Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enterol 250mg №10 paket
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лиофилизированные дрожжи Saccharomyces boulardii
Страна производитель
Франция
Дозировка
250 мг
Производитель
Biocodex
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Enterol® 250
Dori shakli
peroral qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun dozalangan kukun
Tarkibi
Bir paket quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar bulardi Saxaromitsetlarining CNCM-I745 liofilizatsiya qilingan achitqilari 250,0 mg, laktoza monogidrati 32,5 mg,
yordamchi moddalar fruktoza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, “Tutti-frutti” ta'm qo‘shimchasi (maltodekstrin, sorbitol, vanilin, izoamilatsetat, metilbutirat, “Apelsin” hushbo‘yi, “Limon” hushbo‘yi, kontsentratsiyalangan olma sharbati).
Ta'rifi och-jigarrang rangli, meva hidli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
diareyaga qarshi vositalar
ATX kodi A07F A02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Enterol® 250 – mikroblarga qarshi va diareyaga qarshi ta'sirga ega biologik tabiatli preparatdir. Saccharomyces boulardii askospor achitqilarning patogen bo‘lmagan shtammlari bo‘lganligi va bakteriyalarga qarshi preparatlarga genetik chidamli bo‘lganligi tufayli, ichak kasalliklarida keng qo‘llanila boshladi, chunki ular me'da-ichak yo‘llaridan o‘tib, ularda koloniya hosil qilmaydi, ichakda doimiy darajada saqlanib turuvchi ahamiyatli kontsentratsiyalarga tez erishadi, normal rezident mikrofloraga ta'sir qilmaydi va ovqat-hazm qilish yo‘llaridan tashqariga chiqmaydi.
Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga va ko‘pgina boshqa preparatlarga chidamliligini, shuningdek ularning zamburug‘larga qarshi preparatlarga sezgirligini ta'kidlash kerak. Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.
Saccharomyces boulardii ning asosiy ta'sir mexanizmi
-bevosita antagonizm (mikroblarga qarshi ta'siri), nospetsifik immun himoyasini kuchaytirish, shuningdek IgA va qolgan immunoglobulinlarning sekretor komponentlarini ishlab chiqarilishini oshishi hisobiga Saccharomyces boulardii ning Clostridium dificile, Clostridium pneumoniae, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Candida krusei, Candida pseudotropical, Salmonella typhi, Ecsherichia coli, Shigella dysenteriae, Proteus, a tak je, Enthamoeba hystolitica, Lambliae kabi ichak mikroflorasini izdan chiqaruvchi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar va zamburug‘larning o‘sishini susaytirish qobiliyati bilan xarakterlanadi;
-antitoksik ta'siri S-protein bilan birikkan retseptorlar orqali enterotsitlarga ta'sir etuvchi neytralizatsiya qiluvchi omil sintezi bilan bog‘liq;
-antisekretor ta'siri enterotsitlarda sAMF darajasini kamayishi bilan bog‘liq, bu ichak bo‘shlig‘iga suv va tuz sekretsiyasini kamayishiga olib keladi;
-fermentativ ta'siri ingichka ichakning disaxaridazalari (laktaza, saxaraza, maltaza) faolligini oshishi bilan bog‘liq;
-spermin va spermidin ajralib chiqishi hisobiga ingichka ichak shilliq qavatiga nisbatan trofik samarasi.
Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.
Achitqilarning tirik shakli, Saccharomyces boulardii ning farmakokinetikasi hayvonlar va odamlarda o‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi turli tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Olingan ma'lumotlar asosida Enterol® 250 ichak mikroflorasini tiklaydi va yaqqol etiopatogenetik diareyaga qarshi ta'sirga ega ekanligini ta'kidlash mumkin.
