Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Valtreks tab. 500mg №10
Nomi | Narx | |||||
Валтрекс таб 500мг №10 (9H5N##2 202) |
UZS 203 600
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Валтрекс таб 500мг №10 (9H5N##2 225) |
UZS 203 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Валацикловир
Страна производитель
Польша
Дозировка
500 мг
Производитель
Glaxo Wellcome S.A., Испания упаковщик: Glaxo SmithKline Pharmaceuticals S.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Valtreks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) valatsiklovir
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 556 mg valatsiklovir gidroxloridi (500 mg valatsiklovirga ekvivalent)
yordamchi moddalar 70 mg mikrokristallik sellyuloza, 28 mg krospovidon, 22 mg povidon K90, 4 mg magniy stearati, 2 mg suvsiz kolloid kremniy, tozalangan suv
qobiq tarkibi taxminan 14 mg YS-1-18043 oq bo‘yovchi kontsentrati (9,48 mg gidroksipropilmetiltsellyuloza, 3,26 mg titan dioksidi, 1,12 mg polietilenglikol 400, 0,14 mg polisorbat 80), tozalangan suv
polirovkasi taxminan 0,016 mg karnaub mumi.
Ta'rifi oq rangli, uzunchoq, ikki tomonlama qavariq, riskasiz, bir tomonida "GX CF1" yozuvi o‘yib yozilgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar; tabletkaning yadrosi oqdan deyarli oq rangligacha.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi J05AB11
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ta'sir mexanizmi
Valatsiklovir, viruslarga qarshi preparat, atsiklovirning L-valinli efiridir. Atsiklovir purinnukleozidning (guaninning) analogidir.
Odam organizmida valatsiklovir tez va deyarli to‘liq valatsiklovirgidrolaza ta'sirida atsiklovir va valinga aylanadi.
Atsiklovir in vitro oddiy gerpes virusining (OGV) 1 va 2 turiga, Varicella zoster virusiga (VZV), sitomegalovirusga (TSMV), Epshteyn-Barra virusiga (EBV) va 6 tur odam gerpesi virusiga (OGV-6) nisbatan spetsifik ingibirlovchi faollikka ega. Atsiklovir fosforlanganidan va faol shakli trifosfat atsiklovirga aylanganidan keyin darhol virus DNKsi sintezini ingibirlaydi.
Fosforlanishning birinchi bosqichi viruslarga nisbatan spetsifik fermentlarning ishtirokida bo‘ladi. Oddiy gerpes, o‘rab oluvchi gerpes va Epshteyn-Barra viruslari uchun bunday ferment virus timidinkinazasi (TK) bo‘lib, u virus bilan shikastlangan xujayralarda bo‘ladi. Fosforlanishning qisman selektivligi sitomegalovirusda saqlanadi va fosfotransferaza UL97 geni mahsuloti orqali amalga oshiriladi. Spetsifik virus fermenti bilan atsiklovirni faollanishi yuqori darajada uning selektivligini belgilaydi.
Atsiklovirning fosforlanish jarayoni (mono- va trifosfatga aylanishi) xujayra kinazalari bilan yakunlanadi. Atsiklovir trifosfat virus DNK-polimerazani raqobatli ingibirlaydi va nukleozidning analogi bo‘lganligi tufayli virus DNK siga joylashadi, bu zanjirni to‘liq (obligat) uzilishiga, DNK sintezini to‘xtashiga va oqibatda virus replikatsiyasini bloklanishiga olib keladi.
Farmakodinamik samaralari
Atsiklovirga rezistentlik virus timidinkinazasining tanqisligi bilan bog‘liq, bu xujayra organizmida virusni haddan tashqari tarqalishiga olib keladi. Ba'zida atsiklovirga sezgirlikni pasayishi virus timidinkinazasi yoki DNK-polimeraza strukturasini buzilishi bo‘lgan virus shtammlarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Virusning bu turli turlarining virulentligi uning yovvoyi shtammlarining belgisini eslatadi.
Immuniteti saqlangan patsiyentlarda valatsiklovirga pasaygan sezgirlikka ega bo‘lgan oddiy gerpes va o‘rab oluvchi gerpes viruslari juda kam uchraydi, lekin immunitetni og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, masalan, xavfli o‘smalari yuzasidan kimyoterapiya olayotgan, suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan va OITV-infektsiyalanganlarda aniqlanishi mumkin.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng valatsiklovir yaxshi so‘riladi, atsiklovir va valinga tez va amalda to‘liq aylanadi. Bu jarayon odam jigaridan ajratib olingan ferment valatsiklovirgidrolaza tomonidan katalizlanadi.
