Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Anzibel mentol tab. №30
Nomi | Narx | |||||
Анзибел ментол таб. №30 (VAIA26AC##2 145) |
UZS 49 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлоргексидин, бензокаин, эноксолон
Страна производитель
Турция
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Anzibel
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) xlorgeksidin gidroxloridi, benzokain, enoksolon, askorbin kislotasi, rux
Dori shakli
shimish uchun tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Anzibel asal va limon – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, magniya stearati, asal va limon aromatizatorlari.
Anzibel mentol – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, magniy stearati, mentol aromatizatori.
Anzibel qizilmiya – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, magniy stearati, qizilmiya aromatizatori.
Anzibel zanjabil – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, magniy stearati, titan dioksidi, talk, zanjabil quruq ekstrakti.
Anzibel klassik – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, magniy stearati.
Anzibel limon – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, magniy stearati, limon aromatizatori.
Anzibel apelsin vitamin S bilan – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg, askorbin kislotasi – 100,0 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, kaltsiy stearati, apelsin aromatizatori.
Anzibel Immuno+Zn – faol moddalar xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg, 1,0 mg rux (rux glyukonati ko‘rinishida);
yordamchi moddalar sorbitol, kaliy atsesulfam, magniy stearati, qora marjondaraxt ekstrakti (sambukol), qoraqat aromatizatori.
Ta'rifi
Anzibel asal va limon – oq rangidan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, asal va limon ta'mli va hidli tabletkalar.
Anzibel mentol – oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, mentol ta'mli va hidli tabletkalar.
Anzibel qizilmiya – oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, qizilmiya ta'mli va hidli tabletkalar.
Anzibel zanjabil – oq rangli va yuzasida sezilarsiz sarg‘ish dog‘lari bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, zanjabil ta'mli va hidli tabletkalar.
Anzibel limon – oqish rangidan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, limon ta'mli va hidli tabletkalar.
Anzibel klassik – oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali tabletkalar.
Anzibel apelsin vitamin S – oq rangidan sarg‘ish rangacha, marmar yuzali, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, apelsin ta'm va hidli tabletkalar.
Anzibel Immuno+ Zn – marmar yuzali va och binafshadan binafsha ranggacha dog‘lari bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qoraqat ta'm va hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR a'zolarining kasalliklarini davolash uchun vositalar. (antiseptik+yallig‘lanishga qarshi+maxalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita).
ATX kodi R02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Majmuaviy preparat. Preparat xlorgeksidinning antiseptik ta'siri, enoksolonning halqumning shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi samarasi, shuningdek benzokainning mahalliy og‘riq qoldiruvchi samarasiga ega.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi, qon ivishini kuchaytiradi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, immun tizimini rag‘batlantiradi. S vitamini yetishmovchiligini to‘ldiradi. Immunologik reaktsiyalarni tartibga soladi (antitelalarni, komplementning S3-bo‘lagini, interferon sintezini faollashtiradi), fagotsitozga yordam beradi. Gistamin ozodlanishini tormozlaydi va degradatsiyasini tezlashtiradi, Prostaglandinlarni paydo bo‘lishini va boshqa yallig‘lanish va allergik reaktsiyalarni mediatorlarini bostiradi.
Rux immunitetni mustaxkamlashga yordam beradi, chunki u hujayra membranalarini ximoya qiluvchi va barqarorlashtiruvchi fermentlarning tarkibiy qismiga kiradi, nuklein kislotalar, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar metabolizmida, shuningdek immunokompetent xujayralarning o‘zaro ta'siri jarayonlarida ishtirok etadi. Bundan tashqari, rux to‘qimalarning regeneratsiyasiga; bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarilgan oqsillarni parchalashiga; erkaklarning jinsiy tizimini funktsiyasini qo‘llab-quvvatlashga; insulin ishlab chiqaradigan me'da osti bezi hujayralarini ximoya qilishga; jigarni barqaror ishlashiga; teri, suyaklar, tishlar, tirnoq va sochlarning xolatini yaxshilashga; ko‘rish, ta'm va xid a'zolarining funktsiyasini faollashtirishga yordam beradi. Anzibel® Immuno shimish uchun tabletkalardagi rux glyukonati rux mikroelementini tanqisligini qoplaydi.
Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni ko‘pchilik shtammlariga nisbatan bakteritsid va bakteriostatik ta'sirga ega. Zamburug‘larga va lipofil viruslarga nisbatan ham faol.
Farmakokinetikasi
Xlorgeksidin kam miqdorda so‘riladi, farmakologik tadqiqotlarga ko‘ra og‘iz bo‘shlig‘ida taxminan 30% xlorgeksidin so‘riladi, keyin dori vositasi sekin so‘lakda so‘rilanadi. Me'da-ichak yo‘llaridan yomon so‘rilanadi. Ichga qabul qilingandan keyin qonda aniqlanmaydi.
Benzokain mahalliy anestetik hisoblanadi. Shilliq qavat va shikastlangan teri orqali yaxshi so‘riladi, asosan plazma xolinesterazasi gidrolitik ta'siri va kam miqdorda jigar xolinesterazalari hisobiga metabolizmga uchraydi.
Enoksolon peroral qabul qilingandan so‘ng me'da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladi. So‘rilgan miqdorining ko‘p qismi asosan metabolit sifatida safro bilan ajraladi, keyin axlat bilan chiqariladi, bir oz qismi siydik bilan ajraladi.
