Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Apdrops DX ko‘z tomchilari 5ml
Nomi | Narx | |||||
Апдропс DX гл.капли 5мл (CA0064С##2 424) |
UZS 67 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Моксифлоксацин, дексаметазон
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
3 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Ajanta Pharma Limited
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
APDROPS DX
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) moksifloksatsin gidroxloridi, deksametazon natriy fosfati
Dori shakli
ko‘z tomchilari.
Tarkibi
Har bir millilitr quyidagilarni saklaydi
moksifloksatsinni ekvivalent bo‘lgan moksifloksatsin gidroxloridi - 5 mg;
deksametazon fosfatga ekvivalent bo‘lgan deksametazon natriy fosfat - 1 mg
Taьrifi qattiq zarrachalarsiz och-sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
oftalьmologiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi S01CA01
Farmakologik xususiyatlari
Moksifloksatsin mikroblarga qarshi ftorxinolonni va deksametazonning proteinli kortikosteroididan tashkil topgan majmuaviy preparati hisoblanadi.
Kortikosteroidlar turli agentlarga nisbatan yallig‘lanish reaktsiyalarini kamaytiradi va ular sog‘ayishini kechiktirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.
Kortikosteroidlar organizmning infektsiyaga qarshi himoya mexanizmini tormozlashi mumkinligi tufayli bunda qo‘shimcha anti-mikrob dori preparatini qo‘llash mumkin, bu tutib turish klinik ahamiyatli hisoblanadi.
Moksifloksatsin birga quyidagi sezgir organizmlarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Corynebacterium, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureu, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Staphylococcus pneumoniae turlari, Staphylococcus viridans guruhi.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinetobacter lwoffii, Haemophilus influenzfe, Haemophilus parainfluenzae.
Boshqa mikroorganizmlar
Chlamidiya trachomatis.
Shuningdek quyidagi in vitro sharoitda ma'lumotlar ham bor, ammo ko‘z infektsiyalarida ularning klinik ahamiyati ma'lum emas. Organizmlarning ro‘yxati faqat kon'yuktival infektsiyalarni potentsial davolashni baholash uchun qo‘llanma sifatida keltirilgan. Moksifloksatsin in vitro sharoitda ko‘zning quyidagi patogenlarini ko‘pchilik (=90%) shtammlariga qarshi minimal tormozlovchi kontsentratsiya (MTK) 2 mg/ml yoki undan kamroqni (tizimli sezuvchanlik egri chizig‘ini sinish nuqtalari) ko‘rsatdi.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Staphylococcus pyogenes.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Esherichia coli. Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Proteus mirabilis.
Anaerob mikroorganizmlar
Fusobacterium turlari, Prevotella turlari.
Shunday qilib, deksametazon-proteinli kortikosteroid va moksifloksatsinning keng doirali mikroblarga qarshi preparati sirtga qo‘llash uchun dori shaklida yalig‘lanish va ko‘z infektsiyalari bilan kurashishda samarali bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Kortikosteroidlar buyuriladigan steroidga bog‘liq ko‘zlarning yallig‘lanishi va ulardan bakterial infektsiya yoki ko‘zning bakterial infektsiyalariga xavf bo‘lganida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan kuniga 3 marta, 7 kun davomida tomiziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Steroid/infektsiyaga qarshi dori preparatlarini noxush samaralari kelib chiqishi mumkin, ular steroid komponentlar, infektsiyaga qarshi komponentlar yoki majmuaga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ko‘proq uchraydigan nojo‘ya taьsirlaridan kon'yunktivit, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, ko‘zlarning quruqligi, keratit, ko‘zning diskomforti, ko‘zning qizarishi, ko‘z og‘rig‘i, ko‘zning qichishi, subkon'yuktival qon quyilishi va ko‘z yoshini oqishi. Ushbu reaktsiyalar taxminan 1-6% patsiyentlarda kuzatilgan. 1-4% bemorlarda ko‘zga bog‘liq bo‘lmagan nojo‘ya ta'sirlari aniqlangan isitma, kuchli yo‘tal, o‘rta otit, faringit, toshma va tumov.
Faqat steroidli komponentni qo‘llaganida noxush reaktsiyalardan ko‘zning ichki bosimini ko‘tarilishi (KIBK), glaukoma rivojlanishi va kam hollarda ko‘ruv nervining shikastlanishi kuzatilishi mumkin, orqa subkapsulyar katarakta hosil bo‘lishi va jarohatni kechikib sog‘ayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Dori preparatining har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik
• Epitelial simpleksli keratit (denodritik keratit), qora mol chechagi va kon'yunktiva va shox pardaning ko‘pgina boshqa virusli kasalliklari.
• Ko‘zning mikrobakterial infektsiyalari
• Ko‘z strukturalarining zamburug‘li kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar uchun preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Moksifloksatsin gidroxloridining ko‘z eritmasi dorilar bilan o‘zaro ta'sirini tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, organizmdagi moksifloksatsin SYR3A4, SYR2D6, SYR2S19, ni ingibitsiya qiladi, yoki SYR1A2 moksifloksatsin sitoxrom R450 izofermentlari bilan metabolizmga uchraydigan dori vositalarining farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
In'ektsiya uchun emas. Steroidlarni davomli doimiy qo‘llash glaukomaga olib kelishi mumkin. Agar preparat 10 kun yoki uzoqroq muddat davomida qo‘llanilsa, u holda agar bolalar yoki muloqotsiz bemorlarga og‘ir bo‘lgan hollarda ham, har kuni ko‘zning ichki bosimini nazorat qilish kerak. Ko‘zning shox yoki oq pardasini yupqalashishini chaqiruvchi kasalliklarda, mahalliy davolash uchun steroidlar qo‘llanganida, teshilish hollari ma'lum. Steroidlarning davomli dozalaridan so‘ng, shox pardaning zamburug‘li infektsiyalari ehtimoli borligini e'tiborga olish kerak. Bunday vaziyatda, agar superinfektsiya paydo bo‘lsa, u holda mos davolashni boshlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlik davrida preparat ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun mumkin bo‘lganxavfi sinchiklab baholaganidan so‘ng qo‘llaniladi.
Preparatning komponentlarini ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma'lum. Shu sababli preparatni qo‘llash vaqtida emizikli ayollar extiyotkorlik choralarini ko‘rishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida maьlumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
3 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Salqin, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
kundan boshlab 24 oy.
Ochilgandan keyin 1 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Adjanta Farma Limited
Adjanta Xaus, Charkop, Kandivli (3)
Mumbay 400 067, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.