Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Floksadeks® ko‘z/quloq susp. 10ml
Nomi | Narx | |||||
Флоксадекс® сусп. глазная/ушная 10мл (FL080624##2 234) |
UZS 54 800
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Флоксадекс® сусп. глазная/ушная 10мл (FL080624##2 254) |
UZS 54 800
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ципрофлоксацина гидрохлорид, дексаметазон
Страна производитель
Армения
Дозировка
10 мг
Производитель
"Ликвор" ЗАО Армения
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия глазная и ушная
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Floksadeks®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) siprofloksatsin, deksametazon.
Dori shakli
ko‘z/ quloq suspenziyasi
Tarkibi
faol moddalar siprofloksatsin gidroxloridi – 3,3 mg, deksametazon – 1 mg;
yordamchi moddalar natriy xloridi, borat kislotasi, natriy atsetati 3N2O, polisorbat 80, dinatriy edetati, etanol, benzalkoniy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Ko‘z va quloq kasalliklarini davolash uchun vositalar. Kortikosteroidlar antibakterial vositalar bilan majmuada.
ATX kodi S03CA01
Farmakologik xususiyatlari
O‘z tarkibida keng ta'sir doirasiga ega ftorxinolonlar guruhiga mansub antibiotik – siprofloksatsin va glyukokortikoid gormon – deksametazon saqlovchi majmuaviy preparatdir. Antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va desensibilizatsiya qiluvchi ta'sirga ega.
Farmakokinetikasi
Siprofloksatsinli ko‘z tomchilarini qo‘llaganda qayd qilingan qondagi Smax – 5 ng/ml dan kam emas. O‘rtacha kontsentratsiyasi – 2,5 ng/ml dan past.
Quloqlarga tomizilganida qondagi maksimal kontsentratsiyasi 15 minutdan 2 soatgacha kuzatiladi va 0,543-3,45 ng/ml oraliqda o‘zgaradi, bu 250 mg dozada, bu og‘iz orqali qabul qilingan siprofloksatsinning kontsentratsiyasini taxminan 0,1% ni tashkil qiladi.
Deksametazon oftalmologiyada mahalliy qo‘llanganida intakt epiteliy shox parda orqali ko‘zning oldingi kamerasining suyuqligiga so‘riladi. Ko‘z to‘qimalarining yallig‘lanishi yoki shilliq qavat va shoh pardaning shikastlanishida deksametazonning so‘rilishi oshadi. Tizimli so‘rilishi kuzatiladi, ammo faqat yuqori dozalarda qo‘llanganida yoki pediatriyada uzoq muddat qo‘llanganida ahamiyatli bo‘lishi mumkin.
Otorinolaringologiyada mahalliy qo‘llanganida deksametazonning qondagi maksimal kontsentratsiyasi qo‘llagandan keyin 15 minutdan 2 soatgacha kuzatiladi va 0,135-5,1 ng/ml oraliqda o‘zgaradi, bu 0,5 mg dozada, og‘iz orqali qabul qilingan deksametazonning kontsentratsiyasini taxminan 14% ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Siprofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan ko‘z va quloq infektsiyalari
Oftalmologiyada kattalar va bir yoshgan oshgan bolalarda
Haemophilus influenzae, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae chaqirgan kon'yunktivit, keratit, epiteliy shikastlanmagan keratokon'yunktivit, irit, iridotsiklit, blefarokon'yunktivit, blefarit, episklerit, sklerit, ko‘z shikastlanishi va jarroxlik amaliyotlaridan keyingi yallig‘lanish jarayonlari.
Otorinolaringologiyada kattalar va olti oylikdan oshgan bolalarda
Quyidagi mikroorganizmlar chaqirgan o‘tkir o‘rta otit, otoreya (timpanostomik shuntlash amalga oshirilganidan keyin) Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Pseudomonas aeruginosa; o‘tkir tashqi otitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Oftalmologiyada kattalar va bir yoshdan oshgan bolalarda har 4 soatda 1-2 tomchidan, og‘ir infektsiyalarda har soatda 2 tomchidan shikastlangan ko‘zning kon'yunktival qopchasiga instillyatsiya ko‘rinishida. Holati yaxshilanganidan keyin doza va instillyatsiyalar tez-tezligi kamaytiriladi.
