Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oftakviks ko‘z tomchilari 0.5% 5ml
Oftakviks ko‘z tomchilari 0.5% 5ml
Nomi | Narx | |||||
Офтаквикс капли глазные 0,5 % 5 мл (2091471##1995) |
UZS 92 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Офтаквикс капли глазные 0,5 % 5 мл (2091471##1996) |
UZS 92 200
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левофлоксацин
Страна производитель
Финляндия
Дозировка
0,5% 5 мг/мл 5 мл
Производитель
Santen Oy
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Oftakviks® Ta'sir etuvchi modda (XPN) levofloksatsin
Dori shakli
eritma/ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml ko‘z tomchilar quyidagilarni saqlaydi faol modda 5,12 mg levofloksatsin polugidrati 5,0 mg levofloksatsinga ekvivalent. yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, xlorid kislotasi yoki natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv. Ta'rifi ko‘zga ko‘rinadigan kiritmalar saqlamaydigan, och sariq rangdan ko‘kimtir sariq ranggacha bo‘lgan tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita. Boshqa antibakterial vositalar. Levofloksatsin. ATX kodi S01AE05
Farmakologik xususiyatlari
Levofloksatsin – bu ofloksatsinning ratsemik dori substantsiyasini L-izomeridir. Ofloksatsinning antibakterial faolligi asosan chapga aylanuvchi izomeri bilan ifodalanadi. Ftorxinolonlar sinfining antibakterial preparati sifatida levofloksatsin bakteriyalarning topoizomeraza II-DNK-giraza va topoizomeraza IV larni tanlab ingibitsiya qiladi. Levofloksatsinning ma'qul ko‘rgan nishonlari bo‘lib grammanfiy bakteriyalardagi DNK-giraza, grammusbat bakteriyalarda topoizomeraza IV hisoblanadi. Quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan samarali I toifa Odatda sezuvchan turlari Aerob grammusbat Staphylococcus aureus (MSSA)* Staphylococcus pneumoniae Staphylococcus pyogenes Viridans group streptococci Aerob grammanfiy Escherichia coli Branhamella (Moraxella) catarrhalis Haemophilus influenzae Pseudomonas aeruginosa (mahalliy kulturalari) Boshqa mikroorganizmlar Chlamydia trachomatis (xlamidiyali kon'yunktiviti bo‘lgan patsiyentlarni davolashda yondosh tizimli antimikrob terapiyani talab qiladi) II toifa orttirilgan chidamlilik muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar Anaerob garmmusbat mikroorganizmlar Staphylococcus aureus (MRSA)* Staphylococcus epidermidis Anaerob grammanfiy mikroorganizmlar Pseudomonas aeruginosa (kasalxona shtammlari) * MSSA = Staphylococcus aureus metitsillinga sezuvchan shtammlari ** MRSA = Staphylococcus aureus metitsillinga rezistent shtammlari
Farmakokinetikasi
Ko‘zga instillyatsiya qilinganidan so‘ng levofloksatsin ko‘z yosh plyonkasida yaxshi saqlanadi. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparat mahalliy qo‘llanganidan so‘ng 4 va 6 soatdan keyin ko‘z yosh plyonkasida aniqlangan levofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 17,0 mkg/ml va 6,6 mkg/ml ni tashkil qilganligini ko‘rsatdi. Oltita ko‘ngillilarning beshtasida levofloksatsinning kontsentratsiyasi preparat instillyatsiya qilinganidan so‘ng 4 soatdan keyin 2 mkg/ml va undan ortiqni tashkil qilgan. Oltita ko‘ngillilarning to‘rtasida bu kontsentratsiya preparat instillyatsiya qilinganidan so‘ng 6 soatdan keyin ham saqlanib turgan. Ko‘z suyuqligida Oftakviks® ko‘z tomchilaridagi levofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasi ofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasiga nisbatan taxminan ikki marta yuqori (muvofiq ravishda 1139,9 ± 717,1 ng/ml va 621,7 ± 368,7 ng/ml). Preparat qo‘llanganidan so‘ng 1 soatdan keyin plazmadagi levofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasi – 1-sutkalarda 0,86 ng/ml dan 15 kunga kelib 2,05 ng/ml gacha bo‘ladi. Plazmada levofloksatsinning 2,25 ng/ml ga teng bo‘lgan maksimal kontsentratsiyasi preparat har 2 soatda sutkada 8 martagacha ikki kun davomida qo‘llanganidan so‘ng 4-sutkaga kelib aniqlangan. Levofloksatsinning maksimal kontsentratsiyasi 1-sutkada 0,94 ng/ml dan 15-sutkaga kelib 2,15 ng/ml gacha oshgan, bu levofloksatsinni standart dozalarda ichga qabul qilinganidan so‘ng kuzatiladigan kontsentratsiyaga nisbatan 1000 marta kamdir.
