Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Atsiklovir surtma 5% 5g (Belmedpreparaty)
Nomi | Narx | |||||
Ацикловир мазь 5% 5г (Белмедпрепараты) (030324##2 423) |
UZS 5 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Kelib chiqqan mamlakat
Belarusiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Белмедпрепараты
Chiqarish shakli
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Atsiklovir
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Atsiklovir
Dori shakli
Surtma
Tarkibi
Atsiklovir (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) – 5,0 g.
Polietilenglikol (polietilenoksid) yuqori molekulyar va past molekulyar.
Ta'rifi Oq srag‘ish tusli yoki oq rangli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi D06VV03
Farmakologik xususiyatlari
Viruslarga qarshi preparat, gerpes virusiga nisbatan yuqori tanlab ta'sir qilish xususiyatiga ega bo‘lgan atsiklik purin nukleozidining sintetik analogi. Virus bilan infektsiyalangan hujayra ichida atsiklovir virus timidinkinazasi ta'sirida mono-, di- va trifosfat atsiklovir hosil bo‘lgunigacha qator ketma-ket rivojlanuvchi transformatsiya reaktsiyalari yuz beradi. Atsiklovir tri fosfati virus DNK si zanjiriga kiradi va virus DNK- polimeraza sintezini raqobatli ingibirlashi orqali uning sintezini to‘xtatadi. In vitro atsiklovir oddiy gerpes – Herpes simplex ni I va II turlari, Varicella zoster viruslariga nisbatan yuqoriroq kontsentratsiyalarda esa Epshteyn-Barra virusiga nisbatan faol. In vivo sharoitida atsiklovir terapevtik va profilaktik, avvalom bor Herpes simplex viruslari chiqargan infektsiyalarda samarali.
Farmakokinetikasi
Surtma sog‘lom teriga qo‘llaganda so‘rilishi minimal, shikastlangan terida – o‘rtacha. Qonda va siydikda aniqlanmaydi. Buyrak faolliyati me'yorida bo‘lgan bemorlarda qon zardobidagi kontsentratsiyasi 0,28 mkg/ml gachani, surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda – 0,78 mkg/ml gachani tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi (sutkalik dozani 9,4% gachasi).
Qo‘llanilishi
Terining oddiy gerpesi, genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchan) cheklangan o‘rab oluvchi temiratki (yordamchi davolash).
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Surtma shikastlangan sohaga sutkada 5-6 marta (iloji boricha infektsiyaning boshlanishidan oldin) teng vaqt oralig‘ida surtiladi.
Qaytalanuvchan infektsiyaning davolashni prodromal bosqichi vaqtida yoki infektsiyaning belgilarini namoyon bo‘lishining eng boshida boshlash muhim.
Davolashning davomiyligi kamida 5 kun, maksimum - 10 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Alohida hollarda qo‘yilgan joyida og‘riq va achishish, qichishish, teri toshmasi, vulьvit. Ko‘rsatilgan ko‘rinishlar preparat bekor qilingandan keyin yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Atsiklovir yoki valatsiklovirga yoki preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Extiyotkorlik bilan homiladorlik, laktatsiya davri.
Preparatni homiladorlikda ona uchun kutiladigan foyda faqat homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan xollarda qo‘llash mumkin. Onaning tizimli qon oqimiga tushganida atsiklovir ko‘krak sutiga o‘tadi, ammo surtmaqo‘llanganida bola oladigan preparatning miqdori juda oz.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Immunostimulyatorlar bilan birga qo‘llash atsiklovirning samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shilliq qavatlarga (ayniqsa og‘iz va burunning), hamda ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat qo‘yilganidan keyin darxol yuvinish va cho‘milish mumkin emas. Immuniteti pasaygan patsiyentlarga (OITV/OITSda yoki suyak ko‘miki ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin) va infektsiyaning og‘ir va qaytalanuvchan hollarida, atsiklovir surtmasini mahalliy qo‘llash fonida preparatni tizimlibuyurishkerak.
2,5 smli uzunlikdagi surtmani shikastlangan terining 25 kv. Sm ga surtish lozim. Terining boshqa soxalariga autoinokulyatsiyani oldini olish uchun barmoqqa kiygiziladigan rezinani va rezina qo‘lqoplarni ishlatish kerak.
Atsiklovir gerpesning jinsiy yo‘l bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolash davrida jinsiy aloqalardan, klinik belgilari bo‘lmasada saqlanish kerak.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Atsiklovir sirtga qo‘llaganida dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% surtma, 5 g, 10 g yoki 15 g dan tubalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Belmedpreparaty”, RUK
Belarus' Respublikasi, 220007, Minsk,
Fabritsius ko‘ch., 30. t/f (+375 17) 2203716.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.