Enterojermina susp. 2m/5ml №10
118 700 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
2 миллиарда/5 мл 5 мл
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Франция
Yoʻriqnoma: Enterojermina susp. 2m/5ml №10
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Enterojermina®Ta'sir etuvchi modda (XPN): yo‘q
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya.Tarkibi
Bir flakonda (5 ml) quyidagilar saqlanadi:faol modda: antibiotiklarga polirezistent Bacillus clausii sporalari – 2 milsliard;
yordamchi moddalar: tozalangan suv – 5 ml gacha.
Ta'rifi
opalestsent, oqish, o‘ziga xos hidli suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vositalar.ATX kodi: A07FA.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Enterojermina – bu patogen faollikka ega bo‘lmagan, ichakni normal yashovchilari hisoblangan Bacillus clausii sporalarining suspenziyasidan tarkib topgan preparatdir.Bacillus clausii sporalari ichga qabul qilinganida ham kimyoviy, ham fizikaviy agentlarga yuqori chidamliligi tufayli, me'da shirasining kislotali to‘sig‘ini yengib o‘tadi va ichaklarga shikastlanmasdan yetib boradilar, u yerda ular metobolik faol vegetativ hujayralarga transformatsiyalanadi.
Enterojermina kelib chiqishi turlicha bo‘lgan mikroblarga qarshi agentlarning qo‘llanishi tufayli ichaklarning o‘zgargan mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Bacillus clausii turli vitaminlar, ayniqsa V guruhi vitaminlarini ishlab chiqarish xususiyatiga ega, bu ham antibiotiklar va ximioterapevtik agentlarni qo‘llash oqibatida kelib chiqqan disvitaminozni tuzatishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bundan tashqari, Bacillus clausii ni antibiotiklarga nisbatan sun'iy chaqirilgan yuqori darajadagi geterogen chidamliligi antibiotiklar qo‘llanilishi natijasida kelib chiqadigan ichak mikroflorasining buzilishini oldini olishga, ayniqsa keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar qo‘llanganda, yoki ichak mikroflorasining muvozanatini tiklanishi uchun terapevtik asosni ta'minlaydi.
Yuqorida keltirilgan antibiotiklarga chidamlilik sababli, Enterojermina® ni antibiotiklarning ikkala dozasi oralig‘ida qo‘llash mumkin.
Preparat penitsillinlarga (agar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuada bo‘lmasa), sefalosporinlar (ko‘pchilik holatlarda qisman chidamlilik), tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar (gentamitsin va amikatsindan tashqari), xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, klindamitsin, izoniazid, sikloserin, novobiotsin, rifampitsin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasi (oraliq chidamlilik) va metronidazolga nisbatan chidamlilikka ega.
Farmakokinetikasi
Enterojermina® preparati o‘zining tarkibi bo‘yicha kimyoviy modda emasligi, me'da-ichak yo‘llarida qolishi kerak bo‘lgan bakteriyalarning sporalari bo‘lganligi tufayli, preparatning so‘rilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishini bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni zarurati yo‘q (ADME tadqiqotlari).Qo‘llanilishi
- Oziq ovqat bilan zaharlanish yoki ichak mikroflorasining buzilishlari va avitaminoz (ichakda vitaminlarning so‘rilishi va o‘zlashtirilishi buzilishining oqibati) bilan bog‘liq me'da-ichakni buzilishlari sababli kelib chiqadigan ichak disbakteriozini davolash va profilaktikasi.- Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalar bilan davolash vaqtida o‘zgargan ichak mikroflorasini tiklash bo‘yicha davolash.
- Kattalar va bolalarda o‘tkir me'da-ichak buzilishlari (shu jumladan bakteriya yoki viruslar chaqirgan infektsiyalar).
- Turli xil kasalliklarga yondosh bo‘lgan ichak disbakteriozini davolash, shu jumladan ovqat hazm qilish yo‘llarining zararlanishi (me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, pankreatit, xoletsistit, jigar va safro chiqarish yo‘llarining surunkali kasalliklari va h.k.) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.INYEKTSIYA HOLIDA YUBORILMASIN!
PREPARAT FAQAT ICHISH UCHUN MO‘LJALLANGAN!
Boshqa yuborish yo‘llari orqali qo‘llanilmasin!
Dozalash
Kattalarga: agar davolovchi shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, kuniga
2-3 flakondan qabul qilinadi.
Preparatning bir martalik dozasini (1 flakon) qabul qilishlar orasidagi tavsiya qilingan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
Go‘daklar (3 haftalikdan boshlab), kichik va katta yoshli bolalarga: agar shifokor tomonidan boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, kuniga 1-2 flakondan qabul qilinadi.
