Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Konkor plyonka qobiq bilan qoplangan10 mg №50
Nomi | Narx | |||||
Конкор тб. п/о 10мг №50 (G012N8##2 222) |
UZS 144 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бисопролол
Страна производитель
Германия
Дозировка
10 мг
Производитель
Takeda GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol modda
Preparatning savdo nomi
Konkor
Ta'sir etuvchi modda (XPN) bisoprolol
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Yadrosi
faol modda
bisoprolol fumarati – 5,0 mg/10,0 mg;
yordamchi moddalar suvsiz kaltsiy gidrofosfati – 132,0 mg/127,5 mg; mayda kukunli makkajo‘xori kraxmali – 14,5 mg/14,0 mg; suvsiz kolloid kremniy dioksidi –
1,5 mg/1,5 mg; mikrokristall sellyuloza – 10,0 mg/10,0 mg; krospovidon – 5,5 mg/5,5 mg; magniy stearati – 1,5 mg/1,5 mg.
Plyonka qobig‘i
gipromelloza 2910/15 – 2,2 mg/2,2 mg; makrogol 400 – 0,53 mg/0,53 mg; dimetikon 100 – 0,11 mg/0,22 mg; temir (II) oksidi bo‘yovchisi (E172) – 0,02 mg/0,12 mg; titan dioksidi (E171) – 0,97 mg/0,85 mg.
Ta'rifi
Plyonka qobiq bilan qoplangan 5 mg li tabletkalar plyonka qobiq bilan qoplangan, har ikkala tomonida riskasi bo‘lgan, ikki tomonlama qavariq, yuraksimon shaklli och-sariq rangli tabletkalar.
Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 mg li tabletkalar plyonka qobiq bilan qoplangan, har ikkala tomonida riskasi bo‘lgan, ikki tomonlama qavariq, yuraksimon shaklli och-to‘q sariq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
selektiv beta1 – adrenoblokator.
ATX kodi C07AB07.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ta'sir mexanizmi
Bisoprolol – yaqqol ifodalangan ichki simpatomimetik va membranobarqarorlashtiruvchi faollikka ega bo‘lmagan, yuqori selektiv β1-adrenoblokator. Bronxlar va tomirlarning silliq mushaklarida joylashgan β2-adrenoretseptorlarga, shuningdek metabolizm jarayonlarida ishtirok etuvchi β2-adrenoretseptorlarga nisbatan kam o‘xshashlikka ega. Shu sababli, nafas yo‘llarining qarshiligiga va β2-bog‘liq metabolizm jarayonlariga bisoprololning ta'siri mo‘ljallanmaydi. β1-selektivlik terapevtik diapazoni doirasidan tashqarida saqlanadi. Bisoprolol yaqqol ifodalangan salbiy inotrop ta'sirga ega emas.
Maksimal ta'sirga ichga qabul qilinganidan keyin 3-4 soat o‘tgach erishiladi. Sutkada bir marta buyurilganida yarim chiqarilish davri 10-12 soatni tashkil etadi, ta'siri esa 24 soat saqlanadi. Umuman, bisoprololning maksimal antigipertenziv ta'siriga davolash boshlanishidan 2 hafta o‘tgach erishiladi.
Surunkali yurak kasalligi bo‘lmagan, yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga shoshilinch davolash amalga oshirilganida bisoprolol yurak qisqarishlari tez-tezligini va zarbdor hajmni kamaytiradi, va shu bilan chiqarilish fraktsiyasini kamaytiradi va miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi. Uzoq vaqt davomida davolashda avvaldan yuqori bo‘lgan umumiy periferik tomir qarshiligi kamayadi. Bulardan tashqari, β-adrenoblokatorlarning antigipertenziv ta'siri asosida bo‘lgan mexanizm sifatida plazmada renin faolligini pasayishi muhokama qilinmoqda.
