Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Askoril Ekspektorant 100ml
Nomi | Narx | |||||
Аскорил Экспекторант 100мл (10241298##2 332) |
UZS 63 600
UZS 66 300
-4%
Экономия UZS 2 700
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
100 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Askoril ekspektorant
Dori shakli
sirop
Tarkibi
10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi;
faol moddalar sal'butamol sul'fati (salvbutamolga ekvivalent) – 2.00 mg;
bromgeksin gidroksidi - 4.00 mg; gvayfenezin 100.00 - mg; mentol (levomentol) — 1.00 mg;
yordamchi moddalar natriy benzoati, limon kislotasining monogidrati, sorbitol, glitserin, propilenglikol', FCF sanset sariq bo‘yovchisi, ananas aromatizatori, ID20158 qoraqat aromatizatori, sorbin kislotasi, saxaroza, tozalangan suv.
Ta'rifi quyuq, sariq rangli, hushbo‘y, yopishqoq shirin ta'mli suyuklik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun simpatomimyotiklar. Nafas yo‘llarini obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuadagi simpatomimetiklar,
ATX kodi R03CK
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Askoril ekspektorant — bronxlarni kengaytiruvchi, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega majmuaviy preparatdir. Sal'butamol, bromgeksin gidroxloridi, gvayfenezin va mentolni ratsional majmuasi tufayli nafas tizimi tomonidan yaqqol funktsional buzilishlarni samarali va tez kamaytiradi.
Sal'butamol - β2-adrenoretseptorlarining selektiv agonisti, bronxolitik ta'sir ko‘rsatadi, bronxospazmni bartaraf etadi.
Bromgeksin gidroxloridi mukolitik ta'sir ko‘rsatadi. Kislotali polisaxaridlarni depolyarizatsiyasi va bronxlarning shilliq qavati sekretor hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga bronxial sekretning qovushqoqlngini kamaytiradi. Gvayfenezin balg‘amning sirt trangligi va adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi, balg‘amni ko‘chishiga yordam beradi.
Mentol spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, bronxial bezlar sekretsiyasini yengil rag‘batlantiradi, antiseptik xususiyatlarga ega, tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va nafas yo‘llari shilliq qavatining ta'sirlanishini kamaytiradi.
Farmakokineyotikasi
Sal'butamol 50-80% biokiraslishlik bilan me'da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Sal'butamolni peroral qabul qilinganidan so‘ng cho‘qqi kontsentratsiyasiga (Smax) 1-4 soatdan keyin erishiladi. Ovqat qabul qilish sal'butamolni biskiraolishligiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 10% va taqsimlanish hajmi (Vd)
156±38 litrni tashkil etadi. Sal'butamol murakkab efir 4-O-sul'fat — faol metaboliti ko‘rinishida jigarda metabolizmga uchraydi. Sal'butamol siydik bilan 64% va safro bilan chiqariladi. Sal'butamolni yarim chiqarilish davri 3-6.5 soatni tashkil etadi. Bromgeksin me'da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Plazmadagi maksimal konpentratsiyasi (Smax) peroral qabul qilinganidan keyin 1 soatdan so‘ng kuzatiladi. Bromgeksin faol metaboliti ambroksol ko‘rinishida jigar metabolizmga uchraydi. Bromgeksin asosan metabolitlar shaklida siydik bilan chiqariladi. Faqat katta bo‘lmagan miqdori o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Bromgeksinning yarim chiqarilish davri T½ 6.5 soatni tashkil qiladi.
Gvayfenezin me'da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Gvayfenezinni 60% qonda B-2- metoksifenol-sut kislotasi shakllanishi bilan 7 soat davomida gidrolizlanadi. Gvayfenezinni dozasini oshirib yuborilishi siydik-tosh kasalligini chaqirishi mumkin; toshlar gvayfenezinni metabolitlarini saqlaydi β-2-metoksifenol-sut kislotasi. Gvayfenezin metabolitlar shaklida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri T½ 1 soatni tashkil etadi.
Mentol so‘rilganidan so‘ng glyukuronid ko‘rinishida siydik va safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- qiyin ajraladigan balg‘amni hosil bo‘lishi bilan birga kechadigan o‘tkir va surunkali bronx-o‘pka kasalliklari (bronxial astma, traxesbronxit, obstruktiv bronxit, pnevmoniya, o‘pka emfizemasi, ko‘kyo‘tal, pnevmokoniaz, o‘pka tuberkulyozi va boshqalar) (majmuaviy davolash tarkibida);
- o‘tkir respirator kasalliklarida (O‘RK) ko‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 10 ml dan (2 choy qoshiq) sirop kuniga 3 marta.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta.
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga2.5 ml (1/2 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta.
Davolashni davomiyligi individual ravishda aniklanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uzoq muddat qabul qilinganida
- ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik ko‘rinishlar, diaryoya, me'da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayishi.
Kam hollarda
- periferik qon tomirlarni o‘tuvchi kengayishi, arterial bosimni pasayishi, kollaps, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, o‘rtacha darajadagi taxikardiya;
- yukori nerv qo‘zg‘aluvchanligi;
- tremor, mushak tirishishlari, uyquni buzilishi;
- allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, teri toshmalari, eshakyomi, paradoksal bronxospazm.
- gipokaliyemiya;
- siydikni pushti rangga bo‘yalishi;
Juda kam hollarda
- transaminazalar faolligini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatni faol va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;
- yo‘talga qarshi vositalar, beta-adrenoretseptorlar blokatorlari, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash;
- taxikardiya, miokardit, yurak nuqsoni;
- qandli diabet;
- me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida);
- me'da qon ketishlari;
- gipertireoz;
- glaukoma;
- homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa beta2-adrenomimetik vositalar va teofillin sal'butamol ta'sirini kuchaytiradi va nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish ehtimolligini oshiradi. Askoril Ekspektorant kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki bu suyuqlashgan balg‘amni chiqishini qiyinlashtiradi.
Propranolol kabi beta-adrenoretseptorlarnig noselektiv blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Askoril Ekspektorant tarkibiga kiruvchi sal'butamol monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga tavsiya etilmaydi. Diuretiklar va glyukokortikoid preparatlar sal'butamolning gipokaliyemik samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tarkibiga kiruvchi bromgeksin antibiotiklar (eritromitsin, sefaleksin, oksitetratsiklin) ni o‘pka to‘qimasiga o‘tishiga yordam beradi.
Ishqoriy ichimlikli preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Diuretiklar va glyukokortikoid preparatlar sal'butamolning gipokaliyemik samarasini kuchaytiradi. Kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo‘talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda buyurish suyuqlashgan balg‘amni chiqishini qiyinlashtiradi.
Gvayfenezin siydik rangini pushti rangga bo‘yaydi.
Dori vositasini transport vositalar yoki potenushal xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir xususiyati
Sezuvchanligi yuqori bemorlarda qo‘llanganida taxikardiya, qo‘llarni tremori, mushak tirishishlari paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, preparatni qabul qilish vaqtida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish, yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan saqlanish kerak,
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlar kuchayishi mumkin.
Davolash simptomatik davolash qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
100 ml va 200 ml dan sirop 10 ml li o‘lchamli qopqoqchasi bo‘lgan polietilen flakonlarda.
1 flakondan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Glenmark Farmas'yutikalz Ltd,
Hindiston, PLOT № E 37, 39, MIDS Apea, Saptur, Nasik-422007, Maxarashtra.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.