Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metrid 100 ml
Nomi | Narx | |||||
Метрид 100 мл (2231121##1804) |
UZS 18 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Метрид 100 мл (1237261##2 067) |
UZS 20 600
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
0,5% 100 мл
Производитель
Otsuka Pharmaceutical India Private Limited
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metrid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metronidazol
Dori shakli
vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda metronidazol - 500 mg;
yordamchi moddalar natriy xloridi, limon kislotasi monogidrati, suvsiz dinatriy gidrogen fosfati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi deyarli rangsizdan och sariq ranggacha bo‘lgan eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
protozoylarga qarshi vosita.
ATX kodi J01XD01
Farmakologik hususiyatlari
Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi vosita bo‘lib, 5-nitroimidazol hosilasidir. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichidagi transport oqsillarning 5-nitroguruhini qaytarilishidan iborat. Qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizmlarning hujayralaridagi DNK bilan o‘zaro ta'sirlashib, ulardagi nuklein kislotalar sinetzini ingibitsiya qiladi, bu holat bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.
Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis shuningdek obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis. Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron) Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P. bivia, P. buccae, P. disiens), va ba'zi grammusbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) ga nisbatan faol.
Amoksitsillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan faollik namoyon qiladi (amoksitsillin metronidazolga nisbatan rezistentlik rivojlanishini susaytiradi).
Metronidazolga ba'zi aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora (aerob va anaeroblar) mavjud bo‘lganida, metronidazol odatdagi aeroblarga qarshi samarali bo‘lgan antibiotiklar bilan sinergik ta'sir qiladi.
O‘smalarni nurlanishga bo‘lgan sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizatsiyani chaqiradi (disulfiramsimon ta'siri), reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat yuqori o‘tuvchan hususiyatga ega bo‘lib, organizmning ko‘pchilik to‘qimalari va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, bosh miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abstsess bo‘shliqlari, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakteritsid kontsentratsiyalarga erishadi, gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi.
Taqsimlanish hajmi kattalarda – taxminan 0,55 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54-0,81 l/kg. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil etadi. Qonda maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishadi, terapevtik kontsentratsiyasi 6-8 soat davomida saqlanib turadi. Yuborish davom ettirilganida preparatning maksimal kontsentratsiyasi (Smax) – 18 mkg/ml ni tashkil etadi. Safroni hosil bo‘lishi normal bo‘lganida metronidazol vena ichiga yuborilganida safrodagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasidan ahamiyatli darajada yuqori bo‘lishi mumkin.
Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) jigar faoliyati normal bo‘lganida – 8 soat, jigarni alkogol oqibatida shikastlanganida 18 soat (10 soatdan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda homiladorlik muddati – 28-30 haftalik tug‘ilgan chaqaloqlarda – taxminan 75 soat, muvofiq ravishda, 32-35 haftalik – 35 soat, 36-40 haftalik – 25 soatni tashkil etadi.
Buyraklar orqali 60-80% (20% o‘zgarmagan holda), ichak orqali – 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda preparat takroran yuborilganidan so‘ng qon zardobida metronidazol to‘planishi mumkin (shuning uchun og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yuborishlar sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va uning asosiy metabolitlari gemodializda qondan tez ajratib chiqariladi (T1/2 3 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda ahamiyatsiz darajada chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-Protozoy infektsiyalari ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarni amyobali abstsessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidiaz, lyamblioz, teri leyshmaniozi, trixomonadali vaginit, trixomonadali uretrit.
-Bacteroides spp. (shu jumladan B. fragilis, B. distasonis, B. ovatus, B. thetaiotaomicron, B. vulgaris) chaqirgan infektsiyalar suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, markaziy nerv tizimi (MNT) infektsiyalari, shu jumladan meningit, bosh miya abstsessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, empiyema va o‘pka abstsessi.
-Bacteroides ning turlari, shu jumladan B. Fragilis guruhi, Clostridium, Peptococcus, Peptostreptococcus turlari chaqirgan infektsiyalar qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, jigar abstsessi), chanoq a'zolari infektsiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abstsessi, qin tubini jarrohlik operatsiyalardan keyingi infektsiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, sepsis.
-Soxta membranoz kolit (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit).
-Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi. Operatsiyadan (ayniqsa, chambar ichak, to‘g‘ri ichak atrofida o‘tkazilgan aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operatsiyalar) keyingi asoratlarni oldini olish.