Qo‘llanilishi
- 1 yosh va undan oshgan patsiyentlarda ko‘zning yuzaki bakterial infektsiyalarini davolash; - ko‘zda jarrohlik va lazer yordamida o‘tkazilgan operatsiyalardan so‘ng asoratlarni oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Barcha patsiyentlar uchun shikastlangan ko‘z(lar)ga 1-2 tomchidan har ikki soatda sutkada 8 martagacha uyg‘oqlik davrida birinchi 2 sutka davomida, so‘ngra navbatdagi 3-5 kun davomida sutkada to‘rt marta tomiziladi. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasi, infektsiyani klinik va bakteriologik kechishiga bog‘liq. Odatda davolash davomiyligi 5 sutkani tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar shox pardaning yarasi va blennoreyasini davolashda preparatning havfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Nojo‘ya ta'sir
lari Nojo‘ya samaralar taxminan 10% bemorlarda rivojlanishi mumkin. Nojo‘ya samaralari, odatda yengil yoki o‘rtacha shaklda namoyon bo‘ladi, o‘tib ketuvchi xarakterga ega va odatda ko‘z tomonidan simptomlar bilan cheklanadi. Ushbu dori vositasi benzalkoniy xloridini saqlaydi, bu komponent faol moddasi kabi kontakt dermatit, ko‘zlarni ta'sirlanishi yoki har ikkalasini qo‘shilishini chaqirishi mumkin. Ko‘z tomonidan Umumiy (> 1/100 < 1/10) Ko‘zlarni achishishi, ko‘z o‘tkirligini pasayishi va tasma ko‘rinishidagi shilliqni paydo bo‘lishi. Kam hollarda (> 1/1000 < 1/100) Blefarit, xemoz, kon'yunktivani guddacha reaktsiyasi, qovoqlarni shishi, diskomfort, ko‘zlarni qichishishi va og‘riq, kon'yunktivani giperemiyasi, kon'yunktivani follikulalari, ko‘zlarni qurishi, qovoqlarda eritemani paydo bo‘lishi, fotofobiya. Klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida shox pardada pretsipitatlar kuzatilmagan. Immun tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda (> 1/10000 < 1/1000) Ekstraokulyar allergik reaktsiyalar, shu jumladan teri toshmasi. Juda kam hollarda (< 1/10000, jumladan alohida ma'lumotlar) anafilaksiya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda (> 1/10000 < 1/100) bosh og‘rig‘i. Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar Kam hollarda (> 1/10000 < 1/100) rinit. Juda kam hollarda (< 1/10000, jumladan alohida ma'lumotlar) xiqildoqni shishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol modda – levofloksatsinga, boshqa xinolonlarga yoki biron bir to‘ldiruvchisiga, masalan, benzalkoniy xloridiga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan Bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Oftakviks® ko‘z tomchilari 5 mg/ml o‘zaro ta'siri bo‘yicha maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat ko‘zga mahalliy qo‘llanganidan so‘ng plazmadagi levofloksatsinning maksimal kontsentratsiyasi standart dozalarda ichga qabul qilgandagiga nisbatan kamida 1000 marta kamligi sababli, tizimli qo‘llash uchun xos bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri klinik jihatdan ahamiyatsizdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Oftakviks® ko‘z tomchilari 5 mg/ml subkon'yunktival va ko‘zning bevosita oldingi kamerasiga yuborish mumkin emas. Tizimli qo‘llanadigan ftorxinolonlar hatto