Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Efizol tab. №20
Nomi | Narx | |||||
Эфизол таб №20 (190823##2 089) |
UZS 27 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Деквалиния хлорид, аскорбиновая кислота
Страна производитель
Болгария
Производитель
Balkanpharma-Dupnitza AD
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки жевательные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Efizol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) dekvaliniy xloridi, askorbin kislotasi
Dori shakli
shimish uchun tabletkalar
Tarkibi
1 shimish uchun tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,25 mg dekvaliniy xloridi, 30 mg askorbin kislotasi;
yordamchi moddalar glyukoza monogidrati, natriy saxarini, pektin, vanilin, sukroza, kakao, laktoza monogidrati, magniy stearati.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama faskali va bir tomoni o‘yiqchali, 13 mm diametrli yassi tabletkalar; rangi jigarrang, mozaik.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita. Antiseptiklar.
ATX kodi R02AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Efizol dekvaliniy xloridi va askorbin kislotasini saqlagan majmuaviy dori preparatidir.
Dekvaliniy xloridi qo‘llangan joydagi ba'zi mikroorganizmlarning rivojlanishini susaytiradi. U turli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilariga, ayniqsa yiringli bakteriyalarga, shu jumladan antibiotiklarga sezuvchan bo‘lmagan shtammlarga ta'sir ko‘rsatadi. U shuningdek zamburug‘larga (kandida, ba'zi epidermofitlar va trixofitlar) qarshi faollikka ega. Oqsillar, fermentlarni hosil bo‘lishiga ta'sir ko‘rsatib va ularning hujayra membranalarini shikastlab, infektsiya qo‘zg‘atuvchilarini parchalaydi.
Askorbin kislotasi (S vitamini) qon tomirlarning devorlarini mustahkamlaydi, ularning o‘tkazuvchanligini, qon ketish ehtimolini va shishlar hosil bo‘lishini pasaytiradi. Yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega.
Qo‘llanilishi
Bu dori preparati quyidagilar uchun mo‘ljallangan
• og‘iz bo‘shlig‘i va burun halqumdagi yengil darajadagi yallig‘lanish jarayonlari (kataral, yarali, fibroz gingivitlar, aftoz stomatitlar, kandidoz (molochnitsa), faringitlar, tonzillitlar, laringitlar va glossitlar) ni mahalliy antiseptik (bakteriyalarga qarshi) davolash uchun;
• og‘iz va tomoq sohasidagi jarrohlik aralashuvlaridan oldin va keyin rivojlanadigan infektsiyani oldini olish uchun;
• burun halqumning jiddiyroq infektsiyalarini antibiotiklar yoki sulfonamidlar bilan majmuaviy davolash uchun.
Agar 5-7 kundan keyin Siz o‘zingizni yaxshi his qilmasangiz, yoki Sizning holatingiz yomonlashsa, shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash usuli va dozalari
Efizolni doimo ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq qabul qiling. Agar biron bir narsaga ishonch hosil qilmasangiz shifokoringizdan yoki farmatsevtdan so‘rang.
Shimish uchun 1 tabletkadan har 2-3 soatdan (sutkada 8-10 tabletkadan oshmasin) keyin qabul qilinadi.
Tabletkalar chaynalmasin. Qabul qilingandan so‘ng patsiyentga yarim soat davomida ovqat va ichimliklar iste'mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Kasallikning simptomlari yo‘qolganidan so‘ng 1-2 kun davomida davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Umumiy davolash davomiyligi 5-7 kundan oshmasligi kerak (og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda normal bakterial flora rivojlanishini buzilish xavfi mavjud).
Tabletkalarni nafas yo‘llariga tushish xavfi tufayli preparatni 4 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday dori preparati kabi, Efizol, garchi ular har bir odamda kuzatilmasa-da, nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, to‘qimalarni ta'sirlantirmaydi va jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar haqida ma'lumotlar yo‘q. Kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusishga qistovni chaqirishi mumkin; juda kam hollarda allergik reaktsiyalar, og‘iz bo‘shlig‘ini achishish va ta'sirlanish hissi yoki qurishi bo‘lishi mumkin; uzoq muddat qo‘llanganida og‘iz bo‘shlig‘ida normal bakterial florani rivojlanishi buzilishi mumkin.
Agar Sizda har qanday nojo‘ya reaktsiyalar namoyon bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering. Bu ushbu yo‘riqnomada ta'riflanmagan barcha bo‘lishi nojo‘ya reaktsiyalarga tegishli.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Agar Sizda dori vositasi va/yoki preparatning yordamchi moddalariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa, Efizol preparatini qabul qilmang.
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (ushbu shakli uchun).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Polistirensulfonat natriy (organizmda kaliyning qiymati oshganida davolash uchun qo‘llanadi) bir vaqtda qo‘llanganida teri va shilliq qavatlar, xususan me'da-ichak yo‘llarini og‘ir darajada shikastlanishini rivojlanish ehtimoli mavjud.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibida og‘riq qoldiruvchi komponent yo‘qligi sababli, uni kuchli og‘riq bilan kechadigan yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llash mumkin emas.
Infektsiyani tarqalishini klinik simptomlari paydo bo‘lganida, tizimli antibiotiklar bilan davolash kerak.
Har qanday nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida Efizol qabul qilishni to‘xtatish va boshqa davolashni buyurish kerak.
Mahalliy qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishni ehtiyotkorlik bilan va davolovchi shifokor baholagandan so‘ng amalga oshirish kerak.
Kasallikning simptomlarini yaxshilanishi kuzatilmasa yoki og‘irlashsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorlikka taxmin qilayotgan yoki rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Hozirgi vaqtgacha Efizolni homiladorlikka ta'sir qilishiga nisbatan tegishli epidemiologik tekshirish ma'lumotlari yo‘q. Shuning uchun homiladorlik vaqtida uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Emizish vaqtida Efizolni tavsiya etilgan dozalarda va davolash kursida qabul qilish mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va texnikalar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Efizol transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Yordamchi moddalari xaqida ma'lumot
Efizol glyukoza, laktoza monogidrati, qand saqlaydi. Agar shifokor Sizda ba'zi qandlarni o‘zlashtirolmaslik mavjud degan bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin u bilan maslahatlashing.
Bir tabletkada qandning miqdori kam bo‘lishiga qaramasdan (742,7 mg) qandli diabet bilan xastalanganlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari va qondagi qand miqdorini nazorat qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Efizolning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Agar Siz Efizol qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozasini to‘ldirish uchun ikkilangan dozasini qabul qilmang. Buni navbatdagi muntazam qabul qilish vaqtida amalga oshiring.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun 20 tabletka blisterda, 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dorini kanalizatsiyaga yoki maishiy ahlat konteynerlariga tashlamang. Siz endi ishlatmaydigan dori vositasini qanday yo‘qotish kerakligini farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni asrashga yordam beradi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Balkanfarma-Razgrad AD
“Aprelskogo vosstaniya” bul., 68
7200 Razgrad, Bolgariya
tel. +359/84 660 999;
faks +359/84 634 272.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.