Valatsiklovir 1000 mg dozada qabul qilinganida atsiklovirning biokiraolishligi 54% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Valatsiklovirning farmakokinetikasi dozaga proportsional emas.
So‘rilish darajasi va me'yori doza oshirilishi bilan kamayadi, bu esa Smaxni terapevtik doza diapazonidan ortiq subchiziqli oshib ketishiga va 500 mg dan yuqori dozalar qo‘llanilganda biokiraolishligini kamayishiga olib keladi.
Buyrak faoliyati normal bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan valatsiklovirni 250 dan 2000 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganida atsiklovirning kutilayotgan farmakokinetik ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ladi
Atsiklovirning farmakokinetik ko‘rsatkichi 250 mg
(N=15) 500 mg
(N=15) 1000 mg (N=15) 2000 mg
(N=8)
Smax mkmol/l9.78 ± 1.71
15.0 ± 4.23
23.1 ± 8.53
36.9 ± 6.36
mkg/ml2.20 ± 0.38
3.37 ± 0.95
5.20 ± 1.92
8.30 ± 1.43
Tmax soatlar (s) 0.75 (0.75–1.5) 1.0 (0.75–2.5) 2.0 (0.75–3.0) 2.0 (1.5–3.0)
AUCs.mkmol/l 24.4 ± 3.65
49.3 ± 7.77
83.9 ± 20.1
131 ± 28.3
s.mkg/ml5.50 ± 0.82
11.1 ± 1.75
18.9 ± 4.51
29.5 ± 6.36
Smax - eng yuqori kontsentratsiya; Tmax –eng yuqori kontsentratsiyaga erishish vaqti; AUC –kontsentratsiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi vaqt. Smax va AUC kattaliklari o‘rta qiymat ± standart og‘ishni ifoda etadi. Tmax kattaliklari mediana va diapazonni bildiradi.
Plazmadagi valatsiklovirning eng yuqori kontsentratsiyalari atsiklovirning kontsentratsiyasini bor yo‘g‘i 4% ni tashkil qiladi va preparat qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 30-100 minut o‘tgach erishiladi; 3 soatdan keyin Smax darajasi oldingicha qoladi yoki pasayadi. Valatsiklovir va atsiklovirning farmakokinetik profili bir martalik va takroriy dozalardan keyin bir xil bo‘ladi.
Valatsiklovir va atsiklovirning farmakokinetikasi oddiy gerpes va Varicella zoster viruslari bilan infektsiyalangan patsiyentlarda ahamiyatli darajada bir-biridan farq qilmaydi.
Taqsimlanishi
Valatsiklovirning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi juda past – 15%. Serebrospinal suyuqlikka (TSSS) kirishi SSS dagi AUC/qon plazmasi AUC nisbati sifatida aniqlanadi, va atsiklovir va 8-gidrotsiklovir (8-OH-ACV) metaboliti uchun taxminan 25% ni va 9-(karboksimetoksi) metilguanin (CMMG) metaboliti uchun taxminan 2,5% ni tashkil etadi (
Farmakokinetikasi
Metabolizm va patsiyentlarning alohida guruhlari bo‘limiga qarang).
Metabolizmi
Ichga qabul qilinganidan keyin valatsiklovir ichak va/yoki jigardan birinchi o‘tishi natijasida atsiklovir va L-valinga aylanadi. Ozgina miqdorda atsiklovir metabolitlarga aylanadi alkogol va aldegiddegidrogenaza yordamida 9-(karboksimetoksi) metilguaninga (CMMG) va aldegidoksidaza yordamida 8-gidroksiatsiklovirga (8-OH-ACV) aylanadi. Preparatning qon plazmasidagi umumiy ekspozitsiyasining taxminan 88% atsiklovirga, 11% - CMMG ga va 1% - 8-OH-ACV ga taalluqlidir. Valatsiklovir ham, atsiklovir ham R450 sitoxromi fermentlari tomonidan metabolizmga uchramaydi.
Chiqarilishi
Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda atsiklovirning T1/2 valatsiklovir bir marta va ko‘p marta qo‘llanganidan keyin taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Valatsiklovirning olingan dozasini 1% dan kamrog‘i siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Valatsiklovir siydik bilan asosan atsiklovir ko‘rinishida (dozaning 80% dan ortig‘i) va uning 9-(karboksimetoksi) metilguanin metaboliti (CMMG) ko‘rinishida chiqariladi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Buyrak yetishmovchiligi
Atsiklovirni chiqarilishi buyrak faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, atsiklovir ekspozitsiyasi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasi oshib borishi bilan ko‘payib boradi. Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan patsiyentlarda atsiklovirning T1/2 valatsiklovir qabul qilinganidan keyin taxminan 14 soatni tashkil qiladi, buyrak faoliyati normal bo‘lgan holatda esa taxminan 3 soatni tashkil etadi (Qo‘llash usullari va dozalari bo‘limini qarang).
