Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Adazal - Neo suspenziya 400 mg/10ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Албендазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
400мг/10мл 10мл
Производитель
BIOGEN,СП,ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Adazal-Neo
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Albendazol
Dori shakli
Suspenziya
Tarkibi
Faol modda Albendazol – 400 mg.
Yordamchi modda natriy saxaroza, natriy benzoati, limon kislotasi, guar qatroni, ksantan qatroni, suvsiz kremniy dioksidi (aerosil), qalampir yalpiz moyi, saxaroza, mentol, tvin–80 (polisorbit 80), sorbitol, metilparaben, propilparaben, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos hidli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Antigelmint vosita.
ATX kodi R02SA03
Farmakologik xususiyatlari
Mono- va poliinvaziyalarda samarali bo‘lgan gijjalarga qarshi vosita. Beta-tubulinning polimerizatsiyasini tanlab bostiradi, gelmintlar ichak kanali hujayralariningmikrotubulyar tizimi faolligini buzadi, glyukozani utilizatsiyasini bostiradi, dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi sekretor granulalar va boshqa organellalarning harakatlanishini bloklab, ularni nobud bo‘lishiga olib keladi. Sestodalarning ayniqsa lichinkali shakllariga, Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodalar - Strongyloides stercolatis ga nisbatan faol.
Qo‘llanilishi
Lyamblioz, oksiuroz, askaridoz, ankilostomoz, trixurioz, angiloz, tenioz va trixinellyozda davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan avval, flakon ichidagi vosita bir xil suspenziya hosil bo‘lguncha chayqatiladi.
Curgi dori vositalarini qo‘llash va maxsus parhez talab qilinmaydi.
• Oksiuroz 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya'ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza;
• Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun - sutkalik doza 400 mg, ya'ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi 7 kundan keyin takrorlanadigan bir martalik doza.
Gigiyenaning qat'iy choralariga rioya qilish va patsiyent bilan yaqin muloqatda bo‘lganlar ham davolanishlari kerak.
• Askaridoz, ankilostomoz, trixurioz 1 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 200 mg, ya'ni 5 ml ni (1/2 flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi bir martalik doza.
• Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya'ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi bir martalik dozani tashkil qiladi.
• Trixurioz hollarida, xususan, agar ahlatning parazitologik tahlili natijalari davolashdan so‘ng 3 hafta o‘tganidan keyin ijobiy bo‘lsa, takroriy davolash kursini o‘tkazish kerak.
• Angiloz, tenioz (boshqa parazit invaziyalar bilan bog‘liq bo‘lgan) kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya'ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi kamida ketma-ket 3 kun davomida takrorlanadigan bir sutkalik dozani tashkil qiladi.
• Angiloz va tenioz hollarida, xususan, agar axlatning parazitologik tahlili natijalari davolashdan so‘ng 3 hafta o‘tganidan keyin ijobiy bo‘lsa, takroriy davolash kursini o‘tkazish kerak.
• Lyamblioz bolalar uchun sutkalik doza 400 mg, ya'ni 10 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi. Davolash davomiyligi bir sutkalik doza kamida ketma-ket 5 kun davomida takrorlanadi.
• Trixinellez bolalar uchun sutkalik doza kuniga 15 mg/kg ikkita bir martalik dozaga bo‘lib.
• Kattalar uchun 800 mg, ya'ni 20 ml ni (flakon suspenziya) tashkil qiladi va kuniga ikkita bir martalik dozaga bo‘lib qabul qilinadi. Davolashning davomiyligi bir martalik doza ertalab va kechqurun, kasallik belgilarining jiddiyligiga va davolanishni qanchalik tez boshlanishiga qarab, 10-15 kun davomida olib boriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak buzilishlari (diareya, qusish, qorin og‘rig‘i), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uzoq vaqt qo‘llanganida gipertermiya, sochlarni vaqtinchalik to‘kilishi, teri toshmalari bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda qon tahlilida (leykotsitlar, eritrotsitlar, trombotsitlar sonining kamayishi) yoki jigar ko‘rsatgichlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Deksametazon, prazikvantel va simetidin albendazolning qondagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, o‘t-safro va exinokkok kistasida albendazolning kontsentratsiyasi oshishi aniqlangan, bu exinokokkozni davolashning samaradorligini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat trixinellyozni davolash uchun ishlatilganida jigar faoliyatida va qon tahlillarida o‘zgarishlarning havfi tufayli, muntazam qon tahlillarini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Trixinellyoz invaziyalarini davolashda dori vositasining samaradorligini oshirish uchun invaziya boshlangandan keyin davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak.
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolanish vaqtida homiladorlik aniqlangan hollarda, zudlik bilan shifokor nazoratidan o‘tish va davolanishni davom ettirish zaruriyatnini xal etish darkor.
Preparat bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sir belgilari kuchayishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Cuspenziya 400 mg/10 ml, flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 8 dan 15°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«BIOGEN» MChJ
O‘zbekiston-Buyuk Britaniya QK O‘zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51 uy.Tel./faks (99871) 248-04-99.
Citco Chemicals Ltd, Angliya, buyurtmasi buyicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.