Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gerpevir maz 2,5% 15gr dan
Nomi | Narx | |||||
Герпевир мазь 2,5% 15гр туба (0074492##2 144) |
UZS 36 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Герпевир мазь 2,5% 15гр туба (0074492##2 145) |
UZS 36 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацикловир
Страна производитель
Украина
Дозировка
2,5%
Производитель
Артериум, Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Gerpevir
Ta'sir etuvchi modda (MNN) atsiklovir
Dori shakli
Surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% ga qayta hisoblanganda 25 mg atsiklovir;
yordamchi moddalar proksanol 268, propilenglikol, polietilenoksid 400, emulgator №1.
Ta'rifi oq rangli kuchsiz spetsifik hidli bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vositalar.
ATX kodi D06BB03
Farmakologik xususiyatlari
Atsiklovir – in vitro sharoitida I va II turdagi oddiy gerpes viruslariga qarshi yuqori faollikka ega bo‘lgan viruslarga qarshi preparat. Xo‘jayin organizmidagi xujayralarga nisbatan zaharli ta'siri minimal darajada. Gerpes virusi bilan infektsiyalangan hujayraga tushib, atsiklovir fosforlanib, faol birikma - atsiklovir trifosfati hosil bo‘ladi. Bu jarayonning birinchi bosqichi virusga kodlashtirilgan timidinkinaza borligiga bog‘liq. Atsiklovir trifosfati virus DNK–polimeraza ingibitori va substrati sifatida ta'sir etib, odatdagi xujayra jarayonlariga ta'sir etmagan holda, virus DNK si sintezini bartaraf etadi.
Gerpevir surtmasini takroran mahalliy qo‘llangandan so‘ng atsiklovirning tizimli so‘rilishi minimal darajada.
Qo‘llanilishi
Oddiy gerpes virusi (Herpes labialis) tomonidan chaqirgan lab va yuz infektsiyalari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
12 yoshdan katta bolalar va kattalarga Gerpevir surtmasi 4 soatlik interval bilan tungi vaqtdan tashqari, kuniga 5 marta, surtish kerak. Davolashni infektsiyani boshlanishida, yaxshisi prodromal davridailoji boricha tezroq boshlash muhimdir.
Davolash kamida 4 kun davom etishi kerak. Agar jarohatni bitishi kuzatilmasa, 10 kun davom ettirish mumkin. Agar kasallik simptomlari 10 kundan keyin ham yo‘qolib ketmasa, bemor shifokorga murojaat etishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar vaqtincha, tezda o‘tib ketuvchi o‘tkir yoki achituvchi og‘riq, terini qurishi va po‘st tashlashi, eritema (qizarish), qichishish, kam hollarda – toshmalar, yakka hollarda – tez avj oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Atsiklovirga yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek valatsiklovirga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari
Surtmani behosdan ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Lab gerpesi bilan og‘rigan shaxslarni, ayniqsa ochiq shikastlanishlar bo‘lganda, virusni boshqalarga kontakt yo‘li bilan yuqishini oldini olish to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Surtmani faqat lab va yuzdagi gerpesni davolashda qo‘llash kerak. Surtmani og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlariga, ko‘zga ishlatish tavsiya etilmaydi va genital gerpesni davolash uchunqo‘llash mumkin emas. Herpes labialis ni og‘ir ko‘rinishlari bo‘lgan patsiyentlarga shifokor maslahati zarur.
Immuntanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday patsiyentlar har qanday infektsiyani davolash yuzasidan shifokorning maslahatini talab etadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi.
Homilador va emizikli ayollarga shifokor fikri bo‘yicha, foyda xavfdan ustunlik qilgan hollarda preparatni qo‘llash tavsiya qilinadi.
Bolalar.
Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar yetarli emas, shuning uchun preparatni 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya qobiliyatiga ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Surtma uzoq vaqt surtilgan joylarda eritema, po‘st tashlash, achishish hissi va kuyish kuzatilib, preparat bekor qilingandan keyin tezda yo‘qolib ketadi.
Chiqarilish shakli
5 g yoki 15 g dan tubada, 1 tuba o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonadan chiqarilishi
15 g dan tubada - retsept bo‘yicha, 5 g dan tubada – retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Kiyevmedpreparat” JAJ.
Ukraina, 01032, Kiyev sh., Saksaganskiy ko‘ch., 139.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.