Agar preparatning sutkalik dozasi kuniga bir flakonni tashkil qilsa, preparat kuniga bir marta (1 flakon to‘liqligicha) qabul qilinishi kerak. Agar sutkalik doza
1 flakondan ortiq bo‘lsa, preparatning bir martalik dozasini (1 flakon) qabul qilishlar orasidagi tavsiya qilingan interval 3-4 soatni tashkil qiladi.
Davolanish davomiyligi shifokor tomonidan individual belgilanadi. Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarga qarab qo‘yidagi davolanish davomiyligi tavsiya etiladi:
- antibiotiklar yoki ximioterapiya bilan davolanish vaqtida o‘zgargan ichak mikroflorasini tiklash uchun yordamchi davo; antibiotiklar bilan davolash vaqtida va antibiotiklar bilan davolash tugaganidan keyin 1 haftagacha;
- kattalar va bolalar, jumladan emizikli go‘daklarda o‘tkir me'da-ichak buzilishlarini (shu jumladan bakteriya yoki viruslar chaqirgan infektsiyalar) davolash.
Davolash davomiyligi 5-7 kun.
- oziq-ovqat bilan zaharlanish yoki ichak mikroflorasining buzilishlari va avitaminoz (ichakda vitaminlarning so‘rilishi va o‘zlashtirilishi buzilishining oqibati) bilan bog‘liq me'da-ichakni buzilishlari sababli kelib chiqadigan ichak disbakteriozini davolash va profilaktikasi.
Davolash davomiyligi 5-7 kun.
- asosiy davolashga yordamchi moddalar sifatida turli xil kasalliklarga yondosh bo‘lgan ichak disbakteriozini davolash, shu jumladan ovqat hazm qilish yo‘llarining zararlanishi (me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, pankreatit, xoletsistit, jigar va safro chiqarish yo‘llarining surunkali kasalliklari va h.k.) da buriladi
Davolash davomiyligi 30 kun.
Qo‘llash usuli
Bir flakonni flakonlar lentasidan yirtib oling. Flakonni silkiting. Flakonning yuqori qismini soat millari bo‘ylab burang va olib tashlang. Flakonning ichidagisini biroz shirin suvga, sutga, choyga yoki apelsin sharbatiga quying yoki preparatni oldindan suyultirmasdan iching.
Dori vositasini ochilganidan keyin suspenziya zararlanishini oldini olish maqsadida darhol qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan toshma va eshakemi kabi allergik reaktsiyalar haqida xabarlar bor.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir qiluvchi modda yoki preparatning ingrediyentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish natijasida dorilar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Enterojermina® flakonlarida ko‘rinarli kiritmalarning bo‘lishi Bacillus clausii ning sporalarini agregatlari bilan bog‘liq, shuning uchun bu preparatni o‘zgarishlarga uchraganligini birdirmaydi.Flakonni qo‘llash oldidan silkiting.
Ushbu preparatni seliakiyada (yoki glyuten kasalligida) qo‘llashga qarshi ko‘rsatma yo‘q.
Ehtiyotkorlik choralari
Antibiotikoterapiya kursi vaqtida Enterojermina® preparati qo‘llanilayotgan bo‘lsa, preparatni antibiotikning ikki ketma-ket qabul qilish dozasini orasida ichish kerak (masalan, antibakterial preparat qabul qilinganidan keyin 2-3 soat o‘tgach).
Ushbu preparat faqat peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Anafilaktik shok kabi og‘ir anafilaktik reaktsiyalarning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli dori vositasini in'ektsiya yoki boshqa bir yo‘l orqali yuborish qat'iyan man etiladi.
Antibiotiklar bilan davolash davrida preparatni antibiotik dozasining qabuli orasida ichish kerak.
Agar davolanishdan 2-3 kun keyin ham bemorning klinik holati yomonlashsa yoki ahvoli yaxshilanmasdan tana harorati oshishi, qusish, axlatda qon yoki shilliq paydo bo‘lishi, og‘iz qurishi kabi simptomlar paydo bo‘lsa, bemor darhol o‘zining davolovchi shifokoriga murojaat qilishi kerak.
Homiladorlik va emizish
Ushbu dori preparatini homiladorlik va emizish vaqtida qabul qilish mumkin.
Transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari va mashina qurilmalarini boshqarish uchun kerak bo‘lgan qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining klinik ko‘rinishlari qayd etilmagan.Chiqarilish shakli
5 ml dan polietilen flakonda.10 yoki 20 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Flakon ochilganidan keyin, suspenziyaning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dori vositasini darhol ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Sanofi S.p.A., ItaliyaManzili:
viale Europa 11
21040 Origgio (VA), ITALIYA
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi dori vositasining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Sanofi-Aventis Grup» kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent sh., Oybek ko‘chasi, 24,
Tel.: (998 71) 281 46 28/29
Faks.: (998 71) 281 44 81
www.sanofi.uz
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.