-O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash – radiosensibilizatsiya qiluvchi vosita sifatida, o‘smaning rezistentligi o‘sma hujayralarida gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.
Atsetaldegidrogenazani susaytiradi, qonda atsetaldegidning darajasini oshiradi va alkogolli ichimliklarning ta'siriga nisbatan organizmning sensibilizatsiya qiladi. Alkogolizm bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 0,5-1 g boshlang‘ich dozada vena ichiga tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ngra esa har 8 soatda 500 mg dan minutiga 5 ml tezlik bilan yuboriladi. Birinchi 2-3 infuziyadan so‘ng yaxshi o‘zlashtirilganida oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi 7 kunni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida, vena ichiga yuborish uzoqroq vaqt davom ettiriladi. Maksimal sutkalik dozasi – 4 g ni tashkil etadi. Ko‘rsatmalarga qarab 400 mg dan sutkada 3 marta tutib turuvchi dozada ichga qabul qilishga o‘tiladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga aynan shu sxemada tana vazniga 7,5 mg/kg bir martalik dozada buyuriladi.
Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi.
Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga operatsiyadan oldin 0,5-1 g dan, operatsiya kuni va keyingi kuni – sutkada 1,5 g (500 mg dan har 8 soatda) vena ichiga tomchilab yuboriladi. 1-2 kundan keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi, ichga qabul qilinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va krayetinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan bemorlarga va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga maksimal sutkalik doza – 1 g dan oshmasin, qabul qilishlar soni – sutkada2 martani tashkil etsin.
Radiosensibilizatsiya qiluvchi vosita sifatida tana vazniga 160 mg/kg yoki tana yuzasiga 4-6 g/m2 hisobida nurlanish boshlanishidan 0,5-1 soat oldin vena ichiga tomchilab yuboriladi. Har nurlanish seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashni qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik doza – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish oqibatida yuzaga kelgan intoksikatsiyani bartaraf qilish uchun natriy xloridining izotonik eritmasi yoki glyukoza eritmalarini tomchilab yuborish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchiqlari, qabziyatlar, og‘izda “metall” ta'mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit.
Markaziy va periferik nerv tizimlari tomonidan bosh aylanishi, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta'sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, periferik neyropatiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan qaytuvchan neytropeniya, leykopeniya.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, teri toshmasi, teri giperemiyasi, burunni bitishi, isitma, artralgiya.
Siydik tanosil tizimi tomonidan dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi.
Mahalliy reaktsiyalar tromboflebit (in'ektsiya qilingan joyda og‘riq, qizarish yoki shish) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezida), markaziy nerv tizimini organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi (yuqori dozalarda buyurilganida), homiladorlik (I uch oyligi), laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik (II va III uch oyliklari), buyrak / jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan metronidazol preparatini boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Preparat bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lish vaqtini uzayishiga olib keladi. Davolanish vaqtida etanol qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaktsiyalar qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzni to‘satdan qizib ketishi rivojlanishi mumkin). Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibitsiya qiladi, bu holat qon zardobida uning kontsentratsiyasini oshishiga va nojo‘ya ko‘rinishlar rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiradigan preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish metronidazolning organizmdan chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, natijada uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayadi.
Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida plazmada litiyning kontsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin.
Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Amoksitsillin bilan majmuada 18 yoshdan kichik bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bilan uzoq muddat davolanganda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Leykopeniyada davolashni davom ettirish infektsion jarayonni rivojlanish havfiga bog‘liq. Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi, bemorlarning nevrologik statusida har qanday boshqa yomonlashish davolashni to‘xtatishni talab etadi.
Ayollarda trixomonadali vaginit va erkaklarda trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Trixomoniazni davolashdan so‘ng hayz ko‘rishni navbatdagi uchta sikli davomida va hayz ko‘rish siklidan so‘ng nazorat sinamalarini o‘tkazish kerak. Lyamblioz davolangandan so‘ng, agar simptomlar saqlanib tursa, 3-4 haftadan so‘ng axlat tahlilini bir necha kunlik intervallar bilan uch marta o‘tkazish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilinganida), gemodializ o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda organizmdan yaxshi chiqariladi.
Chiqarilish shakli
100 ml eritma polimer flakonda yoki plastik paketda; 1 polimer flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida; yoki 1 plastik paket plastik o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Claris Otsuka Private Limited”
Manzili Village - Vasana - Chacharwadi, Tal – Sanand,
Ahmedabad - 382 213, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.