Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Renni mentol ta'mli chaynaladigan tabletkalar №24
Nomi | Narx | |||||
Ренни жеват. таб. ментол №24 (N4C869##2 222) |
UZS 44 300
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Ренни жеват. таб. ментол №24 (N4C869##2 224) |
UZS 44 300
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кальций, магния карбонат
Страна производитель
Франция
Производитель
Bayer Consumer Care AG, Швейцария произведено: Delpharm Gaillard
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки жевательные
Ko'rsatmalar
Savdo nomi
Renni.
Dori shakli
Mentol ta'mli chaynaladigan tabletkalar.
Ta'rifi
Oq yoki sarg‘ish-oq rangli, botiq yuzali, ikki tomonida “RENNIE” gravirovkasi bo‘lgan, mentol hidli kvadrat tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antatsid vositalarning boshqa majmualari.
ATS kodi
A02AX.
Tarkibi
Ta'sir etuvchi moddalar
kaltsiy karbonati 680 mg;
og‘ir magniy karbonati asosi 80 mg.
Yordamchi moddalar saxaroza, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, kartoshka kraxmali, talk (E553b), magniy stearati (E572), yengil suyuq parafin, mentol aromatizatori, limon aromatizatori.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Dori vositasi antatsid moddalar - kaltsiy karbonati va magniy karbonatini saqlaydi. Ta'sir etish printsipi mahalliy, tizimli qon oqimiga ta'sir etuvchi moddalarni o‘tishiga bog‘liq emas. Kaltsiy karbonati neytralizatsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu samara, shuningdek neytrallovchi ta'siriga ega bo‘lgan magniy karbonatni qo‘shilishi bilan kuchayadi.
Farmakokinetika
Rennini me'da shirasi bilan o‘zaro ta'siri natijasida me'dada kaliy va magniyning eruvchan tuzlari hosil bo‘ladi.
Bu birikmalardan kaltsiy va magniyni so‘rilish darajasi preparatning dozasiga va individual xususiyatiga bog‘liq. Maksimal so‘rilish darajasi – kaltsiyni 10% va magniyni 15-20%. Sog‘lom shaxslarda so‘rilgan kaltsiy va magniyning ozgina qismi buyrak orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati buzilganda kaltsiy va magniyning plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Ichakda eruvchan tuzlardan erimaydigan birikmalar hosil bo‘ladi, ular ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Jig‘ildon qaynashi va kislotali reflyuksda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar bir martalik doza 1-2 tabletka, og‘riqlarda kuniga 4 tabletkadan 8 tabletkagacha. Tabletkalarni chaynash yoki to‘liq so‘rilib ketgunicha og‘izda tutib turish mumkin.
Kuchli og‘riqlarda doza qisqa vaqtga kuniga 12 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Dori vositasini qabul qilish davomiyligi 10 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda allergik reaktsiyalar – toshma, eshakemi, Kvinke shishi va anafilaksiya.
Me'da ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, me'da faoliyatini buzilishi va ich ketishi.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan gipermagniyemiya, giperkaltsiyemiya va alkaloz reaktsiyalari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu me'da ichak yo‘llari tomonidan simptomlarni paydo bo‘lishini (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat) va mushak kuchsizligini qo‘zg‘atishi mumkin.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan mushak kuchsizligi.
Nerv tizimi tomonidan ta'm bilishni yo‘qolishi, bosh og‘rig‘i.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan azotemiya.
Sut kislotali-ishqoriy sindromi bilan bog‘liq, nojo‘ya reaktsiyalar asteniya va kaltsinoz.
Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nefrokaltsinoz, og‘ir jigar yetishmovchiligi, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, gipofosfatemiya; fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza yoki saxaroza- izomaltoza yetishmovchiligi bilan bog‘liq nasliy kasalliklar; preparat ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik, miasteniya, ichak tutilishida qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Asosan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash, buyrak yetishmovchiligiga, gipermagniyemiya, giperkaltsiyemiya va alkalozga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va yetarlicha miqdorda suyuqlik qabul qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
ning og‘ir hollarida (masalan, sut kislotali-ishqoriy sindromi) shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki suv balansini tiklash uchun qo‘shimcha choralar talab qilinishi mumkin.
