Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fosfalyugel ichga qabul qilish uchun gel 16g №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Алюминия фосфат
Страна производитель
Франция
Дозировка
16г
Производитель
Astellas Pharma Europe B.V., Нидерланды произведено: Pharmatis,Франция
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fosfalyugel
Ta'sir etuvchi modda (XPN) alyuminiy fosfat
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun gel
Tarkibi
16 g li paketchalar
faol modda
20% alyuminiy fosfati geli
(2,08 g alyuminiy fosfatiga mos keladi)10,40 g
yordamchi moddalar
70% sorbitol eritmasi4,480 g
agar–agar 800 0,045 g
pektin 0,087 g
kaltsiy sulfati digidrati0,012 g
kaliy sorbati0,040 g
apelsin aromatizatori0,080 g
tozalangan suv 16 g gacha
20 g li paketchalar
faol modda
20% alyuminiy fosfati geli
(2,48 g alyuminiy fosfatiga mos keladi)12,38 g
yordamchi moddalar
70% sorbitol eritmasi4,286 g
agar–agar 8000,080 g
pektin 0,10 g
kaltsiy sulfati digidrati0,01 g
kaliy sorbati0,053 g
apelsin aromatizatori0,032 g
tozalangan suv 20 g gacha
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, apelsin hidli gel, aralashtirilgandan keyin gomogen moddaga aylanadi.
Farmakoterapevtik guruhi
antatsid vosita
ATX kodi A02AB03.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kislotani neytrallovchi, o‘rab oluvchi, adsorbtsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Pepsinning proteolitik faolligini pasaytiradi. Me'da shirasini ishqorlashishini chaqirmay, ichidagi kislotali muhitni fiziologik darajada saqlab qoladi. Xlorid kislotasini ikkilamchi gipersekretsiyasiga olib kelmaydi. Me'da–ichak yo‘llarining shilliq qavatida himoya qavatini hosil qiladi. Ovqat hazm qilish yo‘llarining hamma qismida toksinlar, gazlar va mikroorganizmlarni chiqarilishiga yordam beradi, ichak bo‘ylab harakatini normallashtiradi.
Qo‘llanilishi
-me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi;
-sekretor faoliyati normal yoki oshgan gastrit;
-diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi;
-gastro-ezofagial reflyuks, reflyuks–ezofagit, shu jumladan jig‘ildon qaynashi, taxir kekirish;
-yarasiz dispepsiya sindromi;
-funktsional diareya;
-yo‘g‘on ichakning funktsional kasalliklari;
-intoksikatsiya, dori preparatlarini, ta'sirlovchi moddalarni (kislotalar, ishqorlar), alkogolni qabul qilish oqibatidagi me'da va ichak buzilishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 1–2 paketchadan sutkada 2-3 marta ichga qabul qilinadi. Davolash sxemasi kasallikning xarakteriga bog‘liq gastro–ezofageal reflyuks, diafragma churrasi – darhol kechki ovqatdan keyin; me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi – ovqatdan 1–2 soat o‘tgach va og‘riq paydo bo‘lganda darhol, gastrit, dispepsiya – ovqatdan oldin, yo‘g‘on ichakning funktsional kasalliklari – ertalab och qoringa va kechqurun. Agar Fosfalyugelni qabul qilish orasidagi davr davomida og‘riqlar qaytalansa – preparatni qabul qilish takrorlanadi.
6 oylikdan kichik bolalar uchun – 1/4 paketcha yoki har 6 emizishdan keyin 1 choy qoshiqdan (4 g); 6 oylikdan kattalarga – 1/2 paketcha yoki har 4 emizishdan keyin, 2 choy qoshiqdan buyuriladi.
Preparatni toza holda yoki qabul qilishdan oldin yarim stakan toza suv bilan suyultirib, qabul qilish mumkin.
Qo‘llash usuli
1-rasm. Paketchaning ichidagisini bir xil bo‘lgunicha barmoqlar orasida yaxshilab ezing.
2-rasm. Paketchani vertikal ushlab turib, belgilangan joydan burchagini kesing yoki olib tashlang.
3-rasm. Paketchadagi teshik orqali gelni barmoqlar yordamida ezib chiqaring.
4-rasm. Gelni toza holda yoki qabul qilishdan oldin yarim stakan suvda eritib qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda–qabziyat (asosan keksa yoshdagi bemorlarda, yotib qolgan bemorlarda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fosfalyugelni boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda shifokor bilan maslahatlashish lozim, chunki Fosfalyugel ayrim preparatlarning ta'sir samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni shifokor ko‘rsatmasisiz uzoq muddat qo‘llash mumkin emas. Buyrak kasalliklarida, jigar sirrozida, yurak yetishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Fosfalyugelni keksa patsiyentlarda va buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganda qon zardobida alyuminiy kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Tetratsiklin guruhi antibiotiklarini, temir preparatlarini, yurak glikozidlarini, Fosfalyugelni qabul qilgandan keyin kamida 2 soatdan keyin qo‘llash lozim.
Fosfalyugel qabul qilinganda kamdan–kam hollarda paydo bo‘ladigan qabziyatlarda har kuni iste'mol qilinadigan suv miqdorini oshirish tavsiya qilinadi.
Preparatni qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda qo‘llash mumkin.
Preparatni radioktiv elementlarni so‘rilishini kamaytirish uchun profilaktika maqsadida qo‘llash mumkin.
Fosfalyugelni qo‘llash rentgenologik tekshirishlarning natijalariga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni terapevtik dozalarda ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Alyuminiy ionlarini katta miqdori ichak peristaltikasini bostiradi. Preparat dozasini oshirib yuborilishini davolash uchun surgi vositalarini qo‘llash lozim.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun gel.
16 g yoki 20 g dan gel laminantlangan qog‘oz, alyumin folga va yuqori bosimga chidamli polietilen (ichki qavati) yuqori haroratda payvandlangan ko‘p qavatli paketchalarda (sashe).
16 g dan laminantlangan plyonka, shu jumladan poliester/polietilen/alyumin purkalgan/polietilen (ichki qavati) yuqori haroratda payvandlangan ko‘p qavatli paketchalarda (stiklar).
6 paketcha (stik) yoki 20 paketcha (sashe) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
25ºS yuqori bo‘lmagan haroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmatis», Fransiya / Pharmatis, France
Zona Aktiv Est. № 1, VR 20, 60190Estres San-Deni, /
Z..A Est. № 1, VR 20, 60190 Estrees Saint-Denis.
Qayd etish guvohnomasining egasi
Astellas Farma Yurop B.V., Niderlandiya / Astellas Pharma Europe B.V., the Netherlands.
E'tirozlarni kompaniyaning Moskvadagi “Astellas Farma Yurop B.V.” (Niderlandiya) kompaniyasini vakolatxonasiga jo‘nating
109147 Moskva, Marksistskaya ko‘ch. 16
“Mosalarko Plaza-1” biznes–markazi, 3 qavat
Telefon +7 (495) 737-07-55;
faks +7 (495) 737-07-57.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.