Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xlorofillipt sprey 15ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлорофиллипта экстракта густого
Страна производитель
Украина
Дозировка
15 мл
Производитель
ГНЦЛС ОЗ,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xlorofillipt
Ta'sir etuvchi modda (XPN) xlorofillipt
Dori shakli
sprey
Tarkibi
faol modda xlorofilliptning quyuq ekstrakti (10,761) (ekstragent etanol 93%) − 30 mg;
yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat (E 218), propilparagidroksibenzoat (E 216), etanol (96%), glitserin, polisorbat (polisorbat-80), tozalangan suv.
Ta'rifi och-yashil rangdan yashil rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli tovlanuvchi suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.
ATX kodi D08AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Xlorofillipt evkaliptning barglaridan olingan xlorofillarning aralashmasi hisoblanadi. Preparat stafilokokklarga nisbatan antibakterial (bakteriostatik va bakteritsid) faollik ko‘rsatadi, shuningdek antiseptik va yallig‘lanishga qarshi faollik namoyon qiladi.
Farmakokinetikasi
Tekshirilmagan.
Qo‘llanilishi
Antibiotikka chidamli stafilokokklar chaqirgan kasalliklar bachadon bo‘ynini eroziyasi, kuyishlar, trofik yaralar, o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), anginalarni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Xlorofillipt mahalliy qo‘llanadi. Yuqori nafas yo‘llari a'zolarining yallig‘lanishlarida (angina, O‘RK) kattalarga sutkada 3-4 marta 3-4 kun davomida konteynerning klapani 2 marta bosilib tomoqqa sepiladi. Eroziya, trofik yaralar, kuyishlarni davolashda dokali salfetka Xlorofillipt bilan namlanadi va teri va shilliq qavatlarning yuzasiga 15-20 minutga qo‘yiladi. Muolaja sutkada 2 marta o‘tkaziladi. Muolajalar har kuni 10 kun davomida takrorlanadi.
Bolalar.
Preparatni bolalarda qo‘llashning tajribasi yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat qo‘llanganida allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, angionevrotik shish, giperemiya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antiseptik preparatlarning ta'siri kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni qo‘llashdan oldin Xlorofilliptga sezuvchanlik aniqlanadi, buning uchun bemorning og‘iz bo‘shlig‘iga preparat sinab sepiladi (konteynerning klapani 1 marta bosiladi). 6-8 soatdan keyin allergiyaning belgilari (lablar, shilliq qavatlarning shishi) kuzatilmagan holda, preparatni qo‘llash mumkin. Xlorofilliptga sezuvchanlik preparatning biron-bir dori shaklida Xlorofilliptning 0,25% spirtli eritmasini ichga qabul qilish yo‘li bilan aniqlanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llashning samaradorligi va havfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun preparatni bu guruh patsiyentlarida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya reaktsiyalari kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
15 ml dan konteynerda, 1 konteyner qutida.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta'siridan himoya qilinsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ.
Manzili
Ukraina, 61057, Xarkov sh., Vorobyev ko‘ch., 8.
(«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.