Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Moksitsin® ko‘z tomchilari 0.5% 5ml
Nomi | Narx | |||||
Моксицин® капли глазные 0,5% 5мл (MN010524##2 214) |
UZS 59 200
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Моксифлоксацинагидрохлорид
Страна производитель
Армения
Дозировка
0,5% 5 мл
Производитель
ЗАО «Ликвор», Армения
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Moksitsin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) moksifloksatsin
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda – moksifloksatsin gidroxloridi – 5,45 mg (5 mg moksifloksatsinga ekvivalent);
yordamchi moddalar – natriy xloridi, borat kislotasi, benzalkoniy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi sariq-yashil rangli, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi vosita, ftorxinolon.
ATX kodi S01AE07
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Ftorxinolonlar guruhiga mansub antibakterial preparat. Bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning II va IV topolimerazalarini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq, bu mikrob xujayrasining DNK sintezini buzilishiga olib keladi. Moksifloksatsin in vitro sharoitda keng doirali grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, anaeroblar, kislotaga chidamli bakteriyalar va Micoplasma, Chlamidia, Legionella kabi atipik tipdagi bakteriyalarga nisbatan faol. Moksifloksatsin β-laktam va makrolid antibiotiklariga rezistent bakteriyalarga nisbatan samarali.
Moksifloksatsin quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pgina shtammlariga nisbatan faol
Grammusbat mikroorganizmlar
Corynebacterium species, shu jumladan Corynebacterium diphtheria, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans Group.
Grammanfiy mikroorganizmlar Enterobacter cloacae, Haemophilus influenzae, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis, Serratia marcescens.
Anaerob bakteriyalar Proprionibacterium acnes.
Atipik shakllar Chlamydia pneumoniae.
Farmakokinetikasi
Ko‘z tomchilari ishlatilganida qo‘llashda qayd qilingan qondagi o‘rtacha statistik Smax – 2,7 ng/ml, farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon (AUC) – 45 ng soat/ml. Moksifloksatsin organizmda uzoq vaqt aylanib yuradi. Yarim chiqarilish davri 13 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan ko‘zning infektsion kasalliklari, bakterial kon'yunktivitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va keksalarga 1 tomchidan kuniga 3 marta 7 kun davomida instillyatsiya (tomizish).
Bolalar ushbu toifadagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘rish a'zolari tomonidan tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) – ko‘zlarda og‘riq va ta'sirlanish; tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) – ko‘zlarni quruqligi, diskomfort, giperemiya, nuqtali keratit, qovoqlarni shishi, qichishish, ko‘z yoshi oqishi, kon'yunktiva ostiga qon quyilishi; kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) – shox parda epiteliysi nuqsoni, kon'yunktivit, blefarit, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘rishni buzilishi, kon'yunktiva shishi, qovoqlarni qizarishi, ko‘zlarni toliqishi.
Boshqa a'zolar tomonidan tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, ta'm bilishni buzilishi, kam hollarda – paresteziya, hiqildoqda og‘riq, tomoqda yod jism hissi, rinit, qusish, gemoglobinni pasayishi, alanin-aminotransferaza, gamma-glyutamiltransferaza faolligini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga va xinolin qatori boshqa ximioterapevtik vositalar yoki preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Moksifloksatsinning ko‘z tomchilari shaklini ishlatish bilan maxsus tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tizimli xinolonlarni (shu jumladan moksifloksatsinni) muntazam qabul qiluvchi patsiyentlarda juda kam hollarda birinchi dozadan keyin kollaps, xushdan ketish, angionevrotik shish (halqum, tomoq va yuzni shishi), nafas yo‘llarini obstruktsiyasi, hansirash, qichishish, eshakemi bilan birga kechuvchi jiddiy anafilaktik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Jiddiy anafilaktoid reaktsiyalar klinik manzarasiga muvofiq shoshilinch simptomatik davolashni talab qiladi.
Har qanday allergik reaktsiya paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Preparat subkon'yunktival yoki ko‘zning oldingi kamerasiga yuborilmasin. Preparat bilan davolash davrida kontankt linzalarni taqish tavsiya qilinmaydi.
Boshqa antimikrob vositalar kabi, preparatni uzoq muddat qo‘llash chidamli mikroorganizmlar, shu jumladan zamburug‘larni oshishiga olib kelishi mumkin.
Preparatni 2 yoshdan kichik bolalarda Chlamydia trachomatis chaqirgan ko‘z infektsiyalarni davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tizimli so‘rilishini kamaytirish uchun, instillyatsiyadan keyin darhol ko‘z yoshi kanaliga bosish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlarda moksifloksatsinni ko‘z tomchilari shaklida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Ko‘z tomchilari ko‘rinishida qo‘llanilganda moksifloksatsinning tizimli so‘rilishi ahamiyatsiz ekanligi tufayli, preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Homiladorlarda preparatni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Emizish davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki moksifloksatsinni ona sutiga o‘tishi haqida taxminlar bor.
Mashinalarni haydash va ishlatish qobiliyatiga ta'siri
Applikatsiyadan keyin ko‘rish o‘tkirligini vaqtincha yo‘qolishi kuzatiladigan patsiyentlarga mashinani xaydash yoki murakkab texnika, uskunalar yoki tomizishdan keyin darhol ko‘rish o‘tkirligini talab qiluvchi murakkab uskunalar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni mahalliy qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 0,5% polietilen flakon-tomchilagichlarda 5 ml dan.
10 o‘ramdan karton blokda.
Saqlash sharoiti
8°S dan 25°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Flakon ochilganidan keyin ichidagisi bir oy davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
“Likvor” YoAJ, Armaniston
0089, Yerevan, Kochinyana 7/9
Tel. 37460 378800
E-mail info@liqvor.com
www.liqvor.com
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100041, Toshkent sh., Mo‘minov ko‘ch. 6/7, kv. 13
Tel. +998 90 996 74 40
Sakanyan Anush Aykazovna.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.