Atsiklovir va uning metabolitlari, CMMG va 8-OH-ACV ning plazma va serebrospinal suyuqlikdagi (TSSS) ekspozitsiyasi muvozanatli holatda har 6 soatda 2000 mg dan valatsiklovir dozalarini qabul qilgan va buyrak faoliyati normal bo‘lgan 6 nafar patsiyentda (kreatinin klirensining o‘rta qiymati minutiga 111 ml, diapazoni minutiga 91-144 ml) hamda har 12 soatda 1500 mg valatsiklovir dozalarini qabul qilgan va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 3 nafar patsiyentda (kreatinin klirensining o‘rta qiymati minutiga 26 ml, diapazoni minutiga 17-31 ml) baholangan. Atsiklovir, CMMG va 8-OH-ACV kontsentratsiyasi, ham plazmada, ham SSS da, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda buyrak faoliyatlari normal bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan mos ravishda o‘rtacha 2, 4 va 5-6 baravar yuqori bo‘lgan. Ana shu ikkita populyatsiyalar o‘rtasida atsiklovir, CMMG yoki 8-OH-ACV ning SSS ga kirib borish darajasida farq aniqlanmadi. (AUC SSJ/AUC qon plazmasi nisbatida aniqlanadi) (Farmakokinetika Taqsimlanishi bo‘limini qarang).
Jigar yetishmovchiligi
Farmakokinetik ma'lumotlar shuni ko‘rsatdiki, jigar yetishmovchiligi valatsiklovirning atsiklovirga aylanish tezligini pasaytiradi, biroq aylanish darajasini pasaytirmaydi. T1/2 atsiklovir o‘rgarmasdan qoladi.
Homilador ayollar
Homiladorlikning kechki muddatlarida 1000 mg valatsiklovir qabul qilinganidan keyin AUC ning barqaror sutkalik ko‘rsatkichi, sutkada 1200 mg doza atsiklovir qabul qilingandagi shunday ko‘rsatkichga qaraganda taxminan 2 marta yuqori bo‘lgan.
Ko‘krak sutiga kirishi to‘g‘risidagi ma'lumot Laktatsiya bo‘limida keltirilgan.
OITV infektsiya
Valatsiklovirni 1000 mg yoki 2000 mg dozada bir marta yoki ko‘p marta qabul qilinganidan keyin, sog‘lom shaxslarga qaraganda, OITV-infektsiyalangan patsiyentlarda valatsiklovirni taqsimlanishi va farmakokinetik ko‘rsatkichlarini buzilmaydi.
A'zolar transplantatsiyasi
Valatsiklovirni 2000 mg dozada sutkada 4 marta olayotgan a'zo transplantantlarining retsipiyentlarida, atsiklovirning Cmax, preparatni shu dozada olayotgan sog‘lom ko‘ngillilarning shunday ko‘rsatkichiga teng yoki undan yuqori, AUC ning sutkalik ko‘rsatkichlari esa ularda ancha yuqori bo‘lgan.
Klinikagacha bo‘lgan ma'lumotlar
Kantserogenez, mutagenez
In vitro va in vivo sharoitlarda mutagenlikni o‘rganish yuzasidan sinamalarning natijalari valatsiklovir odamlar uchun genetik xavf ehtimolini kamligini namoyish etdi.
Valatsiklovir sichqonlar va kalamushlarda o‘tkazilgan biologik sinamalarda kantserogen samarani namoyish etmagan.
Reproduktiv toksikologiya
Og‘ir orqali qabul qilinganida valatsiklovir erkak va urg‘ochi kalamushlarda fertillikni buzilishlarini chaqirmagan.
Yuqori parenteral dozalar qabul qilinganida kalamushlar va itlarda moyakning atrofiyasi va aspermatogenez kuzatilgan
Valatsiklovir kalamushlar va quyonlarda teratogen ta'sir ko‘rsatmagan. Valatsiklovir atsiklovirgacha deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Teratogenlikni o‘rganish yuzasidan umumiy qabul qilingan sinamalarda atsiklovirni teri ostiga yuborish kalamushlarda va quyonlarda teratogen samaralar chaqirmagan. Kalamushlarda o‘tkazilgan qo‘shimcha tadqiqotlarda preparat plazmadagi atsiklovirning kontsentratsiyasini 100 mkg/ml gacha oshishini va ona organizmida toksik samaralar chaqiradigan dozalarda teri ostiga yuborilganida homilani rivojlanishida buzilishlar aniqlangan.