bir marta qo‘llanganidan keyin ham allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Levofloksatsinga allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida ko‘z tomchilarini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Boshqa antimikrob dori vositalar bilan bo‘lgani kabi preparatni uzoq muddat qo‘llanishi mikroorganizmlarni rezistent shtammlari, shuningdek zamburug‘larni o‘sishiga olib kelishi mumkin. Agar infektsion ko‘rinishlarni yomonlashishi kuzatilsa yoki ma'lum bir vaqtdan keyin holatini klinik jihatdan yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va alternativ davolashni buyurish kerak. Boshqa oftalmologik dori vositalar bir vaqtda qo‘llanganida instillyatsiyalar o‘rtasidagi interval kamida 15 minut bo‘lishi kerak. Ko‘zni yuzaki bakterial infektsiyasini simptomlari bo‘lganida patsiyentlar kontakt linzalarni ishlatishlari mumkin emas. Tomchilagichning uchligi va eritmani ifloslanishidan saqlanish uchun tomchilagichning uchligini qovoqlarga va ko‘zlarning atrofidagi to‘qimalarga tekkazish mumkin emas. Ko‘zlarni biron-bir o‘tib ketuvchi buzilishlari paydo bo‘lganida ko‘rish tiklanmagunigacha patsiyentlarga kutib turish tavsiya etiladi, va shundan keyingina avtomobilni boshqarish yoki mexanik uskunalarni ekspluatatsiya qilish tavsiya etiladi. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik Homilador ayollarda levofloksatsinni ishlatish bo‘yicha adekvat ma'lumotlar yo‘q. Homiladorlik, embrional rivojlanish va homilani rivojlanishi, shuningdek tug‘ruq va yangi tug‘ilgan chaqaloqni tug‘ruqdan keyingi rivojlanishiga preparatning samaralariga nisbatan hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Odamlar uchun preparatning potentsial havfi noma'lum. Agar ona uchun kutilgan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lsa, Oftakviks® ko‘z tomchilari 5 mg/ml preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin. Emizish Levofloksatsin ona sutiga o‘tadi. Biroq, Oftakviks® ko‘z tomchilari terapevtik dozalarda qo‘llanganida emizikli bolaga ta'siri kutilmaydi. Agar ona uchun potentsial foyda chaqaloq uchun mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lsa, Oftakviks® ko‘z tomchilari 5 mg/ml preparatini emizish vaqtida qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hatto bexosdan ichga qabul qilingandan so‘ng kuzatiladigan toksik reaktsiyalarni chaqirish uchun bir flakon ko‘z tomchilaridagi levofloksatsinning umumiy miqdori juda kamdir. Oftakviks® ko‘z tomchilari 5 mg/ml preparatini ortiqcha dozasi mahalliy qo‘llanganida ko‘zni xona xaroratidagi toza (vodoprovod) suv bilan yuvish kerak.
Chiqarilish shakli
Eritma/ko‘z tomchilari 5 mg/ml 5 ml dan uchlik-tomchilagich va buraladigan qopqoqli polietilen flakonda. Flakonni birinchi ochilishini nazorat qilish uchun tiniq plyonka xalqasi mavjud. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan past xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Flakon ochilganidan so‘ng 1 oy davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Santen AJ, Finlyandiya, Tampere 33720 Niittyhaankatu, 20
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.