Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tonzipret tomchilar 50 ml
Nomi | Narx | |||||
Тонзипрет капли 50 мл (0000201961##2 285) |
UZS 87 600
UZS 91 300
-4%
Экономия UZS 3 700
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тонзипрет капли 50 мл (0000201961##2 295) |
UZS 88 000
UZS 91 700
-4%
Экономия UZS 3 700
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тонзипрет капли 50 мл (0000201961##2 325) |
UZS 88 000
UZS 91 700
-4%
Экономия UZS 3 700
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Комбинированный препарат
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Дозировка
50 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Bionorica SE
Chiqarish shakli
Капли для приема внутрь
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Tonzipret
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar
Tarkibi
10 g (10,9 ml mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Capsicum annuum D44 g,
Guaiacum D44 g,
Phytolacca americana D12 g.
Ushbu dori vositasi 53-57% etanol (x/x) saqlaydi.
Ta'rifi tiniq, biroz sarg‘ish rangli suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralashishi va cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
og‘iz xalqum yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun gomeopatik vosita
ATX Kodi R02AX
Farmakologik xususiyatlari
Ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy gomeopatik preparatdir.
Farmakokinetikasi
Taqdim etilmagan.
Qo‘llanilishi
Og‘iz-halqumning yallig‘lanishli kasalliklarini davolash uchun gomeopatik dori vositasidir. Gomeopatik qo‘llash doirasi sohasi tomoq yoki bodomsimon bezlarini o‘tkir yallig‘lanishi (tonzillit)ni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, tavsiya etilgan dozasi quyidagicha hisoblanadi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
Kasallikning o‘tkir davrida 5 tomchidan har 30-60 minutda, ammo sutkada 6 martagacha,
va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 5 tomchidan kuniga 1-3 marta buyuriladi.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Kasallikning o‘tkir davrida har 30-60 minutda 3-4 tomchidan, ammo sutkada 6 martagacha (maksimum sutkada 20 tomchi),
Va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 3-4 tomchidan (maksimum sutkada 10 tomchi) kuniga 1-3 marta buyuriladi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Kasallikning o‘tkir davrida har 30-60 minutda 2-3 tomchidan (maksimum sutkada 15 tomchi), ammo sutkada 6 martagacha,
va dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin kasallik bir xaftadan ortiq davom etganida 2-3 tomchidan (maksimum sutkada 7 tomchi) kuniga 1-3 marta buyuriladi.
Simptomlar yaxshilanganda qabul qilish tez-tezligini kamaytirish kerak.
Tomchilarni og‘izda bir muncha vaqt tutib turib suyultirilmagan ko‘rinishda yoki oz miqdordagi suvda suyultirib qabul qilish kerak.
Bolalarga preparatni suv bilan suyultirilgan holda qabul qilish tavsiya etiladi.
Har qanday dori preparati kabi, gomeopatik vositalarni dastlab shifokor bilan maslahatlashmasdan uzoq vaqt davomida qabul qilish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi, preparat noxush reaktsiyalar chaqirishi mumkin, ular har bir holatda ham namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Noxush reaktsiyalar tez-tezligining miqdoriy mezonlari va a'zolar-tizimi sinfi va ularni yuzaga kelish tez-tezligiga muvofiq noxush reaktsiyalar tasnifi (Nojo‘ya ko‘rinishlar tez-tezligini aniqlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam xollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam xollarda (< 1/10000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)
Noma'lum
- ko‘ngil aynishi, me'da tomonidan buzilishlar kabi me'da-ichak yo‘llari buzilishlari
- mahalliy allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Izoh sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Gomeopatik preparatlarni qabul qilish mavjud shikoyatlarni yomonlashishini (boshlang‘ich yomonlashishni) chaqirishi mumkin. Bunday holatda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning ta'sir etuvchi yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
- Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sir holatlari noma'lum.
Umumiy izoh
Nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek chekish, kimyoviy stimulyatorlar, kofe va alkogolni iste'mol qilish gomeopatik dori vositalarining samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha preparatlarni qabul qilganda shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
Doimiy, noaniq simptomlar bo‘lganida yoki yangi simptomlar paydo bo‘lganida, shuningdek uch kundan ortiq saqlanadigan yoki 39°C dan yuqoriga oshadigan yuqori tana haroratida shifokorga murojaat etish kerak.
Ushbu tibbiy preparat 53-57 % (x/x) etanol saqlaydi. Alkogolizmi bo‘lgan yoki alkogolizmdan davolashni muvaffaqiyatli yakunlagan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgandan yuqoriroq dozalarda qabul qilgan bolalarda va jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar kabi yuqori xavf guruhidagi patsiyentlarda alkogolь saqlashini e'tiborga olish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda Tonzipret preparatini qo‘llash haqida ma'lumotlar mavjud emas. Xavfsizlik maqsadida homiladorlik vaqtida Tonzipret preparatini qo‘llash mumkin emas.
Tonzipret preparatining faol komponentlari ko‘krak suti bilan ajralishi noma'lum. Emizikli bola uchun xavfni inkor etish mumkin emas. Emizish davrida Tonzipret preparatini qo‘llash mumkin emas.
Bolalar
1 yoshdan kichik bolalarda preparatni qabul qilish bo‘yicha yetarli tadqiqotlar mavjud emasligi tufayli, ushbu yoshdagi bolalar guruhida Tonzipret tomchilarini qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh Tonzipret tomchilari o‘zlashtiriladigan uglevodlarning (SEU) ahamiyatli miqdorini saqlamaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar
50 ml dan vertikal dozalovchi tomchilagich moslamali va buraladigan qopqoqli to‘q shisha flakonlarda. Flakonga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi. Bitta flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoitlari
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati 6 oygacha.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE
Kershenshtaynershtrasse 11-15
92318 Noymarkt, Germaniya
Telefon 09181 231–90
Telefaks 09181 231–265
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.