Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tonzilgon N tomchilar 100ml
Nomi | Narx | |||||
Тонзилгон Н капли 100мл (0000198637##2 260) |
UZS 120 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корень алтея, цветки ромашки, трава хвоща, листья греческого ореха, трава тысячилетника, кора дуба
Страна производитель
Германия
Дозировка
100 мл
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tonzilgon N
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi
100 g Tonzilgon N tomchilari quyidagi o‘simliklarning 29 g suvlispirtli ajralmalarini saqlaydi
Althaeae radix (Gulhayri ildizi) 0,4 g
Chamomillae flores (Moychechak gullari) 0,3 g
Equiseti herba (Qirqbo‘g‘im o‘ti) 0,5 g
Joglandis folia (Yong‘oq bargi) 0,4 g
Millefolium herba (Bo‘ymadaron o‘ti) 0,4 g
Quercus cortex (Eman po‘stlog‘i) 0,2 g
Taraxaci herba (Dorivor momoqaymoq o‘ti) 0,4 g
Etanol tarkibi 19% (hajm nisbatida)
Qo‘shimcha ingrediyentlar tozalangan suv.
Ta'rifi ichga qabul qilish uchun tomchilar tiniq yoki biroz xira sariqjigarrang rangli, o‘ziga xos xidli va moychechak ta'mli suyuqlik. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
og‘iz-halqum kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.
ATX kodi R02AR30.
Farmakologik xususiyatlari
Eksperimental tadqiqotlarning natijalari Tonzilgon N fagotsitlar va tabiiy killer hujayralarini oshishi hisobiga immun tizimiga modulyator ta'sir qilishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar Tonzilgon N yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, antibakterial va antiviral ta'sirga ega ekanini ko‘rsatdi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi va biologik kiraolishligi bo‘yicha tekshiruv ma'lumotlari preparatning barcha faol moddalari haqidagi ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.
Qo‘llanilishi
- yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari (tonzillit, faringit, laringit);
- respirator virusli infektsiyalardagi asoratlarning profilaktikasi va bakterial infektsiyalarda antibiotiklar bilan davolashga qo‘shimcha sifatida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kasallikni rivojlanishining o‘tkir davrida Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 25 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 56 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 56 marta qabul qiladilar. Kasallik yengillashganidan keyin davolanishni yana 1 hafta davom ettirish kerak.
O‘tkir simptomlar yengillashganidan keyin Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 25 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Tomchilar suyultirilmagan xolda qabul qilinadi, yutishdan oldin biroz vaqt davomida og‘izda tutib turiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar va me'daichak buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Moychechak gullarini saqlovchi preparatlar boshqa murakkab guldoshlar oilasiga mansub o‘simliklariga (masalan, oddiy shuvoq, bo‘ymadaron o‘ti, xrizantema, dastorgulga) yuqori sezuvchanligi bor odamlarda kesishgan reaktsiyalar tufayli allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, xususan murakkab guldoshlar oilasi o‘simliklariga. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antibakterial vositalar bilan birga ishlatilishi mumkin va maqsadga muvofiqdir.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar simptomlar yo‘qolmasa, shuningdek tana harorati oshganida, hansirash, yiringli yoki qonli balg‘am paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.
Ichga qabul qilish uchun tomchilar alkogol saqlaganligi sababli, ularni alkogolizm bilan kasallangan bemorlar, shuningdek alkogolizmni muvaffaqiyatli davolashdan so‘ng qabul qilish mumkin emas. Alkogolni saqlanishi jigar kasalliklari, tutqanog‘i va bosh miya kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar kabi yuqori xavf guruhi patsiyentlarida qo‘llanganida e'tiborga olinishi kerak.
Flakonni ishlatishda uni vertikal xolatda ushlang. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar va xiralashish bo‘lishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta'sir qilmaydi.
Tonzilgon® N tomchilarini qabul qilishdan oldin uni chayqatish kerak!
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparat homiladorlik va emizish davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 50 va 100 ml.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Tegishli sharoitlarda saqlash ta'minlansa, ichga qabul qilish tomchilar 2 yil yaroqlilik muddati ega.
Ochilgan flakonlar 6 oy davomida ishlatilishi mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptciz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.