Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Faringosprey sprey 30ml №1
Nomi | Narx | |||||
Фарингоспрей спрей 30мл №1 (210524##2 402) |
UZS 42 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Kelib chiqqan mamlakat
Moldova
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Флумед-Фарм Молдова
Chiqarish shakli
Спрей
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Faringosprey
Ta'sir etuvchi modda (XPN) geksetidin
Dori shakli
orofaringeal'niy sprey, eritma
Tarkibi
1 ml sprey quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1,92 mg geksetidin;
yordamchi moddalar natriy saxarini, evkalipt moyi, apel'sin gullarini moyi, qalampir
yalpiz moyi, levomentol, metilsalitsilat, 85% li glitserin, 96% li etanol.
Ta'rifi o‘ziga xos etanol va efir moyi xidli tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun infektsiyalarga qarshi vositalar va antiseptiklar.
ATX kodi AOTAV12
Farmakologik xususiyatlar
Faringosprey – o‘rtacha og‘riq qoldiruvchi samarali antiseptik preparatdir. Geksetidin
– bakteritsid va fungitsid xususiyatlari bilan modda, preparatning asosiy faol komponenti hisoblanadi. Ta'sir mexanizmi tiaminga struktur o‘xshash bilan aniqlanadi. Raqobatli ingibitsiya qilinishiga sababli u mikroorganizmlar hayotga muhim jarayonlarga uchun koznzimga zarur bo‘lgan tiaminpirofasfat sintezini susaytiradi. Glikolitik jarayonlarda qatnashib, og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat qoldiqlarini kislota ta'sirida bijg‘imaydi. Geksetidin va shuningdek qisman efir moyilari preparatning davolash samarasini ko‘p bo‘lmagan mahalliy og‘riq qoldiruvchi samarasi bilan to‘ldiradi.
Farmakokinetikasi
Geksetidin shilliq qavatlar yuzasida yaxshi ushlanib turadi; burun-halkum sohasida
qo‘llanganda so‘rilishi minimal. Bir marta qo‘llangandan keyin radionishonlangan
geksetidin bilan o‘tqazilgan tadqiqotlarda geksetidinning og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida
ushlab qolinish vaqti 10 soatdan ko‘p erishgan, ayrim holatlarda geksetidinning izlari
65 soatdan keyin aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Tonzillit, faringit, laringit, gingivit, parodontoz, stomatit, glossit, aftlar kabi og‘iz va tomoq bo‘shlig‘ining yallig‘lanish va infektsion kasalliklarni dezinfektsiyasi, shuningdek tonzilektomiyadan oldin va keyin, tishlarni olish va og‘iz bo‘shlig‘idagi boshqa jarrohlik aralashuvlar, og‘izdan yoqimsiz hidni bartaraf qilish, antibiotiklar bilan yondosh davolanishda streptokokk anginani samarani bir maromda tutib turuvchi davolashda qo‘llanadi.
Faringosprey kattalarda va 8 yoshdan katta bolalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparat qo‘llanganda nafasni to‘xtatish zarur.
Preparatni nafas olishni tavsiya qilinmaydi.
Ko‘zga tushishdan saqlanish kerak.
Kattalar va 8 yoshdan katta bolalar
Ovqatdan keyin, ertalab va kechqurun kuniga ikki marta bitta purkalish buyuriladi, zarur bo‘lganida dozani maksimum kuniga 3 marta 2 purkalishgacha oshirish mumkin.
Geksetidin shilliq qavatlarda ushlanib qoladi, bu uzoq vaqt davom etgan samarani ta'minlaydi. Shunig uchun preparatni ovqatdan keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.
Davolashni davomiyligi 5 ketma-ket kunlardan oshmasligi kerak. Bundan ko‘p davolashni uzaytirishi faqat shifokor maslahatidan keyin mumkin.
Keksalar
Kattalardagi dozalash tartibi tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uchrash tez-tezligi bo‘yicha MedDRA konventsiyasi
juda tez-tez (≥1/10),
tez-tez (≥1/100 va <1/10),
tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100),
kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000),
juda kam hollarda (<1/10000);
uchrash tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlanish mumkin emas).
