Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аlyutsit suspenziya 100ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Алюминия гидроксид, магния гидроксид, симетикон
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
100 мл
Производитель
BIOGEN,СП,ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd., Великобритания,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суспензия
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Alyutsit
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi, simetikon.
Dori shakli
Suspenziya
Tarkibi
5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar Alyuminiy gidroksidi quritilgan gel (alyuminiy gidroksidiga ekvivalent) – 405 mg, magniy gidroksidi - 100 mg, simetikon – 125 mg.
Yordamchi moddalar 70% sorbitol, mannitol, vodorod peroksidi, metilparaben, propilparaben, limon kislotasi, natriy saxarin, 95% etanol, qalampir yalpiz moyi, guaron qatroni, tozalangan suv.
Ta'rifi Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos yalpiz hidli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antatsidlar).
ATX kodi A02AX
Farmakologik xususiyatlari
Preparat faol moddalarni yaxshi muvozanatlangan majmuasidir.
Alyuminiy gidroksidi – alyuminiy xloridini hosil qilib me'dada xlorid kislotani ortiqchasini neytrallizatsiya qiladi. Alyuminiy xloridi xlorid kislota ta'siri ostida alyuminiyni ishqoriy tuzlariga aylanadi, ular qayta juda yomon so‘riladi, ammo me'da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.Bunda qon zardobida alyuminiy ionlari deyarli o‘zgarmaydi.
Magniy gidroksidi - shuningdek magniy xloridiga aylanib, me'dada xlorid kislotasini neytrallizatsiya qiladi. Ichakda bu tuz yomon so‘riladigan magniy karbonatini hosil qiladi va qonda magniy ionlarini kontsentratsiyalarini ahamiyatli o‘zgartirmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon zardobida magniy va alyuminiy ionlari darajasi ularning chiqarilishini buzilishi natijasida toksik o‘lchamlargacha oshishi mumkin.
Simetikon - butun me'da- ichak yo‘llari bo‘yicha ta'sir qiladi vainert birikma hisoblanadi. Karminativ ta'sir (meteorizmni bartaraf qiladi) ko‘rsatadi. Bo‘linish fazasi chegarasida sirt tarangligini pasaytiradi bu havo pufakchalarini hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni me'da-ichak yo‘llarini shillig‘i va ichidagilarni parchalanishga yordam beradi. Simetikonni antatsidlar bilan qo‘llanganda ularni o‘rab oluvchi samarasini kuchaytiradi va shu orqali shilliqqavatini agressiv omillar ta'siridan himoya qiladi. U boshqa moddalarni so‘rilishga ta'sir qilmaydi, to‘planmaydi va to‘planib qolishgaimkon bermaydi, me'da-ichak yo‘llarini rH va kimyoviy muhitini o‘zgartirmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Preparat umuman, erkin xlorid kislotasiga nisbatan yuqori neytrallizatsiya qiluvchi va me'da-ichak yo‘llarini shilliq qavatiga nisbatan himoyalovchi xususiyatlar bilan ta'minlanishga yordam beradi. Antatsid, o‘rab oluvchi va so‘rib oluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Xlorid kislotasini neytrallizatsiya qilish hisobiga kislotalikni kamaytiradi, uni doimiy darajada ushlab turadi.
Qo‘llanilishi
• me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalliginizo‘rayishlarini oldini olish (majmuaviy davolash tarkibida).
• o‘tkir gastrit, surunkali gastritni zo‘rayishi bosqichi;
• difragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi;
• reflyuks-ezofagit;
• duodenit;
• diskomfort, meteorizm, epigastriyada og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi, noto‘g‘ri ovqatlanish paytida paydo bo‘ladigan nordon kekirish, alkogolni, qahvani, nikotinni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun suspenziya.
Qo‘llashdan avval suspenziyali flakonni yaxshilab chayqating. Kattalarga 2 choy qoshiqda (10 ml) ovqatdan 30-40 minut oldin sutkada 4 marta (agar shifokor boshqacha ko‘rsatma bermaganbo‘lsa) qabul qilish kerak.
Reflyuks- ezofagitda preparatni shuningdek 2 choy qoshikdan (10 ml) ovqatdan bir soat keyin qabul qilinadi.
Epizodik qo‘llanganida (noto‘g‘ri ovqatlangandagi diskomfort) 2 choy qoshiqdan (10 ml) bir marta. Maksimal sutkalik doza 16 choy qoshiq (80 ml).
10 yoshdan katta bolalar uchun bir choy qoshiqdan (5 ml) sutkadan 2 marta ovqatdan 1 soat keyin (agar shifokor boshqacha ko‘rsatma bermagan bo‘lsa).
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda yuqori dozalarda qabul qilinganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, ta'm bilishni o‘zgarishi.
Moddalar almashinuvi tomonidan preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlardayuqori dozalarda qabul qilinganda alyuminiyni buyraklar orqali chiqarilishini buzilishi va uni suyaklarda to‘planishini buzilishi bilan bog‘liq osteomalyatsiya kuzatilishi mumkin, uzoq vaqt qo‘llanganda gipofosfotemiyani rivojlanishi mumkin bo‘lib, u og‘irroq shakllarda anoreksiyaga, mushak holsizligiga va osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin.
Boshqalar artralgiyalar, Altsgeymer kasalligini zo‘rayishi (keksa odamlarda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari;
- 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni tetratsiklin qatori antibiotiklari, vitaminlar, digoksin, H2-gistamin retseptorlarining blokatorlari, temir tuzlari, siprofloksatsin, fenotiazin, izoniozid, beta-adrenoblokatorlar, indometatsin va ketokonazol biron bir vaqtda qo‘llanganda ularning terapevtik samarasini pasaytirish qobiliyatiga ega.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni jigar va markaziy nerv tizimi kasalliklariga, alkogolizm va tutqanoq bilan og‘rigan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganda qabullar o‘rtasida interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak.
Zarurat bo‘lganida preparat buyrak, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga va keksa yoshdagi patsiyetlarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan va davolovchi shifokorni nazorati ostidabuyuriladi. Preparatni uzoq qo‘llanganda qonda fosfor va magniy miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Preparat patsiyentni psixofizik holatini o‘zgarishini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari kaltsiy, magniy, fosfor almashinuvini buzilish belgilari (holsizlik, suyaklarda og‘riq, terini qizarishi, noadekvat xulq)
Davolash zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Suspenziya flakonlarda 90 ml, 100 ml, 150 ml, 200 ml dan.
Saqlash sharoiti
Kuruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«BIOGEN» MChJ Uzbekiston-Buyuk BritaniyaQ K
O‘zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51. Tel./faks(99871) 248-04-99.
«Citco Chemicals» Ltd, Angliya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.