Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vikantus sirop 7.5mg/5ml, 150ml
Nomi | Narx | |||||
Викантус сироп 7,5 мг/5 мл, 150 мл (6620923##2 039) |
UZS 35 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Викантус сироп 7,5 мг/5 мл, 150 мл (6620923##2 040) |
UZS 35 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бутамирата цитрат
Страна производитель
Казахстан
Дозировка
7,5 мг/5 мл
Производитель
АО Nobel-Pharmsanoat Казахстан
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vikantus
Ta'sir etuvchi modda (XPN) butamirat sitrati
Dori shakli
Sirop
5 ml sirop tarkibi
faol modda butamirat sitrati 7,5 mg;
yordamchi moddalar natriy saxarin, benzoy kislotasi, natriy kroskarmelloza (natriy karboksimetiltsellyuloza 7 HOF), glitserin, sorbitol 70%, o‘rik aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi
O‘rik ta'mli shaffof rangsiz sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
Yo‘talga qarshi vositalar.
ATX kodi R05DB13
Farmakologik xususiyatlari
Vikantus na kimyoviy, na farmologik jihatdan opiy alkaloidlariga mansub bo‘lmagan markaziy ta'sir etuvchi yo‘talga qarshi vosita hisoblanadi. Vikantus yo‘tal markazini (markaziy ta'sirni) qo‘zg‘alishini, shilliq parda yallig‘lanishini kamaytiradi, o‘rtacha ravishda bronxlarni kengaytiruvchi ko‘rsatadi, spirometriya (nafas yo‘llari qarshiligini pasaytiradi) ko‘rsatkichlarini va qon oksigenatsiyasini yaxshilaydi (qonni kislorod bilan to‘yintiradi).
Farmakokinetikasi
Butamirat – 2-(2-dietilaminoetoksi) etil-2-fenil butirat – ichga qabul qilinganida tez va to‘liq so‘rilib ketadi. 15,0 mg sirop qabul qilinganidan keyin asosiy metabolitniplazmadagi maksimal kontsentratsiyasi taxminan 1,5 soatdan keyin 6,4 mkg/ml ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 6 soatni tashkil qiladi. Preparatni qayta qabul qilinishi belgilanganida uning qondagi kontsentratsiyasi chiziqli holatda qolib, kumulyatsiya kuzatilmaydi.
Butamiratning 2-fenilmoyli kislotaga va dietilaminoetoksietanolgacha bo‘lgan dastlabki gidrolizi qonda boshlanadi. Bu metabolitlar ham yo‘talga qarshi faollikka egadirlar. Metabolitlar, butamirat kabi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishning deyarli maksimal darajasiga (taxminan 95%) ega, bu esa, o‘z navbatida, plazmadan yarim chiqarilish davri uzoq davom etishini belgilaydi. 2-fenilmoyli kislota paraholatda gidroksillannish yo‘li bilan qisman metabolizmga uchraydi. Uchta metabolitning barchasi, asosan, siydik bilan chiqariladi, bunda kislotali reaktsiyaga ega metabolitlar glyukuron kislotasi bilanyuqori darajada bog‘liqdir.
Qo‘llanilishi
Vikantus balg‘am hosil qilmaydigan quruq, holdan qoldiradigan va og‘riqli yo‘talni to‘liq bosish uchun mo‘ljallangan
- quyi nafas yo‘llari yuqumli kasalliklarida traxeit, laringit, faringit, traxeobronxit, bronxit, bronxopnevmoniya, plevrit, o‘pka emfizema, bronxial astma va boshqalar.
- chekuvchilar yo‘talishida;
-ko‘kyo‘talda (koklyush);
- tashxis bilan bog‘liq manipulyatsiyalar (bronxoskopiya, lavajlar va sh.k.) o‘tkazilayotganida, yo‘talni bostirishda;
- jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilayotganida yo‘talni bostirishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Siropni ovqatdan oldin qabul qilish lozim. Qabul qilishdan oldin ichidagi suyuqlikni yaxshilab aralashtirish uchun siropli idishni silkitib qo‘yish zarur.
