Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Entoban sirop 90ml
Nomi | Narx | |||||
Энтобан сироп 90мл. (1823010##2 145) |
UZS 35 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Энтобан сироп 90мл. (1823010##2 160) |
UZS 35 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Холархена пушистая, мирт обыкновенный, барбарис остистый, айва бенгальская, дуб красильный
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
90 мл
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Entoban
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
Har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi 50 mg Momiq xloraxena, 200 mg Oddiy mirt, 200 mg Serqiltiq zirk, 100 mg Bengal behisi, 50 mg Bo‘yovchi dub, 20 mg ko‘rkam Buteya.
Ta'rifi jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli va shirin ta'mli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vosita.
ATX kodi A07AX03.
Farmakologik xususiyatlari
Bu nodir preparat uzoq yillar davomida ichak infektsiyalarini va gijja invaziyalarini davolash uchun ishlatiladigan sara o‘tlar aralashmasidan tayyorlangan.
Entoban bugungi kundagi gijja invaziyalarini oldini olish uchun va ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun eng yaxshi preparat bo‘lib qolmoqda. Bu preparat ovqat hazm qilish yo‘llarini shilliq pardasini himoya qiladi va sog‘lomlantiradi, yuqori kislotalikni kamaytiradi va peristaltikani boshqaradi. Diareya holatida preparatning tinchlantiruvchi va bakteritsid ta'siri patsiyentlarga tez yengillik keltiradi.
Dorivor o‘tlarning sinergetik ta'siri, yordamchi o‘simliklar bilan birgalikda Entoban preparatining batsillyar dizenteriyani, ichak amebiazini, aralash va nospetsifik etiologiyali dizenteriyani, ovqat bilan zaharlanishdagi gastroenteritni davolashda tanlov preparati qiladi. Entobanning mikroblarga qarshi ta'siri turli etiologiyali diareyalarda davolovchi samara ko‘rsatadi. Tez ta'sir qiluvchi antiprotozoy ta'sirga ega, bu preparatni amebiazda buyurish imkoniyatini beradi.
Entoban tez ta'sir qiluvchi spazmolitik samaraga ega.
Qo‘llanilishi
• O‘tkir va surunkali amebiaz
• Gepatik amebiaz va E.hystolytica mavjudligidagi boshqa kasalliklar
• Batsillyar dizenteriya
• Bakterial va nospetsifik diareya
• Gastroenterit
• Ovqat bilan zaharlanishni davolashda yordamchi vosita sifatida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 3-4 choy qoshiqdan har 4 soatda.
Bolalarga 1-2 choy qoshiqdan har 4 soatda.
Chaqaloqlarga (6 oylikdan katta) yarim choy qoshiqdan har 4 soatda yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Davolash kursining davomiyligi
Diareya bilan kasallangan ko‘pchilik patsiyentlar Entoban bilan davolanganda 24-48 soatda yengillik sezadilar, biroq infektsiyani to‘liq nazorat qilish uchun yaxshisi davolashni 2-5 kungacha davom ettirish kerak. Amyobiaz holida davolashni taxminan 10 kun davom ettirish kerak, klinik ko‘rinishlaridan qat'iy nazar, ular ancha oldin yo‘qolishlari mumkin.
Ayrim terapevtlar adekvat regidratatsion davolashga (peroral regidratatsion eritmalar) qo‘shimcha sifatida isfakolni (Ispaghol Husk) tavsiya qiladilar, bu ko‘rsatgichlar bo‘yicha ishlatilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Allergik kasalliklar.
Preparat komponentlariga bo‘lgan shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sirop saxaroza saqlaydi, buni qandli diabet bilan kasallangan, shuningdek past kaloriyali parxezga amal qiluvchi patsiyentlar e'tiborga olishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lum emas, ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Sirop flakonlarda 90, 120 va 150 ml dan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Xerbion Pakistan Prayvet Limited Karachi, Pokiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.