Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ambro in'ektsiya uchun eritma 15 mg/2 ml 2 ml №5
Ambro in'ektsiya uchun eritma 15 mg/2 ml 2 ml №5
Nomi | Narx | |||||
Амбро р-р д/ин 15мг/2мл 2мл №5 (23090097##1996) |
UZS 29 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амброксол
Страна производитель
Казахстан
Дозировка
15мг/2мл
Производитель
АО "Химфарм"
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ambro®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ambroksol
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma 15 mg/2 ml, 2 ml
Tarkibi
2 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 15,0 mg ambroksol gidroxloridi (100% moddaga qayta hisoblanganda),
yordamchi moddalar limon kislotasi monogidrati, natriy xloridi, natriy gidrofosfati geptagidrati, 1M xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Shamollash simptomlari va yo‘talni bartaraf etish uchun qo‘llanadigan preparatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar. Mukolitiklar.
ATX kodi R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ambro® - mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirlarga ega; bronxlar shilliq qavatidagi bezlarning seroz hujayralarini rag‘batlantiradi, alveolalar va bronxlarda shilliqning miqdorini va sirt tarangligini belgilovchi modda (surfaktant) ni ajralib chiqishini oshiradi; balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark hujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi. Xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini oshiradi, mukotsiliar transportni oshiradi.
Farmakokinetikasi
Ambroksolni so‘rilishi tez va yetarli darajada to‘liq bo‘lib, terapevtik diapazonida to‘g‘ri proportsional bog‘liqlikka ega. Qon plazmasida ta'sir etuvchi moddaning maksimal kontsentratsiyasiga 30 minut – 3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasida preparatning taxminan 90% proteinlar bilan bog‘lanadi. Ambroksolni qon va to‘qimalar o‘rtasida taqsimlanishi tez yuz beradi, faol moddalarning yuqori kontsentratsiyasi o‘pkada kuzatiladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 7-12 soatni tashkil etadi; to‘qimalarda to‘planishi aniqlanmagan. Ambroksol jigarda asosan kon'yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali 90% suvda eruvchan metabolitlar holida, 5% o‘zgarmagan holda chiqariladi. Og‘ir darajadagi SBE (surunkali buyrak yetishmovchiligi) da T1/2 uzayadi, jigar faoliyatini buzilishida o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
o‘tkir va surunkali bronxit;
pnevmoniya;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi;
balg‘amni qiyin ajralib chiqishi bilan kechuvchi bronxial astma;
bronxoektotik kasallik;
mukovistsidoz;
chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromni davolash (kompleks davolash tarkibida) uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
In'ektsiya uchun eritma mushak ichiga, vena ichiga (sekin oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 50 ml eritma 500 ml infuzion eritmada (erituvchi sifatida 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li dekstroza eritmasi qo‘llanadi) suyultiriladi. 2 soat davomida minutiga 84 tomchi tezlikda yuboriladi. Quyidagi sxemada keltirilgan takroriy davolash 14 kundan so‘ng o‘tkazilishi (qo‘llash uchun ko‘rsatmalar bo‘lganida) mumkin.
Kattalarga 15-30 mg (1-2 ampula) sutkada 2-3 marta, og‘ir holatlarda – 30 mg dan sutkada 2-3 marta yuboriladi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 7,5 mg (1/2 ampula) dan sutkada 2 marta yuboriladi.
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 7,5 mg (1/2 ampula) dan sutkada 3 marta, 5 yoshdan oshgan bolalarga – 15 mg (1 ampula) dan sutkada 2-3 marta yuboriladi.
Chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi respirator distress-sindromda Ambroning sutkalik dozasi tana vazniga 10 mg/kg gacha (og‘ir holatlarda – 30 mg/kg gacha) oshirilib, 3-4 marta yuborishga taqsimlanadi. Parenteral yuborish kasallikning o‘tkir belgilari yo‘qolganidan so‘ng to‘xtatiladi (ichga qabul qilish yoki rektal yuborish shakliga o‘tiladi).
Shifokorning ko‘rsatmasisiz preparatni 4-5 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Vena ichiga tez yuborilganida – qotib qolish hissi, adinamiya, kuchli bosh og‘riqlari, AB pasayishi, hansirash, gipertermiya, et uvishishi kuzatiladi;
Kam hollarda
-allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, nafas faoliyatini buzilishi, et uvishishi bilan kechuvchi isitma reaktsiyasi);
-diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llaridagi shilliq qavatlarni qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyatlar, dizuriya. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Ayrim hollarda
-anafilaktik turdagi og‘ir reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-ambroksolga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
-homiladorlikning I uch oyligi va laktsiya davri;
-fenilketonuriya da qo‘llash mumkin emas (aspartam saqlovchi dori shakllari uchun).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘talni kamayishi fonida balg‘amni bronxlardan ajralib chiqishini qiyinlashishi sababli, preparatni yo‘talga qarshi faollikka ega bo‘lgan dori vositalari (masalan, kodein saqlovchi vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ambroksolni antibiotiklar (amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin, doksitsillin va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llash, antibiotiklarni nafas yo‘llariga kelishini yaxshilaydi, bu davolash muddatini qisqartirishi mumkin.
Ambro in'ektsiya uchun eritmasi rN qiymati 6,3 dan yuqori bo‘lgan boshqa dori preparatlari bilan bir shpritsda yoki tomchilagichda nomutanosibdir, chunki ular kislotali hususiyatlarga ega.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar yoki buyrak faoliyati buzilganida, bronxlarning motor disfunktsiyasida yoki katta miqdorda sekret ajralib chiqqanida (shilliqni tiqilib qolish havfi borligi tufayli) preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Jigar va buyrakning og‘ir darajadagi buzilishlarida preparatning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishlar orasidagi vaqtni uzaytirish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Agar kutilgan davolash samarasi homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, homiladorlikni II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin.
Dori vositasini avtotransport va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyati
Dori vositasining nojo‘ya ta'sirlarini hisobga olib, avtotransport yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari – nojo‘ya samaralarni kuchayishi
Davolash – simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
2 ml dan yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulalarda yoki horijdan keltirilgan shprits bilan to‘ldirilgan steril ampulalarda.
Har bir ampulaga yorliq uchun yoki bosma qog‘ozli yorliq yopishtiriladi yoki matn bevosita ampulaga shisha jismlar uchun mo‘ljallangan zangori rangli bo‘yoq bosiladi.
5 ampuladan alyumin folga va polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramga joylanadi.
Kontur uyali o‘ramlar (qutiga joylanmasdan) davlat va rus tillarida tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Ximfarm” AJ, Qozog‘iston Respublikasi,
Chimkent sh., Rashidov ko‘ch., 81
Qayd etish guvohnomasining egasi
“Ximfarm” AJ, Qozog‘iston Respublikasi,
Qozog‘iston Respublikasi hududida mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilarning shikoyatlarini qabul qilivchi tashkilotning manzili
“Ximfarm” AJ, Chimkent sh., Qozog‘iston Respublikasi,
Rashidov ko‘ch., 81, t/f 7252 (560882)
Telefon raqami 7252 (561342)
Faks raqami 7252 (561342)
Elektron pochta manzili infomed@santo.kz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.