Agar siropni yosh bolaga buyurilgan bo‘lsa, o‘lchab berilgan miqdorni to‘liq ichishini kuzatib turish lozim.
3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar uchun 5 ml dan (7,5 mg) kuniga 3 marta.
6 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun 10 ml dan (15 mg) kuniga 3 marta.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun 15 ml dan (22,5 mg) kuniga 3 marta.
Davolanish kursi 4-5 kun.
O‘lchov qoshig‘ini (stakanchani) har ishlatilgandan keyin yuvish va quritish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Nerv tizimi tomonidan kamdan-kam – bosh aylanishi.
Me'da-ichak yullari tomonidan kamdan-kam – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan kamdan-kam – teri toshmalari, qichima, eshakemi.
NOXUSh REAKTSIYaLAR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- faol moddaga yoki preparatning istalgan komponentiga nisbatan o‘ta ta'sirchanlik;
- homiladorlik;
- laktatsiya davri;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xozirgi vaqtda Vikantus preparatining boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan va ta'riflanmagan. Shu sababdan Vikantus preparatini qabul qilish bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha zarur bo‘lgan dorilarni ham qabul qilish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Butamirat yo‘tal refleksini bostirishi tufayli nafas yo‘llarida balg‘am to‘planib bronxospazm hamda nafas yo‘llari infektsiyalaririvojlanishini xavfini oldini olish maqsadida balg‘amni chiqarish vositalari bilan birga qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Buyrak faoliyatida yetishmovchilik bilan og‘rigan bemorlarga ehtiyotlik bilan belgilash zarur. Agar patsiyent Vikantus® preparatini mustaqil qabul qila boshlaganidan keyin 3-4 kun o‘tib yo‘tal to‘xtamasa, shifokorga murojaat qilish lozim. Davolanish davomida spirtli ichimliklar va markaziy asab tizimiga ta'sir qiluvchi vositalarni (uyqu dorilari, neyroleptiklar, trankvilizatorlar) iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Qandli diabeti bilan bo‘lgan bemorlar
Preparat tarkibida qand yo‘q, shu sababdan uni qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun buyurish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDA tasnifiga binoan Vikantus® (butamirat sitrati) preparati homilaga ta'siriga ko‘ra “S” toifaga kiradi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda dori vosita homilaga salbiyta'sir ko‘rsatgan, homilador ayollarda mos yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo, homilador ayollarda shu dori vositasini qo‘llanganlik bilan bog‘lik potentsial foyda, xavf ehtimoli bo‘lishiga qaramay, undan foydalanishni oqlashi mumkin.
Butamiratning platsentar to‘siqdan o‘tishi va homiladorlik vaqtida undan foydalanishning xavfsizligi haqida ma'lumotlar yo‘q. Homiladorlikning I trimestrida qo‘llash mumkin emas; II va III trimestrlarda shifokor bilan maslahatlashgandan keyin foydalanish tavsiya etiladi.
Homilaga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Bolani emizish davrida ona uchun terapiyadan kutilayotgan samara darajasi bola uchun potentsial xavfdan yuqoriroq bo‘lgandagina qo‘llashga ruxsat beriladi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilgandan so‘ng avtotransport vositalarini yoki diqqat-e'tiborni jamlashni talab qiluvchi ishni bajarishda (masalan, potentsial xavfli bo‘lgan mexanizmlar bilan ishlashda) ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, muvozanat holatini sezmaslik va gipotenziya.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi dorilar, shuningdek yurak qon tomir va nafas tizimlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlar.
Chiqarilish shakli
«Vikantus» 7,5mg/5ml, sirop flakonlarda 150 ml dan, komplektda o‘lchov qoshiqchasi yoki o‘lchov stakanchasi va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakonni ilk ochilganidan keyingi saqlash muddati 6 oy.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Nobel Almat Farmatsevtikalq Fabrikas” AJ,
Qozog‘iston Respublikasi, Almat shahri, Shevchenko ko‘chasi, 162 “E”
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.