Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tussifen Bebe bolalar uchun sirop 125ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминофеназон, эфердина гидрохлорид, натрия бензонат, натрия бромид, жидкий экстракт алтеи и тимьяна
Страна производитель
Болгария
Дозировка
125 мл
Производитель
Софарма, АО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Tussifen® Bebe (Tussiphen® Bebe)
Dori shakli
sirop
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi (mg)
faol moddalar
Aminofenazon (Amidofen)29,35 mg
Efedrin gidroxloridi2,9 mg
Natriy benzoati58,75 mg
Natriy bromidi58,75 mg
Gulxayri suyuq ekstrakti58,75 mg
Toshcho‘p suyuq ekstrakti58,75 mg
yordamchi moddalar
Saxarin, saxaroza (qand), etanol, tozalangan suv.
Ta'rifi sariq-jigarrang o‘rmalovchi Timyanga xos o‘ziga xos hidli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
Yo‘talga qarshi majmuaviy preparat.
ATX kodi R05FB02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamik xususiyatlari
Preparatning terapevtik ta'siri tarkibiga kiruvchi alohida komponentlarning farmakologik xususiyatlarini qo‘shilishi bilan bog‘liq.
Aminofenazon og‘riq qoldiruvchi va antipiretik ta'sirga va kuchsiz darajada sedativ va spazmolitik samaralarga ega.
Efedrin bronxlarni yaqqol kengaytiruvchi ta'sirga ega, bronx va burun shilliq to‘qimalari sekretsiyasini va shishini kamayiradi. Markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Natriy bromidi bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalarning ham spontan, ham reflektor qo‘zg‘alishini kamaytiradi.
Natriy benzoati antiseptik ta'sirga ega.
Gulxayri ekstrakti bronxial sekretni suyultiradi va ularni ajralib chiqishini yengilashtiradi.
Toshcho‘p ekstrakti bronxlarga antiseptik, sekretolitik, spazmolitik va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sirga ega. Balg‘am ko‘chishini yengillashtiradi.
Farmakokinetik xususiyatlari
Aminofenazon barcha to‘qimalarga taqsimlanadi, bunda suv miqdori ko‘p bo‘lgan to‘qimalarda yuqori kontsentratsiyalarda aniqlanadi.
Jigar mikrosomalarida faol antipipiretik va og‘riq qoldiruvchi vosita hisoblangan 4-aminoantipiringacha metabolizmga uchraydi. U glyukuron kislotasi bilan deyarli to‘liq bog‘lanadigan 4-gidroksi-antipiringacha oksidlanadi. Metabolitlar siydik bilan chiqariladi, preparatning bor yo‘g‘i 5% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Aminofenazonning metabolitlari rubazon va metilrubazon kislotalari siydikni qizg‘ish rangga bo‘yalishi mumkin.
Efedrin me'da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi.
Brom ionlarini so‘rilishi, taqsimlanishi va chiqarilishi xlor ionlari bilan bir xil. Bromidlar me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 10-12 kunni tashkil qiladi, buning natijasida uzoq muddat qo‘llanilganida to‘planadi. Brom ionlari siydik bilan ham, ter, sut, bronxial balg‘am, ko‘z yoshi, me'da shirasi bilan ham chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yo‘tal va balg‘amni samarasiz ajralishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining bir qator kasalliklarini majmuaviy davolashda qo‘llaniladi
• yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari;
• o‘tkir va surunkali bronxit;
• bronxopnevmoniyalar, bronxoektaziyalar.
Tana haroratini oshishi va yo‘tal bilan kechuvchi nafas yo‘llarini shikastlovchi ayrim umumiy infektsion kasalliklarini (gripp, ko‘kyo‘tal, qizamiq va boshqalar) davolashda muvaffaqiyat bilan qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ushbu dori preparatini har doim bu ilova-varaqada ta'riflanganidek yoki shifokoringiz yoki farmatsevt ko‘rsatmalariga qat'iy rioya qilgan xolda qo‘llang. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Qo‘llash usuli
Sirop ichga, ovqatdan bir soat oldin qabul qilinadi.
Dozalash
6 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 3-5 marta buyuriladi.
Tussifen® Bebe sirop faqat qisqa muddat – 5-7 kun ko‘p bo‘lmagan muddatda qo‘llashga tavsiya etiladi.
Agar simptomlar 5 kundan keyin davom etsa yoki Sizning farzandingizning xolati yomonlashsa, shifokorga murojaat eting!
Agar Siz Tussifen® Bebe sirop preparatini qo‘llashni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani bermang yoki qabul qilmang.
Agar bir dozani qabul qilish yoki berishni unutgan bo‘lsangiz, bu dozani o‘tkazib yuborilganligi aniqlanidayoq qabul qiling yoki bering, shundan keyin keyingi dozani yuqorida ko‘rsatilgan dozalashning intervallariga muvofiq qabul qilishni yoki berishni davom ettiring.
Agar Sizda bu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq qo‘shimcha har qanday savollar bo‘lsa, farmatsevtdan so‘rang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori preparatlari kabi Tussifen® Bebe har bir shaxsda namoyon bo‘lmasa ham, nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Shifokor tomonidan tavsiya etilgan dozalar va davolash muddatlariga rioya qilinganda, preparat juda yaxshi o‘zlashtiriladi. Shunga qaramasdan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkinligini e'tiborga olish kerak.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi aminofenazon va efedrin juda kam xollarda uchraydigan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, ayniqsa teri toshmasi, qichishish va eshakemi chaqirishi mumkin.
