgan oyning ohirgi kuni hisoblanadi.
Egilok tabletkalari preparatini sifat darajasini aniq yomonlashish alomatlari paydo bo‘lganida (masalan, rangini o‘zgarishida) qabul qilish mumkin emas.
Dori vositasini chiqindilar bilan birga yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatning qoldiqlarini yo‘q qilish lozim bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishi mumkin.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
8. O‘ram tarkibi va boshqa ma'lumotlar
Egilok tabletkalari nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi modda
Egilok qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 50 mg har bir tabletkada 50 mg metoprolol tartrati saqlanadi.
Egilok qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 100 mg har bir tabletkada 100 mg metoprolol tartrati saqlanadi.
Yordamchi moddalar
qand sharchalari, makrolol 6000, talk, etiltsellyuoza, trietiltsitrat, gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, gipromelloza, titan dioksidi (E 171).
Egilok tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram tarkibi
Tashqi ko‘rinishi
Egilok qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 50 mg
Oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, uzunchoq shaklli, ikki tomonida riskali tabletkalar.
Riska yordamida tabletkalarni teng ikki dozaga bo‘lish mumkin.
Egilok qobiq bilan qoplangan retard tabletkalari 100 mg

O‘rami
10 qobiq bilan qoplangan retard tabletkadan blisterda. 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Ishlab chiqarish maydoni
Atsino Farma AG,
SHVEYTSARIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.