Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sekrazol Pediatrik sirop qulupnay ta'mli 100ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амброксол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
15 мг/5 мл 100 мл
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sekrazol®, Sekrazol® Pediatrik
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Ambroksol gidroxloridi.
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
Faol modda Ambroksol gidroxloridi 15 mg yoki 30 mg.
Yordamchi moddalar sorbitol, metilparaben, propilparaben, natriy sitrati, limon kislotasi monogidrati, malina xushbo‘yi, deionizatsiyalangan suv
Ta'rifi Malina hidli, tiniq, rangsiz sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan mukolitik vosita. Bronxlar shilliq qavatidagi bezlarning seroz ho‘jayralarini rag‘batlantiradi va shilliq sekret miqdorini oshiradi, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini to‘g‘rilaydi. Bunda gidrolizlovchi fermentlar faollashadi va Klark ho‘jayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishi kuchayadi, bu balg‘amni qovushqoqligining kamayishiga olib keladi. Ambroksol o‘pkada surfaktant miqdorini oshiradi, bu alveolyar pnevmotsitlarda uning sintezi va sekretsiyasini kuchayishi, shuningdek uni parchalanishini kamayishi bilan bog‘liq. Balg‘amning mukotsilliar transportini oshiradi. Yo‘talni biroz kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi ichga qabul qilgandan keyin ambroksol me'da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi Smax ga peroral barcha shakllari ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 2 soat o‘tgach erishiladi.
Taqsimlanishi plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 80% ni tashkil qiladi.
Preparat ichga qabul qilingandan keyin to‘qimalarga tez kiradi. Ambroksolning eng yuqori kontsentratsiyasi o‘pka to‘qimasida aniqlanadi. Ambroksol gematoentsefalik to‘siq va platsentar to‘siq orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Metabolizmi ambroksol jigarda kon'yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi va farmakologik nofaol metabolitlarini hosil qiladi.
Chiqarilishi buyrak orqali chiqariladi, 90% suvda eruvchan metabolitlar ko‘rinishida, 5% o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Ayrim klinik holatlardagi farmakokinetikasi og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligida T½ oshadi, ammo jigar faoliyatining buzilishlarida o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘amni ajralib chiqishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklari (bronxoobstruktiv sindromli surunkali bronxit, bronxial astma, bronxoektatik kasalligi). Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalardagi respirator distress sindromida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Pediatrik sirop ko‘rinishidagi 15 mg/5 ml preparatni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ choy qoshiqdan (7,5 mg ambroksol gidroxloridi saqlovchi 2,5 ml) sutkada 2 marta; 2 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ - 1 choy qoshiqdan (7,5-15 mg ambroksol gidroxloridi saqlovchi 2,5-5 ml), sutkada 3 marta; 5 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1-2 choy qoshiqdan (15-30 mg ambroksol gidroxloridi saqlovchi 5-10 ml) sutkada 3 marta buyuriladi. Sirop ko‘rinishidagi 30 mg/5 ml, preparat kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga - 1 choy qoshiqdan (5 ml) sutkada 3 marta; 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – ½ choy qoshiqdan (2,5 ml) sutkada 2-3 marta buyuriladi. Preparat ovqatlanish vaqtida suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan uzoq vaqt yuqori dozalarda qo‘llanganida – jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; ayrim hollarda – allergik kontakt dermatiti, yakka hollarda – anafilaktik tur reaktsiyalari (shu jumladan anafilaktik shok).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik (I-chi trimestr), turli etiologiyali tirishishlar va ambroksolga yoki preparatning boshqa komponentlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash yo‘talni kamayishi fonida balg‘amni ko‘chishini qiyinlashishiga olib keladi. Ambroksol amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin, doksitsiklinni bronxial sekretga kirishini oshiradi. Preparat tug‘ruq faoliyatini tormozlaydigan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Mahsus ko‘rsatmalar
Balg‘amni chiqarilishini qiyinlashtiradigan yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Sirop ko‘rinishidagi ambroksolni tarkibida qand bo‘lmaganligi sababli (qand o‘rniga sorbitol qo‘shilgan), qandli diabet bilan og‘rigan patsiyentlarga buyurish mumkin.
Homiladorlikning II va III trimestrida qo‘llash zarurati bo‘lganida davolashni ona uchun bo‘lgan potentsial foydasini va homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholash lozim. Ambroksolni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim. Preparatni buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlarini kuchayishi.
Davolash me'dani ipekakuana siropi bilan qusishni induktsiya qilish yordami, yuvish, tirishishlar, komatoz xolatlar yoki qusish refleksi yo‘qolgan xollarda nazogastral zond orqali lavaj qilish ko‘rsatilgan.
Simptomatik davo o‘tkazilishi ko‘rsatilgan. Maxsus antidoti yo‘k.
Chiqarilish shakli
«Sekrazol®» 30 mg/5 ml, sirop flakonlarda 150 ml dan, komplektida 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.
«Sekrazol® Pediatricheskiy» 15 mg/5 ml, sirop flakonlarda 100 ml dan, komplektida 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"Nobel Almatinskaya Farmatsevticheskaya Fabrika" AJ, Qozog‘iston
yoki "Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.", Turkiya
Qadoqlangan
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK,
Iste'molchilar dori vositasi sifati bo‘yicha fikr-mulohazalari, e'tirozlari va nojo‘ya ta'sirlari yoki dori vositasining samarasizligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzil bo‘yicha yuborishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.