Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Alka-Zel'tcer №10 tab.
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацетилсалициловая кислота
Страна производитель
Германия
Дозировка
324 мг
Производитель
Bayer Pharma AG
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки шипучие
Ko'rsatmalar
Savdo nomi Alka-Zeltser®
Dori shakli
vishillovchi tabletkalar
Ta'rifi dumaloq, oq rangli, bir tomonida aylana dumaloq perimetri bo‘ylab «ALKA SELTZER» gravirovkasi bo‘lgan yassi tabletkalar. Boshqa tomonida faskasi bor.
Tarkibi
Ta'sir etuvchi moddalar 324 mg atsetilsalitsil kislotasi, 965 mg suvsiz limon kislotasi, 1625 mg natriy gidrokarbonati.
Yordamchi moddalar povidon 25, siloksan/silikat, doss-natriy benzoati, natriy saxarin, limon va laym hushbo‘yi.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi ta'sir etuvchi moddalarga bog‘liqdir.
Atsetilsalitsil kislotasi (ASK) og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, bu prostaglandinlar sintezida ishtirok etuvchi siklooksigenza enzimlarini susayishi bilan bog‘liq; A2 tromboksan sintezini bloklab, trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi. Qon tomir kasalliklarini davolashda atsetilsalitsil kislotasining sutkalik dozasi 75 dan 300 mg gachani tashkil qiladi.
Natriy karbonati me'dada erkin xlorid kislotasini neytrallaydi, bu preparatning ta'sirlovchi ta'sirni kamaytiradi.
Limon kislotasi preparatni tez so‘rilishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, tomoq, bel va mushak, bo‘g‘imdagi og‘riqlar, xayz ko‘rishdagi og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarda shamollash va boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida tana harorati oshganda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletka/tabletkalar bir stakandagi suvda eritiladi va ichiladi.
Kattalar va 15 yoshdan katta o‘smirlar bir martalik doza 1-2 vishillovchi tabletkani tashkil qiladi, maksimal sutkalik doza 8 tabletkadan oshmasligi lozim. Zarurat bo‘lganida bir martalik dozani 4-8 soatlik interval bilan sutkada 3 martagacha qabul qilish mumkin.
Keksa yoshli shaxslar uchun odatdagi doza 1 tabletkani tashkil qiladi, kuchliroq og‘riqlar yoki isitmalarda 2 tabletkadan qabul qilinadi. Ikkala holatda ham zarurati bo‘lsa, preparatni qabul qilishni takrorlash mumkin, biroq ko‘pi bilan 4 soatdan keyin. Maksimal sutkalik doza 4 tabletkani tashkil qiladi.
Davolash davomiyligi (shifokor maslahatisiz) og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida buyurilganda – 5 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida esa - 3 kundan oshmasligi lozim.
Nojo‘ya ta'sirlar
Qon va limfatik tizim kasalliklari kam - jiddiy qon ketishlari, masalan serebral qon quyilishlari, asosan aniqlanmagan yuqori qon bosimi va/yoki antikoagulyantlar bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlarda, bu alohida hollarda o‘limga olib kelishi mumkin.
Burundan qon ketish, milklardan qon oqishi, qonni davomli ivishi tufayli, terida qon ketishlarni yoki urogenital yo‘llardan qon ketishlari. Bu samaralar preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 4-8 kundan keyin o‘tib, samara to‘xtaydi.
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning jiddiy tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda gemoliz va gemolitik anemiya haqida xabar berilgan.
MIY kasalliklari kam – jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, me'da yarasi, me'da-ichakdan qon ketishlari.
MNT kasalliklari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, eshitishni buzilishlari, quloqlarda shovqin (tinnitus) va ongni chalkashuvi.
Teri kasalliklari tez-tez emas – allergik reaktsiyalar.
Immun tizimi tomonidan kam – nafas yo‘llarining MIY va yurak-qon tomir tizimining, eng avvalo astmasi bo‘lgan patsiyentlarda allergik reaktsiyalari kuzatiladi. Simptomlari, qon bosimini tushishi, bo‘g‘ilish hollari, rinit, burunni bitishi, anafilaktik shok yoki Kvinke shishi bo‘lishi mumkin.
Jigar va o‘t pufagi kasalliklari juda kam – jigar ko‘rsatkichlarini oshishi.