Bisoprolol yurakda β1-adrenoretseptorlarni blokada qilgan holda adrenergik regulyatsiyani susaytiradi. Bu yurak qisqarishlarining sekinlashishini va qisqaruvchanlikning pasayishini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasayishiga olib keladi. Miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasayishi stenokardiyali va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda kutilgan samara bo‘lib hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Bisoprolol ichga qabul qilinganida 90% dan ortig‘i me'da-ichak yo‘llari orqali so‘riladi. Preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish uni so‘rilishiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
«Birinchi o‘tish» samarasi ≤ 10%. Mutlaq biokiraolishi taxminan 90% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
Bisoprololni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30% ni tashkil etadi. Taqsimlanish hajmi – 3,5 l/kg.
Metabolizmi va chiqarilishi
Bisoprolol organizmdan ikkita yo‘l orqali chiqariladi 50 foizi nofaol metabolitlarni hosil qilgan holda jigarda biotransformatsiyaga uchraydi, ular keyinchalik buyraklar orqali chiqariladi, qolgan 50 foizi siydik bilan birga o‘zgarmas ko‘rinishda chiqariladi. Dori vositasi buyraklar orqali ham, jigar orqali ham bir xil darajada chiqarilishi tufayli, yengil yoki o‘rtacha darajada jigar va buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi (shuningdek «
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limida «Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida dozalash» qismiga qarang).
Umumiy klirens taxminan soatiga 15 l ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri – 10-12 soat (shuningdek «
Farmakodinamika
si» bo‘limiga qarang).
To‘g‘ri proportsionalligi
Bisoprolol kinetikasi chiziqli xarakterga ega va yoshga bog‘liq emas.
Qo‘llanilishi
- Arterial gipertenziya
- Yurakning ishemik kasalligi (stenokardiya).
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Davolashni ko‘proq kichik dozalardan boshlab, keyinchalik ularni asta-sekin oshirib borgan holda amalga oshirish lozim. Barcha hollarda dozani individual ravishda, puls tez-tezligi va davolash samarasiga muvofiq tanlash lozim.
Arterial gipertenziya
Bisoprolol fumaratining tavsiya etiladigan dozasi kuniga 1 marta 5 mg ni tashkil etadi.
Yengil arterial gipertenziyada (diastolik AB 105 mm sim. ust. qadar) doza sutkada 1 marta 2,5 mg ni tashkil etishi mumkin.
Zarurat bo‘lganida, dozani sutkada 10 mg gacha oshirish mumkin. Dozani keyingi oshirilishi faqat mutlaq hollarda o‘zini oqlashi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 20 mg.
Yurakning ishemik kasalligi (stenokardiya)
Bisoprolol fumaratining tavsiya etiladigan dozasi kuniga 1 marta 5 mg ni tashkil etadi.
Zarurat bo‘lganida, dozani sutkada 10 mg gacha oshirish mumkin. Dozani keyingi oshirilishi faqat mutlaq hollarda o‘zini oqlashi mumkin.
Maksimal sutkalik doza 20 mg.
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida dozalash
Yaqqol ifodalanmagan yoki o‘rtacha darajada jigar va/yoki buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir darajada buyrak faoliyati buzilishlari (kreatinin klirensi < 20 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda va yaqqol ifodalangan jigar faoliyati buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda bisoprolol fumaratining sutkalik dozasi 10 mg dan oshmasligi kerak.
Dializda bo‘lgan patsiyentlarda bisoprololni qo‘llashning cheklangan tajribasi mavjud. Dozalash rejimini o‘zgartirishga zarurat yo‘q.
Keksa yoshdagi insonlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Bolalar
Pediatriya amaliyotida bisoprololni qo‘llash tajribasi mavjud emas, demak uni mazkur guruhdagi patsiyentlarda qo‘llash uchun tavsiya qilib bo‘lmaydi.
Qo‘llash usuli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ertalab, ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holda chaynamasdan, kichik miqdordagi suv bilan butunligicha yutish lozim.