Qo‘llanilishi
• O‘rab oluvchi gerpesni (o‘rab oluvchi temiratki) davolash. Valtreks og‘riqni yo‘qolishini tezlashtiradi, uning davomiyligini va Varicella zoster virusi chaqirgan og‘riqlari, shu jumladan o‘tkir va postgerpetik nevralgiyasi bo‘lgan bemorlar foizini kamaytiradi.
• Oddiy gerpes virusi (OGV) chaqirgan teri va shilliq qavatlarning infektsiyalarini, shu jumladan birinchi marta aniqlangan va qaytalanuvchi genital gerpesni davolash.
• Labial gerpesni davolash (lab isitmasi).
• OGV chaqirgan teri va shilliq qavatlarning infektsiyalarini qaytalanishlarini, shu jumladan genital gerpesni oldini olish (supressiya).
• Agar Valtreks xavfsiz seks bilan birga supressiv davolash sifatida qabul qilinsa, u sog‘lom sherikning genital gerpes bilan infektsiyalanishini pasaytirishi mumkin.
• A'zolar transplantatsiyasida paydo bo‘ladigan sitomegalovirus (TSMV) infektsiyasini oldini olish. Valtreks yordamida SMV profilaktikasi transplantantni o‘tkir ko‘chish reaktsiyasi (buyrak transplantantlari bo‘lgan patsiyentlarda), opportunik infektsiyalar va boshqa gerpes virus infektsiyalarning (oddiy gerpes virusi (OGV), Varicella zoster virusi (V3V)) yaqqolligini susaytiradi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Varicella zoster virusi tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash
Kattalar
O‘rab oluvchi gerpes (o‘rab oluvchi temiratki), shu jumladan oftalmik o‘rab oluvchi temiratki
Valatsiklovir 1000 mg dozada sutkada 3 marta 7 kun davomida buyuriladi.
Bolalar (1 yoshdan 12 yoshgacha)
O‘rab oluvchi gerpes
O‘rab oluvchi gerpes bilan kasallangan bolalarda valatsiklovirning xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak yetishmovchiligini bo‘lish ehtimolini hisobga olish lozim va shunga qarab, dozani tegishli ravishda to‘g‘rilash lozim bo‘ladi. (bundan keyingi Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda valatsiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Adekvat suv-elektrolit balansini tutib turish kerak.
Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan patsiyentlarda valatsiklovirning dozasini 1 jadvalga muvofiq ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.
Kreatinin klirensi < 50 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan bolalarda valatsiklovirni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Davriy gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda, valatsiklovirni gemodializ seansidan so‘ng qabul qilish tavsiya etiladi.
1 jadval. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan katta patsiyentlar va o‘smirlar uchun valatsiklovirning dozasini tanlab olish
Ko‘rsatmalarKreatinin klirensi ml/minValatsiklovirning dozasi
O‘rab oluvchi gerpes (davolash) immuniteti saqlanib qolgan yoki past bo‘lgan kattapatsiyentlarkamida 50 1 gsutkada 3 marta
30 - 49 1 g sutkada 2 marta
10 - 29 1 g sutkada 1 marta
10 dan kam 500 mg sutkada 1 marta
Oddiy (davolash)
- immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar kamida 30 500 mg sutkada 2 marta
30 dan kam 500 mg sutkada 1 marta
Labial gerpes (davolash)
immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar
kamida 50 2 g 2 marta bir kun davomida
30 - 49 1 g ikki marta bir kun davomida
10 - 29 500 g ikki marta bir kun davomida
10 dan kam500 mg bir marta
Oddiy gerpes oldini olish (supressiya)
- immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlarkamida 30 500 mg sutkada 1marta
30 dan kam250mg sutkada 1 marta
- immuniteti past bo‘lgan kattalar va o‘smirlarkamida 30 500mg sutkada 2 marta
30 dan kam 500mg sutkada 1 marta
Sitomegalovirus
(oldini olish)
Kattalar va o‘smirlar kamida 75 2 g sutkada 4 marta
50 dan 75 gacha 1,5 g sutkada 4 marta
25 dan 50 gacha 1,5 g sutkada 3 marta
10 dan 25 gacha 1,5 g sutkada 2 marta
10 dan kam yoki dializ 1.5 g sutkada 1 marta
Jigar yetishmovchiligi
Valatsiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirroz (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) bo‘lgan patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valatsiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini namoyish etgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomozi) bo‘lgan patsiyentlarda preparatning farmakokinetikasi tekshirilganida ham, dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligidan dalolat beruvchi ma'lumotlar olinmagan; biroq valatsiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh patsiyentlarda cheklangan.
Oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash
Immuniteti saqlangan kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)
Valatsiklovir 500 mg dozada sutkada 2 marta buyuriladi. Qaytalanishlar bo‘lgan hollarda davolash 3 yoki 5 kun davom etishi kerak. Og‘irroq birlamchi hollarda davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak, uning davomiyligi esa 5 dan 10 kungacha oshirilishi kerak. OGV ni qaytalanishlarida valatsiklovirni prodromal davrida yoki kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganidan keyin darhol buyurish ideal hisoblanadi. Agar valatsiklavirni oddiy gerpesni qaytalanishining ilk simptomlari paydo bo‘lganda qo‘llansa, u ushbu shikastlanishlarni oldini olishi mumkin.
Labial gerpesni (uchuqni) davolash uchun muqobili sifatida valatsiklovirni 2 g dozada 1 kun davomida buyurish samaralidir. Ikkinchi dozani birinchi doza qabul qilgandan keyin taxminan 12 soat o‘tgach qabul qilish kerak (lekin kamida 6 soat o‘tgach). Bunday davolash tartibida davolash davomiyligi 1 kundan oshmasligi kerak, chunki qo‘shimcha klinik afzalliklarni bermaydi. Davolashni uchuqning eng erta simptomlari (ya'ni chimchilanish, qichishish, achishish) paydo bo‘lganida boshlash kerak.
Bolalar
OGV chaqirgan infektsiya bilan kasallangan bolalarda valatsiklovirning samarasi baholanmagan.
Keksa yoshli shaxslar
Keksa yoshli patsiyentlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda valatsiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan patsiyentlarda valatsiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.
Kreatinin klirensi < 50 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan bolalarda valatsiklovirni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Jigar yetishmovchiligi
Valatsiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valatsiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligidan dalolat beruvchi ma'lumotlar olinmagan; biroq valatsiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh patsiyentlarda cheklangan. Valatsiklovirning yuqori dozalarini (sutkada 4 g va ko‘proq) qo‘llash haqidagi ma'lumotlarni “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limidan qarash kerak.
OGV chaqirgan infektsiyalarning qaytalanishlarini oldini olish (supressiya)
Immuniteti saqlangan kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)
Valatsiklovir 500 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.
Juda tez-tez (yilda 10 marta va ko‘proq) qaytalanishlarida qo‘shimcha samaraga valatsiklovirni 500 mg sutkalik dozada ikki qabulga bo‘lingan holda (250 mg dan sutkada 2 marta) buyurish orqali erishish mumkin.
Immuntanqisligi bo‘lgan kattalar
Immuntanqisligi bo‘lgan kattalar uchun valatsiklovirning tavsiya qilingan dozasi 500 mg sutkada 2 martani tashkil qiladi.
Bolalar
OGV chaqirgan supressiya infektsiyasi bilan kasallangan bolalarda valatsiklovirning samarasi baholanmagan.
Keksa yoshli shaxslar
Keksa yoshli patsiyentlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda valatsiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan patsiyentlarda valatsiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligi
Valatsiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valatsiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma'lumotlar olinmagan; biroq valatsiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh patsiyentlarda cheklangan.
Sog‘lom sherikni genital gerpesi bilan infektsiyalanishni oldini olish
Kattalar
Immuniteti saqlangan va yiliga 9 martagacha zo‘rayishi bo‘lgan geteroseksual kattalar valatsiklovirni 500 mg dan sutkada 1 marta qabul qilishlari kerak.
Bemorlarning boshqa populyatsiyalarida infektsiyalanishning oldini olish bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Keksa yoshli shaxslar
Keksa yoshli patsiyentlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda valatsiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim. Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan patsiyentlarda valatsiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligi
Valatsiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valatsiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma'lumotlar olinmagan; biroq valatsiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh patsiyentlarda cheklangan.
