Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ulkaril krem 2 g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацикловир
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
5%
Производитель
Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. Турция
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ulkaril®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Atsiklovir
Dori shakli
Krem
Tarkibi
Faol modda Atsiklovir – 500 mg.
Yordamchi moddalar ketostearil spirti, poloksamer, oq vazelin, mineral yog‘, polietilenglikol, natriy laurilsulfati, distillangan suv.
Ta'rifi Oq rangli, hidsiz, moy/suv gomogen emulsiya.
Farmakoterapevtik guruhi
Viruslarga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Atsiklovir oddiy gerpes Herpes simplex 1 va 2 turlari, o‘rab oluvchi temiratki virusi (Varicella zoster), Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirusga nisbatan faoldir.
Preparatning viruslarga qarshi faolligi yuqori tanlab ta'sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning ta'siri virusning timidinkinaza fermenti bilan raqobatli o‘zaro ta'siri bilan belgilanadi. Uning ta'sirida preparat bir qator ketma-ket reaktsiyalar orqali atsiklovir trifosfatiga aylanadi, u virus DNK-polimerazasi bilan o‘zaro ta'sirga kirishib, yangi viruslar uchun sintezlanayotgan DNK-ga o‘rnashib oladi. Natijada viruslarning yangi avlodini replikatsiyasi bostiriladi.
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanilganda qon aylanish tizimiga deyarli so‘rilmaydi va tizimiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Kremni terining jarohatlangan sohasiga surtilganda, shu joyda preparatning 5 soatdan kam bo‘lmagan vaqt davomida bir xil darajada saqlanib turadigan terapevtik kontsentratsiyasi hosil bo‘ladi.
Kremni intakt teriga qo‘llanilganda so‘rilishi juda oz, qonda va siydikda aniqlanmaydi.
Jarohatlangan teri orqali o‘rtacha so‘riladi.
Qo‘llanilishi
5% li krem oddiy gerpes Herpes simplex 1 va 2 turlari viruslari chaqirgan teri infektsiyalarini (shu jumladan boshlang‘ich va qaytalanuvchi genital gerpesi) va Herpes labialis ni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Krem zararlangan sohaga sutkada 5 marta (tungi vaqtdan tashqari) taxminan 4 soatlik interval bilan surtiladi. Davolashni infektsiya belgilari paydo bo‘lgandan keyin iloji boricha ertaroq boshlash juda muhimdir. Davolash davomiyligi - 5 kun, zarurati bo‘lganida 10 kungacha davom ettirish mumkin. Agar 10 kundan keyin infektsiya ko‘rinishlari bartaraf etilmasa, davolash taktikasini qayta ko‘rib chiqish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim patsiyentlarda kremni qo‘llaganda vaqtinchalik, tez o‘tib ketuvchi o‘tkir yoki achishtiradigan og‘riq, qichima bo‘lishi mumkin, shuningdek patsiyentlarning ayrimlarida eritema, terini qurishi va tortishish hissi kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Atsiklovirga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Atsiklovirni homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha tajriba uncha ko‘p emas. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganida, ona uchun kutiladigan foyda va homila uchun bo‘lishi mumkin xavf darajasini baholash lozim. Atsiklovir mahalliy qo‘llanganida ko‘krak sutiga o‘tish-o‘tmasligi ma'lum emas. Shuning uchun preparatni emizikli onalarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
OITV chaqirgan infektsiyalarda preparat sitovudin bilan bir vaqtda buyurilganda, bu preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Bir vaqtda qo‘llanilganida probentsid, preparatning buyrak naychalari sekretsiyasini kamaytiradi va shu bilan preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini va yarim chiqarilish davrini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etiladigan dozalar, surtishlar soni va davolash davomiyligini oshirmaslik kerak. Atsiklovirning 5% li kremi ishlatilganida infektsiyani boshqa odamga o‘tishini yoki kasallik belgilari yo‘q bo‘lganida infektsiyani qaytalanishini bartaraf qilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Atsiklovir kremi Herpes simplex tomonidan chaqirilgan virusli infektsiyani qaytalanishini oldini olish uchun ishlatilmaydi. Bundan tashqari, atsiklovirning 5% li kremini ishlatishga asoslangan klinik sezilarli virusli chidamlilik aniqlanmagan. Kremni faqat teriga surtish uchun mo‘ljallangan va uni ko‘zga yoki shilliq qavatga surtish mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari (tasodifan yutib yuborilganda) bosh og‘rig‘i, nevrologik buzilishlar, nafas qisishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, buyrak faoliyatini buzilishi, letargiya, tirishishlar, koma.
Davolash hayotiy muhim a'zolarning faoliyatini yetarli darajada ishlab turishni ta'minlash.
Chiqarilish shakli
“Ulkaril®” 5% li krem tubalarda, 10 g dan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
CHEK "NOBEL PHARMSANOAT"
Iste'molchilar dori vositasi sifati bo‘yicha fikr-mulohazalari, shikoyatlari va nojo‘ya ta'sirlari yoki dori vositasining samaradorligi mavjud emasligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzil bo‘yicha yuborishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99.
E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.