Davolash davomiyligi
Davolash davomiyligi cheklanmagan va kasallikning tabiati va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Konkor preparati bilan davolash kursini, ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda birdaniga to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki bu patsiyent salomatligi holatini o‘tkir yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Agar davolashni to‘xtatish zarur bo‘lsa, dozani bosqichma-bosqich kamaytirish (masalan, dozani haftada ikki baravar kamaytirish) lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligini aniqlash uchun quyidagi toifalardan foydalaniladi
Tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha
Tez-tez emas ≥1/1 000 dan <1/100 gacha
Kam hollarda ≥1/10 000 dan <1/1000 gacha
Juda kam hollarda <1/10 000
Tez-tezligi noma'lum mavjud ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas.
Laboratoriya va instrumental ma'lumotlar
Kam hollarda triglitseridlar darajasining oshishi, jigar fermentlari (ALT, AST) faolligini oshishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas bradikardiya, AV-o‘tkazuvchanligini buzilishi, mavjud yurak yetishmovchiligini kuchayishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez bosh aylanishi*, bosh og‘rig‘i*.
Kam hollarda hushdan ketish.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda yosh ajralishini kamayishi (kontakt linzalarini taquvchi patsiyentlarda e'tiborga olish lozim).
Juda kam hollarda kon'yunktivit.
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va muvozanatni buzilishi
Kam hollarda eshitish qobiliyatini buzilishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas bronxial astmasi yoki anamnezda nafas yo‘llarining obstruktiv kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm.
Kam hollarda allergik rinit.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat kabi me'da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (qichishish, terini qizarishi, toshma).
Juda kam hollarda soch to‘kilishi. β-adrenoblokatorlar psoriazni keltirib chiqarishi yoki psoriaz kechishini qiyinlashtirishi, shuningdek terida psoriazga o‘xshash o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas mushak zaifligi, mushak spazmlari.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez qo‘l-oyoqlarda sovuqlikni sezish yoki ularni uvishishi.
Tez-tez emas gipotenziya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar
Tez-tez charchoq*.
Tez-tez emas asteniya.
Jigar va safro yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda gepatit
Jinsiy a'zolar va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda erkaklarda jinsiy faoliyatni buzilishi.
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez emas depressiya, uyquni buzilishi.
Kam hollarda dahshatli tushlar, gallyutsinatsiyalar.
*Ushbu simptomlar, odatda, davolashni boshida paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda ular kuchsiz ifodalangan bo‘ladi va 1-2 hafta ichida yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mazkur preparatni quyidagi holatlardagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas
-inotrop davolashni talab qiladigan o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
-kardiogen shok;
-ikkinchi yoki uchinchi darajadagi AV-blokada (elektrokardiostimulyatorsiz patsiyentlarda);
-sinus tuguni zaifligi sindromi;
-sinoatrial blokada;
-simptomatik bradikardiya;
-simptomatik gipotenziya;
-og‘ir bronxial astma;
-oyoqlar arteriyalari obliteratsiyalanuvchi aterosklerozining og‘ir shakllari va Reyno sindromi;
-davolash buyurilmaganida feoxromotsitoma («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang);
-metabolik atsidoz;
-bisoprololga yoki preparatning har qanday yordamchi komponentlariga («
Tarkibi
» bo‘limiga qarang) yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Quyidagi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Verapamil turidagi kaltsiy antagonistlari va, kam darajada, diltiazem turidagi preparatlar miokardni qisqarishiga va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikka salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Verapamil turidagi kaltsiy antagonistlarini β-adrenoblokatorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda vena ichiga yuborish yaqqol ifodalangan arterial gipotenziyaga va atrioventrikulyar blokadaga olib kelishi mumkin.