Sitomegalovirusli (TSMV) infektsiyani yuqishi va kasallanishni oldini olish
Kattalar va o‘smirlar (12 yoshdan boshlab)
Valatsiklovirni 2 g dozada sutkada 4 marta transplantatsiya o‘tkazilganidan keyin iloji boricha ertaroq buyurish tavsiya qilinadi. Dozani kreatinin klirensiga qarab kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).
Davolash davomiyligi odatda 90 kunni tashkil qiladi, biroq infektsiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda davolash kursi oshirilishi mumkin.
Bolalar
Sitomegalovirusli (TSMV) infektsiya bilankasallanish va uni yuqtirishni oldini olish maqsadida bolalarda valatsiklovirning xavfsizligi va samarasi baholanmagan.
Keksa yoshdagi shaxslar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi. (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda valatsiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.Adekvat suv balansini tutib turish kerak.
Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan patsiyentlarda valatsiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.
Kreatinin klirensini tez-tez, ayniqsa buyrak faoliyati tez o‘zgargan paytda, masalan transplantatsiyadan keyin yoki transplantatning bitib ketishidan keyin darhol aniqlash zarur bo‘ladi. Valatsiklovir dozasi mos ravishda to‘g‘rilanishi lozim.
Jigar yetishmovchiligi
Valatsiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valatsiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan patsiyentlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma'lumotlar olinmagan; biroq valatsiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh patsiyentlarda cheklangan. Valatsiklovirning yuqori dozalarini (sutkada 4 g va ko‘proq) qo‘llash haqidagi ma'lumotlarni “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limidan qarash kerak.
Qo‘llash va muomala qilish
Qo‘llash bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Paydo bo‘lishini tez-tezligining bo‘yicha nojo‘ya ta'sirlari quyidagi kategoriyalarga bo‘lingan
juda tez-tez ≥ 10 dan 1
tez-tez ≥ 100 dan 1 va < 10 dan 1
tez-tez emas ≥ 1000 dan 1 va < 100 dan 1
kam ≥ 10000 dan 1 va < 1000 dan 1
juda kam < 10000 dan 1
Nojo‘ya reaktsiyalarining tez-tezligini kategoriyasini aniqlash uchun klinik sinovlarning ma'lumotlari ishlatilgan, agarda tekshirishlarda valatsiklovir bilan ularni aloqasi haqida dalillar bo‘lsa (ya'ni Valtreks va platsebo qabul qilgan patsiyentlar orasida statistik ahamiyatli farq bo‘lsa). Boshqa nojo‘ya reaktsiyalariga tez-tezligini belgilash uchun spontan post-marketing ma'lumotlar ishlatilgan.
Klinik sinovlarning ma'lumotlari
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez bosh og‘rig‘i.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez ko‘ngil aynashi.
Post-marketing tekshirishlarning ma'lumotlari
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam leykopeniya, trombotsitopeniya. Leykopeniya haqida asosan immun tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda xabar berilgan.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam anafilaksiya.
Ruxiy buzilishlar va nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kam bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, aqliy qobiliyatni pasayishi.
Juda kam qo‘zg‘alish, tremor, ataksiya, dizartriya, psixotik simptomlar, tirishishlar, entsefalopatiya, koma.
Yuqorida ko‘rsatilgan reaktsiyalar qaytuvchi va odatda buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki boshqa moyillik holatlari fonida kuzatiladi. Ko‘chirib o‘tkazilgan a'zosi bo‘lgan Valtreksning yuqori dozalarda (sutkada 8 g) olayotgan bemorlarda, sitomegalovirus infektsiyasini oldini olish uchun, kamroq dozalarni qabul qilganga qaraganda, nevrologik reaktsiyalar ko‘proq rivojlanadi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas dispnoe.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam qorinda diskomfort hissi, qusish, diareya.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam jigarning funktsional sinamalarini qaytuvchi buzilishlari, ular ba'zida gepatitning ko‘rinishi kabi baholanadi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas toshma, shu jumladan fotosezuvchanlik ko‘rinishlari.
Kam qichishish.
Juda kam eshakemi, angionevrotik shish.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam buyraklar faoliyatini buzilishi.
Juda kam o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak sanchig‘i.
