Gastritga qarshi preparatlar: tasnifi va turlari
Gastritga qarshi vositalarga oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishini davolash uchun mo‘ljallangan dorilar kiradi.
Ushbu kasallikning paydo bo‘lish sabablari ko‘p. Ushbu omilga qarab gastritning 2 turi farqlanadi:
- o‘tkir - oshqozonga biron-bir qo‘zg‘atuvchi (kimyoviy faol moddalar, kuchli dorilar va boshqalar) tushishi natijasida yuzaga keladi;
- surunkali gastrit - Helicobacter pylori bakteriyalari bilan zararlanish, ovqatlanish rejimiga rioya qilmaslik, alkogol va tamaki mahsulotlarini tez-tez iste’mol qilish, stresslar va psixoemotsional zo‘riqishlar natijasida paydo bo‘ladi.
Ushbu kasallik shifokor tomonidan davolanishi zarur. Mutaxassis ko‘rsatmasisiz oshqozon gastritiga qarshi dori-darmonlarni qabul qilishni boshlash mumkin emas. U samarali dori vositalaridan foydalangan holda optimal davolash sxemasini tanlaydi.
Davolash terapiyasi davomida parhezga rioya qilish va buyurilgan dori-darmonlarni o’z vaqtida qabul qilish muhim.
Gastritga qarshi qanday dorilar mavjud?
Gastritda qo’llaniladiganpreparatlar chiqarilish shakliga ko‘ra farqlanadi. Dorixonalarda quyidagi dori shakllari mavjud:- tabletkalar;
- suspenziyalar;
- kapsulalar;
- kukunlar;
- eritmalar;
- va boshqalar.
- Helicobacter pylori bakteriyalariga qarshi vositalar;
- oshqozon devorlarini qamrab oluvchi;
- yallig‘lanishga qarshi;
- oshqozon shirasi kislotaliligini pasaytiruvchilar.
Toshkentda gastritga qarshi vosita xarid qilish
PharmaClick.uz onlayn dorixonasi veb-saytida gastritga qarshi eng yaxshi dori vositalari qulay narxlarda taqdim etilgan. Kerakli dori-darmonlarni topish uchun saytdagi navigatsion qidiruvdan foydalaning. Dori-darmonlarni Toshkent bo‘ylab uyingizga yetkazib berish xizmati orqali bir necha oddiy qadamlar bilan buyurtma qilishingiz mumkin. Buyurtmalarni O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham yetkazib beramiz, u yerda buyurtmani hamkor dorixonalarimizning istalganidan olib ketish mumkin. Shuningdek, siz o‘zingizga qulay vaqtda olib ketish uchun dori-darmonlarni bizdan band qilishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.