В данный момент нет активных товаров
Xoletsistit nima va u qanday davolanadi?
Xoletsistitga qarshi dori vositalar o‘t pufagidagi yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish uchun buyuriladi. Bu patologiya bakterial infeksiya fonida, a’zoda toshlar bor yoki yo‘qligida, o‘t yo‘llari diskineziyasida paydo bo‘ladi. Xoletsistitning kelib chiqish sabablari har xil bo‘lishi mumkin.
Xoletsistitda qo’llaniladigan preparatlarning klassifikatsiyasi va turlari Ushbu kasallik turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lib, rivojlanishning turli mexanizmlari va juda ko‘p alomatlarga ega. Ushbu omillar patologiyani bartaraf etish yoki kasallik kechishini yengillashtirish uchun yanada samarali dori vositalarini yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Hozirgi vaqtda o‘t pufagi yallig‘lanishida dori sifatida quyidagi vositalar qo‘llaniladi:-
antibiotiklar - bakterial infeksiyalar va mahalliy yallig‘lanishlarda buyuriladi;
-
safro haydovchi dori vositalari - safro me’yorida ishlab chiqarilishi va chiqishi uchun zarur;
-
spazmolitiklar - spazmlarni yo‘q qilish va og‘riqni yo‘qotish uchun ishlatiladi;
-
parazitlarga qarshi - ichakdagi patogen mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun qo‘llaniladi;
-
xolekinetiklar;
-
xolelitolitiklar.
Xoletsistitda qaysi dorilar samaraliroq?
Ushbu kasallikni medikamentoz davolash xoletsistitga qarshi tabletkalarni qabul qilish va inyeksiyalarni kiritishni o‘z ichiga oladi. Xoletsistitda tabletkalar ko‘pincha antibiotiklar, spazmolitiklar, gepatoprotektorlar, yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan ifodalanadi.
O‘t pufagi yallig‘lanishiga qarshi tabletkalar kasallikni kompleks davolashda qo‘llaniladi.
Xoletsistit va pankreatitda o‘t haydovchi preparatlarni qo‘llash kattalarda kasallikni davolashda majburiy hisoblanadi. Bu dorilar safro ajralishini rag‘batlantiradi va o‘t pufagida tosh hosil bo‘lishini sekinlashtiradi.
Surunkali xoletsistitda dori vositalari kasallikning konservativ davolash usulining asosini tashkil qiladi, bunda o‘t pufagi devorlaridagi yallig‘lanishni bartaraf etish, simptomlarni yo‘q qilish, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Toshkentda xoletsistitga qarshi samarali vositalarni xarid qilish
Bizning PharmaClick.uz saytimizda siz xoletsistitga qarshi dori vositalarini shaharning istalgan joyiga, shuningdek, poytaxtdan tashqaridagi hamkor dorixonalarga va butun O‘zbekiston bo‘ylab hududlarga yetkazib berish imkoniyati bilan qulay narxda buyurtma qilishingiz mumkin. Preparatlarga buyurtma berish juda oson. Saytdagi qidiruvdan foydalaning va kerakli dori vositasini tanlang. Shuningdek, dori-darmonlarni o‘zingiz uchun qulay vaqtda olib ketish uchun ularni band qilish imkoniyatiga ham egasiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.