Askorbin kislotasi og‘iz bo‘shlig‘ida passiv, ingichka ichakda esa – glyukoza ishtirokida faol so‘riladi. S vitaminidan terapevtik dozada qo‘llanganda biokiraolishligi 70% ni tashkil etadi, qabul qilishni ko‘paytirishi bilan kamayib boradi. Qonda maksimal kontsentratsiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Askorbin kislotasining uni degidroaskorbin va diketokulon keyingi shovul kislotasigaga aylanishi bilan biotransformatsiyasi jigarda sodir bo‘ladi. Ko‘rsatilgan metabolitlarning va askorbin kislotaning o‘zi o‘zgarmagan xolda chiqarilishi asosan buyraklar tomonidan amalga oshiriladi.
Rux –ruxning iste'mol qilish 20-30% sutkalik miqdori ichakda so‘riladi. O‘simlik oziq-ovqatlari ishqoriy muxitda erimaydigan xelat birikmalarining shakllanishi tufayli ruxning so‘rilishini buzadi. Endogen rux ichakda qayta so‘riladi (ichak-jigar aylanishi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 60%, 30-40% - alfa-2-makroglobulin yoki transferrin bilan, 1% - aminokislotalar gistidin va sistein bilan. Deposi qon hujayralari, mushaklar, suyaklar, teri, buyraklar, jigar, me'da osti bezi, to‘r pardasi va prostatada. Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti - 2 soat. Axlat bilan chiqarilishi - 90%, qolgani buyrak va o‘pka bilan.
Qo‘llanilishi
Preparatning komponentlarga sezgir mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslar) chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari simptomlarini (tomoq va og‘iz bushlig‘ining og‘riqlarni, tomoq va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini shishi) yengillashtirish uchun
- tonzillit (angina);
- stomatit;
- faringit;
- laringit;
- gingivit;
- parodontitda qo‘llaniladi.
Stomatologik yoki otolaringologik muolajalardan keyingi, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining jarohatlardan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqdagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni chaynamasdan og‘izda sekin shimish lozim.
Kattalarga va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 2-3 soatli interval bilan sutkasiga maksimal 8 ta tabletka qo‘llanadi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 4-5 soatli interval bilan sutkasiga maksimal 6 ta tabletka qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum – mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra uchrash tez-tezligi aniqlash imkoniyati yo‘q.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – burun bitishi, qichishish, teri toshmasi, kontakt dermatit.
Yurak qon- tomirlari tizimi tomonidan kam hollarda – shishlar, arterial gipertenziya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda – ko‘ngil aynishi, dispepsiya, epigastriyada og‘riq.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar kam hollarda – tishlarda dog‘ paydo bo‘lishi, og‘iz bo‘shligi va til uchi ta'sirlanishi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (og‘iz ichida va og‘iz atrofida achishish, qichishish, shish yoki qizarish kabi).
NOXUSH REAKTSIYALAR KUZATILGANDA SHIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga va boshqa mahalliy og‘riq qoldiruvchi preparatlarga yuqori sezuvchanlik;
-homiladorlik va laktatsiya davri;
-fenilketonuriyasi, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xlorgeksidin boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularni faolsizlanishi mumkin.
Anzibel Immunoni tizimli qo‘llash davrida sut maxsulotlarini iste'mol qilishdan saqlanish kerak, chunki bunda me'da-ichak yo‘llaridan rux tuzlari so‘rilishi sekinlashadi; spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanilsin. Rux sulfat tetratsiklinlarning, mis ionlarining so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun qabul qilishni kamida 2 soatga ajratish kerak. Tiazidli diuretiklar ruxni siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi. Folat kislotasi ruxni so‘rilishni ko‘p bo‘lmagan darajada buzishi mumkin. Yuqori dozalarda temir preparatlari, majmua hosil qiluvchi moddalar (shu jumladan penitsillamin) ruxning so‘rilishini sezilarli darajada kamaytiradi. U kumush, qo‘rg‘oshin, xinin, ixtiol, sitralem tuzlari (yomon eriydigan birikmalarni xosil qiladi), ishqorsezuvchi moddalar (rux oksidi gidratini xosil qiladi) va protargol (koagulyatsiyaga uchraydi) bilan farmatsevtik jixatdan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sportchilarda qo‘llanganida preparatning tarkibiga benzokain kirishini hisobga olish kerak, doping-nazoratda ijobiy natija berishi mumkin.
Preparatni bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Har bir tabletka shirin ta'm beruvchi sifatida sorbitol saqlaydi. Sorbitol ayrim xollarda me'daning ta'sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDA tasnifiga binoan Anzibel preparati homilaga ta'siriga ko‘ra “C” toifasiga kiradi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda dorini homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatgan, lekin homilador ayollarda tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo, homilador ayollarda shu dorini qo‘llanishi bilan bog‘lik potentsial foyda, xavf ehtimoli bo‘lishiga qaramasdan, uni qo‘llanishini oqlashi mumkin.
Laktatsiya davrida Anzibelni qabul kilish mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilganda yoki uzoq muddat qo‘llanganda shishlar va gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
«Anzibel asal va limon» shimish uchun tabletkalar, №30.
«Anzibel mentol» shimish uchun tabletkalar, №30.
«Anzibel qizilmiya» shimish uchun tabletkalar, №30.
«Anzibel zanjabil» shimish uchun tabletkalar, №30.
«Anzibel limon» shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel klassik» shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel apelsin vitamin S» shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.
«Anzibel Immuno+Zn» shimish uchun tabletkalar, №30.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°С yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
«Anzibel asal va limon» – 3 yil.
«Anzibel mentol» – 3 yil.
«Anzibel qizilmiya» – 3 yil.
«Anzibel zanjabil» – 3 yil.
«Anzibel limon» – 2 yil.
«Anzibel klassik» – 2 yil.
«Anzibel apelsin vitamin S» – 2 yil.
«Anzibel Immuno+Zn» – 2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" ChEK
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A”
Tel. (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01;
E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.