Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ingalipt 30 ml aerozol
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Россия
Производитель
АО Алтайвитамины
Форма выпуска
Спрей для горла и полости рта
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ingalipt
Dori shakli
maxalliy qo‘llash uchun aerozol
Tarkibi
Bir ballon quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar sulfanilamid natriy (eruvchan streptotsid) - 0,750 g; sulfatizol natriy pentagidrati 0,750 g; evkalipt moyi - 0,015 g; qalampir yalpiz moyi - 0,015 g; timol - 0,015 g;
yordamchi moddalar etanol (etil spirti 95% yoki 96%) - 1,800 g; saxaroza (qand) - 1,500 g; glitserol (glitserin) - 2,100 g; polisorbat-80 - 0,900 g; tozalangansuv – 30 ml gacha; azot - 0,300 dan 0,400 g gacha.
Ta'rifi och-sariqdan to to‘q–sariqqacha bo‘lgan rangli tiniq suyuqlik, ballondan chiqishda o‘ziga xos timol va mentol hidili oqim hosil qiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy mikroblarga qarshi vosita.
ATX kodi R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparat. Preparat tarkibiga kiruvchi eruvchan sulfanilamidlar mikroblarga qarshi (og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning kasalliklarini chaqiruvchi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan) ta'sir ko‘rsatadi. Timol, evkalipt moyi va qalampir yalpiz moyi zamburug‘larga qarshi (Candida turi zamburug‘lariga nisbatan), mikroblarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi va yengil og‘riqsizlantiruchi samara ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Tonzillit, faringit, laringit, aftoz va yarali stomatitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llanadi. Flakondan himoyalovchi qopqoqcha olinadi va berilgan purkagich kiritilab, og‘iz bo‘shlig‘iga osilma 1-2 sekund davomida purkaladi. Preparat og‘iz bo‘shlig‘ida 5-7 minut tutiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ini qaynagan suv bilan oldindan chayish bilan yuvish sutkada 3-4 marta o‘tkaziladi.
Purkagichning teshigini tiqilib qolishidan saqlanish uchun, muolaja tugatilgach uni puflash yoki toza suvli stakanga solib qo‘yish kerak.
Ishlatilganda ballonni qat'iy vertikal holda tutib turish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (teri toshmalari, qichishish), tomoqda qisqa muddatli achishish yoki qirilish.
Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat kilish kerak.
Odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lgan holda preparatni keyingi qo‘llashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik, bolalarda (3 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan mutanosib, klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Ta'sir doirasini kengaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida boshqa mahalliy mikroblarga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ingalipt preparatini bolalarda faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga noxush ta'siri bo‘yicha ma'lumot qayd qilinmagan.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi
Ona uchun foyda homila va bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lganida, shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparatning bir qismini yutilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash spetsifik antidoti yo‘q, simptomatik va tutib turuvchi davolash.
Chiqarilish shakli
Mahalliy qo‘llash uchun aerozol 30 ml dan uzluksiz ta'sirli klapan, purkagich uchlik va himoyalovchi qalpoqcha bilan ta'minlangan aerozol alyumin ballonlarda. Har bir ballon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Altayvitamin” YoAJ
Manzil 659325, Oltoy o‘lkasi, Biysk sh., Zavodskaya ko‘ch., 69
Telefon (3854) 338-719, 326-946
Faks (3854) 327-640
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«FAGUSAL» MChJ,
100005, Toshkent sh., Mirobod tumani, Inokobod ko‘ch., №1 tor ko‘cha, 7 «A» uy.
Tel. + 99871 291 11 98; + 99871 283 30 71.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.