Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ниморазол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Italiya
Производитель
Pfizer HCP Corporation, CША произведено: Pfizer Italia S.r.L
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Naksodjin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nimorazol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda nimorazol – 500 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza - 101,2 mg, makkajo‘xori kraxmali - 40,0 mg, metiltsellyuloza 400 - 2,8 mg, stearin kislotasi - 6,0 mg.
Ta'rifi dumaloq, qavariq, bir tomonida sindirish chizig‘i bo‘lgan oq yoki biroz sarg‘ish tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
protozoylarga qarshi vosita.
ATX kodi R01AV06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Naksodjin® - Trichomonas vaginalisva boshqa sodda xayvonlar (shu jumladan Giardia intestinalis va Entamoeba histolytica) ga, shuningdek anaerob bakteriyalar, xususan Bacteroides va Gardnerella vaginalis ga nisbatan faollik namoyon qiluvchi ximioterapevtik preparatdir.
Minimal trixomonatsid kontsentratsiyasi 0,3 dan 3 mkg/ml gacha chegaralarda o‘zgarib turadi.
Farmakokinetikasi
Nimorazol peroral qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Nimorazol 1 g dozada har 12 soatda uch marta qabul qilinganidan so‘ng qondagi preparatning kontsentratsiyasi birinchi qabuldan keyin 3 soat o‘tgach, 16 mkg/ml, 25 soat o‘tgach – 28 mkg /ml, hamda oxirgi qabul qilgandan so‘ng – 7,5 mkg/ml ga yetadi.
Nimorazol organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi; siydik va vaginal sekretidagi nimorazol va uning faol metabolitlarining kontsentratsiyasi trixomonatsid kontsentratsiyalaridan ancha yuqori. Nimorazol 1 g dozada har 12 soatda uch marta qabul qilinganidan so‘ng nimorazolning 24, 48 va 72 soatlarda o‘lchanadigan vaginal sekretidagi kontsentratsiyasi muvofiq 129 mkg/g, 95 mkg/g va 4 mkg/g ni tashkil qilgan.
Qo‘llanilishi
Trichomonas vaginalis chaqirgan infektsiyalar, lyamblioz, amebiaz, Gardnerella vaginalis chaqirgan vaginitlar, o‘tkir yarali-nekrotik gingivit (Vintset gingiviti) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Trixomoniaz
Davolash quyida keltirilgan sxemalardan biri bo‘yicha o‘tkaziladi
Kattalar
a) 2 g bir marta ovqatdan keyin;
b) har 12 soatda 1 g dan uch marta;
v) 5-7 kun davomida 250 mg dan kuniga 3 marta.
Bolalar
5-7 kun davomida uch qabulga bo‘lingan holda kuniga 15 mg/kg dan.
Amebiaz
Kattalar
5-10 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta.
Bolalar
5-10 kun davomida ikki qabulga bo‘lingan holda kuniga 20 mg/kg dan.
Lyamblioz
Kattalar
5-7 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta.
Bolalar
5-7 kun davomida ikki qabulga bo‘lingan holda kuniga 15 mg/kg dan.
Gardnerella vaginalis chaqirgan infektsiyalar
Kattalar
a) 7 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta.
b) 2 g bir marta.
O‘tkir yarali-nekrotik gingivit (Vinsent gingiviti)
Kattalar
2 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda Naksodjin yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya samaralari kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘ladi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarga quyidagilar kiradi jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, ba'zida qusish (preparatni ovqatdan keyin qabul qilish bu samaralarni minimumga yetkazishga imkon beradi), teri toshmalari, bosh aylanishi, uyquchanlik, diareya, og‘izda metall ta'mi va og‘izni qurishi, tilni karash bilan qoplanishi, glossitlar va stomatitlar, o‘tkinchi o‘rtacha namoyon bo‘ladigan leykopeniya, dizuriya va siydikning to‘q rangi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, markaziy nerv tizimi va qonning og‘ir kasalliklari, og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi, bolalarda va siydikning (3yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
O‘tkir nevrologik kasalliklar.
Naksodjin® bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi (hech bo‘lmaganda preparat qabulidan keyin 48 soat davomida).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida nimorazoldisulfiramga o‘xshash reaktsiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin. Nimorazol varfarinning antikoagulyant samarasini kuchaytirishi va fenitoin va litiyning klirensini pasaytirishi mumkin. Fenobarbital Nimorazolning plazmadagi kontsentratsiyasini kamaytirishi, simetidin esa – oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘tkir nevrologik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarni davolash shiforkorning qat'iy nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Trixomoniazni davolanganda qayta infektsiyalanishning oldi olish maqsadida ikkala jinsiy sherik, ulardan birida kasallik belgilari bo‘lmagan taqdirda ham, bir vaqtda davolanishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Naksodjin®ni homiladorlik (ayniqsa birinchi uch oyligida) va laktatsiya davrida, mutagen xususiyatlari namoyon bo‘lishi mumkinligi tufayli, qo‘llashdan saqlanish kerak.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bosh aylanishi va boshqa nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi mumkinligi sababli avtomobilni, boshqa mexanizmlarni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari me'da-ichak diskomforti (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya), bosh aylanishi, shuningdek nevrologik simptomlar (qotib qolish, sanchiq, paresteziyalar va konvulsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish va simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 0,5 g; 6 tabletkadan to‘q shisha flakonda;
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Caqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Pfayzer Italiya S.r.L.», Italiya Manzili Marino del Tronto, 63100 Askoli Picheno, Italiya
Preparatning sifati bo‘yicha iste'molchilarning e'tirozlari va reklamatsiyalar vakolatxonaning quyidagi manzilida qabul qilinadi
Korporatsiyani vakolatxonasi «Pfayzer Eych.Si.Pi. Korporeyshn»,
123317, Moskva, Presnenskaya nab., 10 uy BTS "Bashnya na naberejnoy" (Blok S)
Tel. (+7 495) 287-55-00
Faks (+7 495) 287-53-00
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.