Buyrak va siydik yo‘llarining kasalliklari buyrakning funktsional buzilishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Shunga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
ASK va boshqa NYaQV yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik faol peptik yara gemorragik diatez; metotreksatni haftada 15 mg dozada va undan ko‘p miqdorda birga qo‘llash; salitsilatlar yoki boshqa NYaQV larni qabul qilish natijasida chiqarilgan astma; og‘ir surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi; homiladorlik (III uch oyligi); bolalar va 15 yoshdan kichik o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Keksa shaxslarda intoksikatsiyadan saqlanish lozim (terapevtik dozani oshirib yuborilishi yoki kuchli intoksikatsiya o‘limga olib kelishi mumkin).
O‘rta og‘irlik darajasidagi dozani oshirib yuborilishi simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi, eshtishni buzilishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, va es-hushni chalkashishi. Ushbu simptomlar preparatning dozasi kamaytirilganda o‘tib ketadi.
Og‘ir darajadagi dozani oshirib yuborilishi isitma, giperventilyatsiya, ketoz, respirator alkaloz metabolik atsidoz, koma, kardiogen shok, nafas yetishmovchiligi, yaqqol gipoglikemiya.
Davolash gospitalizatsiya, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, kislota-ishqor muvozanatini monitoringi, ishqoriy diurez, gemodializ, yo‘qotilgan suyuqlikning o‘rnini to‘ldirish, simptomatik davolash tavsiya qilinadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari
Preparatni quyidagi holatlarda maxsus ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim
boshqa analgetiklarga/yallig‘lanishga qarshi/revmatizmga qarshi vositalar yoki ayrim allergen vositalarga yuqori sezuvchanlik; ASK, bronxospazm, bronxial astma xurujlarini, ayniqsa, anamnezida allergiyasi (masalan teri kasalliklari, qichishish, eshakemi bilan), bronxial astma, pichan tumovi, burun polipozida, surunkali bronx-o‘pka kasalliklari mavjud bo‘lganida chaqirishi mumkin; antikoagulyantlar bilan bir vaqtda davolash; me'da yarasi yoki anamnezida me'da-ichakdan qon ketishlari, jigarning cheklangan faoliyati; buyrak faoliyati cheklangan patsiyentlar uchun yoki yurak-qon tomirlar qon aylanishi sekinlashgan patsiyentlar ASK buyrakning funktsional buzilishlari yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfini oshirishi mumkin; operatsiyadan oldin (shuningdek, tishlarni olish kabi, katta bo‘lmagan aralashuvlarda) qon oqishiga moyillikni oshirishi mumkin; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi yuqori bo‘lgan patsiyentlar uchun ASK gemolizga yoki gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin. Yuqori dozalarda qo‘llanganda, yuqori haroratda yoki o‘tkir infektsiyalarda gemoliz xavfi oshadi.
Bir Alka-Zelttser tabletkasida 477 mg natriy saqlanadi, bu natriyni qabul qilishni nazorat qilinadigan parhezda hisobga olinishi zarur.
Moyilligi bo‘lgan muvofiq patsiyentlarda tabletkada natriy benzoatini saqlanishi terida va shilliq qavatlarda ta'sirlanish shaklidagi allergik reaktsiyalarga olib kelishi mumkin.
Og‘riq qoldiruvchi vositalar uzoq muddat qabul qilinganda, bosh og‘rig‘i kelib chiqishi mumkin, bu preparatni takroriy qabul qilishga olib keladi, bu esa yana davomli bosh og‘riqlarini chaqirishi mumkin.
Og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish buyrak tomonidan buyrak yetishmovchiligi xavfi bilan davomli buzilishlarga olib kelishi mumkin (analgetik nefropatiya). Ushbu xavf, asosan turli og‘riq qoldiruvchi vositalarni majmuada qabul qilinganda oshadi. ASK kichik dozalarda siydik kislotasini chaqirilishini kamaytiradi. Diurezni susayishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar, podagra zo‘rayishi mumkin.
15 yoshdan oshgan o‘smirlar ASK ni, faqat boshqa preparatlar samarasiz bo‘lgan hollardagina qabul qilishlari mumkin. 15 yoshdan kichik bolalarda va o‘smirlarda gripning A turi, gripning V turi, suvchechak kabi, virusli kasalliklarda ASK ni qo‘llashda, Reye sindromini rivojlanish xavfi mavjud. Reye sindromining simptomlari bo‘lib, davomli qusish, o‘tkir entsefalopatiya, jigarni kattalashishi hisoblanadi.
