Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Имудон № 40 (1341024##2 474) |
UZS 126 300
UZS 131 600
-4%
Экономия UZS 5 300
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Имудон № 40 (1341024##2 487) |
UZS 124 200
UZS 129 400
-4%
Экономия UZS 5 200
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Имудон № 40 (1661224##2 545) |
UZS 124 200
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Смесь лизатов бактерий
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
2,7/0,1575 мг
Производитель
Фармстандарт Томскхимфарм ОАО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
So‘rish uchun tabletkalar
Imudon №40 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Ta‘sir qiluvchi modda
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta‘sirlari
- Nojo‘ya ta‘sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo’llanishi
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Imudon®
Ta‘sir qiluvchi modda
Bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi [L. acidophilis + delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. Nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans]
Dori shakli
Shimish uchun tabletkalar
Tarkibi
Preparat polivalent antigen majmuasi bo'lib, bakteriyalarning lizatlarini aralashmasidir, uning tarkibi og'iz bo'shlig'i va xalqumda eng ko'p yallig'lanish jarayonlarini chaqiruvchi qo'zg'atuvchilarga mos keladi.
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Imudon® (bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi) - 2,7 mg (quruq moddaga hisoblanganda)
shu jumladan bakteriya lizatlari [L. acidophilis + L. delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] – 0,1575 mg
Yordamchi moddalar
glitsin - 2,0 mg
natriy dezoksixolati - 0,53 mg
tiomersal - 0,0125 mg dan ko'p emas
Ta'rifi
Oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik shaklli, silliq yaltiroq yuzali, chetlari qiya, yalpiz hidli tabletkalar, biroz marmarlikka yo'l qo'yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Immunrag'batlantiruvchi vosita.
ATS kodi
L03AX
Farmakologik xususiyatlari
Otorinolaringologiyada, stomatologiyada mahalliy qo'llash uchun kelib chiqishi bakterial bo'lgan immunrag'batlantiruvchi preparat. Fagotsitozni faollashtiradi, immunkompetent xujayralarning miqdrini oshishiga yordam beradi, lizotsim va interferonni ishlab chiqarilishini, so'lakda immunoglobulin A ni oshiradi.
Qo‘llanilishi
Og'iz bo'shlig'i va xalqumning quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarini davolash va oldini olishda qo'llanadi
Faringit
Surunkali tonzillit
Tonzilektomiyaga tayyorlash va operatsiyadan keyingi davr
Yuzaki va chuqur parodontozlar, parodontit, stomatit (shu jumladan aftozli), glossit
Eritematoz va yarali gingivit
Og'iz bo'shlig'ining disbakteriozi
Tishlar olib tashlanganidan, sun'iy tish ildizlarini implantatsiyasidan keyingi infektsiyalar
Tish protezlari chaqirgan yaralanish
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 14 yoshdan oshgan o'smirlar uchun
Og'iz bo'shlig'i va xalqumning o'tkir yallig'lanish kasalliklarida va surunkali kasalliklarni zo'rayishida
Preparat kuniga 8 tabletkadan qabul qilinadi
Tabletkalar og'iz bo'shlig'ida 1-2 soat oraliq muddat bilan (chaynamasdan) shimiladi
Davolash kursining davomiyligi o'rtacha 10 kun
Oldini olish uchun
Preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi
Tabletkalar har 2 soatda og'iz bo'shlig'ida (chaynamasdan) so'riladi
Kurs davomiyligi 20 kun
Imudon bilan yiliga 3-4 marta profilaktik kurslarni o'tkazish tavsiya etiladi
3 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun
Davolash va oldini olish uchun
Preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi
Tabletkalar har 1-2 soat oralig'ida og'iz bo'shlig'ida (chaynamasdan) shimiladi
O'tkir kasalliklarda davolash kursi 10 kun
Surunkali kasalliklarni zo'rayishini oldini olish uchun – 20 kun
Preparat bilan profilaktik davolash kursini yiliga 3-4 marta o'tkazish tavsiya etiladi
Nojo‘ya ta‘sir
lari
Kam hollarda preparatni qo'llash quyidagilar bilan kechishi mumkin
Allergik reaktsiyalar (toshma, eshakemi, angionevrotik shish)
Me'da-ichak yo'llari tomonidan (ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'riqlari)
Haroratni oshishi
Bronxial astmani zo'rayishi, yo'tal
Juda kam hollarda preparatni qo'llash quyidagilar bilan kechish mumkin
Tugunli eritema
Gemorragik vaskulit
Trombotsitopeniyani rivojlanishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yoki uning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik
3 yoshgacha bo'lgan bolalar
Autoimmun kasalliklarda qo'llash mumkin emas
Dorilarning o'zaro ta'siri
Aniqlanmagan. Imudon® ni boshqa guruh dori vositalari bilan ishlatish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar tabletkalarni kattalarning majburiy kuzatuvi ostida shimishlari kerak!
Imudon qo'llanganidan keyin preparatning samaradorligini pasaytirmaslik uchun ovqat va suvni qabul qilmaslik, shuningdek bir soat davomida og'izni chaymaslik kerak
Tuzsiz yoki kam tuzli parhezga rioya qiluvchi patsiyentlarga preparat buyurilganida 1 tabletka Imudon 15 mg Na+ saqlashini hisobga olish kerak
Bronxial astmasi bo'lgan bemorlarga, ularda bakterial lizatlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilish kasallikning zo'rayishini (bronxial astma xurujlari) chaqiradi, shuning uchun preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo’llanishi
Imudonni homilador ayollarda ishlatish bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas
Hayvonlardagi muvofiq eksperimental ma'lumotlar va epidemiologik tekshirishlar mavjud emas
Imudon® ni homiladorlik yoki laktatsiya davrida qabul qilish tavsiya qilinmagan
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatni qanday bo'lmasin cheklashlarning zaruratini ko'rsatuvchi ma'lumotlar yo'q.
Qo'llashga yaroqsiz
O'rami buzilganida (blister)
Noaniq yorliqda
Preparatning yaroqlilik muddati tugagandan keyin
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Imudonning dozasini oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
8 tabletkadan kompozitsion material poliamid alyuminiy PVX va bosma laklangan alyuminiy folga kontur uyali o'ramda (blister). 8 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o'ramda qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
SP 3.3.2.1248-03 muvofiq 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
"Farmstandart-Tomskximfarm" OAJ
Rossiya, Tomsk sh., Lenin prospekti, 211
Tel./faks (3822) 40-28-56
Preparatga reklamatsiya quyidagi manzilga jo'natilsin
"Farmstandart-Tomskximfarm" OAJ
Rossiya, 634009, Tomsk sh., Lenin prospekti, 211 uy
Tel/faks (3822) 40-28-56
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.