Umumiy buzilishlari va yuborish joyidagi o‘zgarishlari
Juda kam hollarda Achishishni his qilish
Immun tizimi tomonidan buzilishlari
Juda kam hollarda Qichishish, toshma, qo‘llangan joyida qizarish, shish, laringospazm, Kvinke shishi, bronxospazm kabi allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Uchrash tez-tezligi noma'lum Ta'sirchanlik (masalan og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanish va qichishish ta'riflangan).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlari
Juda kam hollarda
Preparatning tarkibida terpenlar hosilasi mavjudligi sbabli bolalarda tirishishlar rivojlanish xavfi, keksalarda xavotirlik va parishonlik paydo bo‘lish mumkinligi yoki dozani oshirib yuborilishida.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Geksetindinga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- Laringospazm bo‘lishi mumkinligi sababli laringit;
- Hoyaomiladorlikni 1 uch oyligi;
- Atrofik tipli quruq faringit;
- 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ayniqsa anion xosilari bilan o‘zaro ta'sirlar (antagonizm, inaktivatsiya, boshq.) rivojlanishi mumkinligi tufayli boshqa anestetiklarni bir vaqtda yoki ketma-ket qo‘llanishidan saqlanish kerak. Geksetidin ishqor eritmalarda faolsizlantiriladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan nafas olish tavsiya qilinmaydi.
Ko‘zlarga tushishdan saqlanish kerak.
8 yoshdan oshgan bolalarga va faqat bolalar purkash klapanli jixozga qarshilik ko‘rsatmagan holatlarda buyuriladi, ning buzadigan amallar buyuriladi, va spreyni purkash vaqtida nafasni ushlab turish kerak.
Og‘iz bo‘shlig‘ining mikroflorasini buzilishlari rivojlanish havfi tufayli, terapevtik ko‘rsatmalar uzoq davom etgan davolashni tushuntirib bermaydi.
Agar simptomlar 3 kundan ko‘p saqlanib tursa va yoki tana harorati oshishi bilan bog‘liq bo‘lsa, davolashni qayta boshlash lozim.
Bu preparat yordamchi moddalar orasida terpenlar xosilasilarni saqlaydi, ular tirishishga tayyorganlik bo‘sag‘asini pasaytiradi va yuqori dozalarda bolalarda tirishi paydo bo‘lishini aniqlanishi mumkin; anamnezda tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda bu yordamchi moddalarning mavjudligini hisobga olish kerak.
Davolashni davomiyligiga va dozalarga rioya qilish kerak.
Boshqa preparatlar bila bir vaqt qo‘llanganda va dozani oshirib yuborish holatlarda shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Preparat 78% hajm/hajm 96% etanol saqlaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparat homiladorlikni I uch oyligidaqo‘llash mumkin emas.
Preparatni homiladorlikni II va III uch oyliklarida va emizish davrida yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va ko‘krak sutidan chiqishi to‘g‘risida yetarli ma'lumotlar yo‘qligini hisobga olib preparatni buyurishdan keyin foydasini va xavfini baxolash kerak. Shuning uchun davolashdan oldin potentsial hxavflar va qo‘llash affzalligini ko‘rib chiqish kerak va agar bu zarur bo‘lsa bundan keyin preparatni buyurish kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Preparat qo‘llanganidan keyin 30 minut davomida transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.
Preparat etanol saqlaydi, shuning uchun bu kategoriyaladagi odamlarda bu preparatni qo‘llanishi alkogol testi natijalarini buzadi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Dozaning oshirib yuborilish holatlarida to‘g‘risida xabarlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Orofaringeal sprey 1,92 mg/ml, 30 ml dan shisha flakonlarda tiniq qalpoqchali komplekt bilan germetik mexanik nasos bilan moslama va purgagich klapan yordamida berkitilgan.
1 flakon qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga individual karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yoruqligdan va namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
TK «Flumed-Farm» MChJ, Moldova Respublikasi
Chetatya Albe ko‘ch., 176 mun., Kishinev sh.,
Tel. (+373 22) 52 28 69
Faks (+373 22) 52 14 52.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.