Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Motonium tab. 10mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Домперидон
Страна производитель
Россия
Дозировка
10 мг
Производитель
АВВА РУС, АО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Motonium®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) domperidon
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda domperidon - 10,00 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati - 48,44 g,mikrokristall sellyuloza- 10,00 mg, povidon (quyimolekulyar polivinilpirrolidon) - 10,00 mg, glitserol (glitserin) - 0,56 mg, magniy stearati - 1,00 mg, makkajo‘xori kraxmali - vazni 100,00 mg qobiqsiz tabletka olingunicha;
yordamchi moddalar (qobiq) gipromelloza - 1,74 mg, makrogol 6000 - 0,26 mg, vazni
102,00 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka olingunicha.
Ta'rifi dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ko‘ndalang kesimda oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
qusishga qarshi vosita - dofamin retseptorlarining markaziy blokatori.
ATX kodi A03FA03.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Periferik va markaziy (bosh miyaning trigger soxasida) dofamin retseptorlarini bloklaydi, dofaminning me'da-ichak yo‘llarining motor faoliyatiga ingibitsiya qiluvchi ta'sirini yo‘qotadi va me'daning evaukator va xarakat faolligini oshiradi. Qusishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, xiqichoq tutishini tinchlantiradi va ko‘ngil aynishini bartaraf qiladi. Qon zardobida prolaktinning kontsentratsiyasini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin, och qoringa - tez (ovqat qabul qilgandan keyin, me'da shirasining kislotaligini pastligi so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi). Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (TSmax) - 1 soat. Biokiraolishligi - 15% (jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi). Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 90%. Turli to‘qimalar orqali o‘tadi, gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Jigar va ichak devorida metabolizmga uchraydi (gidroksillanish va N-alkil guruhini qo‘shilish yo‘llari bilan). Ichak orqali 66%, buyraklar orqali - 33% chiqariladi, shu jumladan o‘zgariagan xolda muvofiq - 10% va 1%. Yarim chiqarilish davri - 7-9 soat, yaqqol surunkali buyrak yetishmovchiligida - uzayadi.
Qo‘llanilishi
• Turli genezli qusish va ko‘ngil aynishi (shu jumladan funktsional va organik kasalliklar, infektsiyalar fonida, toksemiyada, nur bilan davolashda, parhez buzilganida, dori qabul qilish bilan bog‘liq genezli - morfin, apomorfin, levodopa va bromokriptinni qabul qilishda; me'da-ichak yo‘llarini endoskopik va rentgenokontrast tekshirishilar o‘tkazishda), xiqichoq tutishi, me'da-ichak yo‘llarining atoniyasi (shu jumladan operatsiyadan keyingi); me'da-ichak yo‘llarini rentgenokontrastli tekshirishlarni o‘tkazishda peristaltikani tezlashtirishning zarurati bo‘lganida.
• Me'daning bo‘shalishini sekinlashi, gastroezofagal reflyuks va ezofagit fonidagi dispeptik buzilishlar epigastriyda to‘lib ketish xissi, qorinni dam bo‘lish xissi, meteorizm, gastralgiya, kekirish, me'da ichidagisini og‘iz bo‘shlig‘iga chiqarib tashlanishi bilan yoki usiz jig‘ildon qaynashida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan 30 minut oldin buyuriladi.
Kattalar va 5 yoshdan oshgan bolalarga surunkali dispeptik ko‘rinishlarda - 50 mg dan sutkada 3-4 marta va zarurati bo‘lganida qo‘shimcha uyqudan oldin.
Yaqqol ko‘ngil aynishi va qusishda - 5 mg/10 kg dan sutkada 3-4 marta va uyqudan oldin. Zarurati bo‘lganida doza ikki marta oshirilishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish kerak, qabul qilishlar soni kun davomida 1-2 martadan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan ichakning o‘tuvchan spazmlari.
Nerv tizimi tomonidan ekstrapiramid buzilishlar (bolalarda va gematoentsefalik to‘siqning o‘tkazuvchanligi oshgan shaxslarda).
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, eshakemi.
Boshqalar giperprolaktinemiya (galaktoreya, ginekomastiya).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, mexanik ichak tutilishi, me'da yoki ichakning teshilishi, prolaktinoma, bolalarda (5 yoshgacha va tana vazni 20 kg gacha bo‘lgan bolalar)da qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, laktatsiya davri, xomiladorlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Simetidan, natriy gidrokarbonati domperidonning biokiraolishligini pasaytiradi.
Antixolinergik dori vositalari domperidonning markaziy ta'sirini neytralizatsiya qiladi.
Domperidonning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradilar azol qatori zamburug‘larga qarshi vositalar, makrolidlar guruhi antibiotiklari, OITV-proteaza ingibitorlari, nefazadon (antidepressant).
Antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), dofaminergik retseptorlarning agonistlari (bromokriptin, levodopa) qabul qilish bilan mutanosib.
Paratsetamol va digoksinni bir vaqtda qabul qilish bu dori vositalarining qondagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xomiladorlik va laktatsiya darvi
Preparatni xomiladorlik yoki laktatsiya davrida, agar ona uchun kutilayotgan foyda xomila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida yo‘l qo‘yiladi.
Preparatni transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarishiga mumkin bo‘lgan ta'siri xaqida ma'lumotlar
Aloxida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uyquchanlik, dezoriyentatsiya, ekstrapiramid buzilishlar (ayniqsa bolalarda).
Davolash faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, ekstrapiramid buzilishlarda - antixolinergik dori vositalari, antixolinergik xususiyatlarga ega bo‘lgan parkinsonizmga qarshi yoki antigistamin dori vositalari.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
3 kontur uchli o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korzona
“AVVARUS” AJ,
Rossiya, 610044, Kirov sh., Luganskaya ko‘ch., uy 53a.
Tel. (8332) 25-12-29, (495) 056-75-54
avva.com.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.