Homiladorlik va laktatsiya
Prostaglandinlar sintezi ingibitorlari, homiladorlikni kechishiga va/yoki embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatish mumkin. Homiladorlikning erta muddatlarida homilani tushib qolishi va rivojlanish nuqsonlarini xavfi dozani va preparatni qabul qilish davomiyligini oshishi bilan ortadi. Homiladorlikning uchinchi uch oyligi davomida quyidagi xavflar bo‘lishi mumkin buyrak disfunktsiyasi bu oxir oqibat buyrak yetishmovchiligiga va kam suvlikka, homilada esa, yurak-o‘pka toksikligiga olib kelishi mumkin. Ona va bolada homiladorlikning so‘nggi oylarida qon ivishini oshishi; antiagregatsion samara; tug‘ruq dardlarini susayishi kuzatilishi mumkin.
Salitsilatlar va ularning metaboliti oz miqdorda ko‘krak sutiga o‘tadi, bu esa bolada trombotsitlar faoliyatini buzilishi tufayli, qon ketishini yuz berishi xavfini chaqiradi. Hozirgi kungacha preparatni tasodifan qabul qilgandan keyin (bir marta) chaqaloqda nohush ta'sir holatlari aniqlanmaganligi tufayli, bunda emizishni to‘xtatishga zarurat yo‘q. Biroq muntazam yoki yuqori dozalarda qabul qilingan emizishni to‘xtatish lozim. Siklooksigenazani/prostaglandinlar sintezini susaytiruvchi tibbiy preparatlar ayollar fertilligini buzilishiga olib kelishi mumkin, chunki ovulyatsiya jarayoniga ta'sir qiladi. Ushbu jarayon davolash tugaganidan keyin o‘z o‘rniga qaytadi.
Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta'siri
Yallig‘lanishga qarshi moddalar tomonidan metotreksatning buyrak klirensini pasayishi va uni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishidan siqib chiqarilishi tufayli, metotreksatning gepatotoksikligini kuchaytiradi.
Geparin, sulfanilamidlar, triyodtironin, rezerpin, gipoglikemik preparatlarning samarasini kuchaytiradi.
Antikoagulyantlar, trombolitiklar va trombotsitlar agregatsiyasini ingibitorlari qon ketish xavfini oshiradilar.
Serotoninni qayta qamrab olinishini ingibitorlari boshqa NYaQV ni yuqori dozalarda sinergizm samarasi tufayli, me'da-ichak yo‘llarida yarali shikastlanishlarni va me'da-ichak qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Buyrak ekskretsiyasini kamayishi tufayli, qon plazmasida digoksin, barbituratlar va litiy preparatlarining kontsentratsiyasi oshadi.
Diabetga qarshi preparatlar (masalan, insulin, sulfanilmochevina) gipoklikemik samarani oshiradi.
Diuretiklar ASK ning yuqori dozasi bilan birga va angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari buyrakda kalava filtratsiyasini kamaytiradi.
Tizimli glyukokortikoidlar davolash jarayonida qon plazmasida salitsilatlar darajasini kamaytiradi, qabul qilish tugaganidan keyin – salitsilatlar bilan dozani oshirib yuborilish xavfini oshiradi me'da-ichakda nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfi oshadi.
Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langan valproat kislotasini ajralib chiqishi natijasida, uning toksikligi oshadi.
Alkogol MIYning shilliq qavatiga ta'sirlovchi ta'sirini oshiradi, me'da-ichakdan qon ketishini rivojlanish xavfini oshiradi.
Urikozurik preparatlar (masalan, benzbromaron, probenetsid) gipotenziv vositalar va diuretiklarni samarasini kamaytiradi.
Magniy va/yoki alyuminiy gidroksidini saqlovchi antatsidlar, ASK ni so‘rilishini sekinlashtiradi va yomonlashtiradi.
Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
O‘rami
2 tabletkadan stripda; 5 stripdan ilova-varaqasi bilan birga qutiga joylangan.
Berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Buyurtmachi/ishlab chiqaruvchi firmaning nomi, manzili
Bayer Konsyumer Ker AG,
Peter Merian-Shtrasse 84, 4002 Bazel, Shveytsariya.
Bayer Bitterfeld GmbX
OT Greppin, Salegater Shosse 1,
06803 Bitterfeld-Volfen, Germaniya.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.