Klonidin turidagi va boshqa (masalan, metildopa, moksonidin, rezerpin) markaziy ta'sir etuvchi antigipertenziv preparatlar markaziy ta'sir etuvchi antigipertenziv preparatlardan foydalangan holda majmuaviy davolash simpatik nerv tizimi tonusini pasayishi tufayli yurak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lib, u yurak qisqarishlari tez-tezligini kamayishi, yurakda qon chiqarib tashlashlarni pasayishi, vazodilatatsiya bilan kechadi. Markaziy ta'sir etuvchi antigipertenziv preparat qo‘llanilishini birdaniga, ayniqsa β-adrenoblokatorni qabul qilish to‘xtatilishiga qadar bekor qilish«rikoshetli» arterial gipertenziyani rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llashni talab qiladigan kombinatsiyalar
I sinf antiaritmik preparatlar (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon) atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashishi va salbiy inotrop ta'sirni kuchayishi.
Digidropiridinlar hosilalari guruhidagi kaltsiy antagonistlari (masalan, nifedipin) bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi va yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yurak qorinchalarining nasos faoliyatini yomonlashishi xavfini istisno etmaydi.
I sinf antiaritmik preparatlar (masalan, amiodaron) atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikka ta'sirni kuchaytirishi mumkin.
Parasimpatomimetiklar bir vaqtda qo‘llash atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni sekinlashtiradi va bradikardiya rivojlanishi xavfini oshiradi.
Mahalliy qo‘llash uchun β-adrenoblokatorlar (masalan, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari) bisoprololning tizimli ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Insulin va peroral gipoglikemik vositalar gipoglikemik ta'sir kuchayadi. β-adrenoretseptorlarni blokada qilish oqibatida gipoglikemiya simptomlari yashirin bo‘lishi mumkin.
Anestetiklar reflektorli taxikardiyani susaytirilishi va arterial gipotenziya xavfini oshishi mumkin (shuningdek «
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Yurak glikozidlari yurak qisqarishlari tez-tezligi pasayishi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik sekinlashishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) gipotenziv ta'sirni kuchsizlanishi. β-adrenomimetiklarni (masalan, dobutamin, ortsiprenalin) bisoprolol bilan bir vaqtda qo‘llash har ikkala dori vositalari ta'sirini pasayishiga olib kelishi mumkin. Allergik reaktsiyalarni davolashda adrenalinning yuqoriroq dozalari talab qilinishi mumkin.
α- va β-adrenoretseptorlarni rag‘batlantiruvchi vositalar (masalan, adrenalin, noradrenalin) arterial qon bosimi oshishi va o‘zgaruvchan cho‘loqlanishning namoyon bo‘lishi kuchayishi mumkin. Noselektiv β-adrenoblokatorlar qo‘llanilganida bunday o‘zaro ta'sirlarni yuz berish ehtimoli ko‘proq.
Tritsiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar, shuningdek antigipertenziv ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa vositalar gipotenziv ta'sir kuchayadi.
E'tiborga olish kerak bo‘lgan kombinatsiyalar
Mefloxin bradikardiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lishi mumkin.
Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-V ingibitorlari bundan mustasno) β-adrenoblokatorning gipotenziv ta'siri kuchayishi mumkin, ammo ayni vaqtda gipertonik kriz rivojlanishi xavfi mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Konkor preparati bilan, ayniqsa yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, chunki bu holatni o‘tkinchi yomonlashishiga olib kelishi mumkin («
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limiga qarang).
Konkorni yurak yetishmovchiligi bilan birga kechuvchi arterial gipertenziya yoki stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Konkorni quyidagi hollarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim
-qonda glyukoza darajasining sezilarli o‘zgarishlari bo‘ladigan qandli diabetda; gipoglikemiya simptomlari (masalan, taxikardiya, yurakni tez urish hissi yoki ko‘p terlash) bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin;
-qat'iy ochlik;
-davomli desensibilizatsiyalovchi davolashda.
Boshqa β-adrenoblokatorlarni qo‘llashdagi kabi, bisoprolol allergenlarga sezuvchanlikni kuchaytirishi va anafilaktik reaktsiyalarning og‘ir kechishini kuchaytirishi mumkin. Adrenalin bilan davolash kutiladigan terapevtik ta'sirni har doim ham beravermaydi.