Ruhiyatni buzilishi
Efedrin uyquchanlik, xavotirlik, bezovtalik, qo‘rquv, ongni chalkashishi, ta'sirchanlik, kayfiyatni yoki ruhiyatni o‘zgarinishini chaqirishi mumkin.
Natriy bromida apatiya, depressiya, toliqishni chaqirishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Preparatning tarkibi kiruvchi efedrin terapevtik dozalardan yuqori dozalarda bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, nerv qo‘zg‘alishi, qo‘l-oyoqlar tremori, uyqusizlik, ko‘p terlash, piloerektsiya, ko‘p so‘lak ajralishini chaqirishi mumkin.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Ko‘z qorachiqlarini kengayishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Taxikardiya, yurak urib ketishi, yurak ritmini buzilishi, ko‘krakda og‘riq, miokard ishemiyasi (tez-tezligi noma'lum).
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Efedrin arterial bosimni oshishi, qo‘l-oyoqlarda sirkulyatsiyani buzilishini chaqirishi mumkin.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Hansirash yoki nafas olishni buzilishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Og‘izni qurishi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Siyishni qiyinlashishi, siydikni tutilishi.
Agar har qanday nojo‘ya ta'sirlar jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, iltimos bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Agar farzandingizda ushbu dori preparatining faol yoki yordamchi moddalaridan biriga allergiya bo‘lsa, Tussifen® Bebe siropini qo‘llamang.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar farzandingiz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki ehtimol qabul qiladigan bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Preparatni og‘riq qoldiruvchi, antipiretik vositalar va antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Metamizol bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparat bir guruhga kiradi va ularni majmuaviy qo‘llash noxush reaktsiyalar, ayniqsa agranulotsitozni kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Terapevtik dozalardan yuqori dozalardan qabul qilinganda, preparatning tarkibiga kiruvchi efedrin qonda qand darajasini va qon bosimini oshishiga olib kelishi mumkin.
• Efedrinni uzoq vaqt qo‘llagandan keyin qaramlik bilan tolerantlik kuzatiladi. Mahsulot suiste'mol qilishga olib kelishi mumkin.
• Simpatomimetiklar, shu jumladan Tussifen® Bebe bilan davolaganda yurak-qon tomir tizimi tomonidan samaralar kuzatilishi mumkin. Postmarketing tadqiqotlar va chop etilgan adabiyotlarning ma'lumotlari beta-agonistlar (efedrin gidroxloridi) ni qo‘llash bilan bog‘liq miokard ishemiyasini kam xolatlari haqidagi ma'lum dalillarni beradi. Bu preparatni qo‘llayotgan yurak kasalliklari (yurak ishemik kasalligi, aritmiya yoki yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan patsiyentlarni ko‘krakda og‘riq yoki yurak kasalligini yomonlashishining boshqa simptomlari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat etishlari to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Dispnoe va ko‘krakda og‘riq kabi simptomlarni baholashga alohida e'tibor berish kerak, chunki ular respirator ham, yurak tomonidan ham bo‘lishi mumkin.
• Bolalar va keksa shaxslar efedrinning ta'siriga sezgirroq bo‘ladi.
Homiladorlik, emizish va fertillik
Tussifen® Bebe bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan, shu sababli homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar yo‘q. Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Preparat bolalar uchun mo‘ljallangan. Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Preparatning yordamchi moddalari haqida muhim ma'lumot
• Bu dori preparati qand saqlaydi. Agar farzandingizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
• Bu dori preparati bir dozada 6,94 ml pivo va 2,94 ml vinoga ekvivalent 0,347 x.%, ya'ni bir dozada (1 choy qoshiq=5 ml) 0,293 g etanol (alkogol) saqlaydi. Etanolni mavjudligini ayollarda homiladorlik yoki laktatsiya davrida, bolalarda va yuqori xavf guruhidagi, masalan jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda e'tiborga olish kerak. Alkogolizm bilan kasallangan shaxslarga zarar yetkazadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq muammolar kam xollarda uchraydi, lekin agar Tussifen® Bebe siropning tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada bersangiz yoki qabul qilsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar bering.
Agar farzandingiz Tussifen® Bebe siropni keragidan ortiq dozada qabul qilgan bo‘lsa, unda qo‘zg‘alish, tremor, ishtahani yo‘qolishi, qon bosimini oshishi, ko‘z qorachiqlarini kengayishi, qonda qanda darajasini oshishi (efedrinni dozasini oshirib yuborilishi sababli); apatiya, depressiya, xotirani buzilishi, kon'yunktivit, brom husnbuzarlari (natriy bromidini dozasini oshirib yuborilishi sababli) paydo bo‘lishi mumkin.
Darhol davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Chiqarilish shakli
Sirop
125 ml sirop 125 ml sig‘imli “Pilferpruf” tipdagi to‘q jigarrang shisha (III tip) butilkaga quyiladi va “Pilferpruf” tipdagi Alkozell tiqinlari bilan polietilen buraladigan qopqoqchalar bilan berkitiladi.
125 ml sirop 125 ml sig‘imli “Pilferpruf” tipdagi PET butilkaga quyiladi va “Pilferpruf” tipdagi Alkozell tiqinlari bilan polietilen buraladigan qopqoqchalar bilan berkitiladi.
1 (bir) butilka preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomali ilova-varaqa bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach Tussifen® Bebeni ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Yaroqlilik muddati
2 yil
O‘ram ochilgandan keyin yaroqlilik muddati 1 (bir) oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
SOFARMA, AJ
1220 Sofiya, Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16, Bolgariya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.