Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Septolete Total sprey 30ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бензидамин, цетилпиридиния хлорид
Страна производитель
Словения
Дозировка
30 мл
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
Septolete® total mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey
0,15 mg + 0,5 mg/doza
benzidamin gidroxloridi + setilpiridiniy xloridi
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan avval ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
Preparatni har doim ushbu annotatsiyada ko‘rsatilgandek yoxud sizga shifokor yoki farmatsevt qanday aytgan bo‘lsa, shunday qo‘llash kerak.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U Sizga yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
-Qo‘shimcha ma'lumot yoxud maslahat olish uchun farmatsevtga murojaat qiling.
-Agar Sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu annotatsiyada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.
-Preparatni 3 kun qo‘llagandan keyin, agar Sizning holatingiz yaxshilanmasa yoxud yomonlashsa, Siz shifokorga murojaat qilishingiz lozim.
Ushbu annotatsiyada qanday ma'lumot saqlanadi
1.Septolete® total o‘zi nima va u nima uchun mo‘ljallangan
2.Septolete® totalni qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak
3.Septolete® totalni qanday qo‘llash kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
5.Septolete® totalni qanday saqlanadi
6.O‘ram ichidagi modda va boshqa ma'lumotlar
1.Septolete® total nima o‘zi va u nima uchun mo‘ljallangan
Septolete® total sprey og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va antiseptik dori preparati hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘iga dispersiyalanuvchi sprey og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni dezinfektsiya qiladi va og‘riq, qizarish va faoliyatni buzilishi kabi tomoqni yallig‘lanish belgilarini kamaytiradi.
Septolete® total yallig‘lanishga qarshi og‘riq qoldiruvchi va antiseptik davolash sifatida quyidagilarda ishlatiladi
-tomoq, og‘iz bo‘shlig‘i va milklarni ta'sirlanishi,
-gingivitda, faringitda va laringitda, shuningdek
-tishni yorib chiqishdan oldin va keyin.
Agar preparatni 3 kun qo‘llagandan keyin Sizning holatingiz yaxshilanmasa yoki yomonlashsa, Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

Septolete® totalni quyidagi hollarda qo‘llamang
agar Sizda benzidamin gidroxloridiga, setilpiridiniy xloridiga yoki ushbu preparatni boshqa komponentlariga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limga qarang).
ushbu dori preparati 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanmaydi, chunki ushbu dori shakli mazkur yosh guruhida qo‘llash uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Septolete® totalni qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Septolete® totalni 7 kundan ortiq vaqt davomida qo‘llamang. Agar 3 kundan keyin simptomlar yomonlashsa yoxud o‘tib ketmasa, agar isitma kabi simptomlar rivojlansa, shifokor bilan maslahatlashing.
Mahalliy qo‘llash uchun preparatlarni, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo‘llash sensibilizatsiyani rivojlanishga olib kelishi mumkin, bunday hollarda davolashni bekor qilish kerak.
Septolete® totalni tish pastalarida saqlanadigan anion birikmalar bilan birga qo‘llash mumkin emas, shuning uchun preparatni bevosita tishlarni tozalashdan oldin yoki keyin qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Septolete® total spreyni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Preparatni nafas bilan yutish mumkin emas.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi
Septolete® totalni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas, chunki og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavati orqali yuborish uchun sprey ushbu yosh guruhida qo‘llash uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Boshqa dori vositalari va Septolete® total
Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqinda qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar qiling.
Boshqa antiseptiklarni Septolete®total bilan bir vaqtda ishlatmang.
Homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoxud emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokor yoki farmatsevt bilan ushbu dori preparatini qabul qilishdan avval maslahatlashing.
Septolete® totalni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Sizga emizish to‘g‘risidagi masalani shifokor bilan muhokama qilish va u Sizga emizishni to‘xtatish yoki Septolete®total bilan davolashni to‘xtatish kerakligini hal qiladi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlari bilan ishlash
Septolete®total transport vositalarini boshqarishga va mexanizmlar bilan ishlashga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Septolete®total etanol saqlaydi
Ushbu dori preparati etanol (spirt) ning oz miqdorini 1 dozada 100 mg dan kamroq saqlaydi.
3. Septolete®totalni qanday qo‘llash kerak
Preparatni har doim ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilgandek yoki Sizga shifokor yoki farmatsevt aytganidek qo‘llash kerak. Agar Sizda shubha paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
Bir martalik dozani qo‘llash uchun dozatorga bir–ikki marta bosing. Siz dori vositasini har 2 soatda 3-5 kun takror qabul qilishingiz mumkin.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Bir martalik dozani qo‘llash uchun dozatorga bir marta bosing. Siz dori vositasinihar 2 soatda 3-5 kun qabul qilishingiz mumkin.
