Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аlmagel Neo susp 170 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Алюминия гидроксид, магния гидроксид
Страна производитель
Болгария
Дозировка
170 мл
Производитель
Balkanpharma-Troyan AD
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суспензия для приема внутрь
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Almagel® Neo
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun suspenziya.
Tarkibi
Faol moddalar
Suspenziya 5 ml (bir o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi
Alyuminiy gidroksidi340 mg
Magniy gidroksidi395 mg
Simetikon36 mg
Suspenziya 10 ml (1 paketcha) quyidagilarni saqlaydi
Alyuminiy gidroksidi 680 mg
Magniy gidroksidi790 mg
Simetikon72 mg
Yordamchi moddalar vodorod peroksidi eritmasi (30%), sorbitol, natriy saxarini, gidroksietiltsellyuloza, limon kislotasi monogidrati, etilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, propilenglikol, makrogol 4000, apelsin xushbo‘yi, etanol 96%, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, apelsin hidiga ega suspenziya.
Farmakoterapetik guruhi antatsidlar, alyuminiy va magniy saqlovchi birikmalar kompleksi va majmuasi.
ATX kodi A02AF02
Farmakologik xususiyatlari
Almagel Neo alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidining yel haydovchi komponent simetikon bilan muvozanatlangan majmuasidir.
Almagel Neo me'da shirasidagi xlorid kislotasi va pepsinning oshgan sekretsiyasini tez neytrallaydi, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning shilliq qavatini himoya mexanizmlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi tufayli, tiklanish jarayoniga yordam beradi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi simetikon meteorizmga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
U barqaror silikon birikma bo‘lib, me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va ichakda gazlarni tabiiy ajralib chiqishini va ichak devorlari tomonidan ularni yutishini chaqiradi. Simetikon ingichka ichak bo‘shlig‘ida o‘zining ta'sirini ko‘rsatadi va organizmdan o‘zgarmagan xolda chiqariladi.
Preparatning ishqoriy faol moddalari mayda dispers xolatida bo‘ladi, bu ularning faollik yuzasini oshiradi va me'da va o‘n ikki barmoqli ichakning shilliq qavati bilan bevosita kontakda bo‘lish imkonini beradi, me'daning ichidagisini evakuatsiyasini sekinlashtiradi va uning neytrallovchi samarasini uzaytiradi.
Dori vositalari me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi va shunday qilib, tavsiya etilgan dozalarda va tavsiya etilgan davolash davomiyligida qo‘llanganida plazmada klinik ahamiyatli kontsentratsiyalarni hosil qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Almagel Neo me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yallig‘langanida, og‘riq, kislotalilik, achishish, gazlarning to‘planishidan zo‘riqish va og‘irlikni yengillatish, jumladan me'da va o‘n ikki barmoqli ichakni dori vositalari keltirib chiqargan yaralarida, me'daning ichidagisini qizilo‘ngachga qaytishida qo‘llanadi. Faqat o‘zini yoki boshqa dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 14 yoshdan yoshgan bolalar
Odatdagi tavsiya etilgan dozasi 2 o‘lchov qoshichasini tashkil etadi yoki bir paketchadan kuniga 4 marta ovqatdan 1 soatdan keyin yoki uxlashdan oldin qabul qilinadi.
Me'daning ichidagisi qizilo‘ngachga qaytadigan va to‘sh ortida kuchli og‘riq va achishish chaqiradigan reflyuks-ezofagitda preparatning dozasini 3 o‘lchov qoshiqchaga oshirish mumkin yoki bir paketchadan kuniga 4 marta ovqatdan 1 soatdan keyin va uxlashdan oldin qabul qilish mumkin.
Sutkada 12 o‘lchov qoshiqchasidan yoki oltita paketchadan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Davolash davomiyligi 2-3 haftani tashkil etadi, va agar kasallikning simptomlari o‘tib ketmasa, shifokor bilan maslaxatlashish o‘rinlidir.
14 yoshgacha bo‘lgan bolalar
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga dori preparatini qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki uni qo‘llash xavfsizligiga nisbatan ma'lumotlar yetarli emas.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar – preparatni shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘ng qo‘llashlari kerak.
Almagel Neo preparatini suyultirilmagan xolda qabul qilgan afzal. U qabul qilinganidan so‘ng yarim soat davomida suyuqliklarni qabul qlish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llashdan oldin suspenziyani yaxshilab chayqatish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Xar qanday dori vositasi kabi, Almagel Neo ham garchi ular hammada ham namoyon bo‘lmasada nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Bu dori vositasi qabul qilinganida quyida ta'riflangan nojo‘ya reaktsiyalardan ba'zilari yuz berishi mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas – ta'm sezishni buzilishi, ich ketishi.
Tez-tezligi noma'lum – qabziyat.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam – eshakemi, allergik reaktsiyalar
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kam - alyuminiy va/yoki magniy bilan zaxarlanish, asosan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi.
Juda kam – xotirani susayishi, Altsgeymer kasalligida bemor axvolini yomonlashishi kuzatiladi.
Agar biron bir nojo‘ya reaktsiya jiddiylashsa, yoki Sizda ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa, iltimos shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Almagel Neo quyidagilarda qo‘llanmaydi
-preparatning ta'sir etuvchi moddasi yoki biron-bir yordamchi moddasiga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlikda);
-agar Sizda og‘ir darajadagi buyrak kasalliklari bo‘lsa, xususan agar siz gemodializ olayotgan bo‘lsangiz;
-agar Sizning qoningizda fosfor miqdori kam bo‘lsa.