Buyrak sanchig‘i buyraklar faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Boshqalar Immunitetni og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa OITSning kechki bosqichida, valatsiklovirni uzoq muddat davomida yuqori dozalarda (sutkada 8 g har kuni) qabul qilayotgan, buyrak yetishmovchiligi, mikroangiopatik gemolitik anemiya va trombotsitemiya (ba'zida birga) hollari kuzatilgan. Bunday nojo‘ya reaktsiyalar shunday kasalliklari bo‘lgan, lekin valatsiklovirni qabul qilmagan patsiyentlarda ham aniqlangan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Valatsiklovirga, atsiklovirga va preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Atsiklovir siydik bilan asosan o‘zgarmagan holda faol buyrak naychalari sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Shu mexanizmni bloklovchi bir vaqtda qabul qilinayotgan har qanday preparatlar, valatsiklovir qabul qilinganidan keyin plazmadagi atsiklovirning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Valatsiklovir 1 g dozada qabul qilinganidan keyin, buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi simetidin va probenetsid, atsiklovirning AUCni oshiradi va uning buyrak klirensini kamaytiradi. Biroq bunda valatsiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmaydi, chunki atsiklovir keng terapevtik indeksga ega.
Labial gerpes (lab uchuqlari) ni davolash va SMV bilan kasallanish va uni yuqtirishning oldini olish
Valatsiklovirni yuqoriroq dozalarda (kuniga 4 g va undan ko‘proq) va chiqarilish yo‘li uchun atsiklovir bilan raqobatlashuvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki plazmada bir yoki ikkala preparatning yoki ularning metabolitini darajasini oshishining potentsial xavfi mavjud. Bu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida atsiklovirning va transplantatsiyada qo‘llanadigan immunosupressantning faol bo‘lmagan metaboliti mikofenolat mofetilning AUC ko‘rsatkchini oshishi aniqlangan. Shuningdek valatsiklovirni yuqoriroq dozalarda (kuniga 4 g va undan ko‘proq dozalarda) buyrakning boshqa faoliyatini buzuvchi preparatlar bilan (masalan, siklosporin, takrolimus) birga qo‘llanganda xam ehtiyotkorlikka rioya qilish (buyrak faoliyatini o‘zgarishlarini kuzatish) kerak.
Nomutanosiblik
Ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Organizmning gidratatsiyasini darajasi Degidratatsiya xavfi bo‘lgan patsiyentlarga, ayniqsa keksa yoshli patsiyentlarda suyuqlikning o‘rnini adekvat to‘ldirilishini ta'minlash kerak.
Atsiklovir buyrak orqali chiqariladi, shu bois buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlarda valatsiklovirning dozasini kamaytirish lozim (Qo‘llash usullari va dozalar bo‘limini qarang). Keksa yoshli patsiyentlarda buyrak faoliyati butunlay pasaygan bo‘lishi mumkin, shuning uchun ushbu guruhning patsiyentlarida dozani kamaytirish zaruriyati ko‘rib chiqilishi kerak. Buyrak faoliyati buzilgan va keksa yoshli patsiyentlarda nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfi oshib ketadi, va ular sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Qayd etilgan holatlarda yuqorida ko‘rsatilgan reaktsiyalar ko‘pchilik holatlarda davolash to‘xtaganidan keyin qaytuvchan bo‘ladi. (Nojo‘ya ta'sirlar bo‘limini qarang).
Labial gerpes (lab uchuqlari) ni davolash va SMV bilan kasallanish va uni yuqishni oldini olish
Jigar yetishmovchiligida va jigar transplantatsiyasida valatsiklovirning yuqoriroq dozalarini qo‘llanishi
Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda valatsiklovirni yuqori dozalarda qo‘llash (sutkada 4 g va ko‘proq) bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni bu guruh patsiyentlarida yuqori dozalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar ko‘chirib o‘tkazilgan patsiyentlarda valatsiklovirning ta'sirini o‘rganish bo‘yicha maxsus tekshirishlar o‘tkazilmagan; biroq oldini olish maqsadida atsiklovirni yuqori dozalarda qo‘llash SMV bilan kasallanish va uni yuqtirish qaytarilishini pasaytirish ko‘rsatib berilgan.
Sog‘lom sherikni genital gerpesi bilan infektsiyalanishni oldini olish Valatsiklovir bilan supressiv terapiyani amalga oshirish genital gerpesning yuqish xavfini pasaytiradi, biroq gerpetik infektsiyani davolamaydi va virusning yuqish xavfini istisno qilmaydi. Valatsiklovirli terapiyani xavfsiz seks qoidalariga rioya qilgan holda qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya paytida qo‘llash
Fertillik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra valatsiklovir fertillikka ta'sir qilmagan. Biroq atsiklovir yuqori parenteral dozalarini qo‘llanilishi kalamush va itlarda testikulyar samara keltirib chiqargan (Klinikagacha bo‘lgan ma'lumotlar).