Davolash simptomatik.
Ehtiyotkorlik choralari
Bir yoki undan ortiq quyidagi simptomlar paydo bo‘lganida patsiyentlar shifokorga murojaat qilishlari kerak vaznni kamayishi; yutishni qiyinlashishi yoki me'da soxasida muntazam diskomfort; birinchi marta paydo bo‘lgan yoki o‘zgargan ovqat hazm bo‘lishini buzilishi; buyrak kasalliklari (ushbu ma'lumot zardobdagi kaltsiyni darajasini monitoringini o‘tkazish uchun zarur).
Saxaroza borligi tufayli, preparat fruktozani o‘zlashtiraolmasligi, glyukoza va galaktozani so‘rilishini buzilishi, saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Agar preparatni qabul qilgan vaqtda simptomlar saqlansa yoki patsiyentning holati yomonlashsa, tekshiruvni o‘tkazish va davolashni buyurish uchun shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Nojo‘ya samaralar ko‘proq tiazid diuretiklar bilan qo‘llaganda yoki sut va sut mahsulotlarini ko‘p miqdorda qabul qiladigan patsiyentlarda, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llaganda kuzatilgan.
Kuniga 4 tabletkadan 8 tabletkagacha qabul qilgan hollarda davolash davomiyligini maksimal cheklash kerak, simptomlar yo‘qolgandan keyin dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatmalar 1 tabletka 475 mg saxaroza saqlaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Antatsidlar boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirga kirishishi mumkin.
Bir vaqtda qabul qilinganda, ichga qabul qilinadigan dori vositalarini MIY da so‘rilishi pasayadi. Ehtiyotkorlik choralari sifatida antatsidlarni boshqa dori vositalardan alohida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Rennini boshqa dori vositalari - antigistamin N2; atenolol, metoprolol, propranolol; xloroxin; siklinlar; diflunizal; digoksin; difosfonatlar; feksofenadin; temir (tuzlar); ftorxinolonlar; natriy ftorid; glyukokortikoidlar (prednizolon va deksametazon uchun ta'riflangan); indometatsin; kayeksalat; ketokonazol; fenotiazin qatori neyroleptiklar; penitsillamin; fosfatlar; tiroksindan 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Tiazid diuretiklar bilan birga qabul qilinganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Siydikni ishqorlanishi hisobiga salitsilatlarni buyrak ekskretsiyasi oshadi.
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish hollarida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Hayvonlardagi teratogenez xaqidagi aniq ma'lumotlar mavjud emas. Yuqori dozalarda buyurilganda va kaltsiy karbonatini uzoq vaqt yuborilganda ossifikatsiya ko‘rinishidagi anomaliyalarni rivojlanishi aniqlangan. Tavsiya etilgan dozalarda odamlarga buyurilganda rivojlanish nuqsonlarini paydo bo‘lishi yoki embriotoksik samaralar haqida ma'lumotlar aniqlanmagan. Shunga qaramay, ushbu xavfni kutilishini istisno qilish uchun dori vositasini homilador ayollarni qabul qilishi hollari haqida ma'lumotlar yetarlicha emas. Shuning uchun preparatni ayollarga homiladorlik vaqtida buyurilishi faqat mutloq zarur bo‘lgan hollardagina ko‘rib chiqiladi.
Dori vositasini homilador ayollarga buyurilganda, magniy tuzlari diareya chaqirishi mumkinligini, kaltsiy tuzlarini yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qabul qilinganda ichki a'zolar kaltsinozi, shu jumladan buyrak kaltsinozi bilan kechuvchi giperkaltsiyemiyani rivojlanish xavfi mavjud.
Emizish davrida Rennini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalariga rioya qilingan shartlardagina buyurish mumkin. Qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
12 tabletkadan perforatsiyali blisterda (PVX/Al).
1 yoki 2 blisterdan ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Berish tartibi
Retseptsiz.
Buyurtmachi/ishlab chiqaruvchi firmaning nomi, manzili
Bayer Konsyumer Ker AG,
Peter Merian-Shtrasse 84, 4052 Bazel, Shveytsariya
Delfarm Gayar,
33 Ryu de L'industri, 74240 Gayar, Fransiya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.