Tomoq og‘rig‘ida nima yordam beradi?
Tomoq og‘rig‘i — O‘RVI alomatlaridan biri bo‘lib, uni yengillashtirish uchun odatda tomoq og’rig’iga qarshi tabletkalar va boshqa vositalar qo‘llaniladi. Biroq, tomoqdagi og‘riq faqatgina shamollash emas, balki boshqa sabablar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin:
-
zamburug‘li, virusli yoki bakterial infeksiya;
-
allergiya;
-
yuqori nafas yo‘llari kasalliklari.
Og‘riq sababi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, tomoqda birinchi noqulaylik hissi paydo bo‘lishi bilanoq mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi. Shifokor sizni ko‘rikdan o‘tkazadi, zarur laboratoriya tahlillarini tayinlaydi va ularning natijasiga ko‘ra tomoq og‘rig‘iga qarshi eng samarali vositani tanlab beradi.
Shuni unutmang: har qanday dori vositasining nojo‘ya ta’siri va qarshi ko‘rsatmalari bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularni qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
Tomoq og‘rig‘iga qarshi preparatlar turlari
Ushbu farmakologik guruh preparatlari yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ular quyidagi shaklda ishlab chiqariladi:
-
so‘rish uchun tabletkalar
-
siroplar;
-
kukunlar;
-
sashe;
-
ingalyatorlar;
-
spreylar;
-
eriydigan tabletkalar;
-
plastinkalar;
-
sirtga qo‘llash uchun vositalar;
-
kapsulalar;
-
aerozollar;
-
va boshqalar.
Ushbu patologiyada eng samarali dori vositalaridan biri bu tomoq og‘rig‘iga qarshi spreylar, aerozollar va tabletkalardir, chunki ularning tarkibiga antibiotiklar va virusga qarshi dorilar kiradi.
Shuningdek, bolalar va homilador ayollar uchun alohida preparatlar ishlab chiqariladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan vositalarning dozalari kamaytirilgan bo‘lsa, homilador ayollar uchun tayyorlangan dorilar ona va bola uchun xavfsizligi jihatidan sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Toshkentda tomoqni davolovchi eng samarali dori vositalarini xarid qilish
PharmaClick.uz internet-dorixonasida tomoq og‘rig‘iga qarshi keng turdagi dori vositalari taqdim etilgan. Saytdagi qulay navigatsiya orqali o‘zingizga mos va samarali dorilarni tezda topishingiz mumkin. Dori vositalarini darhol yetkazib berish bilan buyurtma berish yoki o‘zingizga qulay vaqtda olish uchun oldindan band qilish imkoniyati mavjud.
Biz buyurtmalarni nafaqat Toshkent shahri bo‘ylab, balki O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham yetkazib beramiz. Agar dori-darmonlar haqida qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, onlayn mutaxassislarimizga murojaat qiling va to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.