Valatsiklovirning fertillikka ta'sir qilishini o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq 20 nafar patsiyent tomonidan 400 mg dan 1 g li dozagacha bo‘lgan miqdorda har kungi qabul qilishning 6 oyidan keyin spermatozoidlar miqdori, morfologiyasi va harakatchanligida o‘zgarishlar sezilmagan.
Homiladorlik
Homiladorlik paytida valatsiklovirni qo‘llash to‘g‘risidagi ma'lumotlar cheklangan. Homiladorlik paytida valatsiklovirni faqat, potentsial foyda potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash kerak.
Valatsiklovir yoki atsiklovirning ixtiyoriy shaklini qabul qilgan mos ravishda 111 va 1246 ayollardagi homiladorlikning yakuniga yetishi to‘g‘risidagi qayd etilgan ma'lumotlar (mos ravishda 29 va 756 ta homilador ayollar valatsiklovir yoki atsiklovirning ixtiyoriy shaklini homiladorlikning I trimestrida qabul qilishgan), atsiklovir qabul qilgan ayollarning bolalarida umumiy populyatsiyaga nisbatan tug‘ma defektlar sonining oshmaganligini ko‘rsatdi. Birorta ham tug‘ma defekt ularning yuzaga kelishining yagona sababini aniqlash uchun noyob yoki barqaror xarakterga ega bo‘lmagan. Kuzatilayotganlarning soni ko‘p bo‘lmaganligini hisobga olib, homilador ayollarda valatsiklovirni qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risida haqqoniy va uzil-kesil xulosa chiqarish mumkin emas (shuningdek
Farmakokinetikasi
bo‘limini qarang).
Laktatsiya
Valatsiklovirning asosiy metaboliti atsiklovir ko‘krak suti bilan chiqariladi. Valatsiklovir ichga 500 mg dozada qabul qilinganidan keyin ko‘krak sutidagi atsiklovirning Cmax 0,5-2,3 marta (o‘rtacha 1,4 marta) ona qoni plazmasidagi atsiklovirning muvofiq kontsentratsiyasidan yuqori bo‘lgan. Ko‘krak sutida bo‘lgan atsiklovirning AUC ni ona plazmasidagi atsiklovirning AUC ga nisbati 1,4 dan 2,6 gacha (o‘rtacha qiymati 2,2) o‘zgarib turadi. Ko‘krak sutidagi atsiklovirning kontsentratsiyasini o‘rtacha qiymati 2,24 mkg/ml (9,95 mkgM) ni tashkil qiladi. Ona valatsiklovirni 500 mg dozada sutkada 2 marta qabul qilganida, bola uni ichga taxminan sutkada 0,61 mg/kg dozada atsiklovir qabul qilganidek ta'sirga duchor bo‘ladi. Atsiklovirni ko‘krak sutidan yarim chiqarilish davri xuddi qon plazmasidagidek bo‘ladi.
Valatsiklovir ona plazmasida, ko‘krak sutida yoki bolaning siydigida o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi.
Valatsiklovirni emizikli onalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Biroq atsiklovir venaichiga sutkasiga 30 mg/g dozalarda yuborish orqalioddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni chaqaloqlarda davolash uchun qo‘llaniladi.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Patsiyentning avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini baholashda uning klinik holatini va valatsiklovir nojo‘ya ta'sirining profilini hisobga olish lozim bo‘ladi. Bu masala bo‘yicha klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari yo‘q bo‘lib, valatsiklovir farmakologiyasi birota salbiy ta'sirning mavjudligini kutish uchun asos bo‘la olmaydi.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan keyin qo‘llanmasin. Bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari va belgilari
Valatsiklovirning dozasi oshirib yuborilganida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va nevrologik simptomlar, shu jumladan ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, qo‘zg‘alish, ongni xiralashishi va koma holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Tasodifan dozani oshirib yuborishdan saqlanish uchun, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Dozani takroran oshirib yuborilishining ko‘pchilik hollari preparatni, doza tegishli ravishda to‘g‘rilanmagan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va keksa patsiyentlarda qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Davolash
Zaharli ta'sirining belgilarini aniqlash uchun bemorlar sinchkov tibbiy kuzatuvda bo‘lishlari kerak. Gemodializ atsiklovirni qondan chiqarilishini ancha kuchaytiradi va patsiyentlarda dozani oshirib yuborilishi simptomlarini davolashda tanlov usuli bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folga kontur uyali o‘ramda (blister).
1 kontur o‘ramdan (1x10) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Preparat 30°C dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
GlaxoWellcome, S.A., Aranda de Duero, Ispaniya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.