Otorinolaringologiyada kattalar va 6 oylikdan oshgan bolalarda 4 tomchidan kuniga 3 marta 7 kun davomida.
Nojo‘ya ta'sirlari
Oftalmologiyada qo‘llanilganda
Allergik reaktsiyalar, achishish, qichishish, kon'yunktivaning giperemiyasi, yot jism hissi, ko‘z qovoqlari terisining qipiqlanishi, og‘izda yoqimsiz ta'm. Shox parda yupqalashganida perforatsiya xavfi bor. Kam hollarda – qovoqlarni shishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘z yoshini oqishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, shox parda yarasi bo‘lgan bemorlarda oq rangli pretsipitatni hosil bo‘lishi, keratit, keratopatiya, shox pardada dog‘lar yoki infiltratsiyalarni paydo bo‘lishi. Uzoq muddat qo‘llanganida juda kam hollarda ko‘z ichki bosimini oshishi, kataraktani paydo bo‘lishi mumkin.
Otorinolaringologiyada qo‘llanilganda
Quloqlarda diskomfort va og‘riq, quloqdan ajralma ajralishi, qichishish, eritema, giperemiya, quloq pretsipitati, quloqlarda shang‘illash.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Siprofloksatsin va boshqa xinolonlarga yoki preparatning biron bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik; ko‘z va tashqi eshituv yo‘lining virusli infektsiyalari, shu jumladan oddiy gerpes; ko‘zlarning zamburug‘li kasalliklari; ko‘zlarning tuberkulezli shikastlanishi; otorinolaringologiyada olti oylikkacha bo‘lgan bolalar va oftalmologiyada bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siprofloksatsin deksametazon bilan ko‘z va quloq tomchilarini qo‘llash bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat ko‘z va quloq tomchilari sifatida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparatni uzoq muddat qo‘llash (tavsiya qilingan dozadan ancha yuqori) zamburug‘lar chaqirgan ikkilamchi infektsiyani paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Davolash jarayonida ko‘z ichki bosimi va shox pardaning xolatini nazorat qilish kerak.
Preparat glaukomada ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin. Shox pardani yupqalashishida perforatsiya xavfi bor. Tizimli xinolonlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda jiddiy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin, ularning ba'zilari eshakemi, qichishish, xansirash, yuz va halqumni shishi, kollaps, xushdan ketish bilan kechishi mumkin.
Infektsiyani tarqalishini oldini olish uchun bir flakonni ko‘z infektsiyalari va otitni davolash uchun qo‘llashdan saqlanish kerak.
Allergik reaktsiyalarning har qanday belgilari paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Agar 7 kun davomida qo‘llashdan keyin holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va davolashning boshqa usullarini qo‘llash kerak.
Agar otitlarda qo‘llashning to‘liq kursi tuguganidan keyin otoreya to‘xtamasa yoki davolash tugaganidan keyin 6 oy davomida 2 yoki undan ko‘proq otoreya hollari kuzatilsa o‘sma, yot jism mavjudligi, xolesteatoma kabi kasalliklarni istisno qilish kerak.
Preparat subkon'yunktival yoki ko‘zning oldingi kamerasiga yuborilmasin.
Preparat bilan davolash davrida kontakt linzalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Agar ona uchun davolovchi samarasi homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lganida preparat qo‘llansin. Preparatni qo‘llashda emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Applikatsiyadan keyin ko‘rish o‘tkirligini vaqtincha yo‘qolishi kuzatiladigan patsiyentlarga mashinani xaydash yoki murakkab texnika, uskunalar yoki tomizishdan keyin darhol ko‘rish o‘tkirligini talab qiluvchi murakkab uskunalar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Qo‘llashdan avval chayqatilsin!
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni mahalliy qo‘llashda dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Chiqarilish shakli
10 ml dan polietilendan flakon-tomchilagichlarda.
Saqlash sharoiti
15°S dan 30°S gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Flakon ochilganidan keyin ichidagisi bir oy davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
“Likvor” YoAJ, Armaniston
0089, Yerevan, Kochinyana 7/9
Tel. 37460 378800
E-mail info@liqvor.com
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100041, Toshkent sh., Mo‘minov ko‘ch. 6/7, kv. 13
Tel. +998 90 996 74 40
Sakanyan Anush Aykazovna.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.