6 yoshdan kichik bolalar
Septolete® totalni 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ko‘rsatilgan dozani oshirmang.
Samaraga erishish uchun preparatni bevosita tishlarni tozalashdan oldin yoki keyin qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Qo‘llash usuli
Septolete® total preparatini birinchi bor qo‘llashdan avval bir xil purkalishga erishish uchun dozalovchi qurilmalarning purkovchi boshchasiga bir necha marta bosish kerak. Agar Septolete®total preparati uzoq vaqt (kamida 1 hafta davomida) qo‘llanmagan bo‘lsa dozalovchi qurilmaning dozatorga bir xil purkalishga erishilgunicha 1 marta bosish lozim.
Qo‘llashdan avval rangli himoya qopqoqchasini yeching.
Og‘izni keng oching, applikatorning trubkasini og‘iz bo‘shlig‘iga yo‘naltiring, nafasni tutib turing va purkovchi boshchaga 1-2 marta bosing.
Septolete® total preparatini har gal qo‘llangandan keyin dozatorni rangli himoya qalpoqchasi bilan yoping.
Dozator bir marta bosilganda 0,1 ml sprey ko‘rinishidagi eritma chiqariladi, u 0,15 mg benzidamin va 0,5 mg setilpiridiniy xloridi saqlaydi.
Davolash davomiyligi
Ushbu dori preparatini 7 kundan ortiq qo‘llamang. Agar 3 kundan keyin simptomlar yomonlashsa, yoki o‘tib ketmasa yoki agar isitma kabi simptomlar rivojlansa, shifokor bilan maslahatlashing. Kasallik qayta avj olganda yoki agar Siz uning xarakteristikasida biron-bir o‘zgarishlarni sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing.
Agar Siz Septolete® totalni keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz
Ushbu dori preparatini tasodifan haddan ziyod dozasini yutib yuborgan hollarda, darhol shifokorga yoki yaqinda joylashgan shifoxonaga murojaat qiling.
Septolete®total dozalarini o‘tkazib yuborsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llanishi to‘g‘risida qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Hamma dori vositalari singari ushbu preparat ham, garchi ular hammada yuz bermasa-da, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Kam hollarda (1000 odamdan 1 nafarida yuz berishi mumkin)
-o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi,
-eshakemi, terini quyosh nuriga reaktivligini oshishi (fotosezuvchanlik),
-o‘pkada nafas yo‘llarini to‘satdan nazorat qilinmaydigan torayishi (bronxospazm).
Juda kam hollarda (10000 odamdan 1 nafari yuz berishi mumkin;
-og‘iz bo‘shlig‘ini mahalliy ta'sirlanishi, og‘iz bo‘shlig‘ida yengil achishish hissi.
Noma'lum (ma'lum ma'lumotlar asosida tez–tezligini aniqlash mumkin emas)
-og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini achishishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini sezuvchanligini yo‘qolishi (anesteziya).
Odatda ushbu nojo‘ya holatlar vaqtinchadir. Ular paydo bo‘lganida shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Ushbu annotatsiyada keltirilgan yo‘riqnomaga rioya qilib, Siz nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini kamaytirasiz.
5. Septolete® totalni qanday saqlash kerak
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llamang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilgandan keyin preparatni 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanganda 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qo‘llanmaydigan dori preparatlarini qanday yo‘qotish to‘g‘risida farmatsevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram ichidagi va boshqa ma'lumotlar
Septolete®total nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi moddalar benzidamin gidroxloridi va setilpiridiniy xloridi.
1 ml sprey 1,5 mg benzidamin gidroxloridi va 5 mg setilpiradiniy xloridi saqlaydi.
Yordamchi moddalar etanol (96%), glitserol, makrogol, glitserilgidroksistearat, natriy saxarinati, yalpiz bargining moyi, tozalangan suv.
Preparatning 1 dozasi - 0,1 ml eritma 0,15 mg benzidamin gidroxloridi va 0,5 mg setilpiridiniy xloridi saqlaydi.
30 ml eritma birlamchi o‘ramda 250 dozani saqlaydi.
Septolete®total qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagi modda
Mahalliy qo‘llash uchun dozalangan sprey 0,15 mg +0,5 mg/doza. Rangsizdan sarg‘imtir rangligacha bo‘lgan tiniq suyuqlik.
30 ml (250 doza) preparat yuqori zichlikdagi polietilenli, dozalovchi qurilmasi (dozator), majmuaviy materialdan bo‘lgan applikator bo‘lgan purkovchi boshcha va polipropilenli rangli himoya qopqoqchasi bilan ta'minlangan flakonda.
1 flakon ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmareshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.