-birinchi darajali AV-blokada;
-Printsmetal stenokardiyasi;
-oyoqlardagi arteriyalarning obliteratsiyalovchi aterosklerozi (simptomlarni yomonlashishi ayniqsa davolashni boshlanishida qayd etilishi mumkin).
Garchand kardioselektiv (β1) β-adrenoblokatorlar noselektivlariga nisbatan o‘pka faoliyatiga kam darajada ta'sir ko‘rsatsa-da, barcha β-adrenoblokatorlar singari, agar ularni qo‘llash uchun ishonarli klinik asoslar bo‘lmasa, ular o‘pkaning obstruktiv kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Bunday asoslar mavjud bo‘lganida, Konkor preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin. Bronxial astmada yoki klinik simptomlari bo‘lgan o‘pkaning boshqa surunkali obstruktiv kasalligida bronxodilyatatorlar bilan bir vaqtda davolash buyurilishi kerak. Kam hollarda bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda nafas yo‘llari qarshiligining oshishi β2-simpatomimetiklarning yuqoriroq dozalarini qo‘llashni talab qiladi.
Umumiy anesteziya
Umumiy anesteziya o‘tkazilayotgan patsiyentlarda dastlabki kirish anesteziyasida, intubatsiyada va operetsiyadan keyingi davrda β-adrenoblokatorlarni qo‘llash aritmiya va miokard ishemiyasi rivojlanishi xavfini pasaytiradi. Hozirgi vaqtda perioperatsiya davrida β-adrenoblokatori bilan davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Anesteziolog patsiyent tomonidan β-adrenoblokatorlarni qo‘llanilgani haqida xabardor bo‘lishi kerak, chunki bu ehtimol dorilarning o‘zaro ta'siriga olib kelishi mumkin, bu esa bradiaritmiya rivojlanishi va reflektorli taxikardiya susaytirilishini, shuningdek qon yo‘qotilishini kompensatsiya qilishning reflektor qobiliyati pasayishini keltirib chiqarishi mumkin. Jarrohlik aralashuvi o‘tkazilishidan oldin β-adrenoblokator qo‘llanilishini bekor qilish zarurati yuzaga kelganida, buni rejalashtirilgan anesteziyaga qadar 48 soat davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
Anamnezda psoriazi bo‘lgan patsiyentlarda β-adrenoblokatorlar (masalan, bisoprolol) buyurilishidan oldin «foyda-xavf» nisbatini sinchkovlik bilan baholash lozim.
Feoxromotsitomali patsiyentlarda α-adrenoretseptorlar dastlabki blokada qilinganidan keyin bisoprololni qo‘llash mumkin.
Bisoprolol bilan davolanganda tireotoksikoz simptomlari yashirin kechishi mumkin.
Konkor preparatini qo‘llash doping-nazorat amalga oshirilganida ijobiy natijaga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Bisoprololning farmakologik faolligi homiladorlikni kechishiga va/yoki homilaga/yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nomaqbul ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Umuman, β-adrenoblokatorlar yo‘ldoshda qon oqimini buzadi, bu homilani ona qornida rivojlanishini ushlanib qolishiga, homilaning ona qornida nobud bo‘lishiga, bola tashlashga yoki muddatidan ilgari tug‘ruqqa olib keladi. Nomaqbul ta'sirlar (masalan, gipoglikemiya va bradikardiya) homilada va yangi tug‘ilgan chaqaloqda yuzaga kelishi mumkin. β-adrenoblokatorlar bilan davolash zarurati bo‘lganida β1-adrenoblokatorlarni qo‘llash afzalroq bo‘ladi.
Bisoprololni yaqqol zarurat bo‘lmaganida homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bisoprololni qo‘llash zarurati bo‘lganida bachadon-yo‘ldosh qon oqimini va davolash jarayonida homilaning ona qornida rivojlanishini nazorat qilish talab qilinadi. Homiladorlikni kechishiga yoki homilaga salbiy ta'sir bo‘lganida davolashning muqobil variantlarini ko‘rib chiqish lozim. Yangi tug‘ilgan chaqaloq holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim. Gipoglikemiya va bradikardiya simptomlari ko‘pchilik hollarda hayotning dastlabki 3 kunida yuzaga keladi.
