Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Menovazin 40ml LIK
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ментол, новокаин, анестезин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
40 мл
Производитель
Lekinterkaps,OOO,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Menovazin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) mentol, novokain, anestezin
Dori shakli
spirtli eritma.
Tarkibi
faol modda ratsemik mentol – 2,5 g, novokain – 1,0 g, anestezin – 1,0 g;
yordamchi modda 70% etil spirti – 100 ml gacha.
Tarifi rangsiz, tiniq mentol hidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.
ATX kodi D04AB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ratsementol (mentol) teriga surtilganda oriqsizlantiruvchi samarasi va terini qichishishini yengillashtirish bilan kuzatiladigan nerv oxirlarini qo‘zg‘alishini va yuzaki qon tomirlarini kengayishi va salqinlik xissini chaqiradi.
Prokain (novokain) – o‘rtacha anesteziya faolligiga ega mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Natriy kanallarini bloklaydi, sezuvchi nerv oxirlaridagi impulsning va nerv tolalari bo‘ylab generatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Benzokain (anestezin) – yuzaki anesteziya uchun mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Sezuvchi nerv oxirlarlaridagi og‘riq impulsini paydo bo‘lishiga va ularni nerv tolalari orqali o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
Mentol – majmuaviy preparat tarkibidagi prokain (novokain) va benzokainni (anestezin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda preparatning maxalliy og‘riqsizlantiruvchi tasirini kuchaytiradi
Farmakokinetika
Sirtga qo‘llanilganda preparat komponentlari tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
Nevralgiya, mialgiya va artralgiyada mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, qichishuvchi dermatozda - mahalliy qichishishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga, terining og‘riqli sohalariga bir kunda 2-3 marta surtiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Maxalliy allergik reaktsiyalar, uzoq qo‘llanganda – bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimini pasayishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat komponentlari (novokain, anestezin) sulfanilamid preparatlarini bakteriyalarga qarshi tasirini kamaytiradi. Mahalliy anestiziyalovchi ta'sirga ega preparatlarni samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat yuqori e'tibor kontsentratsiyasiniva psixomotor reaktsiya tezligini talab qiluvchi transport vositalari va potentsial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni organizmga ta'siri xaqida malumot yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida, terida qo‘zg‘aluvchanlik, toshmalar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Spirtli eritma 25, 50 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«LEKINTERKAPS» MChJ,
Toshkent vil., Zangiota tumani, Qizg‘aldoq QFY, Beruniy ko‘chasi 1 uy.
Tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.