Farmakokinetikasi
Preparat qabul qilingandan keyin yo‘g‘on ichakda Saccharomyces boulardii ning yuqori kontsentratsiyasiga erishiladi, u 24 soat davomida tutib turiladi. Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimi va mezenterial limfatik tugunlarga kirmaydi. Davolash tugaganidan keyin Saccharomyces boulardii axlat bilan 3-5 kun davomida to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-kattalar va bolalarda bakterial etiologiyali o‘tkir va surunkali diareya
-virusli etiologiyali o‘tkir diareya
-ichak disbakteriozi
-sayohatchilar diareyasini oldini olish va davolash
-OITS bilan assotsiatsiyalangan diareya
-antibiotiklarni qabul qilish chaqirgan kolit va diareyani oldini olish va davolash
-ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromi
-soxtamembranoz kolit va Clostridium difficile bilan bog‘liq kasalliklar
-davomli enteral oziqlantirish bilan bog‘liq diareyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar shifokor kuzatuvi ostida kuniga ko‘pi bilan 1 paketcha. Paketcha ichidagisi bevosita qo‘llashdan oldin bir stakan iliq sutda yoki iliq suvda eritiladi yoki bolaga ovqat bilan beriladi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 paketcha kuniga 1-2 marta.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar 1-2 paketchadan kuniga 2 marta.
Tavsiya etilgan davolash kursi
-o‘tkir diareya – 3-5 sutka;
-surunkali diareya sindromi, ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromini davolash – 10-14 sutka;
-antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareya va soxtamembranoz kolitni oldini olish va davolash – antibiotiklar bilan davolash kursi davomida sutkada 2 marta 2 paketcha dozada antibiotiklar bilan birga buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda markaziy venoz kateteri bo‘lgan gospitalizatsiya qilingan patsiyentlarda fungemiya.
Juda kam hollarda meteorizm, preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik tufayli qichishish ko‘rinishidagi allergik reaktsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergiya)
-markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlar
-galaktozemiya, laktoza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza mal'absorbtsiyasi sindromi qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Peroral yoki parenteral buyurilgan zamburug‘larga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Enterol® 250 ni juda issiq (50°S dan yuqori) yoki juda sovuq ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish mumkin emas. Alkogol bilan birga qabul qilinmasin.
Agar 2 kun davomida diareya to‘xtamasa, preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan maslahatlashish kerak. Suv-tuz muvozanatini tiklash uchun eritmalarni qo‘llash zarur. Regidratatsion eritmaning xajmi yo‘qotilgan xajmga ekvivalent bo‘lishi kerak, ya'ni 1 kg tana vazniga 50-100 ml. O‘tkir yoki davomli diareya, qusish yoki ovqatlanishdan saqlanish holatlarida suv muvozanatini tiklash usullarini tanalash kerak – peroral yoki parenteral.
Kapsula va paketchalarning butunligini buzilishlarida markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganda kolonizatsiya natijasi tufayli fungemiya xavfi paydo bo‘ladi. Markaziy venoz kateteri bo‘lgan bemorlarda gematogen zamburug‘li infektsiya paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan (ushbu holatda Saccharomyces boulardii qo‘llanilmagan). Ko‘pincha buning oqibati bo‘lib gipertermiya hisoblanadi, qon sinamalarida Saccharomyces mavjudligi aniqlangan. Ushbu simptomlar zamburug‘larga qarshi davolash va kateterni olib tashlangandan keyin o‘tib ketadi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Enterol® 250 ni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Dori vositasini avtotransportni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qoliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi uchun sabab yo‘q.
Dozani oshirib yuborilgan holatlarda biron-bir choralar talab etilmaydi.
Chiqarilish shakli
765,0 mg preparat alyumin folga/polietilen plyonka/bosma qog‘ozli ikkilangan paketlarga joylanadi. 10 paketdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Biokodeks, 7 avenyu Gal'eni, 94250 Jantilli - Fransiya.
Qayd etish guvohnomasining egasining nomi va manzili
Biokodeks, Fransiya
Qadoqlovchi-korxonaning nomi va manzili
Biokodeks, Fransiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100179, Olmazor tumani,Chimboy mavzesi 5 A,
tel +998712292709.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.