Emizish
Bisoprololning ona sutigao‘tishi noma'lum. Shu sababli, laktatsiya davrida bisoprolol bilan davolash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda bisoprolol transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmagan. Biroq, preparatga nisbatan individual reaktsiyalar rivojlanganida transport vositalarini boshqarish yoki texnik jihatdan murakkab bo‘lgan mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati buzilishi mumkin. Bunga davolash boshlanishida va preparat dozasi o‘zgartirilganidan keyin, shuningdek alkogolni bir vaqtda qo‘llanilganida e'tibor qaratish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Bradikardiya, arterial gipotenziya, bronxospazm, o‘tkir yurak yetishmovchiligi va gipoglikemiya β-adrenoblokatorlar bilan dozani oshirib yuborilishining ko‘p uchraydigan belgilariga taalluqlidir. Hozirda arterial gipertenziyali va/yoki yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda bisoprolol dozasini (maksimal doza 2000 mg) oshirib yuborilishining ber nechta hollari ma'lum. Mazkur patsiyentlarda bradikardiya va arterial gipotenziya rivojlanishi qayd etilgan bo‘lib, barcha patsiyentlar sog‘aygan.
Bisoprololning yuqori dozasini bir marta qabul qilishga sezuvchanlik patsiyentlarda sezilarli darajada farq qiladi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar yuqoriroq sezuvchanlikka ega ekanligi to‘liq ehtimoldan xoli emas.
Davolash
Doza oshirib yuborilganida preparatni qabul qilish to‘xtatilishi va tutib turuvchi hamda simptomatik davolashni boshlash lozim. Cheklangan ma'lumotlarga ko‘ra, bisoprolol yomon dializlanadigan moddalarga mansub. Farmakologik ta'sirni va boshqa β-adrenoblokatorlari uchun qo‘llashga doir tavsiyalarni inobatga olgan holda klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha quyidagi umum qabul qilingan tadbirlarni o‘tkazish lozim.
Bradikardiya atropinni vena ichiga yuboriladi. Ta'sir yetarlicha bo‘lmaganida ortsiprenalinni yoki ijobiy xronotrop ta'sirga ega boshqa dori vositasini ehtiyotkorlik bilan yuborish mumkin. Ayrim hollarda kardiostimulyatorlarni o‘rnatish talab qilinishi mumkin.
Arterial gipotenziya Infuzion davolash va vazopressorlarni yuborish amalga oshiriladi. Glyukagonni vena ichiga yuborish samarali bo‘lishi mumkin.
AV-blokada (II va III darajali) patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishi va vena ichiga in'ektsiyalar ko‘rinishida ortsiprenalinni olishlari kerak. Zarurat bo‘lganida kardiostimulyator o‘rnatiladi.
O‘tkir yurak yetishmovchiligi diuretiklar, ijobiy inotrop ta'sirga ega preparatlarni, vazodilyatatorlarni vena ichiga yuboriladi.
Bronxospazmda ortsiprenalin, β2-simpatomimetiklar va/yoki aminofillin kabi bronxodilyatatorlarni buyuriladi.
Gipoglikemiya glyukozani vena ichiga yuboriladi.
Chiqarilish shakli
30 tabletkadan alyuminiyli folga va PVX blisterda; 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
25 tabletkadan alyuminiyli folga va PVX blisterda; 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Merk KGAA, Germaniya
Frankfurter Shtrasse 250, 64293 Darmshtadt, Germaniya.
Merck KGAA, Germany
Frankfurter Strasse 250, 64293 Darmastadt, Germany.
Iste'molchilarning e'tirozlarini quyidagi manzilga jo‘natilsin
«Takeda Osteuropa Holding GmbH»ning (Avstriya)
O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
100017, Toshkent shahri, S-4 mavzesi, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 23a uy.
tel (99871) 230-20-91
faks (99871) 230-20-96
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.