Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tonzilotren gomeop. tab. №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Атропинум, гепар сульфурис, силицеа
Страна производитель
Германия
Производитель
Deutsche Homoopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG, Германия произведено: Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co.KG
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tonzilotren
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka (250 mg) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar Atropinum sulfuricum D5 - 12,5 mg, Hepar sulfuris D3 - 10,0 mg, Kalium bichromicum D4 - 50,0 mg, Mercurius bijodatus D8 - 25,0 mg, Silicea D2 - 5,0 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, saxaroza, magniy stearati.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, har ikki tomonlama yassi faskali, katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gomeopatik vositalar.
ATX kodi R02AX
Farmakologik xususiyatlari
Gomeopatik davolash uslublari va gomeopatik substantsiyalarni qo‘llanilishi ananaviy tibbiyotda o‘rin tutgankasalliklar haqidagi tushunchalardan tubdan farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va shu tarzda organizmni o‘z-o‘zini davolash imkoniyatlarini potentsialini) faollashtiradi. Gomeopatik vositaga nisbatan xar bir organizm javobi qat'iy individualdir. Shu sababli gomeopatik vositasini dozospetsifik (dozaga bog‘liq) farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik ma'lumotlarni aniqlab bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir tonzillit, surunkali va surunkali qaytalanuvchi (retsedivlanishuvchi) tonzillit, bodomsimon bezlarni shishib kattalashishi, bodomsimon bezlarni jarrohlikdan keyingi bitib ketishini tezlashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Kattalar o‘tkir xolatlarda, har soatda 1 tabletkadan, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yengillashgunicha qabul qilinadi. Keyingi davogacha yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Pediatrik guruhda
2 yoshdan 6 yoshgacha bolalar o‘tkir xolatlarda, keyingi davogacha yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bolalar o‘tkir xolatlarda har 2 soatda 1 tabletkadan, ammo kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yaxshilangunigacha qabul qilinadi. Keyingi davolashgacha yoki surunkali xolatlarda 1 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
12 yoshdan va katta yoshdagi bolalar o‘tkir xolatlarda, 1 tabletkadan har kuni, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas, simptomlar yengillashgunicha qabul qilinadi. Keyingi davolash uchun yoki surunkali xolatlarda 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi.
Bodomsimon bez kattalashgan kattalar va bolalar kuniga 3 marta 1 tabletkadan qabul qilishligi lozim. Davolashni 6-8 xafta davomida davom ettirish tavsiya etiladi.
Surunkali va surunkali qaytalanish xolatlarida yiliga bir necha davolash sikllari xar bir xolat bir yilda 6-8 xafta davomiyligi bilan qabul qilish kerak.
Qo‘llash usuli
Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minutdan keyin, og‘izda sekin so‘rib qabul qilish lozim.
Kichik bolalarni davolashda tabletkalarni oz miqdordagi suvda eritish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam xollarda (<1/10,000) yoki noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga asosan tez-tezligini baxolab bo‘lmaydi)
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, masalan, terida toshmalar kuzatilishi mumkin. Bunday xollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
So‘lak ko‘p xosil bo‘lishida preparatni dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni bekor qilish kerak.
Izoh gomeopatik dori vositalari qo‘llanganda vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatnixrom, simob yokiyoki boshqa ingrediyentlariga, shuningdek 2 yoshdan kichik bolalarga yuqori sezuvchanligi ma'lum bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri noma'lum.
Gomeopatik preparatlar bilan davolash boshqa dori vositalarni qo‘llashni istisno qilmaydi.
Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati xollarida shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat laktoza va saxaroza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktozali malabsorbtsiyasi sindromi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparat saxaroza saqlashi tufayli uni fruktozani o‘zlashtiraolmaslik yoki saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi kabi kam nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Quyidagi holatlarda o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan maslaxatlashish lozim
- Agar o‘tkir xolat simptomlari yaxshilanmasa yoki 2 kun davolash davomida yomonlashsa,
- Agar qo‘shimcha shikoyatlar masalan 39°S dan yuqori tana harorati paydo bo‘lsa.
Qalqonsimon bez funktsiyasini buzilishlari (gipertireoz) bo‘lgan bemorlarni davolash uchun Tonzilotrenni faqat oldindan shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Barcha dori preparatlari kabi, homiladorlik yoki emizish davrida preparatni faqat shifokor maslaxatidan keyin qabul qilish kerak.
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligi qobiliyatiga ta'siri.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
250 mg li 20 tabletka blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Doyche Xomeopati-Union
DXU-Artsnaymittel GmbX & Ko. KG
Germaniya, 76227 Karlsrue,
Ottoshtrasse 24
Tel. +49 (721) 40 93 236
Doktor Vilmar Shvabe
GmbX & Ko. KG, Germaniya
Germaniya, 76227 Karlsrue,
Vilmar-Shvabe Shtrasse 4
Tel. 49 (0)721 4005 0,+49 (0)721 40005 165
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.