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llashdan saqlanishi kerak, chunki bu yoshda preparatni xavfsiz qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q.
Agar Siz yuqorida ta'riflanganlardan birortasiga ishonch xosil qilmasangiz, shifokoringizdan so‘rang.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori vositalari, shu jumladan shifokor tomonidan buyurilmagan dori vositalarni qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Antatsidlar ba'zi antibiotiklar (tetratsiklin va doksatsiklin), zamburug‘li kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan vositalar (ketokonazol va itrakonazol), siprofloksatsin, norfloksatsin, ofloksatsin, levotiroksin, osteoporozni davolash uchun qo‘llanadigan vositalar (kloronat, alendronat, risedronat), viruslarga qarshi preparatlar (atazanavir, tifonavir, fozamprenavir), allopurinol, gabapentin, penitsillamin, sotalol, fenitoin va boshqalar kabi, bir vaqtda qabul qilinadigan boshqa preparatlarni me'da yoki ichakda so‘rilishini kamaytiradi yoki qondagi kontsentratsiyalarini pasaytiradi.
Bu ularning samaralarini kamayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Almagel Neo va boshqa dori vositalarni qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soat bo‘lishi kerak.
Almagel Neo preparatini qo‘llash va ovqat, ichimliklar va alkogolni iste'mol qilish.
Preparat bilan davolanish vaqtida preparatning ta'siri kamayishi tufayli, alkogol va kofein iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Almagel Neoni qo‘llash va ovqat, ichimlik va alkogolni qabul qilish
Preparat bilan davolanish vaqtida preparatning ta'siri susayishi mumkinligi sababli, alkogol va kofeinni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Almagel Neo preparatini qo‘llaganda quyidagilarga alohida e'tibor bering
-agar Sizda buyrak kasalliklari bo‘lsa, bu preparatni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, qonda alyuminiy va magniyning miqdori oshishi mumkin, bu nerv tizimini shikastlanishiga olib kelishi mumkin;
-preparatni uzoq vaqt davomida qo‘llash, Altsgeymer kasalligida bemorning axvolini yomonlashishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olish kerak;
-preparat uzoq muddat qabul qilinganida organizmga ovqat bilan fosfor va kaliyni yetarlicha kirishni ta'minlash kerak, chunki alyuminiy me'da-ichak yo‘llaridan fosfatlarni so‘rilishini pasaytiradi va siydik bilan kaltsiyni ajralib chiqishini oshiradi, bu osteomalyatsiyani (suyaklarni yumshashini) rivojlanishi uchun sharoit yaratish mumkin, bu suyaklarda og‘riq va xolsizlikka shikoyatlar bilan namoyon bo‘ladi;
-agar kasallik simptomlari 5-7 kun davomida o‘zgarishsiz qolsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat bilan uzoq vaqt davomida davolanganda vaqti-vaqti bilan shifokor nazoratidan o‘tish kerak.
BA'ZI PATSIENTLAR GURUHI UChUN OGOXLANTIRISHLAR
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Xar qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Preparat homila va yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun xavf tug‘dirish mumkin bo‘lgan etanol saqlaydi. Homiladorlik (xususan birinchi uch oylikda) va emizish davrida Almagel Neo preparatini shifokor bilan maslaxatlashmasdan qo‘llash mumkin emas, chunki uni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Bu preparat avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Yordamchi moddalari xaqida ma'lumotlar
Dori vositasining xar bir dozasi (10 mg) quyidagilarni saqlaydi
-0,226 g etanol saqlaydi, u jigar, miya kasalliklari, tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda alkogolizmda, homiladorlik vaqtida va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda holatni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
-0,950 g sorbitol saqlaydi va shuning uchun fruktozani o‘zlashtiraolmaslik kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Agar shifokor Sizda ba'zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik mavjud deb aytgan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin u bilan maslaxatlashing.
Preparatning tarkibida yordamchi moddalar sifatida parabenlar mavjud, ular allergik reaktsiyalarni chaqirishi ma'lum.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz preparatni buyurilganiga dozasiga nisbatan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Suspenziyaning katta miqdori bir marta qabul qilinganida preparatning dozasi oshirib yuborilganligi xaqida ma'lumotlar yo‘q. Biroq katta dozalari uzoq muddat qo‘llanganida, qonda magniyning kontsentratsiyasi axamiyatli darajada oshishi mumkin, bu og‘izda yoqimsiz ta'm, tez toliqish, qizarish, ozib ketish, mushaklarda og‘riq va uvishishi, mushaklarni bo‘shligi, asabiylik va o‘zini noadekvat tutishga olib keladi.
Nojo‘ya simptomlar paydo bo‘lganida Siz zudlik bilan shifokorga yoki tibbiy muasassalarga murojaat qilishingiz kerak.
Agar Siz Almagel Neo qabul qilishni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Almagel Neo ni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozasini to‘ldirish uchun ikki barobar dozada qabul qilmang. O‘tkazib yuborganingiz ma'lum bo‘lishi bilanoq odatdagi dozasini imkon boricha tezroq qabul qiling.
Chiqarilish shakli
170 ml dan shisha flakonlarda yoki polietilentereftalat flakonlarda; 200 ml dan shisha flakonlarda yoki polietilentereftalat flakonlarda. Bir flakon o‘lchov qoshig‘i va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
10 ml dan ko‘p qavatli fol'ga paketchalarda. 10 yoki 20 paketcha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
Ikki (2) yil.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga mos keladi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Balkanfarma–Troyan AD, Bolgariya
5600 Troyan, ul. “Krayrechna” №1
Tel. (+359) 0670 68 104
Faks (+359) 0670 62 610
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.